Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet289/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Eksport

100,0

100,0

100,0

100,0

Paxta tolasi

19,1

17,2

12,5

9,2

Oziq-ovqat

3,8

7,9

8,5

4,4

Kimyo mahsulotlari

5,3

5,6

6,8

5,6

Energetika mahsulotlari

11.5

13,1

20,2

25,2

Qora va rangli metallar

9,2

12,9

11,5

7,0

Mashina va uskunalar

8,4

10,1

10,4

7,5

Xizmatlar

12,2

12,1

10,7

10,4

Boshqalar

30,5

21,1

19,4

30,7

Import

100,0

100,0

100,0

100,0

Oziq-ovqat

7,0

7,7

7,9

8,1

Kimyo mahsulotlari

13,6

13,8

14,8

13,0

Energetika mahsulotlari

2,5

4,2

3,3

2,1

Qora va rangli metallar

10,3

6,7

8,3

6,8

Mashina va uskunalar

43-,3

47,0

46,6

53,3

Xizmatlar

10,4

8,4

7,4

5,7

Boshqalar

12,9

12,2

11,7

11,0


O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.

Eksport bo'yicha kvota milhy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi:


"" ' Ke=E/YAIM,
bu yerda: E — eksport qiymati.
Eksport buyicha kvotaning ko'payishi ham mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining, ham mahsulot raqobatbardoshli- gining o'sib borishidan darak beradi

.Mamlakatdagi aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eks­port imkoniyatlari) - mazkur mamlakat tomonidan islilab chiqarilgan mahsulotning o'z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin boigan qismi.
Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi. Biror bir mamlakat boshqa mam­lakatda ishlab chiqarilgan tovarni o'z iste'moli uchun emas, balki uchin­chi mamlakatga qayta sotish uchun xarid qilgan taqdirda reeksport ro'y beradi. Reeksport bilan reimport uzviy bog'liq. Reimport iste'molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.
O'zbekistonda tashqi savdo aylanmasi va uning tarkibi quyidagi ma'lumotlar bilan tavsiflanadi (27.3-jadval).


27.3-jadval
O'zbekistonda tashqi savdo aylanmasi va uning tarkibi (foizda)

Ko'rsatkichlar

Yillar

2000

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

Tashqi savdo aylanmasi

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Eksport

52,5

52,4

55,7

56,0

56,9

59,2

63,2

60,7

Import

47,5

47,6

44,3

44,0

43,1

40,8

36,8

39,3

Eksport -jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

shu jumladan:

























Tovarlar

86,3

84,1

85,6

88,2

87,8

87,9

89,3

89,6

Xizmatlar

13,7

15.9

14,4

11,8

12,2

12,1

10,7

10,4

Import - jami:

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

shu jumladan:

























Tovarlar

91,5

89,4

89.8

88,9

89,6

90,9

92,6

89,0

Xizmatlar

8,5

10,6

10,2

11,1

10,4

9,1

7,4

11,0


O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi maiumotlari.

«Tashqi bozorda konyunkturaning yomonlasHuviga qaramasdan, 2008- yilda tashqi savdo aylanmasi 21,4 foizga oshdi, ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 28,7 foizga ortdi. Natijada tashqi savdo balansida ijo­biy saldo hajmi sezilarli darajada o'sdi. Bu esa ishonchli to'lov balansi va iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko'rsatkichi bo'lib xizmat qil- moqda»'.


Eng muhimi, eksport hajmining ana shunday o'sishi biz uchun an'anaviy resurslar bo'lmish paxta tolasi, qimmatbaho metallar va turli xomashyo yetkazib berish hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral o'g'itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabel mahsulotlari, qurilish ma­teriallari va boshqa shu kabi ko'plab eksport tovarlari hajmi va turlarini ko'paytirish evaziga ta'minlanmoqda. Natijada «tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulot salmog'ining barqaror o'sish tendensiyasi va xomashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulot­lari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko'zga tashlanmoqda. 2008- yilda umumiy eksport hajmida xomashyo bo'lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda O'zbekiston uchun an'anaviy eksport xomashyosi boigan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003- yildagi 20 foizdan 2008-yilda 12 foizga tushdi»1.
«Bizning keyingi yillarda eksport sohasida qo'lga kiritgan yutuqla- rimiz, awalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, loko- motiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o'z vaqtida boshlangan, chuqur o'ylangan va uzoq istiqbolga mo'ljallangan ishlarimizning natijasidir»2.
Eksport va importning harakatida ham multiplikatsiya samarasi mavjud bo'hb, bu omilni hisobga olish o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada taniqli iqtisodchi olimlardan J.Keyns, R.Kan, F.Maxlup, P.Samuelson va boshqalar tashqi savdo multiplikatori to'g'risidagi nazariy asoslami yaratishda katta jiissa qo'shdilar.
Eksport multiplikatori ham investitsiyalar multiplikatori singari iste'mol sohasidagi ichki jarayonlar bilan bog'liq bo'lib, iste'mol yoki jamg'armaga so'nggi qo'shilgan moyillik ko'rsatkichlari orqali aniqlanadi:
,, 1 1
Mx = = ,
MRS 1 - MRC
bu yerda:
Mx — eksport multiplikatori koeffitsiyenti;
MRS — jamg'armaga so'nggi qo'shilgan moyillik;
MRC — iste'molga so'nggi qo'shilgan moyillik.
Eksport hajmi oshishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta'sirini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
YAIM=MrAX,
bu yerda:
Mr - multiplikator;
AX — eksport hajmining o'sishi. Biroq, xalqaro savdo faqat eks- portdan iborat bo'lmay, balki o'z ichiga importni ham oladi. Agar eks- portdan olingan daromadning bir qismi importga sarflansa, u holda mam­lakatning ichki xarid qobiliyati pasayadi. Import jamg'arma singari boy berilgan imkoniyat sifatida amal qiladi, shuning uchun u matematik ifodalarda manfiy ishora bilan qo'llaniladi. Importni jamg'arish funk- siyasiga o'xshagan holda tahlil qilish mumkin. Buning uchun importga so'nggi qo'shilgan moyillik tushunchasini kiritib olamiz. Bu moyillik import hajmi o'zgarishining daromad o'zgarishiga nisbati orqah ifodala- nishi mumkin. Natijada import multiplikatori formulasi quyidagi ko'rini- shga ega bo'ladi:
M,= 1 ,
p (MRS + MRM) AX
bu yerda:
M RM — importga so'nggi qo'shilgan moyillik.
Importni hisobga olgan holda eksport hajmi o'zgarishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta'sirini quyidagicha ifodalash mumkin:
A YalM = .
{MRS + MRM) AX
Tashqi savdo multiplikatori cheksiz harakatda bo'lmaydi. Tmport tovarlarni iste'mol qilishga so'nggi qo'shilgan moyillikning qiymati bir- dan kam boiganligi sababli navbatdagi qo'shimcha o'sishlar miqdori muntazam qisqarib, multiplikatsiya jarayoni sekin-asta so'nib boradi.
Xalqaro savdo bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o'rtasida mam­lakat ichidagiga qaraganda ancha past bo'ladi. Masalan, ishchilar mam­lakat ichida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o'tishi mumkin. Mamlakatlar o'rtasidagi til va madaniy to'siqlardan tashqari yana im- migratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o'rtasidagi mig- ratsiyasiga qattiq cheklashlar qo'yadi. Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator muassasaviy to'siqlar real kapitalning milliy chegara orqali mig- ratsiyasini cheklaydi.
2. Har bir mamlakat har xil valutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o'rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug'diradi.
v 3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo'lib, bu ichki savdoga nisbatan qo'llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo'yicha sezilarli farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omil­larining turli mamlakatlar o'rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqa- rishi tuzilmasiga bog'liq. Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro sav­doda ustun ravishda xomashyo, materiallar, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo'Isa, bugungi kunga kelib sanoat to­varlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog'i sezilarli dara­jada o'sdi. Intellektual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham keskin ra­vishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10 foiziga qadar yetdi. Shu­ningdek, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bor­moqda. An'anaviy ko'rinishdagi tovar birjalari, auksionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko'rgazmalari bilan bir qatorda ildd tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qoilanmoqda:

  1. baiter - tovarlarni to'g'ridan-to'g'ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir- biriga taqqoslash uchun pulning qiymat o'lchovi vazifasi orqah baholab olinadi;

  2. eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiy­matining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;

  3. texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;

  4. import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;

  5. kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko'ra, tex­nologik asbob-uskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko'rinishidagi) bo'yicha to'lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqah amalga oshiriladi;

  6. bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo'shimcha xomashyo yetkazib berish orqali toiash;

7) kliring operatsiyalari, ya'ni o'zaro talab va majburiyatlarni hisob­ga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.
Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro operatsiyalar barcha hajmida barter bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid - 55 foiz, kompensatsion bitimlar — 9 foiz, kliring operatsiya­lari 8 foizni tashkil etadi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo'yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqah amalga oshadi. Jahon amahyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta'sirdan hi­moyalash) va fritrederlik (savdoga to'liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Proteksionizmning klassik va zamonaviy ko'rinishlari farqlanadi. Klassik yoki qattiq proteksionizm siyosatining nazariy asosini merkan- tilizm tashkil etib, uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • tovarlar importini cheklash;

  • eksportni har tomonlama qoilab-quwatlash;

  • chetdan keluvchi tovarlarga yuqori boj to'lovlari o'rnatish orqali milliy ishlab chiqarishni himoyalash;

  • tovarlarning ma'lum turlari bilan savdo qilishga davlat monopoli- yasining o'rnatilishi va h.k.


Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish