yanvar 2020, 21:26 Siyosat
Prezident yangi hukumat tarkibini tasdiqladi
Prezident yangi hukumat tarkibini tasdiqladi. Unda uchta lavozim bo‘sh qolgan, boshqa o‘rinlarda deputatlar ma’qullagan nomzodlar o‘zgarishsiz tasdiqlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangilangan hukumat tarkibini tasdiqladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident tasdig‘idan o‘tgan hukumat tarkibida uchta lavozim — bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, bosh vazirning ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘sh qolgan.
Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasi shu paytgacha prezident maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov zimmasiga yuklatilgandi. Boshqa bo‘sh qolgan lavozimlar esa yangi joriy etilgan hamda ularga nomzod ko‘rsatilmagan.
Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, vazirlik, qo‘mita rahbarlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan tarkibda o‘zgarishsiz prezident tomonidan tasdiqlangan.
Hukumat tarkibi
Rahbariyat
Aripov Abdulla Nigmatovich — bosh vazir;
Ramatov Achilbay Jumaniyazovich — bosh vazirning birinchi o‘rinbosari;
Kuchkarov Djamshid Anvarovich — bosh vazirning o‘rinbosari — moliya vaziri;
bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
bosh vazirning ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich — bosh vazirning o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi;
Basitxanova Elmira Irkinovna — bosh vazirning o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.
Vazirlar
Kamilov Abdulaziz Xafizovich — tashqi ishlar vaziri;
Xodjayev Batir Asadillayevich — iqtisodiyot va sanoat vaziri;
Davletov Ruslanbek Kuroltayevich — adliya vaziri;
Kurbanov Baxodir Nizamovich — mudofaa vaziri;
Bobojonov Po‘lat Razzaqovich — ichki ishlar vaziri;
Umurzakov Sardor Uktamovich — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri;
Xodjayev Jamshid Abduxakimovich — qishloq xo‘jaligi vaziri;
Xamrayev Shavkat Raximovich — suv xo‘jaligi vaziri;
Xusanov Nozim Baxtiyorovich — bandlik va mehnat munosabatlari vaziri;
Shadmanov Alisher Kayumovich — sog‘liqni saqlash vaziri;
Madjidov Inom Urishevich — oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri;
Shermatov Sherzod Xotamovich — xalq ta’limi vaziri;
Shin Agrippina Vasilevna — maktabgacha ta’lim vaziri;
Nazarbekov Ozodbek Axmadovich — madaniyat vaziri;
Sadikov Shuxrat Muxamadjanovich — axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri;
Saliyev Muzaffar Xaldarbayevich — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri;
Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich — innovatsion rivojlanish vaziri;
Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich — jismoniy tarbiya va sport vaziri;
Zakirov Batir Irkinovich — qurilish vaziri;
Ganiyev Elyar Majidovich — transport vaziri;
Sultanov Alisher Saidabbasovich — energetika vaziri;
favqulodda vaziyatlar vaziri.
Davlat qo‘mitalari rahbarlari
Azimov Murotjon Berdialiyevich — Davlat bojxona qo‘mitasi raisi;
Musayev Bexzod Anvarovich — Davlat soliq qo‘mitasi raisi;
Gulyamov Baxtiyor Vaxabovich — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi;
Ismoilov Oybek Ortiqovich — Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi;
Begalov Baxodir Abdusalomovich — Davlat statistika qo‘mitasi raisi;
Abdullayev Abdushukur Xamidovich — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi;
Kuchkarov Baxrom Tulkinovich — Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi;
Islamov Bobir Farxadovich — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi;
Norqobilov Baxromjon Turayevich — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi;
Bakirov Nizomidin Jalilovich — O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi.
Qoraqalpog‘iston hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tarkibiga lavozimi bo‘yicha kiradi.
"Gazeta.uz"da reklama
O‘zingizga qulay xizmat orqali "Gazeta.uz"ga obuna bo‘ling: Telegram, Facebook, Instagram, Twitter.
«Газета.uz» 1 458
Materialga izohlar
Siz avtorizatsiyadan o‘tmagansiz. Sharh qo‘shish uchun saytga kiring.
Kirish
So`nggi yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev Geologiya fanlari universiteti qurilish ishlari bilan tanishdi
Bugun, 17:26
Prezident yetti mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Do'stlaringiz bilan baham: |