O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Yakkabog‘ tumanidagi qo‘sh uchbargli isfarak (



Download 12,65 Mb.
bet20/20
Sana31.12.2021
Hajmi12,65 Mb.
#239513
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
G'aniyeva Nozima Yakkabog tumanida tarqalgan Delphinium

Yakkabog‘ tumanidagi qo‘sh uchbargli isfarak (Delphinium biternatum Huth) senopopulyatsiyasining zichligi


Qatorlar

Maydonchalar

O‘rtacha

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1

2

5

2

5

3

6

5

3

6

7

4,03

2

3

3

5

3

4

4

3

4

4

6

3

3

3

4

5

4

3

5

4

3

4

Shuningdek, sanoq maydonchalarining zichligidan senopopulyatsiyaning gorizontal strukturasini aniqlashda foydalanildi. Gorizontal struktura, ya’ni qurama mozaika o‘simliklarning gorizontal yuza bo‘ylab taqsimlanishini





3.1-rasm. Yakkabog‘ tumanidagi qo‘sh uchbargli isfarak Delphinium biternatum Huth) senopopulyatsiyasining qurama mozaikasi. Sharlarning diametri sanoq maydonchasidagi individlar soniga mos.
bildiradi. Tahlil natijasida Yakkabog‘ tumanidagi qo‘sh uchbargli isfarakning (D. biternatum Huth) senopopulyatsiyada bir tekis taqsimlanganligini ko‘rish mumkin (3.1-rasm).

O‘simliklar mo‘lligini aniqlashda 7 ballik tizimdan foydalanildi. Bunda har bir tur vakillarining yer yuzasini qoplash darajasi ko‘z bilan chamalash orqali baholandi (3.2-jadval).



3.2-jadval

Yakkabog‘ tumanidagi qo‘sh uchbargli isfarak (Delphinium biternatum Huth) senopopulyatsiyasining floristik tarkibi




Tur nomi

Oilasi

Hayotiy shakli

Mo‘lligi (7 ball)

1

Acinos rotundifolius Pers.

Lamiaceae

Bir yillik

4

2

Aegilops triuncialis L.

Poaceae

Bir yillik

3

3

Alyssum szovitsianum Fisch. & C.A. Mey.

Brassicaceae

Ko‘p yillik

3

4

Anisantha tectorum (L.) Nevski

Poaceae

Ikki yillik

2

5

Astragalus filicaulis Fisch. & C.A. Mey. ex Kar.

Fabaceae

Ko‘p yillik

3

6

Astragalus kelleri Popov

Fabaceae

Ko‘p yillik

5

7

Bromus oxyodon Shcrenk.

Poaceae

Ko‘p yillik

4

8

Bromus tectorum L.

Poaceae

Bir yillik

3

9

Carthamus oxyacanthus Bieb.

Asteraceae

Bir yillik

1

10

Carthamus turkestanicus Popov

Asteraceae

Bir yillik

4

11

Cerastium dichotomum L.

Caryophyllaceae

Bir yillik

2

12

Chardinia orientalis (L.) Kuntze

Asteraceae

Bir yillik

3

13

Delphinium biternatum Huth

Geraniaceae

Ko‘p yillik

3

14

Galium tricornutum Dandy

Rubiaceae

Bir yillik

1

15

Garhadiolus papposus Boiss. & Buhse

Asteraceae

Bir yillik

2

16

Glaucium elegans Fisch. & C.A. Mey.

Papaveraceae

Ikki yillik

4

17

Lithospermum officinale L.

Boraginaceae

Ko‘p yillik

6

18

Neslia apiculata Fisch., C.A.Mey. & Avé-Lall.

Brassicaceae

Bir yillik

5

19

Phleum phleoides H.Karst.

Poaceae

Ko‘p yillik

3

20

Phlomis spinidens Nevski

Lamiaceae

Ko‘p yillik

4

21

Pleconax conica (L.) Šourková

Caryophyllaceae

Bir yillik

2

22

Trigonella cancellata Desf.

Fabaceae

Bir yillik

5

23

Ziziphora tenuior L.

Lamiaceae

Bir yillik

4

24

Zoegea baldschuanica C. Winkl.

Asteraceae

Ko‘p yillik

2

O‘rganilgan senopopulyatsiyada jami 24 turdagi o‘simliklar uchrashi ma’lum bo‘ldi. Ulardan 13 tur (Acinos rotundifolius Pers., Aegilops triuncialis L., Bromus tectorum L., Carthamus oxyacanthus Bieb., Carthamus turkestanicus Popov, Cerastium dichotomum L., Chardinia orientalis (L.) Kuntze, Galium tricornutum Dandy, Garhadiolus papposus Boiss. & Buhse, Neslia apiculata Fisch., C.A.Mey. & Avé-Lall., Pleconax conica (L.) Šourková, Trigonella cancellata Desf. va Ziziphora tenuior L.) bir yillik, 2 tur (Anisantha tectorum (L.) Nevski va Glaucium elegans Fisch. & C.A. Mey.) ikki yillik, 9 tur (Alyssum szovitsianum Fisch. & C.A. Mey., Astragalus filicaulis Fisch. & C.A. Mey. ex Kar., Astragalus kelleri Popov, Bromus oxyodon Shcrenk., Delphinium biternatum Huth, Lithospermum officinale L., Phleum phleoides H.Karst., Phlomis spinidens Nevski va Zoegea baldschuanica C. Winkl.) ko‘p yillik o‘tlardir.

Ushbu senopopulyatsiyada jami 10 ta oilaga mansub o‘simliklar o‘sadi. Ulardan Asteraceae va Poaceae oilalaridan 5 tur, Fabaceae va Lamiaceae oilalaridan 3 tur, Brassicaceae va Caryophyllaceae oilalaridan 2 turdan, Boraginaceae, Geraniaceae, Papaveraceae va Rubiaceae oilalaridan 1 turdan o‘simlik uchrashi ma’lum bo‘ldi.

Uzun gulbandli isfarakning (D. longipedunculatum Rgl. et Schmalh) biz o‘rgangan senopopulyatsiya Yakkabog‘ tumanining adirlik qismida joylashgan. Uning shakli to‘rtburchaksimon, uzunligi 26 m, eni 22 m.

Senopopulyatsiyaning zichligini aniqlash uchun sanoq maydonchalaridan foydalanildi. Sanoq maydonchalari bir-biriga parallel joylashgan 5 m uzoqlikdagi 3 qatorda joylashtirildi. Har bir qatorda bir-biridan 2 m uzoqlikda 10 tadan jami 30 ta sanoq maydoncha o‘rnatildi.

Sanoq natijasida ushbu senopopulyatsiyaning zichligi 4,33 dona/m2 ni tashkil qilganligi ma’lum bo‘ldi (3.3-jadval). Bundan ushbu senopopulyatsiyada jami 2479 dona isfarak o‘sganligi kelib chiqadi.



3.3-jadval

Yakkabog‘ tumanidagi uzun gulbandli isfarak (Delphinium longipedunculatum Rgl. et Schmalh) senopopulyatsiyasining zichligi




Qatorlar

Maydonchalar

O‘rtacha

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1

3

3

5

3

7

6

5

3

5

3

4,33

2

3

5

3

6

3

6

7

4

3

3

3

4

3

4

5

5

4

6

4

5

4

Shuningdek, sanoq maydonchalarining zichligidan senopopulyatsiyaning gorizontal strukturasini aniqlashda foydalanildi. Gorizontal struktura, ya’ni qurama mozaika o‘simliklarning gorizontal yuza bo‘ylab taqsimlanishini bildiradi. Tahlil natijasida Yakkabog‘ tumanidagi qo‘sh uchbargli isfarakning (D. longipedunculatum Rgl. et Schmalh) senopopulyatsiyada bir tekis taqsimlanganligini ko‘rish mumkin (3.2-rasm).




3.2-rasm. Yakkabog‘ tumanidagi uzun gulbandli isfarak (Delphinium longipedunculatum Rgl. et Schmalh) senopopulyatsiyasining

qurama mozaikasi. Sharlarning diametri sanoq maydonchasidagi individlar soniga mos.
O‘simliklar mo‘lligini aniqlashda 7 ballik tizimdan foydalanildi. Bunda har bir tur vakillarining yer yuzasini qoplash darajasi ko‘z bilan chamalash orqali baholandi (3.4-jadval).

3.4-jadval

Yakkabog‘ tumanidagi uzun gulbandli isfarak (Delphinium longipedunculatum Rgl. et Schmalh) senopopulyatsiyasining

floristik tarkibi




Tur nomi

Oilasi

Hayotiy shakli

Mo‘lligi (7 ball)

1

Aegilops triuncialis L.

Poaceae

Bir yillik

4

2

Allium gypsaceum Popov & Vved.

Alliaceae

Ko‘p yillik

1

3

Alyssum szovitsianum Fisch. & C.A. Mey.

Brassicaceae

Ko‘p yillik

2

4

Aphanopleura capillifolia Lipsky

Apiaceae

Bir yillik

2

5

Arenaria serpyllifolia L.

Caryophyllaceae

Ikki yillik

2

6

Astragalus filicaulis Fisch. & C.A. Mey. ex Kar.

Fabaceae

Ko‘p yillik

2

7

Astragalus schmalhausenii Bunge

Fabaceae

Bir yillik

2

8

Boissiera squarrosa (Banks & Sol.) Eig

Poaceae

Bir yillik

5

9

Bromus oxyodon Shcrenk.

Poaceae

Ko‘p yillik

4

10

Carthamus oxyacanthus Bieb.

Asteraceae

Bir yillik

1

11

Convolvulus subhirsutus Regel et Schmalh.

Convolvulaceae

Ko‘p yillik

1

12

Cousinia microcarpa Boiss.

Asteraceae

Bir yillik

2

13

Cryptospora omissa Botsch.

Brassicaceae

Bir yillik

1

14

Cymbolaena griffithii (A. Gray) Wagenitz

Asteraceae

Bir yillik

2

15

Delphinium longipedunculatum Rgl. et Schmalh

Ranunculaceae

Ko‘p yillik

2

16

Diarthron vesiculosum (Fisch. & C.A. Mey. ex Kar. & Kir.) C.A. Mey.

Thymelaeaceae

Bir yillik

1

17

Elaeosticta allioides (Regel et Schmalh.) Kljuykov, M. Pimen. & V. Tichomirov

Apiaceae

Ko‘p yillik

2

18

Filago pyramidata L.

Asteraceae

Bir yillik

3

19

Garhadiolus papposus Boiss. & Buhse

Asteraceae

Bir yillik

1

20

Heteranthelium piliferum Hochst. ex Jaub. & Spach

Poaceae

Bir yillik

6

21

Hypecoum trilobum Trautv.

Hypecoaceae

Ko‘p yillik

1

22

Koelpinia linearis Pall.

Asteraceae

Bir yillik

2

23

Nigella bucharica Schipcz.

Ranunculaceae

Bir yillik

3

24

Phleum phleoides H.Karst.

Poaceae

Ko‘p yillik

1

25

Pleconax conica (L.) Šourková

Caryophyllaceae

Bir yillik

1

26

Poa bulbosa L.

Poaceae

Ko‘p yillik

5

27

Roemeria refracta DC.

Papaveraceae

Bir yillik

1

28

Ziziphora tenuior L.

Lamiaceae

Bir yillik

2

O‘rganilgan senopopulyatsiyada jami 28 turdagi o‘simliklar uchrashi ma’lum bo‘ldi. Ulardan 17 tur (Aegilops triuncialis L., Aphanopleura capillifolia Lipsky, Astragalus schmalhausenii Bunge, Boissiera squarrosa (Banks & Sol.) Eig, Carthamus oxyacanthus Bieb., Cousinia microcarpa Boiss., Cryptospora omissa Botsch., Cymbolaena griffithii (A. Gray) Wagenitz, Diarthron vesiculosum (Fisch. & C.A. Mey. ex Kar. & Kir.) C.A. Mey., Filago pyramidata L., Garhadiolus papposus Boiss. & Buhse, Heteranthelium piliferum Hochst. ex Jaub. & Spach, Koelpinia linearis Pall., Nigella bucharica Schipcz., Pleconax conica (L.) Šourková, Roemeria refracta DC. va Ziziphora tenuior L.) bir yillik, 1 tur (Arenaria serpyllifolia L.) ikki yillik, 10 tur (Allium gypsaceum Popov & Vved., Alyssum szovitsianum Fisch. & C.A. Mey., Astragalus filicaulis Fisch. & C.A. Mey. ex Kar., Bromus oxyodon Shcrenk., Convolvulus subhirsutus Regel et Schmalh., Delphinium longipedunculatum Rgl. et Schmalh, Elaeosticta allioides (Regel et Schmalh.) Kljuykov, M. Pimen. & V. Tichomirov, Hypecoum trilobum Trautv., Phleum phleoides H.Karst. va Poa bulbosa L.) ko‘p yillik o‘tlardir.

Ushbu senopopulyatsiyada jami 13 ta oilaga mansub o‘simliklar o‘sadi. Ulardan Asteraceae va Poaceae oilalaridan 6 tur, Apiaceae, Brassicaceae, Caryophyllaceae, Fabaceae va Ranunculaceae oilalaridan 2 turdan, Alliaceae, Convolvulaceae, Hypecoaceae, Lamiaceae, Papaveraceae va Thymelaeaceae oilalaridan 1 turdan o‘simlik uchrashi ma’lum bo‘ldi.

Yumaloq bargli isfarakning (D. rotundifolium Afan) biz o‘rgangan senopopulyatsiya Yakkabog‘ tumanining tog‘ qismida joylashgan. Uning shakli to‘rtburchaksimon, uzunligi 33 m, eni 17 m.

Senopopulyatsiyaning zichligini aniqlash uchun sanoq maydonchalaridan foydalanildi. Sanoq maydonchalari bir-biriga parallel joylashgan 5 m uzoqlikdagi 3 qatorda joylashtirildi. Har bir qatorda bir-biridan 2 m uzoqlikda 10 tadan jami 30 ta sanoq maydoncha o‘rnatildi.



Sanoq natijasida ushbu senopopulyatsiyaning zichligi 4,77 dona/m2 ni tashkil qilganligi ma’lum bo‘ldi (3.5-jadval). Bundan ushbu senopopulyatsiyada jami 2674 dona isfarak o‘sganligi kelib chiqadi.



3.5-jadval

Yakkabog‘ tumanidagi yumaloq bargli isfarak (Delphinium rotundifolium Afan) senopopulyatsiyasining zichligi


Qatorlar

Maydonchalar

O‘rtacha

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1

5

6

3

5

3

6

5

6

6

3

4,77

2

4

7

5

3

6

7

5

4

4

4

3

4

3

7

5

5

4

6

5

3

4

Shuningdek, sanoq maydonchalarining zichligidan senopopulyatsiyaning gorizontal strukturasini aniqlashda foydalanildi. Gorizontal struktura, ya’ni qurama mozaika o‘simliklarning gorizontal yuza bo‘ylab taqsimlanishini bildiradi. Tahlil natijasida Yakkabog‘ tumanidagi yumaloq bargli isfarakning (D. rotundifolium Afan) senopopulyatsiyada bir tekis taqsimlanganligini ko‘rish mumkin (3.3-rasm).




3.3-rasm. Yakkabog‘ tumanidagi yumaloq bargli isfarak (Delphinium rotundifolium Afan) senopopulyatsiyasining qurama mozaikasi. Sharlarning diametri sanoq maydonchasidagi individlar soniga mos.
O‘simliklar mo‘lligini aniqlashda 7 ballik tizimdan foydalanildi. Bunda har bir tur vakillarining yer yuzasini qoplash darajasi ko‘z bilan chamalash orqali baholandi (3.6-jadval).

3.6-jadval

Yakkabog‘ tumanidagi yumaloq bargli isfarak (Delphinium rotundifolium Afan) senopopulyatsiyasining floristik tarkibi




Tur nomi

Oilasi

Hayotiy shakli

Mo‘lligi (7 ball)

1

Alyssum szovitsianum Fisch. & C.A. Mey.

Brassicaceae

Ko‘p yillik

2

2

Anisantha tectorum (L.) Nevski

Poaceae

Ikki yillik

4

3

Ceratocephala testiculata (Crantz) Besser

Ranunculaceae

Bir yillik

2

4

Conringia clavata Boiss.

Brassicaceae

Bir yillik

2

5

Convolvulus pseudocantabrica Schrenk

Convolvulaceae

Ko‘p yillik

3

6

Delphinium rotundifolium Afan

Ranunculaceae

Ko‘p yillik

4

7

Eremurus luteus Baker

Asphodelaceae

Ko‘p yillik

2

8

Galium tricornutum Dandy

Rubiaceae

Bir yillik

2

9

Glaucium elegans Fisch. & C.A. Mey.

Papaveraceae

Ikki yillik

3

10

Goldbachia laevigata DC.

Brassicaceae

Bir yillik

3

11

Heteranthelium piliferum Hochst. ex Jaub. & Spach

Poaceae

Bir yillik

1

12

Nardurus krausei (Regel) V. Krecz. & Bobr.

Poaceae

Bir yillik

2

13

Nigella bucharica Schipcz.

Ranunculaceae

Bir yillik

2

14

Onosma barsczewskii Lipsky

Boraginaceae

Ko‘p yillik

1

15

Onosma dichroantha Boiss.

Boraginaceae

Ko‘p yillik

1

16

Papaver pavoninum Boiss. & Buhse

Papaveraceae

Bir yillik

3

17

Poa bulbosa L.

Poaceae

Ko‘p yillik

4

18

Hulthemia persica Bornm.

Rosaceae

Butacha

4

19

Strigosella africana (L.) Botsch.

Brassicaceae

Bir yillik

2

20

Trigonella cancellata Desf.

Fabaceae

Bir yillik

1

21

Tulipa ingens Hoog

Liliaceae

Ko‘p yillik

1

22

Tulipa turkestanica Regel

Liliaceae

Ko‘p yillik

1

23

Ziziphora capitata L.

Lamiaceae

Bir yillik

2

O‘rganilgan senopopulyatsiyada jami 23 turdagi o‘simliklar uchrashi ma’lum bo‘ldi. Ulardan 11 tur (Ceratocephala testiculata (Crantz) Besser, Conringia clavata Boiss., Galium tricornutum Dandy, Goldbachia laevigata DC., Heteranthelium piliferum Hochst. ex Jaub. & Spach, Nardurus krausei (Regel) V. Krecz. & Bobr., Nigella bucharica Schipcz., Papaver pavoninum Boiss. & Buhse, Strigosella africana (L.) Botsch., Trigonella cancellata Desf. va Ziziphora capitata L.) bir yillik, 2 tur (Anisantha tectorum (L.) Nevski ва Glaucium elegans Fisch. & C.A. Mey.) ikki yillik, 9 tur (Alyssum szovitsianum Fisch. & C.A. Mey., Convolvulus pseudocantabrica Schrenk, Delphinium rotundifolium Afan, Eremurus luteus Baker, Onosma barsczewskii Lipsky, Onosma dichroantha Boiss., Poa bulbosa L., Tulipa ingens Hoog ва Tulipa turkestanica Regel) ko‘p yillik o‘tlar, 1 тур эса (Hulthemia persica Bornm.) butachadir.



Ushbu senopopulyatsiyada jami 12 ta oilaga mansub o‘simliklar o‘sadi. Ulardan Brassicaceae va Poaceae oilalaridan 4 tur, Ranunculaceae oilasidan 3 tur, Boraginaceae, Liliaceae va Papaveraceae oilalaridan 2 turdan, Asphodelaceae, Convolvulaceae, Fabaceae, Lamiaceae, Rosaceae va Rubiaceae oilalaridan 1 turdan o‘simlik uchrashi ma’lum bo‘ldi.

Sariq gulli isfarakning (D. semibarbatum Bienert. ex Boiss.) biz o‘rgangan senopopulyatsiya Yakkabog‘ tumanining adirlik qismida joylashgan. Uning shakli to‘rtburchaksimon, uzunligi 35 m, eni 20 m.

Senopopulyatsiyaning zichligini aniqlash uchun sanoq maydonchalaridan foydalanildi. Sanoq maydonchalari bir-biriga parallel joylashgan 2 m uzoqlikdagi 6 qatorda joylashtirildi. Har bir qatorda bir-biridan 3 m uzoqlikda 10 tadan jami 30 ta sanoq maydoncha o‘rnatildi (3.7-jadval).



3.7-jadval

Yakkabog‘ tumanidagi sariq gulli isfarak (Delphinium semibarbatum)

senopopulyatsiyasining zichligi


Qatorlar

Maydonchalar

O‘rtacha

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1

3

2

5

4

6

6

7

2

5

3

3,93

2

4

3

3

3

4

4

6

5

3

4

3

3

3

3

4

3

3

4

4

5

4

Sanoq natijasida ushbu senopopulyatsiyaning zichligi 3,93 dona/m2 ni tashkil qilganligi ma’lum bo‘ldi. Bundan ushbu senopopulyatsiyada jami 2753 dona isfarak o‘sganligi kelib chiqadi.


3.5-rasm. Yakkabog‘ tumanidagi sariq gulli isfarak (Delphinium semibarbatum Bienert. ex Boiss.) senopopulyatsiyasining qurama mozaikasi. Sharlarning diametri sanoq maydonchasidagi individlar



soniga mos.
Shuningdek, sanoq maydonchalarining zichligidan senopopulyatsiyaning gorizontal strukturasini aniqlashda foydalanildi. Gorizontal struktura, ya’ni qurama mozaika o‘simliklarning gorizontal yuza bo‘ylab taqsimlanishini bildiradi. Tahlil natijasida Yakkabog‘ tumanidagi sariq gulli isfarak (D. semibarbatum Bienert. ex Boiss.) senopopulyatsiyasida bir tekis taqsimlanganligini ko‘rish mumkin (3.5-rasm).

O‘simliklar mo‘lligini aniqlashda 7 ballik tizimdan foydalanildi. Bunda har bir tur vakillarining yer yuzasini qoplash darajasi ko‘z bilan chamalash orqali baholandi (3.8-jadval).



3.8-jadval

Yakkabog‘ tumanidagi sariq gulli isfarak (Delphinium semibarbatum Bienert. ex Boiss.) senopopulyatsiyasining floristik tarkibi




Tur nomi

Oilasi

Hayotiy shakli

Mo‘lligi (7 ball)

1

Aeluropus littoralis Parl.

Poaceae

Ko‘p yillik

5

2

Althaea nudiflora Lindl.

Malvaceae

Ko‘p yillik

3

3

Astragalus dasyanthus Pall.

Fabaceae

Ko‘p yillik

4

4

Bromus tectorum L.

Poaceae

Bir yillik

8

5

Capparis spinosa L.

Capparaceae

Ko‘p yillik

4

6

Carduus coloratus Tamamsch.

Asteraceae

Bir yillik

4

7

Carex pachystylis J. Gay

Cyperaceae

Ko‘p yillik

9

8

Daucus carota L.

Apiaceae

Ikki yillik

6

9

Delphinium semibarbatum Bienert. ex Boiss

Ranunculaceae

Ko‘p yillik

5

10

Echinochloa crus-galli L.

Poaceae

Bir yillik

6

11

Eremurus olgae Rgl.

Asphodelaceae

Ko‘p yillik

7

12

Hordeum bulbosum L.

Poaceae

Ko‘p yillik

7

13

Hypericum scabrum L.

Hypecoaceae

Ko‘p yillik

2

14

Lactuca tatarica CAM

Asteraceae

Ko‘p yillik

3

15

Onopordum olgae Rgl.

Asteraceae

Ikki yillik

2

16

Roemeria refracta DC

Papaveraceae

Bir yillik

3

17

Rosa kokanica Rgl.

Rosaceae

Buta

1

18

Sorghum halepense Pers.

Poaceae

Ko‘p yillik

6

O‘rganilgan senopopulyatsiyada jami 18 turdagi o‘simliklar uchrashi ma’lum bo‘ldi. Ulardan 4 tur (Roemeria refracta DC, Bromus tectorum L., Carduus coloratus Tamamsch. va Echinochloa crus-galli L.) bir yillik, 2 tur (Daucus carota L. va Onopordum olgae Rgl.) ikki yillik, 11 tur (Hordeum bulbosum L., Althaea nudiflora Lindl., Eremurus olgae Rgl., Astragalus dasyanthus Pall., Hypericum scabrum L., Sorghum halepense Pers., Aeluropus litoralis Parl., Lactuca tatarica CAM, Delphinium semibarbatum Bienert. ex Boiss, Capparis spinosa L. va Carex pachystylis J. Gay) ko‘p yillik o‘tlar bo‘lsa, 1 tur (Rosa kokanica Rgl.) butasimon o‘simlikdir.

Ushbu senopopulyatsiyada jami 12 ta oilaga mansub o‘simliklar o‘sadi. Ulardan Poaceae oilasidan 5 tur, Asteraceae oilasidan 3 tur, Apiaceae, Asphodelaceae, Capparaceae, Cyperaceae, Fabaceae, Hypecoaceae, Malvaceae, Papaveraceae, Ranunculaceae va Rosaceae oilalaridan 1 turdan o‘simlik uchrashi ma’lum bo‘ldi.
3.3. Delphinium L. turkumi ayrim vakillari senopopulyatsiyalarning yosh tarkibi

Fitotsenozdagi alohida turlarning har xil holatdagi individlar yig‘indisi senopopulyatsiya deb ataladi. Ularga tuproqda yoki yer yuzasida hayotchanligini yo‘qotmagan urug‘lar, nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi. Senopopulyatsiya tarkibiga ba’zan o‘t o‘simliklarning tinim holatidagi ikkilamchi yer ostki organlaridan ildizpoya, piyozbosh, tugunak kabilar ham kiradi. Shunday qilib, jamoaning turlar tarkibi senopopulyatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Turlarning o‘zi esa populyatsiyalar sistemasidan iborat. Jamoadagi har bir tur senopopulyatsiyasi maydon birligiga to‘g‘ri keladigan soni va yoshining nisbati bilan farqlanishi mumkin. T.A.Rabotnov o‘simliklar jamoasidagi o‘simliklar hayotini yoshi bo‘yicha quyidagi asosiy davrlarga bo‘ladi:

Latent davri. Bunda o‘simlikning spora, urug‘ yoki mevalari tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o‘simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, terakning urug‘i hayotchanligini 3-4 kundan 3 haftagacha saqlaydi, ba’zi bir begona o‘t o‘simliklar esa bir necha o‘n yillab saqlay oladi. Tuproqda turli o‘simliklarning ko‘p sondagi urug‘larini uchratish mumkin. Ular qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqishi xususiyatiga ega. Shu bilan birga har yili yangi urug‘lar tuproqqa tushib turadi.

Virginil davri. Bu davrda o‘simlik nihol, yosh o‘simlik va voyaga yetgan holatlarda kuzatilib, nihollar yosh o‘simliklardan urug‘ palla barglarining bo‘lishi bilan farqlanadilar.

Generativ davr. Bu o‘simlik hayotida sporalar yoki urug‘lar bilan ko‘payishning boshlanishi bilan xarakterlanadi.

Senil (qarilik) davri. O‘simlik yoshi ulg‘ayishi bilan generativ ko‘payish xususiyatini yo‘qotadi, ana shunda senil davri boshlanadi.

Populyatsiya tarkibida o‘simlikning har xil yoshdagi davrlari uchratilib, bu turning jamoada turg‘un saqlanib qolish xolatini belgilaydi va uning normal hayot kechirayotganidan dalolat beradi. T.A.Rabotnov ma’lumotlari bo‘yicha invazion, normal va regressiv tipdagi populyatsiyalar farq qilinadi. Invazion tipdagi populyatsiya deganda o‘simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyatsiya tushunilib, unda o‘simlikni nihollar, yosh hamda voyaga yetgan holatda uchratish mumkin. Bunday populyatsiyaning urug‘lari fitotsenozga tashqaridan kelib qolib, jamoada eng muhim o‘rinni egallashi yoki mutlaqo yashay olmasligi ham mumkin.

Regressiv tipdagi populyatsiya generativ ko‘payish xususiyatini yo‘qotgan populyatsiyadir. Ular odatda gullamaydi yoki gullasa ham urug‘lari unuvchanlik xususiyatini yo‘qotgan bo‘ladi. Bu holat populyatsiyani fitotsenozdan chiqib ketayotganligidan dalolat beradi.

Normal tipdagi populyatsiyada jamoada o‘simlik taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to‘liq o‘tkazadi. Unda spora yoki urug‘laridan to voyaga yetgan o‘simliklargacha uchratish mumkin. Senotik jihatdan olganda ular o‘simliklar jamoasining asosiy populyatsiyasi hisoblanadi. Fitotsenozni xarakterlash vaktida undagi o‘simlik turlarining holati ham hisobga olinadi.

Turlarning hayotiy holati quyidagi shkala bo‘yicha ifodalanadi:

3-to‘liq hayotiy holatda sharoit qulay bo‘lib, o‘simlik o‘sish, rivojlanish va taraqqiyotini to‘liq o‘tkazadi, ya’ni gullaydi va meva hosil qiladi.

2-o‘rtacha hayotiy holatda o‘simlikning generativ organlarining rivojlanishi uchun sharoit yetarli bo‘lmaydi, u faqat vegetativ fazada qoladi, gul va mevalar hosil qilmaydi.

1-susaygan hayotiy holatda o‘simlik zararlanganligi va kuchsiz o‘sishi kuzatiladi.

Senopopulyatsiyaning yosh tarkibi deganda undagi turli kalendar yosh holatidagi o‘simliklarning nisbati tushuniladi. O‘simliklarning kalendar yoshi deganda geobotanik tadqiqotlarda o‘z qimmatiga ega bo‘lgan mustaqil ko‘rsatkich tushuniladi. Bunda daraxtlar va ular nihollarining populyatsiyalarini o‘rganishda yosh tarkibi ayniqsa ahamiyatlidir.

Yosh tarkibini tahlil qilishda dala sharoitida o‘simliklarning kalendar yoshini aniqlash oson bo‘lgan vaqtlarda olib boriladi. O‘simlik yoshini aniqlashda 2 usuldan foydalaniladi:

- xronometrik, ya’ni unib chiqish kuniga qarab;

- morfobiometrik, ya’ni biror morfologik belgilarga ko‘ra (masalan, daraxtlarda yillik halqalarning soni bo‘yicha).

Bir xil yoshdagi o‘simliklar ma’lum yosh guruhini tashkil qiladi. Har bir yosh guruhiga bir kalendar yoshdagi yoki bir xil yosh davridagi individlar kiritilishi mumkin (masalan, 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan o‘simliklar, 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan o‘simliklar va hokazo). O‘rmon xo‘jaliklarida o‘simliklarni ularning yoshiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish qabul qilingan:

1-10 yosh — odatda bo‘yi 25 sm gacha bo‘lgan nihollar;

10-40 yosh — bo‘yi 25 sm dan 5 m gacha bo‘lgan yosh o‘simliklar. Ayrim hollarda uni kichik nihollar (bo‘yi 70 sm gacha), o‘rtacha niholar (bo‘yi 1,5 m gacha) va yirik nihollarga (bo‘yi 1,5 m dan baland) ajratiladi;

50-60 yosh — ingichka daraxtlar (poyasi 5-10 sm bo‘lgan holda bo‘yi 6-8 m ga yetadi);

80-100 yosh — yetilayotgan daraxtlar;

100-180 yosh — yetilgan daraxtlar;

180 yoshdan yuqorisi — qarigan daraxtlar.

Bu shkala daraxt turi va uning umri uzunligiga ko‘ra turlicha o‘zgartirish mumkin. Tez yetiluvchi daraxt turlarida bu shkala qisqartiriladi va aynan shu tur uchun xos bo‘lgan muddatlarga o‘zgartiriladi. Uni turning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra yanada kichik qismlarga ham ajratish mumkin.

A.Lotka 1925 yilda populyatsiyalarda optimal sharoit bo‘lishi uchun ularda turli yoshdagi individlar sonining normal statistik qiymatini saqlab turish zarurligini ta’kidlagan. O‘sish sharoiti o‘zgarganda populyatsiyada ba’zan yosh o‘simliklarning, ba’zan o‘rta yoshli o‘simliklarning, ba’zan esa qari o‘simliklarning soni ortishi kuzatilishi mumkin.

Agar senopopulyatsiyada o‘simlikning barcha yosh guruhlari vakillari mavjud bo‘lsa, unda kontinual senopopulyatsiya, ayrim yosh guruhlari bo‘lmasa diskret senopopulyatsiya deyiladi.

Biz o‘rgangan senopopulyatsiyalarning yosh spektrini aniqlashda u yerda mavjud barcha ontogenetik holatlar hisobga olindi. Olingan natijalar gistogramma ko‘rinishida ifodalandi.



Qo‘sh uchbargli isfarakning (D. biternatum Huth) senopopulyatsiyasida yuvenil holatdagi o‘simliklar ulushi 3,3 foizni, immatur holatdagi o‘simliklar 14,0 foizni, virginil holatdagi o‘simliklar ulushi 19,0 foizni, generativ holatdagi o‘simliklar ulushi 55,4 foizni, subsenil holatdagi o‘simliklar ulushi 5,8 foizni hamda senil holatdagi o‘simliklar ulushi 2,5 foizni tashkil qildi (-rasm).



-rasm. Qo‘sh uchbargli isfarak (Delphinium biternatum Huth)

senopopulyatsiyasining bazaviy spektri

Ushbu senopopulyatsiyada eng ko‘p o‘simliklar generativ holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bunga generativ holatning umumiy ontogenezda eng uzoq vaqt davom etishi tufayli boshqa holatlarga kamroq ulush to‘g‘ri kelishi sabab bo‘ladi.

Uzun gulbandli isfarak (D. longipedunculatum Rgl. et Schmalh) senopopulyatsiyasida yuvenil holatdagi o‘simliklar ulushi 5,4 foizni, immatur holatdagi o‘simliklar 11,5 foizni, virginil holatdagi o‘simliklar ulushi 14,6 foizni, generativ holatdagi o‘simliklar ulushi 55,4 foizni, subsenil holatdagi o‘simliklar ulushi 8,5 foizni hamda senil holatdagi o‘simliklar ulushi 4,6 foizni tashkil qildi (-rasm).





-rasm. Uzun gulbandli isfarak (D. longipedunculatum Rgl. et Schmalh)

senopopulyatsiyasining bazaviy spektri


Ushbu senopopulyatsiyada eng ko‘p o‘simliklar generativ holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bunga generativ holatning umumiy ontogenezda eng uzoq vaqt davom etishi tufayli boshqa holatlarga kamroq ulush to‘g‘ri kelishi sabab bo‘ladi.

Yumaloq bargli isfarak (D. rotundifolium Afan) senopopulyatsiyasida yuvenil holatdagi o‘simliklar ulushi 4,9 foizni, immatur holatdagi o‘simliklar 10,5 foizni, virginil holatdagi o‘simliklar ulushi 23,1 foizni, generativ holatdagi o‘simliklar ulushi 46,2 foizni, subsenil holatdagi o‘simliklar ulushi 9,8 foizni hamda senil holatdagi o‘simliklar ulushi 5,6 foizni tashkil qildi (-rasm).



-rasm. Yumaloq bargli isfarak (Delphinium rotundifolium Afan)

senopopulyatsiyasining bazaviy spektri


Ushbu senopopulyatsiyada eng ko‘p o‘simliklar generativ holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bunga generativ holatning umumiy ontogenezda eng uzoq vaqt davom etishi tufayli boshqa holatlarga kamroq ulush to‘g‘ri kelishi sabab bo‘ladi.

Sariq gulli isfarak (D. semibarbatum) senopopulyatsiyasida yuvenil holatdagi o‘simliklar ulushi 7,6 foizni, immatur holatdagi o‘simliklar 11,9 foizni, virginil holatdagi o‘simliklar ulushi 13,6 foizni, generativ holatdagi o‘simliklar ulushi 44,9 foizni, subsenil holatdagi o‘simliklar ulushi 15,3 foizni hamda senil holatdagi o‘simliklar ulushi 6,8 foizni tashkil qildi (-rasm).

Ushbu senopopulyatsiyada eng ko‘p o‘simliklar generativ holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bunga generativ holatning umumiy ontogenezda eng uzoq vaqt davom etishi tufayli boshqa holatlarga kamroq ulush to‘g‘ri kelishi sabab bo‘ladi.


-rasm. Sariq gulli isfarak (Delphinium semibarbatum)

senopopulyatsiyasining bazaviy spektri

O‘rganilgan barcha senopopulyatsiyalarda generativ o‘simliklarning ulushi kattaligi (ayrim hollarda jami vakillarning yarmidan ko‘pini tashkil qilishi) aniqlandi. Bundan ushbu senopopulyatsiyalar bir cho‘qqili normal senopopulyatsiyalar ekanligi, ularning bazaviy spektri esa markazlashgan spektrdan iboratligi ma’lum bo‘ldi. Bu holat Yu.A. Zlobinning ma’lumotini tasdiqladi, ya’ni ontogenezi sodda tuzilishga ega bo‘lgan ko‘p yillik o‘t o‘simliklar va senil davri juda qisqa bo‘lgan o‘simliklar uchun markazlashgan spektr xos [9].
Xulosalar

Yakkabog‘ tumanida tarqalgan Delphinium L. turkumi vakillarining bioekologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik:



  1. O‘rganilgan turlar orasida eng qisqa davom etgan vegetatsiya sariq gulli isfarakka (D. semibarbatum) tegishli bo‘lib, 2020 yilda 5 martdan 28 iyungacha 115 kunni tashkil qildi. Eng uzoq davom etgan vegetatsiya esa qo‘sh uchbargli isfarakda (D. biternatum) kuzatildi va 181 kunni tashkil qildi.

  2. Vegetatsiyasi eng ertachi boshlangan tur burishgan isfarak (D. rugulosum), eng kech boshlangan tur esa soqolli isfarak (D. barbatum) bo‘ldi.

  3. Yakkabog‘ tumanidagi qo‘sh uchbargli isfarak senopopulyatsiyasining zichligi 4,03 dona/m2 ni (senopopulyatsiyada jami 2839 dona isfarak mavjud), uzun gulbandli isfarak senopopulyatsiyasining zichligi 4,33 dona/m2 ni (senopopulyatsiyada jami 2479 dona isfarak mavjud), yumaloq bargli isfarak senopopulyatsiyasining zichligi 4,77 dona/m2 ni (senopopulyatsiyada jami 2674 dona isfarak mavjud), sariq gulli isfarak senopopulyatsiyasining zichligi 3,93 dona/m2 ni (senopopulyatsiyada jami 2753 dona isfarak mavjud) tashkil qildi.

  4. Yakkabog‘ tumanidagi qo‘sh uchbargli isfarak senopopulyatsiyasida 10 ta oilaga mansub 24 turdagi o‘simlik, uzun gulbandli isfarakning senopopulyatsiyasida 13 oilaga mansub 28 turdagi o‘simlik, yumaloq bargli isfarak senopopulyatsiyasida 12 oilaga mansub 23 turdagi o‘simlik, sariq gulli isfarak senopopulyatsiyasida 12 oilaga mansub 18 turdagi o‘simlik o‘sadi.

  5. O‘rganilgan barcha senopopulyatsiyalarda gorizontal struktura, ya’ni o‘simliklarning qurama mozaikasi bir tekis taqsimlangan.

  6. O‘rganilgan barcha senopopulyatsiyalarda generativ o‘simliklarning ulushi kattaligi (ayrim hollarda jami vakillarning yarmidan ko‘pini tashkil qilishi) aniqlandi. Bundan ushbu senopopulyatsiyalar bir cho‘qqili normal senopopulyatsiyalar ekanligi, ularning bazaviy spektri esa markazlashgan spektrdan iboratligi ma’lum bo‘ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Бўранова М.О. Ўзбекистон жануби шароитида Lipskya insignis (Lipsky) Nevskiнинг биоэкологик хусусиятлари: Биол. фан. фалс. док. (PhD) ... дис. автореф. – Тошкент, 2017. – 44 б.

  2. Зайцев Г.Н. Математическая статистика в экспериментальной ботанике. – М.: Наука, 1984. – 424 с.

  3. Злобин Ю.А. Популяционная экология растений. Современное состояние, точки роста. – Сумы: Университетская книга, 2009. – 263 с.

  4. Ишбирдин А.Р., Ишмуратова М.М. О некоторых новых подходах, методах и результатах мониторинговых исследований объектов охраны растительного мира // Вестник Удмуртского университета. Серия «Биология. Науки о Земле». – Ижевск, 2009. – С. 59-72.

  5. Ишмуратова М.М. Семена травянистых растений: особенности латентного периода, использование в интродукции и размножении in vitro. – Уфа: Гилем, 2009. – 115 с.

  6. Каримов В., Шомаҳмудов А. Халқ табобати ва замонавий илми тибда қўлланиладиган шифобахш ўсимликлар. – Тошкент: “Ибн Сино номидаги нашриёт-матбаа бирлашмаси”, 1993.

  7. Қосимов А., Холматов Х. Доривор ўсимликлар. – Тошкент: “Ибн Сино номидаги нашриёт-матбаа бирлашмаси”, 1994.

  8. Мустафаев С.М. Дикорастущие бобовые растения. – Л.: Наука, 1982. – 283 с.

  9. Плохинский Н.А. Биометрия. – М.: Изд-во Московского университета, 1970. – 369 с.

  10. Работнов Т.А. Фитоценология. 3-е изд. – М.: Изд-во МГУ, 1992. – 349 с.

  11. Юлдашев А.С. Состояние природных ценопопуляций лекарственных растений в бассейне реки Зарафшан (Узбекистан) // Вестник аграрной науки Узбекистана. – Ташкент, 2004. – Т. 1. – С. 131-132.

  12. Ўзбекистон Миллий Энциклопедяси. – Тошкент, 2000. – 1-жилд.

  13. Ҳамидов А., Набиев М., Одилов Т. Ўзбекистон ўсимликлари аниқлагичи. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 1987.

  14. Ҳожиматов К. Ўзбекистоннинг хушбўй ва хуштаъм ўсимликлари. – Тошкент: “Фан”, 1992.

  15. Ҳожиматов К., Йўлдошев К., Шоғуломов У., Ҳожиматов О. Шифобахш гиёҳлар — дардларга малҳам. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 1995.

  16. Ҳоликов К. Ўзбекистон жанубидаги доривор ўсимликлар. – Тошкент: “Меҳнат”, 1992.

  17. IPNI. (2021): The International Plant Names Index. The product of a collaboration between The Royal Botanic Gardens, Kew, The Harvard University Herbaria, and the Australian National Herbarium. Available at: www.ipni.org/index.html, accessed 11 January 2021.


ILOVALAR





1Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сон «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони.

Download 12,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish