O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


XX bob. HOZIRGI ZAMON ASOSIY HUQUQIY TIZIMLARI



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

XX bob. HOZIRGI ZAMON ASOSIY HUQUQIY TIZIMLARI 
 
1-§. Jahon yuridik xaritasi 
Jahon huquqiy madaniyati - insoniyat tarixida to’plangan huquqiy qadriyatlarning 
majmuidir. Har bir mamlakat jahon huquqiy madaniyatiga muayyan hissa qo’shgan. Jahon 
huquqiy madaniyati - umuminsoniy va milliy huquqiy g’oyalar, kechinmalar, ta’limotlarni 
o’zida mujassamlashtiradi. 
Har bir milliy huquqiy tizim jahon huquqiy madaniyatining tarkibiy qismidir. Shu bois 
jahon huquqiy xaritasini hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlari orqali ta’riflash mumkin. 
Ammo, dunyodagi 200 ga yaqin milliy huquqiy tizimlarning barchasini ko’rib chiqishning 
imkoni ham yo’q, kerak ham emas. Shuning uchun yuridik tipologaya masalasi muhim 
ahamiyat kasb etadi. XXI asr bo’sag’asida milliy huquqiy tizimlarning soni deyarli uch 
barobarga ko’paydi va hozirda ularning soni 200 taga yaqinlashdi. Albatta, gap milliy 
huquqiy tizimlarning soni va ularning xilma-xilligada emas. Bunda yuridik tipologaya dunyo 
huquqiy xaritasini ko’p jihatdan har tomonlama taxlil qilishning dastlabki zaruriy shartidir. 
Yuridik tipologayaning asosiy ob’yekti quyidagi tushunchalardir: «dunyo huquqiy 
xaritasi», «huquqning tarixiy tipi», «huquqiy tizim oilasi», «milliy huquqiy tizim». 
Huquqiy tizim deganda, tor ma’noda «milliy huquqiy tizim» deb ataladigan ma’lum 
davlatning huquqi tushuniladi. Bunda «huquqiy tizim» tushunchasi «huquq tizimi» 
tushunchasining sinonimi emas, chunki keyingisi ob’yektiv va sub’yektiv omillar bilan 
belgilanadigan, huquq sohalarining tuzilishi, o’zaro aloqasi va munosabatini ochib 
beradigan institutsional tushunchadir. 
Huquqiy tizim huquq tizimga nisbatan keng tushuncha. U huquqning institutsional 
tuzilishi (huquq tizimi) bilan birga, jamiyat huquqiy hayotining boshqa qator tarkibiy 
qismlarini ham o’z ichiga oladi. Ularni taxlil qilish huquqiy rivojlanishning faqat bir 
institutsional tuzilish bilan ochib bo’lmaydigan tomonlarini va jihatlarini ochish imkonini 
beradi. «Huquqiy tizim» tushunchasida «huquq tizimi»dan farqli o’laroq, huquq 
sohalarining ichki kelishuvchanligi aks ettirilibgina qolmasdan, balki ularning muxtorligi 
mustaqil huquqiy tuzilmalar sifatida aks ettiriladi. 
Keng ma’noda ishlatiladigan «huquqiy tizim» tushunchasi qiyosiy huquqshunoslik 
bilan uzviy bog’liq. Bu erda atamalar ancha xilma-xildir. Masalan, R.David «huquqiy 
tizimlar oilasi», K-O.Ebert va M.Reynstayn «huquqiy do-iralar», I.Sabo «huquqiy tizimlar 
shakli», S.S.Alekseev «tuzilmaviy umumiylik» atamalarini ishlatadi. Eng ko’p tarqalgani 
«huquqiy oila» atamasidir. 
«Huquqiy oila» tushunchasi o’zaro o’xshash yuridik belgilarga ega bo’lgan huquq 
tizimlarining nisbatan birligini angaatish uchun xizmat qiladi va aytib o’tilgan tizimlarning 
muayyan tarixiy rivojlanishi xususiyatlarini, ya’ni tuzilishi, huquq manbalari, etakchi huquq 
institutlari va sohalari, huquqiy madaniyati, an’anasi kabilarni aks ettiradi. U, eng avvalo, 
«huquqning tarixiy tipi» tushunchasiga nisbatan ikkilamchi, yordamchi hisoblanadi, huquq 
shaklining nisbatan mustaqilligani, huquqning texnik-yuridik mazmunini, o’ziga xosligini aks 
ettiradi. Shunday qilib, huquq oilasi deganda, bir huquq chegarasida tarixiy 
shakllanishining o’xshashligi asosida birlashgan milliy huquq, tizimlarining ozmi yoki ko’pmi 
keng majmui, huquq manbalari tuzilishi, etakchi huquq sohalari va huquqiy institutlari, 
huquqni qo’llash, yuridik fanning umumiy jihatlari tushuniladi. 
«Huquqiy tizim» tushunchasi keng ma’noda «huquqning tarixiy tipi» tushunchasiga 
o’xshash tushuncha sifatida qo’llaniladi. Bu tushunchalarning ikkinchisi bir ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyadagi huquqiy tizimlarning mohiyatan tav-sifini umumlashganligicha qamrab oladi 
va eng muhimi, shu tizimlarga ham xosligani ifodalaydi. Biroq «huquqning tarixiy tipi» 
tushunchasi hozirgi zamon huquqiy tizimlarining barcha ko’rinishlarini qamrab ololmaydi. 


215 
Huquqiy tizimlarning umumiy belgilari mos kelganda, ayniqsa, ular huquqning umumiy 
nazariyasi uchun muhim bo’lgan o’ziga xos tarixiy tavsifi bilan farqlanadi. 
Yuridik adabiyotlarda bugun er sharidagi milliy huquqiy tizimlarni e’tiborga olib, 
«dunyo huquqiy xaritasi» (V.A.Tumanov), «dunyoning yuridik jug’rofiyasi» (V.Knapp), 
«huquqiy tizishar hamjamiyati» (J.Stalev) va boshqa atamalar ipshatiladi. 
Bu atamalar er sharida mavjud bo’lgan milliy huquqiy tizimlarni ularning o’ziga xos 
belgilari bilan birga qamrab oladi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish