Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasini namoyon etadi



Download 61,19 Mb.
bet230/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasini namoyon etadi. Ishchi kuchining sifati uning ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik, malaka, ish tajribasi darajalari kabi ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashib borishi bilan ishchi kuchining sifatiga bo'lgan talab ham ortib boradi.
Hozirgi davrda ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'lgan va ishlashga tayyor bo'lib, ish izlab turgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qiyotganlar va vaqtin- chalik uy xo'jaligida, boshqa har xil ishlarda band boiganlar potensial qismi hisoblanadi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta'minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o'sishini ta'minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, kor­xonalar, mintaqalar o'rtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo'lgan ehtjyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to'la va samarali band bo'lishini ta'minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o'z ichiga oladi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish ba'zan ilmiy adabiyotda «aholi nufusini takror ishlab chiqarish» tushunchasi bilan bog'liq holda ham ishlatiladi. «Nufus» atamasi asosan aholining ijtimoiy-iqtisodiy jihat­dan tavsiflarini bayon etishda qo'llanilib, bunda nufus qonuni ahamiyatli o'rin tutadi.
Nufus qonuni aholining o'sib borishi qonunidir. Nufus qonuni aholining tabiiy harakati, ya'ni oiim darajasining pasayishi, hayot kechirish davomiyligining uzayishi, tug'ilishning optimal darajaga yetishi, jamiyat va alohida oilalar manfaatlari o'zaro uyg'unligining ta'minlanishi orqali namoyon bo'ladi.
Ishchi kuchini takror hosil qihsh nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo'lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shakhda namoyon boiadi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy o'sishi yoki harakati hisob­lanadi.
Aholining tabiiy o'sishi — bu aholining emigratsiya (fuqarolarning o'z mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarga ko'chib o'tishi) va inuni- gratsiya (xorijiy fuqarolarning doimiy yashash uchun mamlakatga ko'chib kelishi)dan tashqari harakatini ifodalaydi. U quyidagi umumiy koef- fitsiyentlar orqah aniqlanadi:

  • tug'ilish koeffitsiyenti (yil davomida tirik tug'ilgan chaqaloqlar- ning mavjud aholi o'rtacha yillik soniga nisbati);

  • o'lish koeffitsiyenti (yil davomida oiganlarning mavjud aholi o'rtacha yillik soniga nisbati);

  • tabiiy o'sish koeffitsiyenti (tug'ilish va o'lish umumiy koeffitsiyent- lari o'rtasidagi farq). Odatda bu koeffitsiyentlar mamlakatdagi o'rtacha har 1000 ta aholi soniga to'g'ri keluvchi miqdor sifatida baholanadi.

Mamlakatimizdagi doimiy aholi soni 2009-yilning 1-yanvar holati­ga 27,6 mln. kishini tashkil etib, u oldingi yilga nisbatan 483,1 ming kishiga yoki 1,8% ga o'sgan. Aholining tabiiy o'sishi 508,9 ming kishini tashkil etib, shundan 331,8 ming kishi yoki 65,2% qishloq joylariga to'g'ri keladi. O'zbekistonda aholining tabiiy harakati quyidagi ma'lu- motlar bilan tavsiflanadi (20.1-jadval).
Jadvaldan ko'rinadiki, respublikamizda 2003-yilga qadar har 1000 kishiga to'g'ri keluvchi tug'ilganlar soni qisqarib borib, keyinchalik yana o'sa boshlagan. Tahlil davrida o'lganlar soni ham kamayib bormoqda. Buning natijasida har 1000 kishiga to'g'ri keluvchi tabiiy o'sish 1991- yildagi 28,3 kishidan 2003-yildagi 14,5 kishiga qadar qisqargan. Keyingi yillarda yana o'sib, 2008-yilda 18,6 kishini tashkil etgan.

Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisi soni, jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o'z navbatida aholining tabiiy harakatlanishiga bogiiq boiadi.Respublikada ishchi kuchi resurslarining o'rtacha yillik soni 2008- yilda 16,3 mln. kishini tashkil qilgan, bu mamlakat aholisining 59,1 foiziga tengdir. Iqtisodiyotda band boigan ishchi kuchi o'rtacha yillik soni 11,0 mln. kishidan ortiq bo'lib, jami ishchi kuchi resurslari tarki­bida 67,5 foizni tashkil qiladi1. Aholining tabiiy harakatlanishi, uni tak­ror ishlab chiqarish xususiyati ko'pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an'analari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi. Ular jumlasiga demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitJarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bola­lar muassasalari bilan ta'minlash, homiladorlik va bola tug'ilgandan ke­yingi ta'tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma'naviy muhitni yaxshilash kiradi.
20.1-jadval



Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish