211
2-§. Qonuniylikni muhofaza qilish va ta’minlash
Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot fuqarolarning qonuniy xatti-harakatlari
bilan, barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining qonunlarga rioya qilishlari,
ulardan to’g’ri foydalanishlari bilan o’rnatiladi. Huquqiy tartibot qonunlar orqali amalga
oshiriladi. Shuning uchun huquqiy tartibot jamiyat normal rivojlanishining muhim sharti
hisoblanadi.
Qonuniylik va intizom bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Qonuniylik - davlat intizomining
asosidir. Davlat intizomi esa qonuniylikni mustahkamlashni talab qiladi. Qaerda intizom
buzilsa, tartibsizlik bo’lsa, o’sha erda qonunchilik buziladi.
Uzbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish davrida bosh vazifa
qonunning ustunligini, ya’ni barchaning qonunga ogishmay amal qilishligini ta’minlashdan
iboratdir. Har bir davlat organi, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxs va fuqaro
qonunlarga amal qilishi kerak. Chunki jamiyatning aksariyat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy-
madaniy sohadagi munosabatlari qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan
tartibga solinadi.
Respublikada hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda islohotlar amalga
oshirilayotgan vaqtda qonunlarni barcha kishilar, davlat organlari va mansabdor shaxslar
bajarishi uchun ularning javobgarligani oshirish juda muhimdir. Bu sohada Respublika
Prezidenti huzuridagi Nazorat inspeksiyasining tuzilishi muhimdir. Unga O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar va qarorlarning, Prezidentning
Farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarining va boshqa normativ hujjatlarning, ijtimoiy
va iqtisodiy dasturlarning bajarilishi va davlat intizomiga rioya qilinishi yuzasidan
mansabdor shaxslarning javobgarligani tekshirish vazifasi yuklangan.
Qonuniylikni mustahkamlashda viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar
boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari - davlat hokimiyatining vakillik organlari
muhim rol o’ynaydi. Mahalliy hokimiyat organlari O’zbekistonning qonunlarini, Prezident
Farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini bajaradi, Respublika va
mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashadi.
Respublika Konstitutsiyasining 100-moddasiga asosan mahalliy davlat hokimiyat
organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning
xavfsizligini ta’minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish, mahalliy
byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqdar, yigamlarni belgilash, mahalliy
kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish va fuqarolik holati aktlarini qayd etish.
Demak, qonunlarning quyi davlat organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolar
tomonidan bajarilishini ta’minlash mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining aso siy
vazifasidir. Ularga qonuniy ravishda nafaqat o’zlariga bo’ysunuvchi korxonalar va
tashkilotlarning, balki o’z hududlarida joylashgan respublikaga bo’ysunuvchi korxonalar va
tashkilotlarning ham qonunlarga rioya qilishlarini nazorat qilish huquqi berilgan.
Xalq deputatlari Kengashlari va ijro etuvchi organlarning qonunlarni bajarishi
hayotning barcha sohalarida qonuniylikni mustahkamlashning muhim shartidir.
Xalq deputatlari ham qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlashda faol
qatnashadi. Ular davlat hokimiyati vakili sifatida qonunlarni buzmaslikni talab qilish
huquqiga egadir.
Deputat so’rovi - deputatlar zarur bo’lgan hollarda xalq deputatlari Kengashlari
sessiyalarida boshqaruv organlaridan o’z ish faoliyatining har qanday masalalari bo’yicha,
jumladan qonuniylikning buzilishi bo’yicha tegishli talab va uni mustahkamlash masalasini
qo’yadi.
Xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari orasidagi davrda deputatlarning qonuniylikni
mustahkamlash shakllaridan biri doimiy komissiyalar hisoblanadi, ularning har biri o’z
212
sohasida qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni vazirliklar, korxonalar, muassasalar va
vdoralar o’z ish faoliyatlarida aniq va o’z vaqtida ijro etishini ta’minlashi kerak.
Qonuniylikni mustahkamlashda davlatning ijro etuvchi, ya’ni boshqaruv organlari
muhim rol o’ynaydi. Uzbekistonda boshqaruv organlari
3 guruhga: yuqori, markaziy va
mahalliy organlarga bo’linadi. Yuqori boshqaruv organiga - Respublika Prezidenti, Vazirlar
Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kiradi. Markaziy boshqaruv
organlariga - respublikadagi vazirliklar, davlat qo’mitalari, konsernlar, assotsiatsiya,
korporatsiya, kompaniyalar va boshqa idoralar kiradi. Mahalliy davlat boshqaruv
organlariga - viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi hokimlar boshchilik qiladigan ijroiya
organlari kiradi.
Boshqaruv organlari o’z ish faoliyatida qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni
qo’llaydi va ularning ijro etilishini ta’minlaydi. Bu organlar jamiyatning tegishli sohalarini
boshqarib, o’z hududida intizomni, qonunlarga aniq rioya qilishlikni ta’minlaydi. Ular
ijtimoiy sohaning o’zlariga yuklangan tomonlarini idora etib, qonun va boshqa normativ
hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi.
Davlat boshkdruv organlarida qonuniylik tamoyiliga amal qilish, Konstitutsiya va
qonunlarning bajarilishini ta’minlash intizom va qonunchilikni mustahkamlaydi. Bu organlar
qonun asosida barcha mulkchilik shakllarini, inson huquqi va erkinliklarini himoya qiladi va
jamoat tartibini mustahkamlaydi. Qonuniylik tamoyiliga qatiy amal qilish boshqaruv
organlari ishini ham yaxshilaydi. Bu esa fuqarolarning Huquqiy ongliligani o’stirishga olib
keladi.
Davlat boshqaruv organlarida ijroni nazorat qilish va tekshirishning asosiy vazifasi -
qarorlarni o’z vaqtida bajarish, bu organlar ish faoliyatini yaxshilash va mansabdor
shaxslarning javobgarligini oshirishdan iborat.
Fuqarolarning shikoyat va arizalarini bu organlarning o’zi ko’rib chiqishi va ularni hal
qilishi qonuniylikni mustahkamlashning muhim shaklidir.
Qonuniylikni va huquqiy tartibotni mustahkamlashda huquqni muhofaza qiluvchi
organlarning roli va o’rni salmoqtlidir.
O’zbekistonda demokratik Huquqiy davlat kurish, qonuniy-lik va huquqiy tartibotni
amalga oshirish va mustahkampash yo’lida huquqni muhofaza qiluvchi orgavpar: sud,
prokuratura, ichki ishlar, adliya vdoralari va boshqalar muhim rol o’ynaydi.
O’zbekistonning sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasining Oliy
sudi, uning xo’jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar
sudi, tuman, shahar va xo’jalik sudlaridan iborat.
Konstitutsiyaviy sud O’zbekistonda konstitutsiyaviy nazoratning oliy sud organi
bo’lib, barcha qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati
mahalliy idoralari qarorlarining va boshqa normativ huquqiy aktlarning Konstitutsiyamizga
mosligini belgilaydi.
O’zbekiston Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini qonuniy ko’rish
uchun tuzilgan sud hokimiyatining oliy organi xisoblanadi. Oliy sud Qoraqalpog’iston
Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, shahar va tuman sudlari-ning sudlov faoliyati ustidan
nazorat olib borish huquqiga ega.
O’zbekistonda mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar va tadbirkorlar o’rtasida iqtisodiy sohada va uni boshqarish sohasida vujudga
keladigan xo’jalik nizolarini Oliy xo’jalik sudi va xo’jalik sudlari qonun asosida ko’rib hal
etadi.
Sudyalar mustaqil bo’lib, faqat qonunga bo’ysunadilar. Ularning odil sudlovni amalga
oshirishida hech kimning aralashishiga yo’l qo’yilmaydi va bunday aralashish qonunga
muvofiq javobgarlikka tortiladi.
213
Prokuratura organlariga respublika Bosh prokurori, Qoraqalpogaston Respublikasi
prokurori, viloyat, tuman va shahar prokurorlari kiradi. Ularning asosiy vazifasi mamlakat-
ning barcha hududida qonunlarning aniq va bir xidtsa bajarilishi ustidan oliy darajada
nazoratni amalga oshirishdir. O’zbekiston Konstitutsiyasining 120-moddasiga binoan,
prokuratura organlari o’z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va
mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo’ysunib amalga oshiradi.
Adliya organlari - respublika Adliya vazirligi, viloyat hokimliklari qoshidagi adliya
boshqarmalari bo’lib, ular qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash uchun kat-ta ish
olib boradi. Ular mamlakatda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qilib, davlat,
tadbirkorlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qiladi. Bular turli huquq buzilishlariga qarshi kurashib, ularni bartaraf etadi.
Militsiya organlariga Uzbekiston Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar, tuman va shaharlar
hokimliklari huzuridagi ichki ishlar boshqarma va bo’limlari kiradi.
Joylardagi ichki ishlar organlari o’z faoliyatida ikki tomonlama - mahalliy hokimiyat
organlariga va ichki ish-lar yuqori organlariga bo’ysunadi. Mamlakatda jamoat tartibini
saklash, mulkning turli shakllarini qo’riqlash, korxonalar, muassasalar, birlashmalar,
mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquq va burchlarini qonun buzilishlari-dan himoya
qilish militsiyaning eng muhim vazifasi hisob-lanadi. Bu organlar jinoyatchilikning va
boshqa qonun bu-zilishlarining oldini olishga asosiy e’tiborini qaratadi va shu sohada katta
ish olib boradi. Huquqiy tartibotning buzilishiga olib keladigan sabablarni va shart-
sharoitlarni o’rganib, ularni bartaraf etish choralarini ko’radi. Aholi o’rtasida huquqiy
bilimlarni targab qiladi, jamoat tartibini saklash va turli qonunbuzarliklarga qarshi kurash
masalalari bo’yicha chiqarilgan amaldagi qonunlarni xalq o’rtasida tushuntirib beradi.
Militsiya organlari ko’cha, maydonlarda, istirohat bog’larida, transport yo’llarida,
vokzallarda va boshqa shu singari jamoat joylarida tartibni saqlash va mustahkamlashni
ta’minlaydi.
214
Do'stlaringiz bilan baham: |