Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash



Download 61,19 Mb.
bet272/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakl­larda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxassislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklami litsen- ziya asosida berishni, ilmiy tadqiqot ishlari o'tkazishni, umumiy fan- texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma tadbirkorlik­ni o'z ichiga oladi.
Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridati biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasi­ga sanoat va boshqa obyektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xiz­mati ko'rsatishdan iborat boiadi.Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, mohyaviy vositalar- ning milliy chegaralar orqah to'xtovsiz o'sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Muhim transport tizimi (dengiz, daryo, havo, temir yo'l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommuni- katsiyalar tannog'i tobora ko'proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo'lmasa, hozirgi islilab chiqaruvchi kuch- lajning baynalmilallashuvini rivojlantirib boimaydi. Bunday infratu- zilmaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo'lgan.
Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlash- malari misli ko'rilmagan tezhk bilan operativ ma'lumotlar olishga va ulami ishlab chiqishga imkon beruvchi eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan mamalakatlarda keng tarmoqh axborot majmuasi tashkil topmoqda, uning ta'siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ay­niqsa qimmathdir. Shu sababh turli xalqaro darajalarda maxsus «ma'lu- motlar banklari» tashkil topmoqda, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsad- lari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha yengillashtiradi. Jahon infratuzihnasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqah rivojlanadi.
Xalqaro ayirboshlash tovarlarda moddiylashgan shakllardan nomod­diy aloqalarga tobora ko'proq o'rin bo'shatadi, ya'ni fan-texnika yutuq- lari, ishlab chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash o'sib boradi. Hisob-kitoblarga ko'ra hozirgi kunda xiz­matlar jahon yalpi ichki mahsulotining 46 foizini tashkil qiladi.
25.4. Jahon xo'jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish
Butun jahon xo'jalik hayotining baynalmilallashuvi davlatlararo xo'jalik aloqalarini tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qil- maydigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasini topish qiyin. Jum­ladan, moliya, valuta va kredit sohalarida Xalqaro valuta fondi (XVF), Xalqaro ta'mirlash va rivojlantirish banki (XTRB), jahon savdosi sohasida — Tariflar va-savdo bo'yicha bosh kelishuv - Jahon savdo tashkiloti (TSBK - JST)ni ko'rsatish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milhy-tashkiliy shakl­lardan boshlanadi. Xo'jalik hayotining baynalmilallashuv jarayoni dast­lab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg'unlashtirishga, keyin esa dav­latlararo va xalqaro tashkilotlar tuzilishiga olib keldi.
Huquqiy ma'noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o'rnatishga, ya'ni me'yoriy chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqa­rishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomon- lar zimmasiga majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilin­gan andozalar va qoidalarni o'z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o'z nav­batida milhy tartibga solishga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning 20-yillarida tuzilgan boisada (Millatlar ligasi - 1919-yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki - 1929- yil), xalqaro darajada jahon xo'jalik aloqalarini ko'p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi.
1945-yil maxsus xalqaro uyg'unlashtiruvchi muassasalar — Xalqa­ro valuta fondi (XVF) va Xalqaro ta'mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon savdosi, xalqaro kredit va valuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan Tariflar va savdo bo'yicha bosh kelishuv (TSBK), Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashki- loti (YelHT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg'unlashtiruvchi komiteti (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to'g'ri keldi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko'p tomonlama shartnoma asosida harakat qiluvchi, xalqaro savdo tartib-qoidalarini qayd qiluvchi, 1948- yilning 1-yanvaridan buyon Tariflar va savdo bo'yicha bosh kelishuv (TSBK) nomi bilan faoliyat ko'rsatib, 1995-yil 1-yanvardan Jahon savdo tashkiloti (JST) deb yuritiluvchi xalqaro tashkilot doirasidagi faoliyat bilan bog'liq. Hozirgi davrda JST jahon savdo aylanmasining 45 qismidan ko'prog'ini tartibga soladi. JST milliy va mintaqaviy darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi proteksionizmga qarshi turadi, mil­hy manfaatlarni o'zaro kehshtirishga yordam beradi. Uning faoliyati sav- doda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda maslahatlashish kabi tamoyillarga asoslanadi. JST faoliya­tining asosiy shakli qatnashuvchi tomonlariniag ko'p tomonlama savdo muzokaralarini o'tkazish hisoblanadi. Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o'zaro maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga ko'plab qiyinchi- liklar bilan erishiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik soha­si — bu valuta-moliya sohasidir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg'unlashtirish XVF, XTRB, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tash­kiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. «Katta sakkizlik» nomini olgan jahondagi yetakchi mamlakatlar (AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya) ning har yillik kengashi bu sohada muhim rol o'ynaydi. Bu mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti 2007-yilda jahondagi barcha mamlakatlar YAIMning 45,3 foizini tashkil etgan (25.1-jadval).


25.1-jadval

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish