Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet283/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Mutlaq ustunlik nazariyasi. Iqtisodiy rivojlanishning milliy ando- zasidan jahon andozasiga o'tish, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqti­sodiy munosabatlarda faol ishtirok etishi milliy manfaatlarga qay daraja­da javob beradi, degan savolni qo'yadi. Bu savolga javob topishga iqti­sodiyot fani ilgaridan qiziqib kelgan. Jumladan, A.Smit xalqaro meh­nat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va qaysilarini import qilish qulayhgi to'g'risidagi o'z qarashlarini ba­yon qilish asosida «mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga ko'ra, A.Smit har bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida bozorning ahamiyatli rol o'ynashini ko'rsatib bergan. Shu bilan birga, u mamlakatlar quyidagi ikki ko'rinishdagi ustunlikka: 1) tabiiy, ya'ni iqlim sharoitining qu­layhgi, ba'zi bir tabiiy resurslarning mavjudligi va shu kabi holatlar bilan shartlangan ustunlik; 2) erishilgan, ya'ni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish texnolo- giyasi bilan shartlangan ustunlikka egaligini ta'kidlagan. Bu ustunliklar- dan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot o'z sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan past darajada bo'ladi. Shunga ko'ra, mahsu­lotlarning barcha turlari har bir mamlakat tomonidan ishlab chiqari- hshi shart emas, balki ularning ba'zilarini ustiyilikka ega boigan mam- lakatdan sotib olish samarali hisoblanadi. Uni sotib olish mehnat sarflari esa mazkur mamlakatning o'zi uchun ustun hisoblangan sohadagi mehnat orqah qoplanadi. A.Smit nazariyasi bo'yicha har bir mamlakat o'zida boshqalarga qaraganda arzonga tushgan, ya'ni kam mehnat sarflangan tovarni eksport qilib, ularga nisbatan ko'p sarf talab qiladigan tovarlar­ni import qilish foydalidir.
Qiyosiy ustunlik nazariyasi. D.Rikardo o'zaro foydali savdo va xalqa­ro ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, ASmitning qarashiarini takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlik» nazariyasini ishlab chiqdi. U mazkur nazariya yordamida, hatto barcha mahsulotiarni ishlab chiqarishda ayrim mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham o'zaro foydah savdoning nafaqat mumkinligini, balki zarurligini isbotlab berdi. Bu mamlakat nisbatan past samarali mahsulotni islilab chiqarishdan voz kechib, nisbatan yuqori samarah mahsulotni ishlab chiqarishga o'tish orqah ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. Mazkur nazariyaga ko'ra, mamlakatlar nisbatan past xarajatli mahsulotni ishlab cliiqarishga ixtisoslashuv orqali qo'shimcha ustunlikka ega bo'lishi va mahsulot umumiy hajmini oshirishlari mumkin. Bunda har bir mamlakatning qandaydir tovar ishlab chiqarish bo'yicha mutlaq ustunlikka ega boiishi, ya'ni uning ishlab chiqarish xarajatlari xorijda yaratilayotgan shunday tovarlar­ning xarajatlaridan past boiishi shart emas. D.Rikardoning fikricha, mamlakat o'zida qiyosiy ustunlikka ega boigan tovarlarni ishlab chiqa- rishi va chetga sotishi yetarli hisoblanadi.
Qiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asos­lanadi: 1) unda ikkita mamlakat va ikkita tovar o'zaro taqqoslanadi; 2) ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi ko'rinishida ohnadi; 3) mamlakat­lar o'rtasidagi ish haqi darajasidagi farqlar e'tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari e'tiborga olinmaydi; 5) erkin savdo mavjud deb faraz qilinadi.
Xalqaro savdoda qiyosiy ustunlik tamoyillarining amal qilishini yaqqol tasawur qilish uchun quyidagi shartli misolni ko'rib chiqamiz (27.1- jadval).
27.1-jadval



Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish