26.1-jadval
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo daviatlar to'g'risida ma'lumotlar
Davlat nomi
|
Hududi
|
Aholisi soni
|
YAIM
|
ming km2
|
salmog'i, %
|
ming kishi
|
Salmog'i, %
|
mlrd. doll
|
salmog'i, %
|
O'zbekiston
|
447.4
|
1,5
|
26851,2***
|
1,8
|
g****
|
0,4
|
Qozog'iston
|
2717,3
|
9,0
|
15217,7**
|
1,0
|
125 9***
|
1,0
|
Xitoy
|
9 597,0
|
31,8
|
1317000,0*
|
87,0
|
10210,0**
|
84,1
|
Qirg'iziston
|
198,5
|
0,7
|
5146,3***
|
0,3
|
10,6***
|
0,1
|
Rossiya
|
17075,4
|
56,6
|
142026,3*
|
9,4
|
1746,0**
|
14,4
|
Tojikiston
|
143,1
|
0,5
|
7163,5***
|
0,5
|
8,8***
|
0,1
|
Jami
|
30178,7
|
100,0
|
1513405,0
|
100
|
12147,1
|
100,0
|
Izoh: * - 2007, ** - 2006, *** - 2005, **** - 2004-yillar holatiga olingan ma'lumot.
Manba: http://ru.wikipedia.org/wiki, www.shos2007.ru,www.krugosvet.ra /articles, www.regnum.ru/dossier,http://russian.scosummit2006.org/shanghe/.
O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo'shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanishi zarur boigan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa vazifligi, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib, boshqamvning mahalliy darajasi va korxonalargacha boigan xo'jalik subyektlarida tegishli tashqi iqtisodiy boiimlar tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi.
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Jumladan, 2007-yilga kelib Respublika hududida ro'yxatdan o'tgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 4089 birlikni, ularning eksporti hajmi mamlakat umumiy eksportining 18,5 foizini tashkil etdi. Bunday korxonalarning asosiy qismi sanoat tarmoqlari (50,1%), savdo va umumiy ovqatlanish (29,9%) sohalarida to'plangan.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo'jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq davr davom etgan natijasi hisoblansada, Prezidentimiz I.I£arimov ta'kidlab o'tganlaridek, hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida hal etilmagan ko'pdan-ko'p muammolar mavjud-ki, bizning Respubhkamiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valuta siyosatini yanada erkinJashtirishdan iborat1.
Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki yo'nalish bo'yicha: MDH mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy mamlakatlar bilan erkin muomaladagi valutada hisob-kitob qihsh asosida amalga oshirildi.
2008-yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 19077,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, uning 37,8 foizi MDH mamlakatlari, 62,2 foizi uzoq xorijiy mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi. Xorijiy mamlakatlarga mahsulot eksporti hajmi to'xtovsiz ko'payib borib, 2008-yilda 11572,9 mln. dollarni tashkil qildi, uning asosiy qismi (65,3%) uzoq chet el davlatlari hissasiga to'g'ri keldi2.
Ta'kidlash lcerak-ki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, awalo, rivojlanib borayotgan Osiyo qit'asi bozorlari bilan savdo aylan- masining o'sishi hisobiga sifat jihatidan o'zgarmoqda. Bu ko'rsatkich- larning barchasi, awalo, eksport tarkibida yuqori qo'shilgan qiymatga ega bo'lgan raqobatbardosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o'sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. 'Shu bilan birga, bunday holat eks- portimizning xomashyo resurslari narxi tez-tez o'zgarib turadigan jahon bozori ta'siriga bog'liqligini kamaytirishda muhim yo'nalish bo'hb xizmat qiladi3.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko'p tomonlama aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajah ahamiyat berilmoqda. O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston o'rtasidagi yagona iqtisodiy makon to'g'risida tuzilgan shartnoma samara beia boshladi. Ularning sanoatini integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.
MDH mamlakatlari bilan bevosita va ko'p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish tashqi siyosatning asosiy yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Hamdo'stlik davlatlari muassasalari — Davlatlararo iqtisodiy qo'mita, Davlatlararo bank va boshqa muassasalarni tashkil etishda faol qatnashmoqda. MDHdagi mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, Belorus, Moldova va boshqalar) bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo-iqti- sodiy va boshqa shartnoma hamda bitimlar imzolanib, ular kuchga kirdi.
Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga, hamda zarur bo'lgan tashkilot va muassasalar tuzishga katta ahamiyat beril- moqda. Bular jumlasiga tavakkalchilik xatarlaridan keladigan zararni qoplaydigan «0'zbekinvest» milhy sug'urta kompaniyasini, turh qo'shma sug'urta kompaniyalarini, Vazirlar Mahkamasi huzurida BMT bilan birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga ko'maklashuvchi xizmatni, Davlat mulk qo'mitasi huzuridagi ko'chmas mulk va xorijiy investitsiyalar agenthgi kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va tashkilotlar hamda respublikada vujudga keltirilgan huquqiy me'yorlar xorijiy investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlarni yaratib, ularning huquq- larini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini kafolatlaydi.
O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning respublikada amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo'ladi.
Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqiga a'zo boigan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorligi, NATOning «Tinchlik yo'lidagi sheriklik» dasturlari ishtiroki uning jahon xo'jaligiga qo'shilishining navbatdagi yo'nalishidir. Jumladan, yevropa Ittifoqi bilan Respublikamiz o'rtasida imzolangan Sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim (1996-yil iyun) tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo'nahshidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |