226
ayyan diniy-huquqiy muammolar yuzasidan qilingan umumiy fikr. Nihoyat to’rtinchi manba
- taqqoslash (qiyos), ya’ni Qur’oni Karim, sunna yoki ijmo tomonidan o’rnatilgan qoidalar-ni
yangi o’xshash holatlarda qo’llash.
Musulmon huquqiy manbalari to’g’risidagi ta’limotni rivojlantirishning keyingi
bosqichlarida uning amaliy g’oyalarini mohiyatan oshiruvchi faqat bir o’zgartirish - barcha
yoki faqat birgina maktab huquqshunoslari tomonidan qabul qilingan taklif ham to’g’ri
hisoblangan ijmo g’oyasi kiritildi.
Ovrupocha huquq manbalarining ta’siri umuman olganda dastlab barcha o’ziga xos
manbalari bo’yicha musulmon huquqi hukmronlik qilgan islom mamlakatlarini ham chetlab
o’tmadi.
Ushbu
mamlakatlarning huquqiy tizimlari
shunday
rejada mohiyatan
o’zgartirishlarga yuz tutdiki, musulmon huquqining ahamiyati, amal qilish doirasi va ta’siri
kamayib, bu huquqning o’zi hech bo’lmaganda o’z tashqi shakliga ko’ra ham ovrupocha
kodifikatsiyani qabul qildi.
Ko’plab mamlakatlarning siyosiy hayotida islomning faol-lashayotganligini
tavsiflovchi bunday yo’nalishdagi an’ana-viylikni ayni vaqtda oshirish kerak emas. Bunday
faollikda garbiy huquqiy modellardan yuz o’garishni, musulmon huquqining barcha talab va
normalarni to’la tiklashni talab etish hollari kuzatilmoqda.
Musulmon huquqida huquqning klassik bo’linishi, ya’ni ommaviy va xususiy
huquqlarga bo’lish yo’q.
Boblar mantiqiy chegaralanmagan tartibda, xususiy yoki jinoiy huquqqa tegishli
bo’lsada, ketma-ket keladi. Musulmon huquqining asosiy tarmoqlari yig’indisiga jinoyat
huquqi, sudlov huquqi va oila huquqi kiradi.
Musulmon
jinoyat huquqi, avvalambor,
og’ir
belgilangan
(had) va
obro’sizlantiradigan (ta’zir) jazolarning farqlanishiga asoslanadi.
O’ta qat’iy jazo chorasi quyidagi jinoyatlar uchun belgi-langan: qotillik, xiyonat
qilish, xiyonat qilgan deb yolg’on ayblov, o’girlik, spirtli ichimlik iste’mol qilish, bosqinchilik
va isyon. Yuqorida sanab o’tilgan jazolardan tash-qari qozi o’z nuqtai nazariga ko’ra,
qonunning boshqa hamma buzilishlariga ham jazo belgilashi mumkin. Shunday qilib, unga
ishni ko’rib chiqishda katta erkinlik berilib, qator normalar xuddi shu yo’l bilan yaratilgan.
Musulmon sud tuzilishi o’zining oddiyligi bilan ajralib turadi. Sudyaning yakka o’zi
hamma turdagi ishlarni ko’ra olgan. Sudlarda ierarxiya mavjud bo’lmagan.
Hozirgi davr sharoitlarvda ba’zi musulmon mamlakatlari (masalan, Misr) musulmon
sudidan butunlay voz kechdi. Shunga qaramay ular ko’pchilik arab mamlakatlarvda
huquqning ijtimoiy harakat mexanizmida ahamiyatli rol o’ynamoqda.
Ba’zi mamlakatlar (masalan, Sudan) musulmon sudlarining ko’p pog’onali tuzilishini
qabul qilgan bo’lsa, ba’zilarida musulmon sudlarining turli shaxslarga mos keluvchi
(masalan, Iroq va Livandagi sunniy va jafariylar sudi) parallel tizimi mavjud.
Ayrim mamlakatlarda musulmon sudlari o’z vakolatlari doirasiga, asosan shaxs
maqomidagi, boshqa mamlakatlarda (Arabiston yarim oroli va Fors qo’ltigi mamlakatlari)
ham fuqarolik, ham jinoiy ishlarni ko’rib chiqishni o’zlariga qo’shib olgan.
Qoidaga ko’ra, sudyalarga diniy-huquqiy tayyorgarlik nuqtai nazaridan yuqori
malaka talablari qo’yilgan.
Arab mamlakatlarining oila qonunchiligi musulmon huquqi normalari va tamoyillarini
mustahkamlashga qara-tilgan.
Musulmon huquqi, bir qancha xorijiy ta’sirni boshidan o’tkazgan bo’lsada, millionlab
ommaga ta’sir ko’rsatuvchi mustaqil huquqiy oila bo’lib qolmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: