Fillips egri chizig'
i
W - nominal ish haqining o'sish sur'ati; P - inflatsiya darajasi; U - ishsizlik darajasi.
U,%
W,P,% "
O'zbekistonda ishchi kuchi bandligini oshirish va aholini ijtimoiy himoyalash borasida davlat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yildan-yilga ish bilan ta'minlanish darajasi o'sib bormoqda (20.2-jadval).
Jadvaldan ko'rinadiki, agar ish bilan ta'minlanganlarning solishtirma salmog'i 2000-yilda 66,6% ni tashkil etgan bo'Isa, 2008-yilga kelib 87,7% ga yetdi
.
O'zbekistonda ish bilan ta'minlashning asosiy ko'rsatkichlari
Yillar
V
|
Ish qidiruvchi sifatida ro'yxatdan o'tganlar, ming kishi
|
Ish bilan ta'minlan- ganlar, ming kishi
|
Ish bilan ta'minlan- ganlarning solishtirma salmog'i, %
|
Hisobot davri oxiriga rasmiy tarzda ro'yxatga olingan ishsizlar soni, ming kishi
|
2000
|
421,4
|
280,6
|
66,6
|
35,4
|
2001
|
462,8
|
318,1
|
68,7
|
37,5
|
2002
|
448,2
|
322,2
|
71,9
|
34,8
|
2003
|
430,5
|
317,4
|
73,7
|
32,2
|
2004
|
425,0
|
323,7
|
76,2
|
34,9
|
2005
|
410,3
|
325,1
|
79,2
|
27,7
|
2006
|
391,5
|
320,7
|
81,9
|
29,1
|
2007
|
557,4
|
486,5
|
87,3
|
27,4
|
2008
|
623,3
|
546,6
|
87,7
|
22,9
|
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi maiumotlari.
20.3. Ishchi kuchi bandligi to'g'risidagi turli konsepsiyalar sharhi
Ishchi kuchining bandligi to'g'risidagi nazariyalar muammoga nisbatan yondashuv, qoilanilgan tadqiqot usuhari va vositalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Darslik va o'quv qo'llanmalarda ishchi kuchi bandligi bo'yicha neoklassiklar, keynschilar, monetarizm, institutsio- nal-sotsiologik va boshqa ilmiy maktab vakillarining qarashlari bayon etiladi1.
Neoklassik maktab konsepsiyasi A.Smitning klassik nazariyasi qoi- dalari asosida shakljantirilib, D.Gilder, A.Laffer, M.Feldstayn, R.Xoll kabi bir qator olimlarning fikr-mulohazalari orqali namoyon boiadi. Bu maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo'ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko'rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarijishini ta'kidlaydilar. Ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko'rsatiladi. U ishchi kuchi talab va takliflga ta'sir ko'rsatib, ular o'rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta'minlaydi. Ishchi kuchining narxi bozor konyunkturasiga tezlik bilan javob qaytara- di, ya'ni bozordagi talab va taklifning o'sishi yoki kamayishiga qarab o'zgaradi. Shunga ko'ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik yoki taklif ortiqchaligi ish haqi darajasini o'zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeh uning o'zini-o'zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi.
Keynscha maktab vakiDari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o'zgarmas tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat'iy belgilangan bo'lishini ta'kidlaydilar. Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo'lgan talab, real ish haqi darajasi kabi asosiy ko'rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog'liq bo'lgan ishchi kuchi taklifi miqdori shakllanadi. Biroq ishchi kuchi taklifi amaldagi bandlikning shakllanishida yetakchi rol o'ynamay, balki faqat uning ish haqining muayyan hajmidagi eng yuqori mumkin bo'lgan darajasini tavsiflaydi. Ishchi kuchiga bo'lgan talab yalpi talab, investitsiya va ishlab chiqarish hajmi orqali tartibga solinadi. lshsizlikning mavjud bo'lishi yalpi samarali talabning yetish- masligi bilan shartlanib, uni budjet va pul-kredit siyosatining iqtisodiy faollikni oshiruvchi chora-tadbirlari orqah bartaraf etish mumkin. Davlat yalpi talabni kengaytirish tadbirlarini amalga oshira borib, ishchi kuchiga bo'lgan talabning o'sishiga imkon yaratadi va buning natijasida bandlikning o'sishi hamda ishsizlikning qisqarishi ro'y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |