O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Tadqiqot olib borilgan hududning qisqacha tavsifi



Download 12,65 Mb.
bet7/20
Sana31.12.2021
Hajmi12,65 Mb.
#239513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
G'aniyeva Nozima Yakkabog tumanida tarqalgan Delphinium

1.2. Tadqiqot olib borilgan hududning qisqacha tavsifi

Yakkabog‘ tumani Qashqadaryo viloyatining sharqiy qismida joylashgan. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Yakkabog‘ tumani turli yillarda Shahrisabz, Chiroqchi, Qamashi tumanlariga qo‘shilgan. Keyin yana ajratilgan. Shimoldan Chiroqchi, Shahrisabz, sharq, g‘arb va janubdan Qamashi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,3 ming km2. Aholisi 190 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yakkabog‘), 1 shaharcha (Eski Yakkabog‘), 9 qishloq fuqarolari yig‘ini (Samoq, Sandal, Xiyobon, Chaydari, Esat, O‘rta, Qayrag‘och, Qishliq, Qo‘shchinor) bor. Tuman markazi — Yakkabog‘ shahri.





1.1-rasm. Yakkabog‘ tumani xaritasi.

Tabiati. Hududining sharqiy chekka qismlarida Hisor tizmasining balandligi 2500 m gacha bo‘lgan janubi-g‘arbiy tarmoqlari (Chaqchar, Beshnov, Xontaxti) bor. Bu tog‘lar g‘arbga tomon pasayib, Qashqadaryo tekisliklari bilan qo‘shilib ketadi. Tog‘ etaklari adirlardan iborat. Tog‘lardan ko‘p daryo va soylar oqib tushadi. Asosiy daryosi — Yakkabog‘daryo (Qizildaryo) va uning irmoqlari (Cho‘yanlisoy, Tirnasoy).

Iqlimi. Yakkabog‘ tumanining iqlimi kontinental. Yanvarning o‘rtacha harorati -1 °C, eng past harorat -25 °C. Iyulning o‘rtacha harorati +28,5 °C, eng yuqori harorat +44 °C. Yillik o‘rtacha harorat +15 °C. Tumanning o‘ziga xos relyefi (g‘arbga tomon pasayib borishi) hududga bahorikor dehqonchilik uchun yetarli nam tushishiga sharoit yaratgan. O‘rtacha yillik yog‘in 350 mm dan (tekislik qismida) 450 mm gacha, tog‘lik qismida yog‘in ko‘proq. Yog‘inning asosiy qismi (70 %) bahor va qish fasllariga to‘g‘ri keladi. Suv sarfini tekislash maqsadida daryo va soylarga to‘g‘onlar qurib suv omborlari barpo etilgan. Qorabog‘, No‘g‘ayli, Yangiqo‘rg‘on va boshqa suv omborlari, Darxon, Beshariq, Xo‘jailg‘or, Qurjab ariqlari tumanning asosiy sug‘orish shoxobchalaridir. Sug‘orishda artezian quduqdari suvlaridan ham foydalaniladi.

Tuproqlari, asosan, tipik bo‘z tuproq, tog‘larda qo‘ng‘ir bo‘z tuproq.

O‘simlik dunyosi xilma-xil. Tekisliklarda, asosan, cho‘l efemer o‘simliklari, shuvoq, yantoq, sho‘ra, archa, mevali yovvoyi daraxtlar (olcha, nok, olma, pista, do‘lana, bodom va b.), zarang, qatrang‘i, zirk, itburun va boshqalar o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo‘ri, quyon, qobon, ayiq, qoplon, bo‘rsiq, kiyik; parrandalardan kaklik, bedana, to‘rg‘ay, qarg‘a, chumchuq, qaldirg‘och va boshqalar, kemiruvchilardan sichqon, kalamush; sudralib yuruvchilardan turli xil zaharli va zaharsiz ilonlar, echkemar, kaltakesaklar; suv havzalarida sazan, laqka, marinka baliqlari yashaydi. Foydali qazilmalardan toshko‘mir, kumush, qo‘rg‘oshin, mis, rux rudalari, neft bor. Yakkabog‘ tumani hududadi «Hisor davlat geologik qo‘riqxonasi» tashkil etilgan.


Download 12,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish