Ishchi kuchi taklifi - bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo'lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori. Ishchi kuchi taklifi mehnat qilish yoshidagi turli kasb va mutaxassislikka ega bo'lgan kishilarning ishlashga bo'lgan layo- qatini namoyon etadi.
Ishchi kuchi bozorini tavsiflashdan oldin uning asosiy va o'ziga xos tovari bo'lgan ishchi kuchining qiymati va iste'mol qiymati (nafliligi) to'g'risida to'xtalib o'tish zarur.
Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarini, uning oilasini yetarli darajada ta'minlash uchun zarur boigan barcha hayotiy ne'matlarning qiymatini o'z ichiga oladi. Ishchi kuchi qiymati o'zgaruvchan ko'rsatkich bo'lib, u turli omillar ta'sirida oshib yoki pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ish kunining, mehnat intensivligining oshishi; turli xil tabiiy va tarixiy sharoitlar, fan-texnikaning rivojlanishi, o'qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko'payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo'lib ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o'sishi hisoblanadi. U ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib keladi.
Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning mehnat qilish jarayonida o'z qiymatidan ortiqcha, ya'ni qo'shimcha mahsulot qiymatini yaratib, kapital egasining foyda olishga bo'lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon boiadi.
Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor xo'jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Umumiqtisodiy bozor mexanizmining tarkibiy qismi hisoblangan ishchi kuchi bozori talab va taklif qonuniga muvofiq iqtisodiyot tarmoq va sohalari bo'yicha ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Bunda ishchi kuchi bozori subyektlarining sifat jihatidan farq qiluvchi manfaatlarini o'zaro uyg'unlashtirish va bogiashni qiymat tamoyillari asosida shakllantiriladi. Shunga ko'ra, ishchi kuchi bozori o'zining maxsus tovari — ishchi kuchi xususiyatlari dan kelib chiqqan holda o'ziga xos o'rin tutadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati esa bir qator ijti- moiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega boiadi. Birinchidan, ishchi kuchi bozori ikki mustaqil subyekt — kapital egasi va ishchi kuchi egasi raan- faatlarining to'qnashib, o'zaro kelishadigan munosabatlari hisoblanadi. Ularni bozorga o'zaro qarama-qarshi istak va maqsadlar yetaklaydi, ya'ni ularning biri ishchi kuchini sotib, daromad olishni istasa, boshqa biri uni xarid qilib, ishlatib foyda ko'rishni istaydi. Ular o'rtasidagi savdo bitimi ishchi kuchi egasining o'zi bo'yicha emas, balki uning mehnat qilish layoqati, undan foydalanish shartlari va davomiyligi bo'yicha boradi. Bitim natijasi bo'lib kapital egasi tomonidan sotib olingan ishchi kuchi evaziga toianadigan ish haqi miqdori hisoblanadi. Ikkinchidan, boshqa har qanday tovar bozorlarida bo'lgani singari, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar o'rtasida bo'sh ishchi o'rnini egal- lash borasida raqobat kurashi vujudga keladi. Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifining unga boigan yalpi talabdan doimiy ravishda ko'proq boiishi tendensiyasi bilan tavsiflanadi. Bu esa bozorda ishchilar band bo'lmagan qismi (ishsizlar)ning paydo bo'lishiga olib keladi. To'rtinchidan, bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi odatda inflatsiya va ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon o'rtasida maium o'zaro bog'liqlik mavjud boiib, u pirovardida ishchilar ommasi hayot darajasining ahamiyatli darajada pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, -to'lovga qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon boiadi. Muayyan iqtisodiy sharoitlarda ishchi kuchi bozoridagi umumiy holat inflatsiyaning o'sishi uchun asosiy sabab boiishi ham, yoki, aksincha, uning o'sishiga to'sqinlik qilishi ham mumkin. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi qanchalik past boisa, inflatsiya ta'sirida narxlarning o'sish sur'atlari shunchalik yuqori boiadi. Ingliz
iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflatsiyaning o'sishi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatib berdi va bu bog'liqlikni ifodalovchi egri chiziq Fillips egri chizig'i deb nom oldi (20.1-chizma).Fillips egri chizig'iga ko'ra, inflatsiya darajasini l%ga pasaytirish uchun ishsizlikni 2%ga o'stirish lozim bo'ladi. Ishsizlik va inflatsiya darajasidagi nisbatni tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o'ynaydi. Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o'rtasidagi oqilona nisbatni ta'minlash orqah nafaqat ishsizlik va inflatsiya darajasini nazorat qilishi, balki ulaming iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy ta'sirining oldini olishi ham lozim. Shunday qilib, ishchi kuchi bozori bozor xo'jaligi tizimida yetakchi o'rin tutib, uni yuqori darajada tashkil etmasdan turib iqtisodiyotning samarali amal qilishiga erishib bo'lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti tizimida ishchi kuchi bozorining roli u bajaradi- gan ikkita vazifa orqah belgilanadi. Birinchi vazifasi bevosita mehnat jarayonida ishchining ishlab chiqarish vositalari bilan biriktirish mexanizmi hamda band bo'lmagan ishchi kuchining harakatini samarali tartibga solish bilan bog'liq. Ikkinchi vazifasi esa yalpi ishchi kuchining sifatini yanada takomillashtirgan holda takror ishlab chiqarish orqali amalga oshiriladi.
20.1-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |