Erkin savdo to'g'risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA) 1994- yildan boshlab amalda bo'lib, o'z ichiga AQSH, Kanada va Meksikani qamrab oladi. Bu mamlakatlarning o'zaro savdo va kapital harakati asosidagi iqtisodiy aloqalarining miqyoslarini quyidagi maiumotlar orqali tasawur etish mumkin: AQSHda Kanada eksportining 75-80% (yoki Kanada YaMMning 20%) sotiladi. Kanadadagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar tarkibida AQSHning ulushi 75%dan, Kanada- ning AQSHdagi ulushi esa 9%dan ortiq. AQSHga Meksika eksportining 70%dan ortig'i yo'naltirilib, AQSHdan Meksikaga 65% import kelib tushadi.
Shimoliy Amerika integratsion guruhining mavjud tarkibi Yevro- padagi integratsiya modelidan farq qilib, bu quyidagilarda namoyon bo'ladi:
AQSH, Kanada va Meksika o'rtasidagi iqtisodiy o'zaro aloqalar- ning teng nisbatlarda emasligi;
bu guruh a'zolari rivojlanganlik darajasining keskin farq qilishi.
Erkin savdo to'g'risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA)ning asosiy
jihatlari quyidagilardan iborat:
2010-yilga qadar barcha bojxona toiovlarini bekor qilish;
tovar va xizmatlar savdosidagi tarifsiz to'siqlarning ahamiyatli qismini bosqichma-bosqich tugatib borish;
Meksikadagi Shimoliy Amerika kapital qo'yilmalari uchun shart- sharoitlarni yaxshilash;
Meksika moliya bozorida AQSH va Kanada banklarining faoliyatini erkiniashtirish;
AQSH, Kanada va Meksika arbitraj komissiyasini tashkil etish. Shuningdek, kelgusida nafaqat NAFTA dotfasida ichki mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, balki boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlari hisobiga uning tarkibini kengaytirish ham ko'zda tutilmoqda.
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) 1967- yilda tashkil topganligiga qaramay, faqat 1992-yilga kelib uning ish- tirokchilari (Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tayland, Bruney, Vetnam, Myanma, Laos) o'z oldilariga 2008-yilga qadar yagona mintaqaviy erkin savdo hududini tashkil etish vazifasini qo'ydilar.ASEANning a'zosi hisoblangan har bir mamlakatning iqtisodiyoti Yaponiya, AQSH, Osiyoning yangi industrial mamlakatlari iqtisodiyoti bilan chambarchas bog'hq.
26.3. O'zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va tashqi iqtisodiy faoliyati
O'zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo'shilishining shart-sharoit- lari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari respublika davlat mustaqilligini qo'lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o'ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo'lga qo'yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respubhkaning jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilish yo'llarini belgilash taqozo etiladi.
Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnoma munosabatlarida o'zaro manfaatli aloqalar o'rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi1.
O'zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo'jahk alo- qalarida ishtirok etishining asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqadavr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya muno- sabatlarini o'rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko'pgina xalqaro tashkilotlar — BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashuv- chi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a'zo bo'lib kirdi.
O'zbekistonning jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida to'xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: «Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mayjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchihk va hamkorlik qilishga inti- layotgan mamlakatlarning boshlang'ich shart-sharoitlari turhchaligi sa- babdir. O'zbekiston bir vaqtning o'zida turli darajalarda — dunyo miq- yosida va mintaqa ko'lamida — integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir subyekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaif- lashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O'zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalasliuvi serqirra jarayondir»'.
Bugungi kunda O'zbekistonning jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvi ko'p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy1. Har bir darajadagi integratsion aloqalarning o'ziga xos vazifalari mavjud.
O'zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi — bu mamlakatdagi barcha xo'jalik subyektlarining tashqi bozor bilan o'zaro aloqasini ta'minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo'shilishidir. O'zbekistonning BMT, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), Yevropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar fa- oliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo'jahgiga yanada kengroq in- tegratsiyalashuvini ta'minlaydi.
O'zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi — bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o'zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992-yilda tashkil etilgan bo'lib, o'z ichiga Osiyo qit'asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, Afg'oniston, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi — xo'jalikning transport, kommunikatsiya- lar, sanoat, qishloq xo'jahgi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo'lga qo'yishdan iborat.
O'zbekiston mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar — MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O'zbekiston birinchilar qa- torida MDHni tashkil etish g'oyasini qoilab-quwatladi, uning tash- kilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mus- tahkamlash hamda uning Xalqaro iqtisodiy qo'mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo'mitasi kabi institutsional tuzil- malarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O'z o'mida ta'kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o'zining tashkil topishi chog'idagi dastlabki maqsadi — ya'ni, mavjud xo'jalik aloqalaii va imkoniyatlardan foydalanishda o'zaro manfaatli hamkorlik munosabat- larini yo'lga qo'yish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash maqsadi hamda undan kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo'nalishida ko'proq siyosiy masalalar, «integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida kuchli mamlakatlarning nisbatan kucbsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi, ular manfaatlarining siqib qo'yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o'tkazish holatlari ustunlik kasb eta boshladi. Bunday holatlarga Prezidentimiz l.A.Karimov MDHga a'zo mamlakatlarning turh darajadagi yig'ilishlarida tanqidiy nuqtayi nazar- dan qarab, uni tubdan isloh qilish borasida o'zlarining amaliy takliflari- ni berdilar.
O'zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi - bu umumiy tarixga, yagona madaniy an'analarga, o'xshash turmush tarzi va men- talitetga ega bo'lgan qardosh xalqlarni birlashtirovchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish- dan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992- yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (TSARS) tashkil etildi.
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo'lgan mintaqaviy birlash- malardan biri — Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001-yilning 15-iyunida oltita — O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi. Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi nufuzi, obro'-e'tibori sezilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan joy ohsh istagini bildirgan davlatlar soni ham ko'paymoqda. SHHTning salohiyati haqida gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik iqtisodiy-integratsiyaviy tashkilot deb atash uchun barcha asoslar yetarlidir.
SHHTning salohiyat va imkoniyatlari to'g'risida so'z ketganda, eng awalo unga a'zo mamlakatlar egallagan hudud ko'lamining ahamiyatli darajada kattaligim ta'kidlash o'rinlidir. SHHTga a'zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv ni tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va Xitoy (31,8%) egallaydi (26.1-jadval). Mazkur tash- kilotga a'zo davlatlar aholisi soni 1,5 mlrd.dan ko'proq bo'lib, aholi umumiy sonidagi salmog'i jihatidan Xitoy eng katta ulushga ega (87,0%).
So'nggi yillarda SHHTga a'zo daviatlar tomonidan ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi.
O'zbekistonning Shanxay hamkorhk tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko'p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng awalo, O'zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo'lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari — paxta xomashyosi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, telekommu- nikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |