R.Vernonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida mamlakatning jahon savdosidagi muvaffaqiyati ichki bozorga bog'liqligi ta'kidlanadi. Vernon nazariyasiga ko'ra mahsulotlarning ba'zi bir turlari to'rt bosqichdan iborat sikldan o'tadi (joriy etish, o'sish, yetuklik, pasayish), ularni ishlab chiqarish esa xalqaro miqyosda siklning bosqichidan kelib chiqqan holda siljiydi. R.Vemon AQSHning yangi va isdqbolh tovarlarning ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetakchilik qilishi sabablarini ochib berishga harakat qildi. U milliy bozorda xorijiy bozorga nisbatan ertaroq paydo bo'lgan tovarlarga talab AQSHning texnologik ustunligiga ohb kelishini ta'kidladi. Amerika firmalari ishlab chiqarishning rivojlanishi bosqichida bu yangiliklami eksport qiladi, ularga bo'lgan talabning o'sishi bilan esa xorijiy mamlakatlarda islilab cliiqarishni tashkil etadi. Yangi texnologiya- ning tarqalishi bilan xorijiy korxonalar ham yangi tovarlarni ishlab chiqarishni o'zlashtirib, ularni AQSHga olib kela boshlaydilar. «Tovar sikli» tushunchasi milliy va tashqi bozorlarning o'zaro bogiiqligini izohlovchi nazariyaning asosiga aylandi. Xalqaro melmat taqsimoti va jahon savdosi tarkibiy tuzilishining samaradorligi mustaqillik, o'zaro bog'liqlik va bog'liqlik konsepsiyalarini tushuntirishga yordatn beradi.
Yuqori iqtisodiy mustaqillik ba'zi bir tovar, xizmat va texnologiya- larning mavjud boimasligini bildiradi, shunga ko'ra hozirda hech bir mamlakat to'liq mustaqillikka intilmaydi. Biroq, ko'plab mamlakadar xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga kirish hamda tashqi savdo tarkibini shakllantirishda talab va taklif ustidan xorijiy nazoratning o'rnatilishi xavfini past darajada bo'Iishiga harakat qiladilar.
Xorijdagi o'zgarishlardan himoyalanganlikning o'sishini o'zaro ehtiyoj asosidagi savdo aloqalarini rivojlantirish orqah ta'minlash mumkin. Mamlakatlar (masalan, Fransiya va Germaniyajning savdo sheriklari sifatida- gi o'zaro bog'liqligi holatida ulardan birining tovarlarni yetkazib berish yoki bozor hajmini qisqartirishi ehtimoldan uzoq, chunki boshqa tomon ham bunga darhol javob qaytaradi. O'ta yuqori darajadagi bog'liqlik mamlakatning boshqa mamlakatlarda ro'y beruvchi o'zgarishlarga tfog'liqligini keltirib chiqaradi.
Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi barcha nazariyalar- ning hayotiy layoqatliligini va ularni doimiy ravishda modifikatsiyalab, yangi qirralarni qo'shib turish zarurligini tasdiqlaydi. Xalqaro aloqalar- ning jahon amahyotida esa bu nazariyalardan keng foydalanilmoqda.
27.2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
Hozirgi jahon rivojining xususiyath belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, awalo, tashqi savdoning tez o'sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorhkning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmuyi xalqaro savdoni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |