Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet234/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Monetar maktab namoyandalari (M.Fridmen, E.Felps va boshqalar) bozor iqtisodiyotini o'z-o'zidan tartiblanuvchi tizim sifatida baholab, undagi narx mexanizmining o'zi bandlikning oqilona darajasini belgilab berishini ta'kidlaydilar. Bunday tizimga davlat tomonidan har qanday aralashuv bozorning o'zini-o'zi tartibga solish mexanizmini ishdan chiqaradi. Davlatning pul vositasida yalpi talabni rag'batlantirishi esa piro- vardida inflatsiya jarayonlarining kuchayishini keltirib chiqaradi.
Monetaristlar iqtisodiyotda doimo ma'lum darajada ishsizlik mavjud bo'lishini ta'kidlab, uni «ishsizlikning tabiiy me'yori» deb ataydilar. Bandlikning bu «tabiiy daraja»dan chetlanishi faqat qisqa muddath tavsif kasb etadi. Agar bandlik darajasi muvozanat darajasidan ortiq bo'Isa, bu inflatsiyaning jadallashuviga, agar kam bo'Isa, deflatsiyaning jadal- lashuviga olib keladi. Bandlikni barqarorlashtirish bo'yicha siyosat ish­sizlik darajasini uning tabiiy me'yoridan chetlanishiga, ishlab chiqa­rish hajmi va band bo'lganlar sonining tebranishlariga qarshi kurashga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Ishchi kuchi bozorini muvozanatga kelti- rish uchun monetaristiar asosan pul-kredit siyosati dastaklaridan foy- dalanishni tavsiya etadilar.
Institutsional-sotsiologik maktab namoyandalari (T.Vebien, J.DanJop, J.Gelbreyt, L.Ulman va boshqalar) ishchi kuchi bandligi borasidagi muammolar turli ko'rinishdagi institutsional islohotlar yor­damida hal etilishi mumkin, degan qoidaga asoslanadilar. Ular bu muam- moning faqat makroiqtisodiy jihatdan tahlili bilan chegaralanmaydilar. Shuningdek, ular ishchi kuchi tarkibi va unga tegishli holda ish haqi darajasidagi ijtimoiy, kasbiy, tarmoq, yosh, jins, etnik va boshqa tafovut- lar ta'sirida ishchi kuchi bozorida vujudga keladigan nomuvofiqliklarni izohlashga harakat qildilar.
Shartnomaga asoslangan bandlik nazariyasi (M.Beyli, D.Gordon, K.Azariadis) o'zida neoklassik hamda keynscha talqinlarni uyg'un- lashtiruvchi konsepsiya hisoblanadi. Konsepsiya mualliflari, bir tomon­dan, pul ko'rinishidagi ish haqi qat'iyhgi to'g'risidagi keynscha qoidani qabul qiladilar va ishchi kuchi bozoridagi muvofiqlashuv narxlar (ya'ni, ish haqi) hisobiga emas, balki ishlab chiqarish moddiy hajmi va band­likning o'zgarishi hisobiga amalga oshishini ta'kidlaydilar. Boshqa tomon­dan, bu qat'iylikning o'zi xususiy iqtisodiy manfaatlar ostida harakat qiluvchi individlarning xatti-harakatidan keltirib chiqariladi. Mazkur nazariyaning asosida tadbirkorlar va ishchilar o'zaro uzoq muddatli shart­noma munosabatlariga kirishishlari to'g'risidagi qoida yotadi. Mazkur shart­noma huquqiy jihatdan taqozo etilgani uchun emas, balki har ikkala tomon uchun ham iqtisodiy jihatdan foydalihgi sababli paydo bo'ladi. Firma ishlab chiqarishning pasayib ketishi davrida mehnatga haq toiash hajmini kamaytirmaydi, islilab chiqarishning o'sishi davrida esa malakali ishchilarga ish haqini oshirmaydi. Pul ko'rinishidagi ish haqining o'zgarishi bir tekisda boradi. Ish haqi darajasi individlar xatti-haraka- tining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq natijasi sifatida ma'lum me'yorda qat'iy tus oladi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish