Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet243/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

.Laffer egri chizig'i


Grafik tik o'qida soliq stavkasi (R), yotiq o'qida — davlat budjetiga tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (Rj) davlat budjetiga eng yuqori tushum (V,) ni ta'minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqLsh susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng boiadi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o'rnatilagan soliqlarni pasaytirish jamg'armalar, investitsiyalar, bandlilcning ortishi orqah soliq undiriladigan yalpi daro­mad hajmining o'sishini ta'minlaydi. Natijada soliq tushumlari summa­si ko'payadi, davlat daromadlari hajmi o'sadi, taqchillik kamayadi va inflatsiyaning susayishi ro'y beradi. Lekin o'z-o'zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me'yorida amal qilgan holdagina namoyon boiadi.


Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukining bir xil darajada boiishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydala- niladi. Soliq yuki darajasini miqdoran aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi soliqlar miqdorini to'lovga layoqatlilik ko'rsatkichiga nisbati yoki soliq toiangandan keyingi daromad miqdorini to'lovga layoqatlilik ko'rsatkichiga nisbati sifatida ifodalash mumkin:
K-soiiqyuki =JNX IP yoki Ksoliq = DN / PN ,
bu yerda: Nx ahoh jon boshiga to'g'ri keluvchi soliqlarning o'rtacha miqdori; DN — aholining sohqlar toiangandan keyingi daromadi; PN — aholining toiovga layoqatliligi.
Soliq yuki darajasini soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog'i bo'yicha ham aniqlash mumkin:
Ksoliq yuki = Z JV / Z YAIM,
bu yerda: N — soliqlar miqdori;
YAIM — yalpi ichki mahsulot hajmi.
Davlat iqtisodiy siyosati ning muhi m tarkibiy qismlaridan biri moliyaviy siyosat hisoblanadi. Moliyaviy siyosat — davlatning o'z vazi­falarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar majmui.
Moliyaviy siyosat diskretsion va o'z-o'zidan tartiblanuvchi tavsifdagi siyosatlarga bo'linadi. Diskretsion mohyaviy siyosat iqtisodiyotga ta'sir o'tkazish maqsadida soliq va davlat sarflaritii o'zgartirib turish bilan bog'liq. O'z-o'zidan tartiblanuvchi moliyaviy siyosat esa iqtisodiyotdagi holat o'zgarishiga muvofiq tarzda tartiblovchi mexanizmlarni o'zining ishga tushishiga asoslanadi. Bundan ko'rinadiki, milliy iqtisodiyotning rivojla- nishiga turli iqtisodiy subyektlarni soliqqa tortish hamda tushgan mab- lagiarni davlat budjeti orqali qayta taqsimlash jarayonlari ahamiyatli ta'sir ko'rsatadi. Davlat tomonidan iqtisodiyotga ta'sir ko'rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o'zgartirish bo'yicha qo'llaniluvchi chora-tadbirlar fiskal yoki soliq-budjet siyosati deb ataladi. Fiskal siyo­sat, bir tomondan, iqtisodiyotning tanazzul davrida davlat sarflarini oshi­rish yoki sohqlarni pasaytirish orqali xo'jalik hayotini rag'batlantirishni, boshqa tomondan esa, iqtisodiy rivojlanish ning yuqori darjasida davlat sarflarini qisqartirish yoki sohqlarni ko'paytirish orqali yuz berishi mumkin bo'lgan inflatsiya va ishsizlikning oldini olishni ko'zda tutadi.
21.4. O'zbekistonda budjet va soliq tizimini takomillashtirish
masalalari
O'zbekistonda budjet va soliq tizimini takomillashtirish iqtisodiy islohotlar va davlat iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, izchil soliq-budjet siyosatining amalga oshirilishi, soliq yukini kamaytirish bilan bog'liq chora-tadbirlarning ishlab chi- qilishi, soliq to'lovchilarda ishlab chiqarishni kengaytirishga sharoit yara- tilishi, ishlab topilgan va ularning o'zlarida qoldirilayotgan mablag'larning reinvestitsiya qilinishi oqibatida qo'shimcha soliq obyektining paydo bo'lishi hisobiga nafaqat budjetdagi yo'qotishlar o'rnining qoplanishi, balki sohq to'lovchilarning qo'shimcha daromadlarga ega bo'lib, ishlab chiqarish imkoniyatining oshishiga olib keladi.
Mamlakatdagi soliq tizimining soddalashtirilislii va unifikatsiya qili­nishi, soliq yuldning yanada kamaytirilishi quyidagi bir qator vazi- falarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga moddiy zamin yaratadi:

  • soliq yukining kamaytirilishi orqali soliq imtiyozlarining kengay- tirilishi xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi va iqtisodiyotni moder- nizatsiyalashni kengaytirishga imkon yaratadi;

  • soliq tizimini soddalashtirish va soliq stavkalarini pasaytirish o'z navbatida xususiy mulkchilik tarmog'ini kengaytiradi, biznes uchun qulay muhit yaratadi va uning kafolatlarini mustahkamlaydi;

  • soliq yukini kamaytirish hisobiga soliq to'lovchilar ixtiyorida qo- ladigan mablag'lar reinvestitsiya qilinishiga hamda ishchi xodimlarning ish haqiga yo'naltirilishiga tavsiya qilinishi, jismoniy shaxslar daromad- laridan olinadigan soliq stavkasining oraliq chegaralari bo'yicha pasay- tirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha im­tiyozlarining kengaytirilishi pirovardida aholi daromadlarining oshishiga hamda yangi ish o'rinlarining yaratihshiga olib keladi;

  • soliq yukini kamaytirish natijasida soliq to'lovchilar ixtiyorida qolgan mablag'lardan samarah foydalanish aholi daromadi va bandlik darajasini oshirish orqah xarid talabining jadal o'sishini ta'minlaydi;

  • soliq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish va soliq yukini ka­maytirish eksportni har tomonlama rag'batlantirish va valuta zahiralari- ni tejash, ulardan oqilona va samarah foydalanishni ham ta'minlaydi;

  • sohq tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish uy-joy kommunal xo'jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda energiya resurslaridan foydalanishda tejamkorlikni ta'minlash bilan bog'hq chora-tadbirlar- ning amalga oshirilishiga ham ta'sir ko'rsatadi.

O'zbekistonda ishlab chiqarishning yuqori o'sish sur'atlarini ta'min­lash, tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish, aholining real daromad- larini va iste'mol talablarini oshirishda muntazam ravishda sohq yukini kamaytirish choralarining keng qo'llanilishi o'z natijalarini bermoqda. Ayniqsa, sohqlar va to'lovlarni birxillashtirishga katta e'tibor qaratilishi soliqqa tortish mexanizmlarining oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to'lashga oid korxonalar faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek, soliq majburiyatlarining bajarilishini samarah nazorat qilishga yordam beradi. Ayni paytda bu hoi respublikada qo'llaniladigan soliq tizimini xalqaro me'yorlar va andozalarga muvofiqlashtirish zarurati bilan izohlanadi.
Faqat 2000-2007-yillar mobaynida mamlakatda daromad solig'i 38 foizdan 10 foizga, yagona ijtimoiy to'lov 40 foizdan 24 foizga, kichik biznes subyektlari va qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi­lar uchun yagona soliq 10 foizga tushirildi. Jismoniy shaxslar daroma- didan soliq olish stavkasi ham tubdan qayta ko'rib chiqildi va kamaytiril- di. Natijada so'nggi yetti yilda iqtisodiyotda umumiy soliq yuki 40 foizdan 27 foizga pasaytiriJdi. Shunga muvofiq korxonalarning moliyaviy resurslari ham tegishli ravishda oshdi. Bu o'z navbatida, investitsiyalarning ko'payishi, korxonalarning aylanma mablag'larini toidirish, ishchi va xizmatchilarning ish haqi va daromadlarini oshirish uchun qo'shimcha manba bo'lib xizmat qilmoqda. Birgina 2007-yilda respublikadagi xo'­jalik subyektlari soliq imtiyozlari berilishi hisobidan o'z moliyaviy re- surslarini qo'shimcha ravishda 830 milliard so'mga toidirishga erishgani bu fikrning yaqqol tasdig'idir.
Prezidentimiz I.Karimov ma'ruzasida 2008-yilda soliq sohasini yanada erkiniashtirish siyosati davom ettiriiishi ta'kidlanib, uning asosiy yo'na­iish va natijalari sifatida quyidagilar belgilandi:

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xo'jalik­lari uchun yagona soliq stavkasi 10 foizdan 8 foizga kamaytiriladi;

  • banklar uchun daromad solig'i 17 foizdan 15 foizga tushiriladi;

  • soliq stavkasining pasaytirilishi natijasida bo'shaydigan mablagiar banklarning kapitallashuvini oshirish uchun maqsadli ravishda yo'nal- tiriladi;

  • boshqa barcha xo'jalik subyektlari uchun daromad solig'i stavkasi 10 foiz miqdorida saqlanib qoladi;

  • taklif etilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish qo'shimcha ravishda 100 milliard so'mdan ortiq mablag'ni xo'jalik subyektlari ix- tiyorida qoldirish imkonini beradi;

  • joriy yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslardan olinadi­gan soliq bazasini hisoblash va ko'paytirish bo'yicha yangi tizimning joriy etilishi munosabati bilan aholining real daromadlari sezilarli darajada ortadi1. Shuningdek, ushbu ma'ruzada davlat budjetini bajarishga qara­tilgan g'aznachilik xizmati institutini rivojlantirish va mustahkamlash budjet mablag'laridan foydalanish samaradorligini oshirishi qayd etilib, bu borada Moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan G'aznachilik tuzil- masining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta'minlash, xalq ta'limi va sog'liqni saqlash sohasida budjet tash- kilotlarini moliyalash mexanizmim yanada takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlarni amalga oshirish lozimligi ko'rsatib o'tildi.

' Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash — barcha islohot va o'zgarishlarimizning bosh maqsadidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islcni Karimovning 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda iqtisodiy islohotlar­ni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mah- kamasi majlisidagi ma'ruzasi // Xalq so'zi, 2008-yil 9-fevral.
O'zbekistonda 2008-yilning 1-yanvaridan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga kirdi. Mazkur kodeksning mamlakatimiz ijtimoiy-iqti­sodiy taraqqiyotini ta'minlash, barqaror o'sish sur'atlarini rag'batlanti- rishdagi ahamiyatini e'tiborga olgan holda, uning amaliy ijrosini diqqat bilan o'rganish qanday sharoitlarda samara berayotgani, qaysi holatlarda esa uni yanada takomillashtirish yoki tuzatish kiritish zarurligini aniqlash juda muhim.
^Keyingi yillarda moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakl­lari va muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi. Xususan, kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkasi 2008-yilda 10 foizdan 8 foizga, 2009-yildan boshlab esa 7 foizga tushirildi.
Respublikada 2005-2009-yillarda turli soliq stavkalarining o'zgarishi tahlili shuni ko'rsatadiki, yuridik shaxslardan ohnadigan foyda sohg'i hamda dividend (foizlar) shaklida olinadigan daromadlardan foyda solig'i 1,5 baravar, aksiz solig'i 1,4 baravar, yagona sohq to'lovi 1,9 baravar, yagona ijtimoiy to'lov 1,3 baravar pasaytirildi (21.4-jadval).



Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish