22.5. O'zbekistonda milliy valutani mustahkamlash siyosatining amalga oshirilishi
Respublikada milliy valutani mustahkamlash ishida so'mning xarid quwatini oshirib borish va uning barqarorligini ta'minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatbardosh mahsulotlar bilan toidirish va zarur ehtiyotlar hosil qilish orqah erishiladi. Bozorni iste'mol mol- larvbilan toidirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengay- tirib, mahsulot sifatini yaxshilab borish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste'mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so'mning barqarorligini ta'minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta'minlash maqsadida import ham rag'batlantirib boriladi. So'mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valutaga erkin almashtirilishi yetarli valuta zaxirasi bo'lishiga bog'liq. Unga eri- shishda korxonalar va barcha subyektlarning jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur boigan rag'batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega. Jumladan, keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida ro'y berayotgan jiddiy tarkibiy o'zgarishlar bu borada qulay imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Xususan, 2007-yilda eksport hajmining o'sish sur'ati 40,7 foizga ortib, im- portga nisbatan sezilarli darajada bo'ldi. Naujada tashqi savdo aylanmasi- da 3,5 mlrd. dollardan ortiq miqdorda ijobiy saldoga erishilib, oltin-valuta zaxiralarini 1,5 barobar ko'paytirish imkonini berdi1.
So'mning barqarorligini ta'minlashda undan ehtiyotkorona va tejab- tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag'larning eng ko'p samara berishiga, olingan kfeditlarning o'z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o'rin tutadi.
Inflatsiyaga qarshi aniq o'ylangan siyosat o'tkazish milliy valutani mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng awalo inflatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan kat'iy nazorat o'matish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo'llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Shu orqah puhiing qadrsizlanishida maqbul sur'atni tanlashga erishiladi.
Inflatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o'sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o'sishi bilan bog'lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilishi zarur. Chunki xarid qihsh uchun mollar yetarli bo'lmagan holda aholi qoiida pulning ortiqcha ko'payib ketishi inflatsiyaning yanada avj olib ketishiga, oxir-oqibatda inqirozlarga sabab bo'ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o'sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan gi perinflatsiya- ni keltirib chiqaradi. Bu o'z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izi- dan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashuvi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo'lishi xavfini tug'diradi.
So'mning barqarorligini ta'minlashda naqd pul emissiyasining o'sishiga, aholi qo'lida pulning harakatsiz turib qolishiga yoi qo'ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o'z vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o'sishini ta'minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo'1 qo'ymaslik choralari ko'rilishi kerak.
Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kur- sining barqarorlashuviga erishishdir. Bu o'z navbatida import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o'zgaradi. Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgi- lash valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidh. Milhy valuta kursi barqarorligini ta'minlashning navbatdagi sharti daslabki bosqichda valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko'paytirishga us- tunhk berishdir. Bu borada 2007-yilda xo'jahk subyektlari ,va aholining bank xizmatlaridan foydaJanishini qulaylashtirish, ayni paytda naqd pulsiz aylanma miqyosini kengaytirish maqsadidagi chora-tadbirlar davom ettirildi. Xususan, muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 500 mingtaga, xizmat ko'rsatuvchi terminallar soni esa 3,5 mingtaga oshirildi. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffa- qiyatli amalga oshirilishi milhy valutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quwatining oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
•a
Xulosalar
zimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milhy pul birligi; naqd pul muomalasida qonuniy to'lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog'oz, tanga va kredit pullar tizimi; pul emissiyasi, ya'ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlaii va metall tangalar (pul belgilari) xftmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, vek- sellar, akkreditivlar, to'lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bularning hammasi birgahkda pul agregati deb yuritiladi.
Muomalani ta'minlash uchun zarur boigan pul miqdori muayyan davr davomida sotihshi va sotib olinishi lozim boigan tovarlar summasi, pul birligining aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omiilarga bog'liq boiadi.
Makroiqtisodiy beqarorhkning ko'rinishlaridan biri inflatsiya hisoblanib, u pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog'oz pul birliklarining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o'sishida ifodalanadi.
Kelib chiqish sabablariga ko'ra talab inflatsiyasi va taklif inflatsiyasi farqlanadi. Talab inflatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to'liq foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi natijasida kelib chiqadi. Taklif inflatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko'payishi hisobiga narxlarning oshishi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, o'sish sur'atiga ko'ra inflatsiyaning o'rmalab boruvchi, jadal va giperin- flatsiya; bashorat qihsh mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilma- gan inflatsiya kabi turlari farqlanadi.
Kredit bo'sh turgan pul mablagiarini ssuda fondi shaklida to'plash va ularni pulga muhtoj bo'lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maium muddatga, foiz toiovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalarning amortizatsiya ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag'batlantirish fondlari; korxonalar foydasi; bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; aholining bo'sh pul mablag'laridan iborat.
Banklar pul mablagiarini to'plash, joylashtirish va ularning hara- katini tartibga solish bilan shug'ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Ular kredit munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o'z ichiga olib, kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo'lib, o'z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shoxobchalarini oladi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |