O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Angliya-Amerika huquqiy tizimlari (umumiy huquq oilasi)



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
4-§. Angliya-Amerika huquqiy tizimlari (umumiy huquq oilasi) 
Asosiy huquq manbai harakatga kiritilgan qonun hisoblangan roman-german 
huquqiy davlatlaridan farq qilib, ingliz-sakson huquqiy oilasiga kiruvchi davlatlarda sudya-
lar tomonidan shakllantirilgan va sud pretsedentlarida ifodalangan norma huquqning 
asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Ingliz-amerika umumiy huquqi, rim huquqi kabi 
«himoya bor joyda huquq bor» tamoyiliga asosan rivojlan-gan «Adolat huquqi» qoidalari 
bilan to’ldirilgan va tako-millashtirilgan ingliz umumiy huquqini kodifikatsiya qilishning 
barcha urinishlariga (I. Bentam) qaramasdan, u sudlar tomonidan tuzilgan pretsedent 
huquqi hisoblanadi. Bu statut (qonunchilik) huquqi rolining o’sishini istisno qilmaydi. 
Shunday qilib, ingliz huquqi uch xil tuzilishga ega bo’ldi: umumiy huquq - asosiy manba; 
bu asosiy manbani tuzatuvchi va to’ldiruvchi adolat huquqi; statut huquqi - par-lament 
tomonidan chiqarilgan yozma huquq. 
Ingliz-amerika huquqiy oilasida Angliya huquqi guruhini va kelib chiqishi jihatidan u 
bilan bog’liq AQSH huquqini farqlash kerak. Angliya huquqi davlatlari guruhiga Angliya 
bilan birga Britaniya imperiyasining sobiq mustampakalari - Irlandiya, Kanada, Avstraliya, 
Yangi Zeyaandiya kiradi. Hozir-gi davrda 36 ta davlat Hamdo’stlik a’zosi hisoblanadi. 
Ma’lumki, Angliya yirik mustamlakachi davlat bo’lib, ingliz umumiy huquqi ko’pgana 
mamlakatlarda tarqalgan edi. Buning natijasida bugungi kunda dunyo aholisining uchdan 
bir qismi ingliz huquqi normalari asosida yashamoqtsa. 


220 
AQSH huquqi ingliz umumiy huquqiga asoslangan bo’lib, hozirgi paytda to’la 
mustaqildir. Fransuz huquqi sezilarli rol o’ynaydigan Luiziana shtati va hududida ispan 
huquqi tarqalgan janubiy shtatlar bundan mustasno. 
Umumiy huquq - o’zida tarixning chuqur ta’sirini mujassampashtirgan tizim bo’lib, 
bu tarix esa to XVIII asrgacha, istisnosiz ingliz huquqi tarixidir, u uch yo’l: umumiy 
huquqning shakllanishi, uni adolat huquqi bilan to’ldirish, statutlarini sharhlash bilan 
rivojlanadi. 
Biroq agar kontinental Ovrupo yuristlari huquqni o’rnatilgan tartiblar majmui deb 
qarasalar, inglizlar uchun esa, u, asosan, sud nima qarorga kelsa shuni bildiradi. Qit’ada 
yuristlar, avvalambor, bu holat qanday sharhlanishi bilan qiziqsalar, Angliyada esa sud 
to’g’ri qarori chiqarishi uchun u qaysi tartibda qurilishi bilan qiziqishadi. Fransiyada, 
Germaniyada, Italiyada, roman-german huquq oilasiga kiruvchi barcha davlatlarda odil 
sudlov doimo universitetlarning yurist diplomiga ega bo’lgan sudyalar tomonidan amalga 
oshirilgan. Hatgo Angliyada XIX asrgacha «yuqori sudlar»da ham yuridik universitet 
ma’lumotiga ega bo’lish shart emas edi; ular advokat bo’lib ishlash, sudlov ishlari 
amaliyotini o’rganish jarayonida mutaxassislikni egallar edilar. Faqat bizning davrimizda 
advokat yoki sudya bo’lish uchun universitet diplomini olish zarur odat bo’lib qoldi. Yuridik 
kasb bilan shugullanish imkonini beradigan professional imtihonlar jiddiy masala bo’lib 
qoldi, hozirgi kunda ularni yuridik diplomning muqobili deb qarash mumkin. Lekin bugungi 
kunda ham inglizlar nazarida ishlarning sudda vijdonli kishilar tomonidan ko’rilishi asosiy 
mezon bo’lib qoldi. Ularning fikricha, umumiy axloqning bir qismini tashkil qiluvchi sudlov 
ishlarining asosiy tamoyillariga rioya qilish «yaxshi sudlash» uchun etarlidir. 
Angliya huquqi hozirda ham asosan muayyan holatlarni ko’rib chiqish jarayonida 
sudlar tomonidan ishlab chiqilgan sud huquqi bo’lib qolmokda. Pretsedent qoidasi nuqtai 
nazaridan olib qaraganda, bunday yondashish nizomns etkazib beradi, bunda umumiy 
huquq normalari ko’proq o’zgaruvchan va ozroq mavhum hisoblanadi, lekin roman-german 
huquq tizimi normalariga nisbatan huquqni ko’proq kazuistik qiladi. 
Anglo-sakson huquq oilasida huquq tuzilishi (huquq sohalari va institutlariga 
bo’lish), huquq konsepsiyasi, huquq, manbalari tizimi, yuridik til - bularning hammasi 
roman-german huquq tizimiga nisbatan butunlay boshqacha. Ingliz huquqida huquq 
ommaviy va xususiyga bo’linmasdan, umumiy huquq va adolat huquqiga farqlanadi. 
Ingliz huquqi sohalari kontinental huquq tizimidagidek ifodalangan, buning sharti 
ko’proq ikkita omilga bog’-liq. Birinchidan, hamma sudlar umumiy yurisdiksiyaga ega, ya’ni 
turli kategoriyadagi, masalan: ommaviy va xususiy-huquqiy, fuqarolik, savdo, jinoiy ishlarni 
ko’rib chiqishlari mumkin. Bo’lingan yurisdiksiya huquq sohalarini chegaralashga olib 
keladi, birxillashtirilgani esa, aksincha yo’nalishda harakat qiladi. 
Ikkinchidan, ingliz sud amaliyoti asosiy masalalar bo’yicha qonunchilik islohoti yo’li 
bilan asta-sekin rivojlandi. Angliyada Ovrupocha tipdagi kodekslar yo’q. Shuning uchun 
ingliz yuristiga huquq bir xil bo’lib ko’rinadi. Ingliz doktrinasi huquqning tarkibiy bo’linishi 
haqidagi munozarani bilmaydi. 
Amerika inqilobi birinchi o’ringa o’zining «inglizcha o’tmishidan» voz kechuvchi 
mustaqil amerika huquqini barpo etish g’oyasini surdi. 1787 yilda yozma federal 
konstitutsiyaning va AQSH tarkibiga kirgan shtatlar konstitutsiyalarining qabul qilinishi bu 
yo’lda birinchi va muhim qadam bo’ldi. Ingliz huquqida shu bilan birga pretsedent 
tamoyilidan va umumiy huquqning boshqa xarakterli belgilaridan butunlay voz kechish 
ko’zda tutiladi. Lekin Amerika huquqi roman-german oilasiga o’tmaydi. Faqat ba’zi shtatlar, 
ya’ni sobiq fransuz va ispan mustamlakalari bo’lgan shtatlarda (Luiziana, Kaliforniya) 
roman tipidagi kodekslar qabul qilindi, ular baribir keyinchalik asta-sekin «umumiy huquq» 
tomonidan singdirib yuborildi. 
Umuman, AQSHda Angliyadagiga o’xshash dualistik tizim: pretsedent huquqi 


221 
qonunchilik bilan o’zaro harakatdagi tizim vujudga keyadi; Angliyada va AQSHda xuddi 
shunday huquqning umumiy konsepsiyasi va uning roli mavjud, umuman ikki davlatda 
ham huquqni bir xilda bo’lish tamoyili, huquq normalarining bir xil tushunchasi va ularni 
izohdash mavjud. 
Ingliz yuristi singari amerikalik yurist uchun huquq - bu, avvalambor, sud 
amaliyotidir. Qonun chiqaruvchi tomonidan chiqarilgan normalar ko’p marotaba sudlar 
tomonidan qo’llangan va sharhdangandagana Amerika huquqiy tizimiga kiritiladi. Bunda 
normalarning o’zi emas, balki sud qarorlari dalil sifatida keltiriladi. Shunday qilib, AQSH 
huquqi umumiy huquq tizimiga o’xshash tuzilishga ega. U yoki bu muammoni ko’rib 
chiqishga kirishilganda, amerika va in-gliz huquqi o’rtasidagi muayyan farqlar yuzaga 
chiqadi, ular-ning ko’pi haqikatdan ham muhim va e’tibordan soqit qilish mumkin emas. 
Shunday farqlardan biri AQSH federal tuzilishi bilan bog’liq. AQSH tarkibiga kiruvchi 
shtatlar ancha keng vakolatlarga ega va bu vakolatlar doirasida ular o’z qonunchiligini va 
o’z pretsedent huquqi tizimini yaratadi. TGTu munosabat bilan shuni aytish mumkinki, 
AQSH ning 50 ta shtatida 50 huquqiy tizim mavjud va bundap tashqari 1 ta federal huquq 
tizimi umumiy ravishda ish ko’radi, jami bo’lib 51 ta huquqiy tizim mavjud. Har bir shtat 
sudi o’z yurisdiksiyasini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shuning uchun, bir shtat sudi 
qabul qilgan qarorga boshqa shtat-larning sudlari amal qilishi shart emas. 
Sud amaliyotining bir xilligiga intilish qanchalik kuchli bo’lishiga qaramasdan, baribir 
turli shtat sudlari bir xil mazmundagi ishlar bo’yicha ba’zan butunlay qarama-qarshi 
qarorlar qabul qilishi hollari ham uchraydi. Bu esa shtatlar sudlari (ko’pchilik ishlarni ko’rib 
chiquvchi) qarorlari bilan ma’lum toifadagi ishlarni ko’rib chiqish huquqiga ega bo’lgan 
federal sudlar o’rtasidagi tafovutlarni chuqur-lashtiradigan qarama-qarshiliklarni vujudga 
keltiradi. 
Amerika huquqi ingliz huquqidan yana bir jihati bilan, ya’ni pretsedent tarkibining 
ko’proq, erkin harakatda bo’lishi bilan farq qiladi. Shtatlarning yuqori sud instansiyalari va 
AQSH Oliy sudi hech qachon o’z pretsedentlari bilan bog’langan emaslar. Shundan ularning 
huquqni o’zgarayotgan sharoitga moslashtirish jarayonidagi ancha erkinligi namoyon 
bo’ladi. Pretsedent bilan ko’proq erkin munosabat, Amerika sudlarining (mashhur ingliz 
sudlari emas) qonunlarni konstitutsiyaga moslashtirishni nazorat qilishi alohida ahamiyat 
kasb etadi. Shtat oliy sudi yoki AQSH Oliy sudi shunday qilib konstitutsion sharhlash 
pretseden-tidan voz kechishi mumkin. Oliy sud tomonidan, ayniqsa, faol ishlatiladigan 
konstitutsiyaviy nazorat huquqi nisbatan katta obro’ga ega va qo’proq ahamiyatli. Bu 
avvalo yozilgan konstitutsiyaning borligi, aniqrog’i konstitutsiyalarning butun tizimi: ikki yuz 
yil amalda bo’lib kelgan federal va turli yoshdagi shtatlar konstitutsiyalari bilan bog’liq. 
Shunga qo’shimcha ravishda yuqorida aytib o’tildiki, shtatlarga ancha keng qonunchilik 
vakolati berilgan va ular undan faol foydalanishmokda. Shundan katta hajmdagi 
qonunchilik hujjatlari shtat darajasidagi statut huquqini egallaydi. 
AQSH statut huquqida ingliz huquqi bilmaydigan kodekslar ham uchraydi. Bir 
qancha shtatlarda fuqarolik kodeksi harakatda, 25 tasida - fuqarolik jarayoni, hamma 
shtatlarda - jinoyat protsessual kodeksi bor. AQSHda kodifikatsiyaning maxsus shakli, bir 
xil qonunlar va kodekslar deb ataladigan tuzilish bor. Ularning maqsadi qaerda ayniqsa 
muhim bo’lsa, Huquqning shu tomonlari mumkin bo’lgan birligani o’rnatishdir. Shunaqa 
qonunlar va kodekslar loyihasini tayyor-lashni barcha shtatlar vakillarining umummilliy 
komissiyasi Amerika huquq instituti va Amerika advokatlar uyushmasi bilan birgalikda 
amalga oshiradi. Loyiha qonun bo’lishi uchun u shtatlar tomonidan qabul qilinishi kerak. 
Shunday kodekslar orasida birinchi va eng mashhuri 1962 yilda rasman ma’qullangan 
umumiy savdo kodeksi hisoblanadi. 
AQSHda Angliyadagi kabi qonunning qabul kdlinishi, uni sharhlash sud 
pretsedentiga bog’liq va uning bir xilda sharhlanishiga kafolat yo’q. 


222 
Bir qator sabablarga ko’ra (mustamlakachilik bosqini, retsepsiya (o’zlashtirish), 
mafkuraviy ta’sir va boshqalar) Ovrupo chegarasidan tashqarida shakllangan bir qancha 
mil-liy huquqiy tizimlar bor. Ular u yoki bu izohlar bilan roman-german huquq oilasiga 
kiritilishi mumkin. So’z «Lotin Amerikasi huquqi», yana to’g’ridan-to’g’ri roman-german 
oilasiga kirmasa ham, lekin unga yaqin «skandinav huquqi» haqida bormokda. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish