Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


To'lov balaitsi, uning tuzilishi va taqchilligi



Download 61,19 Mb.
bet292/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

27.3. To'lov balaitsi, uning tuzilishi va taqchilligi
To'lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo'jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o'rtasida ma'lum vaqt (odatda bir yil) oralig'ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtiril- gan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar — qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya'ni tovarlar, ko'rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o'tishi bo'yicha kelishuvlardan iborat. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo'ladi va shu sababli to'lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga iioya qilinadi. Har bir bitim to'lov balansining debet va kredit qismlarida o'z ifodasini topadi.
Kredit — qiymatning mamlakatdan chiqib ketishi boiib, uning hiso­biga mazkur mamlakat rezidentlari chet el valutalarida qoplovchi toiovlar ekvivalentini oladi. Debet - qiymatning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo'lib, uning hisobiga rezidentlar chet el valutalarini sarflay- di. To'lov balansida kreditlar umumiy summasi debetlarning umumiy summasiga teng boiishi zarur.
To'lov balansidagi barcha bitimlar o'z ichiga joriy va kapital bilan operatsiyalarni olishi sababli, u uchta tarkibiy qismdan iborat boiadi (27.4-jadval):

    1. joriy operatsiyalar hisobi;

    2. kapital harakati hisobi;

    3. rasmiy zaxiralarning o'zgarishi.

27.4-jadval

2. Tovar importi

To'lov balansining tuzilishi
I. Joriy operatsiyalar hisobi
1. Tovar eksporti


Tashqi savdo balansi qoldig'i



4. Xizmatlar importi (turizm uchun chet elga to'lovlar va h.k. - kreditii xizmatlar)





5. Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar)
6, Sof transfertlar
Joriy operatsiyalar bo'yicha balans qoldig'i

7. Kapital kirishi

II. Kapital harakati hisobi
8. Kapital oqib chiqishi
Kapital harakati balansi qoldig'i
Joriy operatsiyalar va kapital harakati balansi qoldig'

i
Mamlakatning tashqi saydo balansi (to'lov balansi) mazkur dav­latning chet ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning kredit-pui, valuta, budjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi uchun in- dikator bo'lib xizmat qiladi.
Joriy operatsiyalar hisobi tovar va xizmatlar eksporti («+» belgisi bilan), import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof transfertlarni o'z ichiga oladi. Tovarlar eksporti va importi o'rtasidagi muvozanat (tenglik) savdo balansini tashkil qiladi.
Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valuta- lari zaxiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «-» belgi­si bilan) mamlakatdagi chet el valutalari zaxirasini qisqartiradi.
Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromad­lar) kreditli xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellaiga qo'yilgan milhy pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo'yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga qo'yilgan chet el kapitaliga qaragan­da ko'proq miqdorda foiz va dividend keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo'ladi.
Sof transfertlar xususiy va davlat mablagTarining boshqa mamlakat- larga o'tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg'a, chet elga pul o'tlcazishlar yoki chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday toiovlar mamlakatda mavjud chet el valutalari zaxxrasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig'i quyidagicha ifodalanadi:
X - M Xn Y (C+I+G)
eksport import sof eksport YAIM absorbsiya
Absorbsiya - yalpi ichki mahsnlotning mazkur mamlakatdagi uy xo'jaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi.
Importga toiovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha boisa, bu mamlakatning joriy operatsiyalar bo'yicha balansi taqchilligini bildira­di. Bu taqchillik chet el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga sotish yo'h bilan moliyalashtiri|adi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo'Isa joriy operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo'ladi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar o'z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aksiyalar, obligatsiyalar, ko'chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib ohsh natijasida vujudga keladigan sarf- xarajatlar.
Kapital harakati _ Aktivlar sotishdan Chetdan aktivlar sotib
balansi tushumlar - olishga sarflar
Chet el aktivlarini sotish chet el valutalari zaxiralarini ko'paytiradi, ularni sotib olish esa valutalari zaxiralarini kamaytiradi. Kapital ha­rakati hisobi ham taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega bo'ladi.
^ To'lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy zaxiralarini qisqartirish hisobiga mohyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar:

  • chet el valutalari;

  • oltin;

  • mamlakatning XVFdagi kredit ulushi;

  • qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k. Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda ichki bozorda chet el valuta­lari taklifi ortadi, milliy valutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va uning ayirboshlash kursi nisbatan o'sib milliy iqtisodiyotga inqirozh ta'sir ko'rsatadi. Aksincha, to'lov balansining aktiv qoldig'i Markaziy bank rasmiy valuta ehtiyojlarining o'sishi bilan birga borganda ichki bozorda chet el valutalari taklifini kamaytiradi, milliy valuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

Markaziy bank tomonidan chet el valutalarining bunday sotilishi va sotib olinishi rasmiy zaxiralar bo'yicha operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari bilan bir xil emas. Rasmiy zaxiralar bo'yicha operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zaxiralar miq­dorining o'zgarishi nolni tashkil qilishi zarur.

Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo'yicha taqchil- likni bartaraf qilishni kechiktirishi va o'zining rasmiy valuta zaxiralarini to'liq sarflashi natijasida to'lov balansi inqirozi kelib chiqadi. Mam­lakat tashqi qarzlarni to'lash holatida bo'lmaganligi sababli, chet eldan kredit olish imkoniyatidan mahrum bo'ladi.Iqtisodiyot subyektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizhgi to'Jov balansi inqirozini chuqurlashtiruvclii omil hisob­lanadi. Milliy valuta qadrsizlanishining kutilishi chet el valutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni rag'batlantiradi. Bu Markaziy bank­ning milliy valuta qadrsizlanishining oldini olishga qaratilgan harakati- ni ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valuta zaxiralari bir vaqtda to'lov balansining taqchilligini mohyalashtirish va chet el valuta­lariga o'sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun yetarli bo'lmay qoladi. Bunday holda valutalarning «xufyona bozori» vujudga kehb, rivojlana boshlaydi.
Respublikamizda davlat budjeti taqchiUigi ijobiy tavsifga egaligi, tash­qi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishilganligi (2008-yil 4068,8 mln. AQSH dollari miqdorida) va oltin-valuta zaxiralarimizning yildan-yilga ko'payib borayotganligi orqali «0'zbekiston o'zining ishonchli va to'lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo'yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda»'.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish