Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Moslashuvchan ishchi kuchi bozori konsepsiyasi



Download 61,19 Mb.
bet235/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Moslashuvchan ishchi kuchi bozori konsepsiyasi (R.Buae, G.Stending) 70-yillarning oxirida, nisbatan rivojlangan G'arb mam- lakatiarida iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish amalga oshirilayotgan davrda keng tarqaldi. Uning asosida ishchi kuchi bozorini tartiblashdan voz kechish, bandlikning moslashuvchan, funksional jihatdan individual- lashtirilgan va nostandart shakllariga (qisman bandlik, to'hq bo'lmagan ish haftasi yoki ish kuni, qisqa muddatli shartnomalar, uyga ish olish va h.k.) o'tishning zarurligi to'g'risidagi qoidalar yotadi. Bunday yonda­shuv iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish xarajatlarini kamaytirishni ta'minlashga qaratilgan bo'hb, ishga yollash, ishdan bo'shatish va bandlik shakllarining turliligi va moslashuvchanligi; ish vaqtini tartibga solish- ning moslashuvchanligi; ish haqini tabaqalashtirish asosida tartibga so- lishning moslashuvchanligi; ishchilarni ijtimoiy himoyalash usul va shakl­lari, shuningdek, ishchi kuchi bozoridagi talab va taklifning tebranishiga ishchi kuchi hajmi, tarkibi, sifati va narxi muvofiqlashuvining mos­lashuvchanligi hisobiga erishiladi. Umuman olganda moslashuvchan ish­chi kuchi bozori konsepsiyasi tadbirkor va ishchilar o'zaro munosabat­larining turli shakllari mavjudligini taqozo etib, ishchi kuchi bozorining yalpi xarajatlarini ratsionallashtirish, foydalilik darajasini oshirish va yuqori harakatchanligini ta'minlashga qaratilgan.
20.4. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash
Iqtisodiyotning samarali amal qilishiga mamlakatdagi ishsizlik dara­jasi ahamiyatli ta'sir ko'rsatadi.
Ishsizlik — iqtisodiy faol aholi bir qismining o'z ishchi kuchidan foydalana olmasligini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Meh­natga layoqatli boiib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta'minlan- maganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo'lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko'ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, tex­nologik, regional, yashirin va turg'un ishsizlik turlariga bo'linadi.
Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko'chib o'tish, ishining mazmuni va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalarjga ko'ra o'z ishlarini almashtirib turadi- lar. Biroq, bir ishdan bo'shab, boshqa biriga joylashgunga qadar orada maium vaqt o'tadi (ba'zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi ko'rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig'idagi, ya'ni bir ishdan bo'shab yangi ishga joylashgunga qadar boigan davrdagi ishsizlik frik­sion (oraliq) ishsizlik deyiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti, yangi texnologiyalarning islilab chiqarishga qo'llanishi natijasida ba'zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo'lgan talab qisqarib, zamonaviy mahsulot turlariga talab o'sadi. Natijada ba'zi bir kasb yoki mutaxassislik turlaridagi ishchilarga'Valabning qisqarishi yoki umuman yo'qolishi ularning o'z kasb va mutaxassisliklarini o'zgartirish yoki shunday kasblarga talab saqlanib qolgan joylarga ko'chib o'tishga majbur qilib qo'yadi. Yangi kasb va mutaxassislikni o'zlashtirib yoki boshqa joyga ko'chib o'tib, yangi ishga joylashgunga qadar boigan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Tarkibiy ishsizlik friksion ishsiz- likka qaraganda uzoqroq davom etadi hamda ko'proq ma'lum xarajatlarni taqozo etadi. Uning uzoq muddat (odatda 6 oydan ko'proq) davom etishi yangi kasb tuiini o'zlashtirish yoki maiaka oshirish bilan, maium xara- jat talab qilishi esa, eski kasb turi bilan shug'ullanish istagi saqlanib qolgan holda, yashash joylarini o'zgartirish bilan bog'liq bo'ladi. Frik- sion va tarkibiy ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanishning har qanday holatidan qat'iy nazar, ma'lum darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo'ladi. Shunga ko'ra, friksion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlik- ning tabiiy darajasini tashkil qiladi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish