O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 12,65 Mb.
bet6/20
Sana31.12.2021
Hajmi12,65 Mb.
#239513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
G'aniyeva Nozima Yakkabog tumanida tarqalgan Delphinium

Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 59 betni tashkil etadi.

Dissertatsiyaga magistrantning ilmiy tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan taqdimoti ilova qilingan.


I BOB. MUAMMONING O‘RGANILGANLIK DARAJASI VA TADQIQOT METODLARI.

1.1. Senopopulyatsion izlanishlarning tarixi va o‘rni

Senopopulyatsiyalarining ontogenetik, fazoviy, demografik strukturasi, vitalitet holati, individlariga turli omillarning (abiotik, biotik, antropogen) ta’siri kabi ko‘rsatkichlari tahlil qilinishi orqali o‘simliklarning bioekologik xususiyatlarini aniqlash mumkin.

Tabiiy o‘simlik qoplamlarining qayta tiklanishi, turlarning tashqi muhit sharoitlariga moslashish usullari, kamyob o‘simlik turlarini introduksiya qilish imkoniyatlarini o‘rganish uchun senopopulyatsion tadqiqotlar o‘tkazish lozim. Buning natijasida o‘simlik populyatsiyalarining yashab qolish uchun qo‘llaydigan taktika va strategiyalarini baholash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Chet ellarda (ayniqsa Yevropa davlatlarida) o‘simliklarning populyatsion bioxilma-xilligi va populyatsiyalarning fazoviy strukturasini o‘rganish qadimiy an’analarga ega. Rossiyada bunday tadqiqotlar populyatsion biologiyaning populyatsion-ontogenetik yo‘nalishi asoschilari T.A. Rabotnov va A.A. Uranov (1960, 1967, 1975, 1977) ishlaridan boshlangan.

T.A. Rabotnov ilk senopopulyatsion tadqiqotlarini XX asrning 40-yillarida amalga oshirgan. U ilk bor ko‘p yillik o‘t o‘simliklar ontogenezini davrlarga ajratish konsepsiyasini qo‘llagan hamda o‘simliklarning kalendar va ontogenetik yoshi orasidagi farqni aniqlagan. T.A. Rabotnov senopopulyatsiya ontogenetik spektrini tahlil qilib, ularni 3 xil (invazion, normal va regressiv) kategoriyaga ajratishni tavsiya qilgan [10].

A.A. Uranov o‘simliklarning ontogenetik holatlari davrlarini yanada takomillashtirdi, fitotsenozlarda senopopulyatsiyalarning to‘lqinsimon rivojlanishi konsepsiyasi va ularning o‘zaro ta’sirlashish nazariyasini ishlab chiqdi.

Ularning shogirdlari va izdoshlari tomonidan katta hajmdagi ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, buning natijasida 500 dan ortiq yuksak o‘simliklar turining populyatsion xilma-xilligi va populyatsiya strukturasini bayon qilishga imkon yaratilgan.

MDH doirasida populyatsion ekologiya bo‘yicha ishlarni O.A. Mozgovaya davom ettirib, tabiiy va madaniy o‘rmon senopopulyatsiyalari fitotsenozining tuzilishi, dinamikasi, hayotiy holati, o‘zaro ta’siri masalalarini o‘rgangan.

O‘simliklar populyatsion biologiyasi yo‘nalishidagi ishlar orasida Yu.A. Zlobinning tadqiqotlari diqqatga sazovor. Uning “Populyatsionnaya ekologiya rasteniy” nomli monografiyasida [3] o‘simliklar populyatsion ekologiyasining sharhi keltirilgan. Bunda o‘zining va boshqa ko‘plab mualliflarning tadqiqotlari natijalari izohlanib, ushbu yo‘nalishdagi asosiy rivojlanish yo‘nalishlari yoritilgan.

M.M. Ishmuratova populyatsion biologiya, geobotanika, introduksiya, hujayralar va to‘qimalarning kulturasi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borgan. U qator kamyob turlarni in vitro usulda klonlashtirish texnologiyasi hamda o‘simliklar va ularning populyatsiyalari hayotiyligini baholash usullarini ishlab chiqqan [5].

A.R. Ishbirdinning ilmiy tadqiqotlari o‘simliklar klassifikatsiyasi, populyatsion biologiya, fitotsenologiya, floristika, noyob turlarni muhofaza qilishga qaratilgan. Uning ishtirokida Belarus Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining ayrim viloyatlarining segetal, ruderal, baland tog‘liklar va boshqa o‘simliklar tiplarining floristik klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan, M.M. Ishmuratova bilan birgalikda Belarus Respublikasida kamyob turlarning populyatsion ekologiyasi yo‘nalishida ishlar olib borgan [4].

Bugungi kunda populyatsion-ontogenetik tadqiqotlarning yirik markazlari Moskva shahar pedagogika universiteti (L.B. Zaugolnova) va Mariy davlat universiteti (L.A. Jukova) hisoblanadi.

T.I. Plaksina o‘z tadqiqotlarini dasht o‘simliklari orasidagi noyob turlarning latent davrini o‘rganishga bag‘ishlagan. Astragallarning ayrim endem turlari biologiyasi, ekologiyasi, populyatsiyalarining strukturasi va dinamikasi G.N. Rodionova (Ryabova) tomonidan 1993 yildan buyon o‘rganilmoqda. Hedysarum va Oxytropis turkumlari vakillarining ontogenezi va tabiiy populyatsiyalari strukturasi V.N. Ilina tomonidan o‘rganilgan.

A.A. Mokin, V.A. Cheryomushkina, A.Y. Astashenkov, V.M. Parxomenko, A.S. Kashin, L.X. Txazaplijeva, V.A. Chadayeva, Ye.B. Kolegova, T.V. Leonova, Ye.M. Oleynikova, I.N. Barsukova, Ye.S. Kazanseva, V.A. Cheryomushkina va boshqalar o‘z tadqiqotlarini MDH mamlakatlari doirasida o‘simliklar senopopulyatsiyalari holatini baholashga yo‘naltirgan.

I.G. Serebryakov, I.V. Borisova, Ye.I. Lisovets, A.S. Shamigulova, I.V. Suyundukov, N.S. Lidjiyeva, S.S. Ulanova, K.V. Mashtikovlarning ishlari senopopulyatsiyalarning mavsumiy o‘zgarishlariga bag‘ishlangan.

E.Z. Mullabayeva o‘z ilmiy tadqiqotlarini Liliaceae va Iridaceae oilalariga mansub ayrim noyob turlarning Janubiy Ural tog‘lari sharoitida biologiyasi, senopopulyatsiyalarining tavsiflari hamda yashash uchun qo‘llaydigan taktika va strategiyalarini o‘rganishga qaratgan.

Dunyo miqyosida so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlardan Nabegh Ghazal Asswadning Suriya shimoli-g‘arbidagi 8 kamyob endem turlarning zamonaviy holati, shuningdek Monika Szczecińska, Gabor Sramko, Katarzyna Wołosz, Jakub Sawickilarning g‘arbiy va markaziy Yevropadagi yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan Pulsatilla patens (L.) Mill turining populyatsion strukturasi va genetik xilma-xilligi bo‘yicha olib borgan ishlarini ko‘rsatish mumkin.

N. Narantuya esa Mo‘g‘o‘listonning o‘tloqlaridagi o‘simlik jamoalariga tabiiy va antropogen omillarning ta’sirini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar olib borgan.

O‘zbekistonda o‘simliklar qoplamlarini kompleks o‘rganish yo‘nalishdagi ishlar qatorida S.M. Mustafayev, A.S. Yuldashev, X.F. Shomurodov, M.O. Bo‘ranovalarning ishlarini keltirish mumkin.

S.M. Mustafayev o‘z tadqiqotlarida dukkaklilarning O‘zbekiston o‘simliklar qoplamida tutgan o‘rniga ahamiyat qaratgan [8].

A.S. Yuldashev ayrim turlarning fitotsenotik xarakteristikalarining ba’zi jihatlarini o‘rganishga qaratilgan bir qancha ishlar olib borgan [11].

X.F. Shomurodovning ishlarida Qizilqumning yem-xashak o‘simliklari, shuningdek boshqa ayrim o‘simliklarning senopopulyatsiyalari ontogenetik strukturasi haqida ma’lumotlar mavjud.

O‘zbekistonda endem, kamyob va yo‘qolib ketayotgan o‘simlik turlari senopopulyatsiyalari holatini baholashga oid ma’lumotlar X.K. Bo‘riyev, K.Sh. Tojibayev, Sh.U. Saribayeva, X.F. Shomurodov, O.T. Turginov ishlarida keltirilgan.

O.S. Abduraimov o‘z tadqiqotlarini Qizilqumda tarqalgan Tulipa L. turkumi turlarining biologik xususiyatlari va senopopulyatsiyalarining holatini o‘rganishga qaratgan. U turlarning ontogenezi va mavsumiy rivojlanishi bilan bir qatorda senopopulyatsiyalarning ontogenetik strukturasi aniqlagan hamda zamonaviy holatini baholagan.

M.O. Bo‘ranova Qashqadaryo va Surxondaryo hududlaridagi endem tur hisoblanuvchi Lipskya insgnis turining bioekologik xususiyatlari va senopopulyatsiyalarini har tomonlama o‘rgangan [1].


Download 12,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish