Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet254/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Ipoteka banklar bu ko'chmas mulk (yer va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalari. Ipoteka bankining resurslari o'zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shaklla- nadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalar­ning ishlab chiqarish quwatlarini kengaytirish*uchun foydalaniladi.
Mamlakatimizda tijorat banklari faoliyatining kengayib borayotgan- ligini quyidagi jadval ma'himotlaridan kuzatish mumkin (22.2-jadval).

      1. Prezidentimiz «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asarlarida bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo'jalik yurituvchi sub- yektlaming bo'sh mablagiarini tijorat banklari depozitlariga jalb qi- lishni rag'batlantirish ishlari ham 2009-yilda ustuvor vazifa bo'lib qo- lishini ko'rsatib o'tdilar.yilda ushbu jarayonlarni amalga oshirish orqali:

  • davlat tijorat Xalq bankining ustav kapitali 100 mlrd. so'mga;

  • «0'zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav ka­pitali 65,4 mlrd. so'm miqdoridagi qo'shimcha aksiyalarni emissiya qi­hsh orqah 100 mlrd. so'mga;

  • «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitali qo'shimcha 66,2 mlrd. so'mlik aksiyalar chiqarish orqah 141,5 mlrd. so'tliga yetkazildi.

    1. yilning boshiga kelib respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan tijorat banklari soni 30 taga yetib, shundan 3 tasi davlat-tijorat banki, 11 tasi aksiyadorlik-tijorat banki, 11 tasi xususiy bank va 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklardir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning 2009-yil 18-martdagi Qarorlariga ko'ra «Paxtabank» negizida «Agrobank», «G'allabank» negizida esa «Qishloqqurilishbanki» aksiya­dorlik-tijorat banklari tashkil etildi. Respublikamizning turh hududla- rida faoliyat ko'rsatayotgan tijorat banklari filiaJlari soni 800 tani tashkil etdi. Tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan mini-banklar soni 2008- yilda 107 taga ko'payib 2161 taga yetdi va ular deyarli barcha turdagi bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqdalar.

Banklarning kapitali va mijozlardan jalb qilingan depozitlar hajmi­ning o'sishi respubhka iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqa­rishni tarkibiy o'zgartirish, modernizatsiya qilish, istiqbolli va yuqori samarah investitsiya loyihalarini amalga oshirish, iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni mohyaviy qoilab-quwatlashda banklar ishtirokini yanada kengaytirish imkonini bermoada. Banklar tomonidan uzoq muddatga ajratilgan in­vestitsion kredi^ardan olingan daromadlar bo'yicha soliq imtiyozlari- ning berilganligi banklarning ushbu jarayonlardagi ish tiro kin i rag'- batlantirib kelmoqda. Natijada, tijorat banklari tomonidan ustuvor tar­moq korxonalarini modernizatsiya qilish hamda texnik qayta jihozlash uchun kreditlar ajratilishi yanada faollashdi. So'nggi yillarda bo'sh pul mablag'larini bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob- kitoblar hajmini kengaytirish vositalaridan biri boigan plastik kar- tochkalardan foydalanish tizimi jadal rivojlantirilmoqda. HuJaimat qaror­lariga asosan plastik kartochkalar bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar tizimiga oid jihozlarni import qi- lishda bojxona imtiyozlarining berilganligi banklarning bu boradagi fa- oliyatlarini yanada rag'batlantirdi. 2008-yil davomida tijorat banklari tomonidan qo'shimcha ravishda 787,8 ming dona plastik kartochkalar muomalaga chiqarilib, savdo va xizmat ko'rsatish shoxobchalarida qo'shimcha 9752 dona terminallar o'rnatildi. Muomalaga chiqarilgan bank plastik kartochkalari soni 4,5 mln. taga, savdo va xizmat ko'rsatish shoxobchalarida o'matilgan terminallar soni esa 27504taga yetkazildi.
Nobank kredit tashkilotlarining (kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar) qonunchilik bazasini takomillashtirish bo­rasida olib borilayotgan chora-tadbirlar nobank kredit tashkilotlari tarmog'i kengayib, banklar va nobank kredit tashkilotlari o'rtasidagi raqobat muhiti kuchayishiga zamin yaratmoqda. Xususan, bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2009-yil 1 yanvar holatiga ularning soni 138 taga, shu jumladan, kredit uyushmalari soni 78 taga, mikrokredit tashkilotlari 26 taga hamda lombardlar 34 taga yetdi. Nobank kredit tashkilotlarining asosiy ko'rsatkichlari ham sezilarli darajada o'sib bormoqda. Xususan, kredit uyushmalarining jami aktivlari 2008-yilda 63,8 mlrd. so'mga oshib, 2009-yil 1 yanvar holatiga 112 mlrd. so'mni, ularning kredit portfeli esa 59,5 mlrd. so'mga oshib, 102,4 mlrd. so'mni tashkil qildi.
Banklarda omonatlaming ko'payishiga, ularning bank tizimiga jalb etilishiga qaratilgan ishlar o'tgan yillarda ham amalga oshirilgan edi. Jumladan, 2008-yilda banklar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini kredit- lar bilan qo'llab-quwatlash maqsajdida, jismoniy va yuridik shaxslar­ning pul mablag'larini bank depozitlariga jalb qilish orqali banklarning resurs bazasini kengaytirish borasidagi ishlar yanada faollashtirildi. Jalb qilingan jami depozitlar hajmi 2008-yilda 50,7 foizga oshib, 2009- yilning 1-yanvar holatiga 5771,6 mlrd. so'mni tashkil etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-fevraldagi PF- 3968-sonli farmoniga asosan rezident — jismoniy shaxslardan depozit hisobvaraqlarga o'tkazilgan milliy va xorijiy valutadagi pul mablag'larini qabul qilish bo'yicha imtiyozlarning yaratilganligi jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
2008 -yil davomida tijorat banklari tomonidan aholiga milliy valutadagi 300 tadan ortiq, xorijiy valutadagi 100 tadan ortiq jozibador omonat turlari taklif etildi. Natijada, aholining kredit tashkilotlaridagi mablag'lari qoldig'i 2008-yilda 69 foizga oshib, 2009-yilning 1 yanvar holatiga 1723,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezi­dentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4057-sonli farmoniga asosan miqdoridan qatiy nazar fuqarolaming tijorat banklari depozit hisob- varaqlardagi omonatlari to'liq kafolatlanganligi aholining bank tizimiga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qihnoqda. 2009-yilning 1 yanvar holatiga ko'ra Fuqarolaming banklardagi omonatlarini kafo- latlash fondida 41,5 mlrd. so'm miqdorida mablag'lar shakllantirildi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish