O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Skandinaviya mamlakatlari huquqiy tizimlari



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
6-§. Skandinaviya mamlakatlari huquqiy tizimlari 
Skandinaviya davlatlari - Shvetsiya, Norvegaya, Daniya, Finlyandiya jugrofiy 
jihatdan roman-german huquq oilasi davlatlariga Lotin Amerikasi yoki Yaponiyaga nisbatan 
ancha yaqin bo’lishlariga qaramasdan, Skandinaviya huquqining o’ziga xosligini qayd qilib 
o’tmoq lozim. Rim huquqi, albatta, skandinav davlatlari huquq tizimining rivojlanishida 
Fransiya va Germaniyadagiga nisbatan ancha kam rol o’ynagan. 
Shimoliy mamlakatlarda Fransiyaning grajdanlik kodeksi yoki Germaniya grajdanlik 
tuzuklari kabi kodekslar yo’q va bo’lmagan ham. 
Bu erda sud amaliyoti Ovrupo qit’asi mamlakatlariga nisbatan keng ahamiyatli o’rin 
egallagan. 
Skandinaviya huquqi va anglo-sakson tizimiga umumiy huquq deb qarash lozim 
emas. Shimoliy mamlakatlar huquqiy tizimining tarixiy rivojlanishi ingliz huquqidan mutlaqo 
mustaqil tarzda taraqqiy etgan. Shuningdek, skandinav huquqi umumiy huquqning 
pretsedent qoidasi, farqlash texnikasi, protsessual huquqning maxsus roli tavsifiy 
belgilariga ega emas. 
Shimoliy huquqiy tizimlarning o’zaro mustaqil bog-likligi Skandinaviya mamlakatlari 
o’rtasidagi mustahkam siyosat, iqtisodiy va madaniy aloqalarning doimiy mavjudligidadir. 
1683 yidda Daniyada qabul qilingan «qirol Xristian V Kodeksi» (uning amal qilishi 
1687 yilda Norvegiyada «Norveg huquqi» nomi bilan tarqalgan) va 1734 yilgi «Shved 
davla-ti qonunlar kodeksi» kabi ikki qonunchilik hujjati, kodeks skandinav mamlakatlari 
huquqining shakllanishida boshlangich nuqta bo’lgan. Bu kodekslar xar ikkala, daniya va 
shved - skandinaviya huquqi tarmokdarining keyingi rivojlanish asosini tashkil qildi. 
Kodifikatsiyalangan qonunchilik Skandinaviya huquqining katta qismi bo’lmagan. 
Masalan, Norvegiya va Daniyada sud amaliyotining huquq manbai sifatidagi zaruriy 
ahamiyatini ko’rsatuvchi aniq yondashuv kuzatiladi. Shvetsiyada ham sud amaliyotining 
tutgan o’rni katta ahamiyatga ega. Bu esa skandinav huquqini roman-german tizimidan 
farqlantirib, umumiy huquqqa yaqinlashtiradi. 


224 
Skandinav huquqi nafaqat huquq rivojlanishining tarixiy yo’lidagi o’xshashlik bilan, 
balki qonunchilikdagi o’ziga xos xususiyatlar, manbalar tizimi bilan ham yagona tizim 
sifatida chiqadi. Bu erda Skandinaviya mamlakatlarining qonunchilik sohasidagi 
mustahkam hamkorligi alohida o’rin egalladi. XIX asr oxirida boshlangan bu jarayon 
hamma ishtirokchi davlatlarda teng amalda bo’lgan birxillashtirilgan aktlar sonining ancha 
ko’p yaratilishiga olib keldi. 
Skandinaviya mamlakatlarida huquq uyg’unlashuvining yuqori darajasiga erishish 
uchun alohida maqbul sharoitlar mavjud bo’lgan. Ularning tarixiy rivojlanishi va tillari 
ancha o’xshash, madaniy aloqalari juda mustahkam, ular orasida jiddiy siyosiy farqpanish 
mavjud emas, ularning aholisi, jug’rofiy holati va iqtisodiy rivojlanish darajasi taxminan bir 
xil bo’lgan. Ushbu barcha holatlar, shuningdek bu davlatlarda huquqning parallel 
yo’nalishda rivojlani-shi huquqiy hamkorlikni ancha osonlashtirgan. 
Umuman olganda kontinental modelga yaqin bo’lgan Skandinaviya huquqi 
mohiyatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish