Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet246/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

P _T»~X*+X< *
A,
bu yerda:
Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur boigan pul miqdori;
Tb - sotilishi lozim bo'lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori • narxi);
Xk - kreditga sotilgan tovarlar summasi;
Xt - toiash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to'lovlar summasi;
At - pulning aylanish tezligi.
Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so'mni, kreditga sotil­gan tovarlar — 20 mln. so'mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda toiash muddati kelgan tovarlar va boshqa toiovlar — 40 mln. so'mni tashkil qilib, pulning aylanish tezligi 6 marta boisa, u holda muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori 20 mln. so'mga teng bo'ladi. Ya'ni:
_ 100-20 + 40 ^ .
P = = 20 mln. so m.
6
Muomala uchun zarur boigan pul miqdori pul muomalasi qonu- nini miqdoran ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdoriga nisbatan muomalaga kam pul chiqarilsa, ko'pgina xo'jaliklarda pul tushmasligi, normal holatda xo'jalik yuritib bo'lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha, muomalada boigan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga nisbatan oshib ketishi va buning nati­jasida tovarlar bilan ta'minlanmagan pulning paydo bo'lishi uning qadr- sizlanishi, ya'ni inflatsiyani bildiradi.
Pul miqdoriga ta'sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomala- sining quyidagi qonuniga ta'rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur boigan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar summasiga to'g'ri mu- tanosib, pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir. Bunda sotishga chiqariladigan tovarlar summasi ishlab chiqarilgan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar hajmiga va ularning narxiga bog'hq boiadi. Albatta bunda narx haqida gap ketganda AQSH iqtisodchisi I.Fisher ko'rsatganidek, hamma tovarlarning o'rtacha narxi olinmaydi. Chunki samolyot narxi bilan ruchka narxining o'rtachasini olib bo'lmaydi. Shu­ning uchun har bir turdagi tovarning bozor narxida sotilgan summalari yig'indisi olinadi. Ta'kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni umumiy boiib, shu bilan birga oltin va qog'oz pul muomalasi qonunlarining o'ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farq- lari mavjud. Masalan, 1) oltin pul muomalada bo'lganda:

            1. ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinib, zaxirada to'planib boradi, zarur bo'lganda muomalaga yoki har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;

            2. tovarlar hajmi ko'payib, muomala uchun qo'shimcha pul zarur bo'lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo'1 bilan muomala uchun zarur bo'lgan oltin pul miqdori o'z-o'zidan tartiblanadi.

2) Muomala uchun zarur boigan oltin pul miqdori tovarlar qiy­matining miqdoriga to'g'ri mutanosiblikda, oltinning o'z qiymatiga nis­batan esa teskari mutanosiblikda o'zgaradi:

              1. oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o'zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati qancha past bo'Isa, muomala uchun zarur bo'lgan pul miqdori ham shuncha kam bo'ladi. Agar tovarlar qiymati o'zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko'payadi;

              2. agar tovarlar hajmi va qiymati o'zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o'z qiymatiga qarab o'zgaradi, ya'ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko'payadi.

Qog'oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:

  • qog'oz pul qancha miqdorda chiqarihnasin, unda belgilangan qiy­mat miqdori muomala uchun zarur boigan oltin pul miqdorining qiy­matiga teng bo'ladi;

  • qog'oz pulning har bir birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo'lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqa­rilgan qog'oz pul miqdori nisbatiga mos keladi.

Qog'oz pul tizimi amal qilib turgan davrdan buyon o'tgan real iqti­sodiy hayot shuni ko'rsatadiki, oltin pul muomaladan chiqarilgan va qog'oz pullarning oltin pul bilan aloqasini yo'qotishga rasman urinilgan bo'lsada, uning nominal qiymat belgisi sifatidagi harakatida oltin pul bilan bo'lgan aloqasi hozirgacha obyektiv ravishda saqlanib qolgan. Faqat u modifikatsiyalashib, murakkablashib bormoqdaki, natijada uni manti- qiy mushohada qilish orqali tushunish ancha qiyinlashadi. Shuning uchun ham qog'oz pullar har bir davlatning maxsus qonuni bilan muomalaga chiqariladi. Bu qonunda pulning belgisi, birliklari, miqyoslari va chet el valutalari bilan rasmiy almashuv tartibi o'rnatiladi. Ammo uning qiy­mat belgisi sifatida qancha qiymatga ega ekanligini hech qanday davlat qonuni bilan o'rnatib bo'lmaydi, u faqat obyektiv iqtisodiy qonun — pul muomalasi qonuni asosida o'rnatiladi va amal qiladi1.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliya­viy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul ope- ratsiyalarining asosiy ko'pchilik qismi naqd -fmlsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada boigan pul miqdorini hisoblash uchun Mt ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi. Bar-
cha pul agregatlari yig'indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish