O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Xulosalar 57 Foydalanilgan adabiyotlar



Download 12,65 Mb.
bet2/20
Sana31.12.2021
Hajmi12,65 Mb.
#239513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
G'aniyeva Nozima Yakkabog tumanida tarqalgan Delphinium

Xulosalar 57

Foydalanilgan adabiyotlar 58

Ilovalar 60

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Dunyoda kamyob va yo‘qolib borayotgan tur populyatsiyalari tarqalgan hududlarni muhofaza qilish bioxilma-xillikni saqlab qolishning eng asosiy strategik yo‘nalishi sifatida e’tirof etilmoqda. Bu borada alohida muhofaza qilinadigan hududlar maydonining tobora kengayib borishi hamda kamyob va endem turlar populyatsiyalarini saqlab qolish borasidagi amaliy ishlarni yanada takomillashtirishga so‘nggi yillar davomida davlat miqyosida e’tibor qaratilmoqda. Ya’ni tabiiy ekosistemalarga bo‘lgan antropogen bosim kundan-kunga ortib borayotgan sharoitida o‘simliklar senopopulyatsiyalaridagi o‘zgarishlarni aniqlash va ularni saqlab qolish chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Jahonda tabiiy va antropogen ta’sirlar natijasida kamyob va endem o‘simlik turlarining yo‘qolib ketish sabablarini aniqlash hamda ularni saqlab qolish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha bir qator ilmiy ishlar olib borildi. Bu borada, kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarni ro‘yxatga oluvchi xalqaro ma’lumotlar bazasi yaratilib, ular inqiroziga ta’sir etuvchi omillar ko‘lami doimiy ravishda baholanib boradi, tabiiy populyatsiyalarini saqlab qolish hamda tabiiy sharoitida kolleksiyalarini yaratish usullari ishlab chiqilgan. Ta’kidlash lozimki, turlarning fitotsenozdagi dinamik xarakterini belgilab beruvchi eng asosiy tuzilma senopopulyatsiyalar bo‘lib, ular tabiiy ekosistemalardagi salbiy o‘zgarishlarni o‘zida yaqqol namoyon etadi. Senopopulyatsiyalardagi demografik o‘zgarishlar turning yashovchanlik imkoniyatini va ma’lum sharoitlar uchun moslashuvchanligini baholash imkonini beradi. Natijada kamyob va endem o‘simliklar senopopulyatsiyalaridagi o‘zgarishlarni aniqlash orqali ularni tabiiy sharoitlarda saqlab qolish yo‘llarini ishlab chiqish va takomillashtirish mumkin bo‘ladi. Shulardan kelib chiqqan holda, o‘simliklar senopopulyatsiyalarining bugungi holatini baholash uchun ularning fenologiyasini o‘rganish va demografik xarakteristikalarini aniqlash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.



Hozirgi kunda respublikamizda o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan dasturiy chora-tadbirlar asosida, jumladan, o‘simlik dunyosi obyektlarini inventarizatsiyalash va kadastrini yuritishning yagona tizimi yaratildi, iqtisodiy ahamiyatga ega turlarning resurslari baholandi, yetishtirish usullari takomillashtirildi, tabiiy va tajriba sharoitlarida ko‘paytirishning usullari ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida1 «... atrof-muhit va genofondga ta’sir etayotgan muammolarni bartaraf etish» vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, jumladan, Delphinium L. turkumi vakillarining senopopulyatsiyalari holati va ular inqiroziga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, tabiiy senopopulyatsiyalarini saqlab qolish hamda tabiiy sharoitda kolleksiyalarini yaratishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqotlar muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 21 sentabrdagi 409-son “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 iyuldagi PQ-3861 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyati yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.


Download 12,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish