Respublikada aholining tabiiy harakatlanishi
Yillar
|
Ko'rsatkichlar (har 1000 kishi hisobiga)
|
Tug'ilish
|
O'lish
|
Tabiiy o'sish
|
1991
|
34,5
|
6,2
|
28,3
|
1995
|
29,8
|
6,4
|
23,4
|
1996
|
27,3
|
6,2
|
21,1
|
1997
|
26,0
|
5,9
|
20,1
|
1998
|
23,0
|
5,8
|
17,2
|
1999
|
22,3
|
5,3
|
17,0
|
2000
|
21,5
|
5,5
|
16,0
|
2001
|
20,4
|
5,3
|
15,1
|
2002
|
20,9
|
5,4
|
15,5
|
2003
|
19,8
|
5,3
|
14,5
|
2004
|
20,4
|
5,0
|
15,4
|
2005
|
20,3
|
5,4
|
14,9
|
2006
|
20,9
|
5,3
|
15,6
|
2007
|
22,6
|
5,1
|
17,5
|
2008
|
23,6
|
5,0
|
18,6
|
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari.
Mamlakatdagi yoki ayrim hududlardagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o'sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta'sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo'lib, turli omillar ta'siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o'zgarishlar, ish- sizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko'chib o'tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya'ni xalqaro darajada va mamlakat ichida ro'y berishi mumkin. Davlatlar o'rtasida ro'y bergan migratsiya tashqi migratsiya deyiladi. Bir mamlakat ichida ro'y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atahb, u quyidagi shakllarda boiishi mumkin:
tugal migratsiya - aholining doimiy yashash joyini o'zgartirishi bilan bog'hq migratsiya;
tebranuvchi migratsiya — ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bogiiq migratsiya;
mavsumiy migratsiya — mavsumiy ish faoliyati bilan bog'hq migratsiya;
tasodifiy migratsiya — ishchi kuchining ba'zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog'hq migratsiya.
Mamlakatimizdagi migratsiya saldosi 2008-yilda -25,8 ming kishini tashkil etgan, ya'ni immigratsiya miqdori emigratsiyaga nisbatan yuqo- riroq bo'lgan.
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro'y bermay, uning negizida maium ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasi- ning iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo'ylab mehnat resurslari samarali taqsimlanishini ta'minlash, ishchi kuchiga boigan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi. Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roh va mavqeyini yanada yuk- saltirishdan iborat.
Ishchi kuchini takror hosil qihsh uning to'la va samarali ish bilan band bo'lish muammosini ham o'z ichiga oladi. Ish bilan to'la band bo'lishni mutlaq ma'noda tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlik- ning ma'lum darajasi iqtisodiyot uchun me'yordagi hoi hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to'la band bo'lish mehnatga layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir qismi o'zini oilada xizmat ko'rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamchi xo'jalikda mehnat qilishga, yakka tartibdagi mehnat faohyati bilan shug'ullanishga bag'ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to'la band bo'lish uning samaradorligi bilan, mehnat resurslaridan g'oyat oqilona foydalanish bilan qo'shib olib bo- rilishi kerak.
20.2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va uning taklifi nisbati
Bozor munosabatlari sharoitida ishchi kuchini takror hosil qilishda ishchi kuchi bozori muhim o'rin tutadi.
Ishchi kuchi bozori — bu xo'jalik faoliyati jarayonida ishchi kuchi tovari egalari va uning asosiy iste'molchilari — davlat korxonalari, tashkilotlari va turli xil tadbirkorlar o'rtasidagi oldi-sotdi munosabat- laridir. U mehnat sharoitlari va unga haq toiash miqdorlari, ishchi- larning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas'uliyat darajasi bo'yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimini namoyon etadi.
Har qanday bozor singari ishchi kuchi bozorida ham ikki qarama- qarshi tomon — talab va taklifning o'zaro ta'siri amal qiladi. Ishchi kuchi talabi — bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab. Odatda ish beruvchilar bo'lib davlat, jamoa va xususiy mulkka asoslangan korxona va tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |