218
3-§. Roman-german huquq oilasi
Roman-german huquq oilasiga Ovrupo qitasida Rim
kanonik huquqi va mahalliy
an’analar asosida yuzaga kelgan huquq tizimlari kiritiladi. U Rim huquqini italyan, fransuz
va nemis universitetlarida o’rgatish asosida XII-XVI asrlarda Yustinian qonunlari to’plami
asosida shakllangan, ko’pgana Ovrupo davlatlari uchun umumiy bo’lgan yuridik fanni
o’rganish asosida yuzaga keldi. «Rim huquqi retsepsiyasi» nomini olgan jarayon yuz berdi.
Boshida bu retsepsiya nazariy shaklda edi. Rim huquqi bevosita qo’llanilmasdan, uning
mohiyati, rivojlangan tizimi, ichki mantiqi, yuridik texnikasi o’rganilar edi. Xuddi shu narsa
Ovrupo davlatlarining huquqiy tizimlarida ma’lum bir o’xshashlikka olib keldi. Shu
yo’nalishda kanonik huquqning ta’siri ham ko’zga tashlanadi. Milliy kodifikatsiyalash
huquqqa aniqlik va ravshanlik berdi, uning amaliy ishlatilishini ancha osonlashtirdi va
kontinental Ovrupoda vujudga keyagan huquq normasi va umuman huquqni tushunishning
mantiqan tugallanishi bo’lib maydonga chikdi. Ular roman-german
huquq oilasining bir
butun holat sifatida shakllanishini tugalladi.
Roman-german huquq oilasi uchun yozma huquqning mavjudligi, huquq
asoslarining bir butun ierarxik tizimi, uning ommaviy va xususiy huquq sohalariga
bo’linishi, shuningdek huquq tizimlarining sohalarga bo’linishi xosdir. Roman-german
huquqi oilasidagi barcha mamlakatlar huquqi uchun uni tizimlashtiruvchi xususiyati - ozmi-
ko’pmi bir xil huquq tamoyillarining yakka tizimi umumiy sanaladi. Bu mamlakatlarning
barchasida yozma konstitutsiyalar mavjud bo’lib, ulardagi normalar orqali oliy yuridik nufuz
tan olinadi. Ko’pchilik davlatlarda bu nufuz odatdagi qonunlarning konstitutsiyaga mosligi
yuzasidan sud nazoratini o’rnatish bilan mustahkamlanadi. Konstitutsiyalar
turli davlat
organlarining qonunchilik vakolatlarini belgilaydi va shu vakolatga muvofiq turli huquq
manbalarini darajalashtirishni o’tkazadi.
Roman-german yuridik nazariyasi va qonunchilik amaliyoti odatdagi qonunning uch
turini farqlaydi: to’plamlar, maxsus qonunlar (davriy qonunchilik) va normalarning
to’plangan matnlari.
Ko’pchilik kontinental mamlakatlarda fuqarolik (fuqarolik yoki savdo), jinoyat,
fuqarolik protsessual, jinoyat protsessual kodekslari va boshqa ba’zi bir qabul qilingan
qonunlar amal qilayapti.
Odatdaga qonunchilik tizimi ham ancha kengaytirilgan. Qonunlar ijtimoiy
munosabatlarning alohida sohasini tartibga soladi, masalan, hissadorlik qonunlari. Har bir
mam-lakatda ularning soni juda ko’p. Roman-german huquqi manba-lari orasvda qonunga
binoan qabul qilingan aktlarning,
reglamentlar, ma’muriy farmoyishlar, vazirlar dekretlari
va hokazolarning roli katta va bu rol yanada ortib bormokda.
Roman-german huquqi manbalari tizimida odat huquqi o’ziga xosdir: u faqat
qonunga qo’shimcha sifatida harakat qilib qolmasdan, balki «qonundan tashqari» ham
amal qila oladi. Shunday holatlar bo’ladiki, odatlar «qonunga qarshi» bo’lib qoladi.
Masalan, Italiya navigatsiya huquqida dengiz odati fuqarolik kodeksi normasidan ustun
kelib qoladi. Bugungi kunda odat ba’zi istisnolarni e’tiborga olmaganda,
mustaqil huquq
manbai xususiyatini yo’qotdi.
Sud amaliyoti holatining ancha qarama-qarshi ekanligini ko’rish mumkin. Lekin
shunga qaramay, sud amaliyotini yordamchi manbalar qatoriga qo’shish mumkin emas.
Birinchi navbatda bu «kassatsion pretsedent» bilan bog’liq. CHunki kassatsion sud - oliy
pogonadir, shunda «oddiy» sud qarori masalan, qiyoslash yoki umumiy tamoyillarga
asoslangan, kas-satsion bosqichini o’tib, shunga o’xshash ishlarni hal qilishda boshqa
sudlar tomonidan farqli pretsedent deb qaralishi mumkin.
Roman-german huquqi tizimida, shu huquq oilasi qurilishining
asosiy tamoyillarini
ishlab chiqqan doktrina alohida o’rin egallaydi. Doktrina qonunni tayyorlash faoliyatida
219
ancha muhim rol o’ynaydi. U huquqni qo’llash faoliyatida qonunlarni sharhlash ham
ishlatiladi.
Halqaro aloqalarning rivojlanishi bilan milliy huquqiy tizimlar uchun xalqaro huquq
katta ahamiyatga ega bo’lmokda. Ba’zi bir davlatlarda xalqaro shartnomalarga, ichki
qonunlarga nisbatan, katta yuridik kuch berilmokda. GFR ning 1949
yildagi
Konstitutsiyasida «xalqaro huquqning umumiy tamoyillari» qonunga nisbatan ustunlikka
egaligi to’g’ridan-to’g’ri aytiladi. Shunday qilib, ierarxiya tizi-mining yagona chizmasi
doirasida aksentlarning mohiyat aralashuvi bo’lsada, roman-german oilasiga kiruvchi
davlatlar uchun bunday chizmalar xosdir. Xuddi shunday huquqiy tizim haqida uning
sohalarga bo’linishini aytish mumkin.
Roman-german oilasiga kiruvchi barcha davlatlarda huquqni ommaviy va xususiyga
bo’lish tan olinadi. Bunday bo’linish umumiy xarakterga ega va oxirgi paytlarda o’zining
avvalgi ahamiyatini yo’qotdi. Eng umumiy ma’noda shuni aytish mumkinki,
ommaviy
huquqqa davlat organlari maqomi va faoliyati tartibini belgilaydigan va individ bilan
davlatning munosabatlarini belgilaydigan soha va insti-tutlar tegishlidir. Xususiyga esa,
shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan soha va institutlar tegishli. Har bir
bu ikki sohaga turli davlatlarda deyarli bir xil sohalar mos keladi. Lekin, masalan, GFRda
ommaviy va xususiy huquq o’rtasidagi bo’linish, Fransiyadagiga nisbatan unchalik
sezilmaydi, umumiy, ma’muriy va konstitutsiyaviy adliya organlarini tashkil qilish vakolatida
Fransiyadagiga nisbatan boshqacha aksini topgan.
Turli Ovrupo davlatlari huquqining roman-german huquq oilasiga mansubligi milliy
huquqiy tizimlar o’rtasidagi ma’lum farqlarni istisno qilmaydi. Shuni eslatib o’tamizki, bir
tomondan fransuz huquqi, ikkinchi tomondan german
huquqi shu modelga xizmat
qilishdiki, buning asosida roman-german huquq oilasi ichida ikkita huquq guruhi ajratiladi:
roman guruhi; bunga Belgiya, Lyuksemburg, Niderlavdiya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya
kiradi, german huquq guruhi,
unga Avstriya, Shveytsariya va boshqa davlatlar te-gashli.
Roman-german huquqi oilasida fransuz huquqida eng kuchli deb tanilgan «rim (roman)
huquqi» «german huquqi» guruhidan farq qiladi, «german huquqi»ga german huquqi fani
ancha ta’sir ko’rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: