Ishchi kuchi - insonning mehnatga bo'lgan aqliy va jismoniy qobi- liyatlarining yig'indisi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish — insonning mehnatga bo'lgan jismoniy kuchlari va aqhy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta'minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o'sishini ta'minlash, qarigan ishchilar o'rnini bosadigan yosh ishchilar avlodini yetishtirish jarayoni.
Yalpi ishchi kuchi — jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida qiymat va iste'mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog'liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui.
Ishchi kuchi talabi — muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va si- fatigabildirilgan talab.
Ishchi kuchi taklili — muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo'lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori.
Aholining tabiiy o'sishi — bu aholining emigratsiya va immigratsiya- dan tashqari harakati.
Emigratsiya — fuqarolarning o'z mamlakatlaridan boshqa mam- lakatlarga doimiy yashash uchun ko'chib o'tishi.
Immigratsiya — xorijiy fuqarolarning doimiy yashash uchun mam- lakatga ko'chib kelishi.
Ishsizlik — mehnatga Jayoqatli boiib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta'minlanmagan ishchi kuchi.
Friksion ishsizlik — malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o'rinlar bo'shashini kutayotganlarni namoyon etuvchi ishsizlik.
Tarkibiy ishsizlik — ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o'zgarishlar natijasida vujudga keladigan ishsizlik.
Siklik ishsizlik — iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog'hq ravishda vujudga keladigan ishsizlik.
Ishsizlik darajasi — ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati.
Ouken qonuni — ishsizlik darajasi va YAIM hajmining orqada qolishi o'rtasidagi nisbatning matematik ifodasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Ishchi kuchini takror hosil qilish deganda nimani tushunasiz va uning xususiyatlari qanday?
Ishchi kuchining sifati nima? U qanday omiilarga bog'liq? Fan- texnika taraqqiyotida ishchi kuchining sifatiga qanday talablar kuchayadi?
Ishchi kuchi bozori amal qilishining o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Ishchi kuchi qiymati va iste'mol qiymati qanday aniqlanadi? Ularga ta'sir etuvchi omillami sanab bering.
Ish bilan to'la bandlik nima uchun nisbiy ma'noda tushuniladi? Qanday qilib ishchi kuchidan samarali foydalanishga erishiladi?
Ishsizlikning asosiy turlariga tavsif bering.
Ishsizlik darajasi qanday hisoblanadi?
Ishsizlikning tabiiy darajasi nimani anglatadi va u qanday tartibda aniqlanadi?
Ouken qonunining mohiyati nimada namoyon bo'ladi?
Ishsizlikning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirib bering.
21-bob. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining samarali amalga oshirilishi ko'p jihatdan moliyaviy resurslarga bog'liq bo'ladi. Pul vositasida takror ishlab chiqarishning bir bosqichidan boshqasiga o'tiladi hamda muayyan maqsadga yo'naltirilgan ijtimoiy fondlar vujudga kelti- riladi. O'z navbatida bu fondlar takror ishlab chiqarishning uzluksiz - ligini va kengaytirilishini ta'minlaydi. Yalpi milliy mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan foydalanish jarayonida pul mustaqil harakat qilib, turli xo'jalik yurituvchi bo'g'inlar, uy xo'jaliklari va davlatning pul mablag'lari fondini tashkil etadi. Pul fondlari hosil bo'lish manbalari va amal qilish tavsifl, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va kredit shakllari tusini oladi. Ushbu bobda moliyaning mazmuni, vazifalari tizimi, uning asosiy bo'g'ini bo'lgan davlat budjeti va budjet mablag'larining shakllanisliida soliqlarning roli bayon etiladi.
21.1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimiHar qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng awalo davlat, uning turli mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari, ishlab chiqarish birliklari, aholi turli qatlamlari o'rtasidagi pul mablagiari,oqimining samarali tashkil etilishiga bog'liq bo'ladi. Bunday pul oqinilari jamiyat real hayoti jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar va yuridik shaxslar o'rtasida o'zaro iqtisodiy muno- sabat va aloqalarni o'matadi. Davlat korxona va tashkilotlar, turli mohyaviy muassasalar, aholi bilan olib boriladigan o'zining barcha vazifalarini aynan moliya mexanizmi orqah amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o'sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbar- doshligining oshishini rag'batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.
Moliya - iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablagiaridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bogiiq boigan munosabatlar tizimidir. Uning vositasida turli darajada pul mablagiari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya pul bilan bogiiq munosabatlar bo'hb, uning moddiy aso- sini pul tashkil qiladi, lekin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa tushuncha emas. Bundan ko'rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror ravishda amal qilishi, yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash maqsadida davlat ko'plab boshqa iqtisodiy subyektlar bilan moliyaviy muno- sabatlarga kirishadi. Moliyaviy munosabatlar — davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o'rtasida pul mablagiari fondlarining harakati bilan bogiiq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliyaviy munosabatlarning obyektlari va subyektlari farqlanadi. Moliyaviy munosabatlarning obyektlari bo'hb iqtisodiyotning turli dara- jalarida tarkib topuvchi va harakat qiluvchi pul mablagiari fondlari hisoblanadi. Moliyaviy munosabatlar subyektlari tarkiban murakkab boiib, ularga barcha tashkilotlar, korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar kiradi. Ular orasida doimo moliyaviy munosabatlar boiib turadi. Bu munosabatlarning asosiylari sifatida quyidagi munosabatlarni ko'rsatish mumkin:
davlatlararo moliyaviy munosabatlar;
davlat va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy firma va korxonalar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
boshqaruvning turli darajalaridagi davlat organlari o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
davlat va korxonalar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
davlat va jamoat tashkilotlari o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
davlat va aholi o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
korxonalararo moliyaviy munosabatlar;
korxonalar va banklar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
korxona ichidagi xo'jalik aloqalariga xizmat qiluvchi mohyaviy munosabatlar va boshqalar.
Moliya iqtisodiyot doirasida o'zaro bog'hq boigan quyidagi vazifalarni bajaradi
:iqtisodiy jarayonlarni, loyihalar va tadbirlarni pul resurslari bilan ta'minlash va unga xizmat ko'rsatish vazifasi;
taqsimlash vazifasi;
rag'batlantirish vazifasi;
nazorat qilish vazifasi.
Jamiyat miqyosidagi iqtisodiy faoliyat turli jarayon va tadbidarning, jumladan, mamlakatni boshqarish, mudofaa qobiliyatini ta'minlash, huqpq-tartibot ishlarini yoiga qo'yish, sogiiqni saqlash, madaniy- ma'rifiy ishlar va boshqalarning amalga oshirilishini taqozo etadi. Buning uchun eng awalo ularni mohyaviy resurslar bilan ta'minlash kerak bo'ladi. Shunga ko'ra, moliya iqtisodiy jarayon va tadbi rlarni moliyaviy ta'minlash, ularga xizmat ko'rsatish vazifasini bajaradi.
Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromad- ni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish so- halari, mamlakat hududlari o'rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo'ladi.
Moliyaning rag'batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqah, ikkinchidan, pul fond- larini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Moliyadan islilab chiqarish, taqsimlash va iste'mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)laming moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo'lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag' bilan ta'minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |