216
ham bo’lishi mumkin.
Hozirgi zamon huquqiy tizimlari tasnifini huquq oilalari tizimi, huquq guruhlari va
alohida milliy huquqiy tizimlar tuzilishi bo’yicha murakkab deb qaramoq lozim. Har bir
huquq oilasi tarkibida yana ko’p mayda tasniflarni ko’rish mumkin va, o’z navbatida, ularni
ham bir nechta huquq guruhlariga bo’lish mumkin. Masalan, roman-german huquq oilasida
fransuz huquqi va german huquq guruhi, umumiy huquq oilasida ingliz huquqi guruhi va
Amerika huquq guruhi ajratiladi.
Akademik V.Knapp bunday tasniflashni keltiradi. Masalan,
u roman-german huquq
oilasida quyidagi huquq ti-zimlarini farqlaydi: fransuz huquqi, avstriya huquqi, german
huquqi, shveytsariya huquqi, skandinaviya mamlakatlarining huquqi, huquqning aralash
tizimi, kanonik huquq
1
.
Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlarini tasniflashda yurist «etti o’lchab bir kes»
qabilida ish tutishi kerak va, avvalo, huquqiy tizimlarning uncha ko’p bo’lmagan soni bilan
chegaralanishi lozim. Agar kimda-kim tasniflashda butun er sharidagi huquqiy tizimlarni
ishlatmoqchi bo’lsa, u empirik material ogarligani torta olmay qoladi. Bugungi kundagi
hozirgi zamon huquqiy tizimlarining eng mukammal ro’yxati qiyosiy huquqning xalqaro
qomusida keltirilgan. Biroq bu erda ham dunyodagi barcha
huquqiy tizimlar qamrab
olingan emas.
Shunisi qiziqki, yurist, avvalo, huquqiy tizimlarning bosh bo’g’inini aniqlashi, so’ng
ularning keyingi jugrofiy tarqalishini aniqlamogi lozim. Agar dunyo huquqiy xaritasiga nazar
tashlansa, shuni ko’rish mumkinki, er sharining uchdan ikki qismi roman-german va ingliz
umumiy huquqdaridan kelib chiqadigan huquqiy tizimlar asosida yashamoqda.
Tasniflash asosi bo’lib birinchidan, ancha keng yoki aksincha juda tor ilk jug’rofiy
doira xizmat qilishi mumkin. Ikkinchidan, mezonlar emas, balki tarixiy xarakterda ham
bo’lishi mumkin. Va, nihoyat, bu vazifani yuridik ins-titutlar va huquq sohalari ham
bajarishi mumkin. Umuman, hozirgi zamon huquqiy tizimlarini keng doirada tasniflashda
ishlatiladigan mezonlar turli xil omillarni, ya’ni etnik, madaniy, jug’rofiy, diniy omillardan
boshlab «huquqiy texnika», «huquq uslubi»gacha hisobga olishi mumkin. Shu bois, yurist
olimlar qancha bo’lsa, tasniflashlar ham shunchalik ko’p.
Hozirgi zamon huquqiy tizimlarini tasniflashni ikkita asosiy yo’nalishga bo’lish
mumkin.
Tabiiyki, shartli ravishda ulardan har biri o’z navbatida o’ziga xos ma’lum
xususiyatlarga ega bo’lgan bir qancha turlariga ega.
Birinchi yo’nalish fransuz olimi R.Davidning asarlarida o’z aksini topgan. Uch tomlik
asarida olim uchta «huquq oilasi» (roman-german, ingliz-sakson, sotsialistik)ni ajratib
ko’rsatadi va ularga dunyo xaritasining beshdan to’rt qismini o’z ichiga oladigan va «diniy
va an’anaviy tizimlar» deb nomlangan butun yuridik dunyo tutashadi
2
.
Bunday tasniflashga ikkita mezon, ya’ni mafkuraviy (bunga R.David diniy, falsafiy,
iqtisodiy va ijtimoiy omillarni kiritadi) va yuridik texnika mezoni asos bo’ladi. O’z navbatida,
ularning ikkalasini ajratgan holda emas, balki umumlashtirgan holda foydalanish zarur.
Zamonaviy yuridik fanda R.Davidning tasniflashi mashhur. Masalan: fransuz
universitetlarida «Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari» o’quv fanining o’qitilishi xuddi
shu tasnif asosida olib boriladi.
Ikkinchi yo’nalishning ko’zga ko’ringan vakili nemis yuristi K.TSvaygert hisoblanadi.
Tasniflashga besh omil, ya’ni:
1) huquqiy tizimning paydo bo’lishi va taraqqiyoti;
2) yuridik fikrlashning o’ziga xosligi;
3) o’ziga xos huquqiy institutlar;
1
Qarang: В. Крупные системи права в современном мире. Сравнительное правоведение. М., 1978. 228-231 betlar.
2
Давид Р. Основние правовые системи современности. М., 1988. 39-48-betlar.
217
4) huquq manbalari va ularni sharhlash
usullari;
5) mafkuraviy omillarni nazarda tutuvchi «huquqiy uslub» («huquq uslubi») mezon
bo’lib xizmat qiladi.
Shu asosda K.TSvaygert sakkizta «huquqiy doira»; roman - german, skandinav,
ingliz-amerika, sotsialistik, islom huquqi, hind huquqini farqlaydi.
Asosiy huquqiy oilalarni ajratish uchun bir-biri bilan o’zaro bog’liq uchta mezon:
1) huquqiy tizimlarning kelib chiqishi;
2) huquq manbalari tizimi;
3) huquqiy tizimlar tuzilishi, etakchi huquqiy institutlar va huquq sohalari muhim
hisoblanadi.
Huquq asoslarining shakl, tizim va ierarxiyasi huquqiy oilaning holatini tavsiflaydi va
ularni tasniflashning muhim mezonini o’zida ifodalaydi. Agar roman-german huquq oilasi
yozma kodifikatsiyalashgan huquq, ya’ni qonunlarda o’z ifodasini topgan normalar
yig’indisidan iborat bo’lsa, bunda doimiy va keng norma ijodkorligi qonunlarga
birkitiladigan umumiy tamoyillarga yo’l topadi. Ingliz-amerika umumiy huquqi esa
kontinental huquq tizimidan shu ma’noda
farqlanadiki, uning asosida sud pretsedenti
yotadi: u o’zida majmualashtirilmagan huquqiy tizimni ifoda etadi.
Har bir huquq oilasi manbalari tizimi, avvalo, tari-xiy rivojlanishning o’ziga xosligi
bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan skandinav huquqi asoslari alohida qiziqish
uyg’otadi. Mana yuz yildan ortiq vaqt davomvda ko’pchilik qonunchilik aktlari bu erda
skandinav davlatlari hamkorligi natijasida qabul qilinadi. Agar ilgari bu qonunchilik
hamkorligi faqat xususiy huquqqa tegishli bo’lsa, endi u butun ommaviy huquq sohasini
ham qamrab oladi.
Huquq manbalari tizimining tarixiy rivojlanish xususiyatlarini yuridik fikrlash obrazi
deb ataladigan holat ham belgilaydi. Masalan, roman-german yuristi uchun tushu-narli
yondashish, tushunarli tuzilishga, hamma huquq sohalarini to’la tizimlashtirishga intilish va
mantiqiy aloqalarni mantiqan ko’rib chiqish xosdir. Ingliz yuristi o’zini
umumlashtirish va
mavhumpashtirish bilan ovora qilib o’tirmaydi. U o’z tajribasiga asoslanib, o’z ishini yaxshi
va muvaffaqiyatli tashkil qilishi mumkin.
Huquqiy tizimlarni tasniflashda umuman huquq sohalari o’rnini, ayniqsa,
konstitutsiyaviy, fuqarolik, savdo, jinoiy, protsessual kabi etakchi sohalarini e’tiborga
olmog’i lozim. Bir xil huquqiy tizim huquqning qaysi sohasi mezon sifatida olinishiga qarab,
turli huquq oilasiga kiritilgan bo’lishi mumkin. Masalan, xususiy huquq asosida ishlab
chiqilgan tasniflashda Lotin Amerikasi davlatlari huquqiy tizimi ba’zi bir farqlanishi bilan
roman-german huquq oilasiga mansubligi seziladi. Lekin konstitutsiyaviy huquq asosidagi
tasniflashda bu mamlakatlarning ko’pchiligi umumiy huquq tizimidaga Amerika huquqi
guruhdga kiritiladits
Skandinav huquq tizimi esa roman-german huquq tizimiga mansub. Bu erda xususiy
huquq bilan ommaviy huquq o’rtasidagi chegara ozroq aniqlikka egaligi hisobga olinsa, u
holda u «umumiy huquq»qa yaqinrokdek tuyuladi.
Shunday qilib, uchta o’zaro bog’liq mezonlar orasidan quyidagi sakkizta asosiy
huquq oilasini ajratish mumkin:
roman-german huquq oilasi, Lotin Amerikasi huquq oilasi, umumiy huquq oilasi,
skandinav huquq oilasi,
musulmon huquq oilasi, hindu huquq oilasi, odat huquqi oilasi,
Uzoq Sharq huquq oilasi.
Do'stlaringiz bilan baham: