Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Davlat budjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismini o'zgartirishga qaratiladi



Download 61,19 Mb.
bet259/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Davlat budjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismini o'zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablagiarni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo'jalik sub'eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta'sir ko'rsatishda ham keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, sohq stavkasi darajasiga hamda sohq turlari va soliq to'lashda berilgan imtiyozlarga bogiiq bo'ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida budjet xarajat- laridan ham foydalanadi. Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, sub- sidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol boiadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy kapitalga hi- soblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o'ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg'arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarni rag'batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy sikl va bandlikka ta'sir ko'rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo'yilmaiari muhim rol o'ynaydi. Jumladan, bozor konyunkturasi yomonlashgan, turg'unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo'yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o'sadi. Shu orqah davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o'sishiga qarshi turishga harakat qiladi.
Davlat kapital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi o'zgarish- larda ham sezilarli o'ringa ega boiadi, masalan, davlat xususiy kapi­talining oqib kehslii yetarli bo'lmagan mintaqalar, tarmoqlar yoki fa­oliyat sohalarida yangi obyektlar qurish va eskilarini qayta qurollantirish orqali iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta'sir ko'rsatadi. Bulardan tashqari davlat kapital qo'yilmalari ilmiy-tadqiqot ishlarida, kadriar tayyorlash­da, tashqi savdo va chetga kapital chiqarishdaJiam katta rol o'ynaydi. Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bir qa­tor sbakJlarini ham ajratib ko'rsatish mumkin:

  • davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;

  • ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat tomonidan rag'batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni ta'minlash;

  • investitsiya jarayoni va iqtisodiy o'sishni davlat tomonidan tartibga solish;

  • ishchi kuchi bozoriga davlat tomonidan ta'sir ko'rsatish;

  • qishloq xo'jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning oliy shakli dav­lat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o'rta muddatli, favquloddagi va maqsadli bo'lishi mumkin. O'rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favqu- lpddagi dasturlar tig'iz vaziyatlarda masalan, inqiroz, ommaviy ishsiz­lik va kuchli inflatsiya sharoitlarida islilab chiqilib, qisqa muddatli xusus- iyatga ega bo'ladi. Maqsadli dasturlarning obyekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqot laming har xil yo'nalishlari bo'lishi mumkin. Masalan, mamlakatimizda 2006-2008-yillarda mahalliy xom­ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chikarishni mahalliylashtirish dasturi qabul qilingan bo'lib, uning asosiy maqsadi iqtisodiyotning jadal va barqaror rivojlanishini ta'minlash, uning tashqi omillarga bog'liqhgini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish, mahalhy xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish, shuning asosida zamonaviy raqobatbardosh mahsu­lot ishlab chiqarishni ko'paytirish, valuta mablag'laridan tejamli va oqilona foydalanish, shuningdek, yangi ish joylarini yaratishdan iborat. Belgi­langan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar natijasida Mahalliylashti­rish dasturi doirasidagi islilab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bor­moqda. 2004-yilda 201 ta mahalliylashtirish loyihasi doirasida 135 ta korxona ishtirok etgan bo'Isa, 2008-yilga kelib loyihalar soni 310 taga, ularda ishtirok etgan korxonalar soni esa 166 taga yetgan. Ishlab chiqa­rish hajmi 2006-2008-yillar mobaynida avtomobillar bilan hisoblan- ganda 1,9 marta, avtomobillarsiz 3,5 marta o'sgan1.
«Mamlakatimiz bo'yicha investitsiya dastuilarini amalga oshirish nati­jasida qariyb 250 milliard so'mlik asosiy fondga ega bo'lgan jami 423 ta obyekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, yengil va to'qimachilik sanoatida 65 ta. qishloq va o'mion xo'jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo sanoatida 13 ta, farmatsev- tika tarmog'ida 8 ta obyekt ishga tushirildi»2

.Ta'lim tizimjdagi islohotlar O'zbekistondagi barcha o'zgarishlarnhig negizi hisoblanadi. «Ta'lim uchun xarajatlar, — degan edi Preziden- timiz I.Karimov, — davlat budjeti xarajatlari umumiy qiymatining qa­riyb yarmini tashkil etadi. Biroq men ularni xarajat emas, kelajak uchun qo'yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblayman, chunki ta'hm dara­jasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini belgilab beradigan mu­him omildirV. Shunga ko'ra, O'zbekistonda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash va Maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy dasturlari muhim o'rin tutadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga joriy etishda davlat bud- jetidan qo'shimcha sarf-xarajatlar 19.97-2001 -yillar oralig'idagi o'tish davrida 65 mlrd. so'mni tashkil etdi. Ta'lim sohasiga sarflanayotgan xara­jatlar bo'yicha O'zbekiston dunyoda o'z o'rniga ega. Xususan, Jahon bankining ma'lumotiga ko'ra, yalpi ichki mahsulotdan ta'lim sohasiga xarajatlar Rossiyada 3,4 foiz, AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniyada 5,3 foizni tashkil etadi. O'zbekistonda 1998-yilda ta'lim sohasiga yo'naltirilgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 7,6 foizini, 1999-yilda 8,1, 2000- yilda esa 10,3 foizini tashkil etdi. Agar 2003-yildajami budjet xarajat­larining 26,2 foizi ta'hm sohasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2004-yilda bu ko'rsatkich 27 foizga yetdi.
Mamlakat budjetining 8-12 foizi Kadrlar tayyorlash milhy das­turini amalga oshirishga ajratilishi dunyodagi hech bir mamlakat tajri- basida ko'rilmagan. Yalpi ichki mahsulotining ta'lim sohasiga sarflana- digan ulushi 10 foizdan 12 foizgacha ko'tarildi. Boshqacha aytganda, Milliy dasturda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni ro'yobga chiqarish ishlariga 1998-yihiing o'zida budjetdan 103,1 mlrd. so'm sarflangan bo'lsa, 1999-yiida 143 mlrd. so'm ajratilgan. Bumablag'ning 30,5 mlrd. so'mi akademikva kasb-hunar kollejlarini barpo etishga sarflandi. 1997-2005- yillar davrida Kadrlar tayyorlash milhy dasturini amalga oshirish uchun ta'hm sohasiga 2 trln. 200 mlrd. so'mdan ko'proq mablag' sarflandi. 2004-2009-yillarda kadrlar tayyorlash uchun sarflanadigan mablag' I trln. 200 mlrd. qilib belgilangan. O'tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o'quv yurtlarini barpo etish uchun 5 mlrd. doll.dan ortiq budjet va budjetdan tashqari ma&lag'lar yo'naltirildi.
O'tgan davr mobaynida Kadrlar tayyorlash va Maktab ta'limi rivojlan­tirish umummilliy dasturlari doirasida ahamiyatli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
- maktablar, litsey va kollejlarning zamonaviy moddiy-texnik va o'quv bazasini shakllantirish va mustahkamlash, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangi standartlar, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etildi;

  • 1200 dan ziyod akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4600 dan ortiq umumta'lim maktabi yangitdan bunyod etildi, rekonstruksiya qi- lindi va zamonaviy o'quv-laboratoriya jihozlari bilan ta'minlandi;

  • keyingi 10 yil davomida o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim tizimida 100 dan ziyod yo'naiish, 265 ta mutaxassislik va 700 ta kasb bo'yicha professional ta'lim olgan va zamonaviy fikrlash salohiyatiga ega bo'lgan bir million nafardan ortiq yangi avlod mutaxassislari tayyorlandi.

O'zbekistonda 2008-yil «Yoshlar yili» deb nomlandi va unga oid fnaxsus davlat dasturi qabul qilindi. Prezidentimiz o'z ma'ruzasida «Yoshlar yili» dasturining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda uni shakllanti- rishda e'tibor qaratilishi lozim boigan asosiy jihatlarga to'xtahb o'tdi. Jumladan, mazkur dastur haqida gapirganda, yoshlar siyosati masala- larini tahlil etayotganda, biz yosh oilalarning ehtiyoj va talablariga alohi­da e'tibor qaratishimiz kerakhgi ta'kidlandi. Awalambor, yosh oilalarga munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni yaratib berish, ro'zg'omi butlash uchun mablag' va kreditlar bilan ta'minlash, ma'naviy yetuk, jismonan sog'lom bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazish yoiida zarur imkoniyatlarni tug'dirib berishimiz kerakligi, bu masalalarning bar- chasi dasturda o'z ifodasini topishi lozimligi uqtirildi1.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usui- lar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo'jalik aloqalariga bevosita ta'sir ko'rsatiladi.
Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag'batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to'lovlarini o'zgartirish, mam­lakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo'yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqti­sodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakat- larning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir. Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab chiqilgari barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) biigalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mam­lakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
' Insonmanfaatlari ustuvorligini ta'minlash — barcha islohot va o'zgarisMarimizning bosh maqsadidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda iqtisodiy islohotlar­ni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mah- kamasi majUsidagi ma'ruzasi // Xalq so'zi, 2008-yil 9-fevral.
Xulosalar

    1. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning bozor vositasida o'zini-o'zi tartibga solish orqali baja­rish mumkin bo'lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo'lmaydigan vazifalarni o'z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste'molning xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi sal­biy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste'molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qis- man yengillashtirish, jumladan, aholining kam ta'minlangan qatlami- ning turmush darajasi haqida g'amxo'rlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko'rsatish va shu kabilarni o'z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish vazifasini ham o'z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.

    2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a'zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun chek­langan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarah foydalanishni ta'minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo'naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo'yicha fa­ohyati tushuniladi.

    3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari orqali ifodalanib, ular, asosan, bozor tizimining amal qili- shini yengillashtirish va himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Ya'ni, bozor tizimining samarah amal qilishiga imkon tug'diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta'minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va boylikni qayta taqsim­lash; resurslarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqti­sodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflatsiya va bandlilik darajasi us­tidan nazorat qihsh hamda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish.

    4. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita va bilvosita ta'sir qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga so­lishning bevosita ta'sir qilish usullaridan foydalanilganda yaxbt takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to'g'ridan-to'g'ri, ma'muriy tartibga solish ko'zda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiyotning ayrim bo'g'inlarini bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini «muzlatib» qo'yish siyosati; ish bilan bandlik xiz­mati (mehnat biijalari) faoliyatini tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni ko'zda tutuvchi qonunlami ishlab chiqish va qabul qilish va h.k.

    5. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustuniik beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet siyosatida o'z ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo'ladi: hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining Marka­ziy bankdagi zaxiralari minimal hajmini o'rnatish va o'zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ularni sotish vato'lash). Davlat budjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o'zgartirishga qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi sohqlar hisoblanadi.

* Asosiy tayanch tushunchalar

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish