Qonuniylik va huquqiy-tartibot kafolatlari va ularni ta’minlash usullari.
Jamiyatda qonunlar bilan kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinar
ekan, qonunlarni hayotda to’g’ri qo’llash uchun qonuniylik tegishli usullar orqali amalga
oshiriladi. Bunday usullar davlat tomonidan belgilangan bo’lib, qonuniylikning kafolati deb
ataladi.
Qonuniylikni amalga oshirish kafolatlari quyidagilardan iborat.
Iqtisodiy kafolat.
Konstitutsiyamizning 53-moddasiga asosan jamiyatning iqtisodiy
negazini bozor iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan xilma-xil shakllardagi
mulk tashkil qiladi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligani hisobga olib, iqtisodiy
faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligani, barcha mulk shakllarining teng
huquqpiligani muhofaza qiladi. Bu mulk shakllarining xilma-xilligi xalqning moddiy va
madaniy farovonligani oshirishga xizmat qiladi. Bu esa fuqaro-larning mehnat qilish
huquqi, qarigan chog’ida, kasal bo’lganida, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganda va
boshqa hollarda ijtimoiy moddiy ta’minot olish huquqi uchun moddiy negaz yaratadi.
Siyosiy kafolat.
Bu O’zbekistonning demokratik huquqiy davlat kurishida, huquqiy
davlat esa umuminsoniy qadriyatlarga va milliy xususiyatlarga amal qilishida, uning siyosiy
ti-zimida, shuningdek, davlat va jamoat birlashmalarini boshqarishda keng xalq
ommasining ishtirok etishida ifodalanadi.
Huquqiy kafolat.
Qonuniylikni amalga oshirish uchun barcha huquqiy normalarni
bajarish, ular buzilgan holatlarni aniqdab olish usullari, qonun buzilishining oldini olish,
qonunni buzgan kishilarga nisbatan tegishli javobgarlik choralari: intizomiy, ma’muriy,
fuqarolik va jinoiy jazo qo’llashdan iborat.
Jamoatchilik kafolati.
Qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash faqat
davlat organlarining ishi bo’lmasdan, balki barcha jamoat birlashmalari, kasaba
uyushmalari, siyosiy partiyalar, xotin-qizlar, faxriylar va yosh-lar tashkilotlari, ijodiy
uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolar boshqa uyushmalarining vazifasidir.
Bu kafolatlar O’zbekistonda barcha xalqning qonunlar va boshqa normativ huquqiy
hujjatlarga amal qilib, qonuniylikka rioya qilishni va ularni huquqiy jihatlardan tarbiyalab,
huquqiy ong va huquqiy madaniyatini rivojlantirish ishlarini yaxshilaydi. O’zbekistonda
qonuniylik va huquqiy tartibotni buzgan kishilarga nisbatan maxsus usullar qo’llaniladi. Bu
ishontirish va majbur qilish usullaridir. Ishontirish usuli - keng xalq ommasiga qonunlar va
huquqiy normalarni tushuntirish orqali, ular ongiga singdirish va boshqa tarbiyaviy choralar
ko’rish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Majbur qilish usulida - qonunlar va boshqa huquqiy normalar buzilgan taqdirda
davlat organlari tomonidan uning zo’rlik kuchi bilan majburiy choralar ko’rish amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |