1
1.1
|
Chiroqchi tuman Moliya bo’limi
Chiroqchi tuman Moliya bo'limining umumiy tarifi……………….
|
2
|
1.2
|
Chiroqchi tuman Moliya bo'limi boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi.
|
6
|
1.3
|
Chiroqchi tuman Moliya bo'limining asosiy faoliyatnini tashkil etish
|
15
|
1.4
|
Chiroqchi tuman Moliya bo'limida personalni boshqarish…………
|
20
|
1.5
|
Chiroqchi tuman Moliya bo'limida iqtisodiyot xizmat faoliyati……
|
26
|
1.6
|
Chiroqchi tuman Moliya bo'limida innovatsiyalarni boshqarish……
|
29
|
1.7
|
Chiroqchi tuman Moliya bo'limi bosh hisobchisining faoliyati…….
|
32
|
2
3
|
Chiroqchi tuman Moliya bo’limida amalga oshirilgan tadqiqotlar…
Xulosa va takliflar……………………………………………………
|
33
35
|
4
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati……………………………………
|
37
|
|
Ilovalar
|
|
Chiroqchi tuman Moliya bo’limi.
1.1. Chiroqchi tuman Moliya bo'limining umumiy tarifi
Chiroqchi tuman moliya bo’limi 1994-yil 2-aprelda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.
Moliya boʼlimi yagona byudjet va soliq siyosatini yuritishda ishtirok etadi, tuman darajasidagi boshqa davlat boshqaruvi organlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda oʼz faoliyatida tuman hokimligiga, shuningdek Moliya boshqarmasiga boʼysunadi.
Moliya boʼlimi oʼz faoliyatida Oʼzbekistan Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʼzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu namunaviy Nizomga amal qiladi.
Moliya boʼlimi oʼz faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlari, tuman xokimiyati, jamoat tashkilotlari va byudjet tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Moliya boʼlimi Oʼzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʼlari hisobidan saqlanadi. Moliya boʼlimining tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni Oʼzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida belgilanadi.1
Moliya-markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari-bu Moliya resurslari yoki Moliya obʼyektidir. Moliya subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon Moliyasi yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona Moliya fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi.. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi.
Moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — Moliya fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish Moliya vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.2
Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.
Mamlakatimizda byudjet ijrosining amaldagi holatidan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlarning hukumatning iqtisodiy-ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda mavqeini yanada ko’tarishga sabab bo’layotgan qator omillarni ajratib ko’rsatish mumkin. Masalan, mahalliy moliya organlarining byudjet ijrosidan manfaatdorligini oshirish va shuning asosida byudjet xarajatlarini to’g’ri va oqilona tarzda sarflanishi va byudjet tushumlarining yangi manbalarini qidirib topishga rag’batlantirishni ta’minlashdir.
O'zbekiston Respublikasi davlatining mustaqillikka erishishi sari yo'l tutishi davrida, iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi yo’lida hududlarning iqtisodiy rivojlanishida hamda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi mahalliy budjetlarning roli yanada oshdi.
Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi- so‘mda amalga oshiriladi.
Mahalliy budjetlar- davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, Shahar pul mablag’lari jamg’armasi bo’lib, ikki pog’onali budjet tizimining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Mahalliy budjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy moxiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Ular xaqida quyidagilarni ta`kidlash mumkin:
• mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi pul fondlarini shakllantirish;
• bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar o’rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;
• Viloyat budjeti - umumviloyat budjetini hamda viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetini;
• Tumanlarga bo’linadigan shahar budjeti - umumshahar budjetini hamda Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini;
• Tarkibida shaharlari bo’lgan tuman budjeti - umumtuman budjetini hamda tuman bo’ysunuvidagi shaharlar budjetlarini.
Huquqiy jihatdan mahalliy budjetlar budjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, anik maqsadlar uchun mo’ljallangan xarajat yo’nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjatdir.
Mahalliy budjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi. Mahalliy budjetlarga xos bo’lgan xususiyatlarning namoyon bo’lishi, ulardan milliy daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati jarayonidagina mumkin bo’ladi.
Bu budjet mexanizmida o’z aksini topadi. Budjet mexanizmi davlat budjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig’indisi bo’lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va budjet munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo’naltirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |