O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


  8-§. Hindiston huquqiy tizimi (hindu huquqi)



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 


227 
8-§. Hindiston huquqiy tizimi (hindu huquqi) 
Tashkil topishi qadimiy bo’lgan hamda ikki ming yillik uzoq tarixiy rivojlanish yo’lini 
bosib o’tgan hindu huquqi, hind jamiyatining yuridik ustqurmasining asosiy tarkibiy 
qismidan biri bo’lib, hozirgi davrgacha o’zining tartibga soluvchi ahamiyatini sakdab qolgan 
(cheklangan tartibda bo’lsada). 
Hindu huquqining «barhayotlik» sirining asosiy sabablari qandaydir alohida o’ziga 
xoslikda emas, balki o’ta barqaror, turli iqtisodiy va siyosiy sharoitlarga moslanuvchan 
an’anaviy ijtimoiy institut normalzgi bilan mustahkam aloqada ekanligidadir. Birinchi 
navbatda - jamoa va varnaviy-toifaviy tuzilishidadir. 
Hindu huquqi yuqorida ko’rsatilgan an’anaviy ijtimo-iy institutlarga bog’likligi tufayli 
ko’p asrlar davomida nafaqat o’zining shaklini emas, balki mazmunini ham saqlab qolgan. 
Hindu huquqining asosiy xususiyati - din bilan uzviy birikib ketganligidir. Hindu 
huquqi mustaqillikka ega emas, mohiyatan aniq, hayot tarzini taxmin qiluvchi, aniq jamiyat 
tartibini, aniq ijtimoiy tashkilotlar yoki tuzil-malarni, umuman olganda turli diniy oqimlar va 
urflarni, axloqiy, falsafiy va boshqa g’oyaviy qadriyatlarni qamrab oluvchi o’ziga xos voqelik 
- hinduizmning ajralmas tarkibiy qismidir. 
Dunyoda huquqning hindu tizimi eng qadimgi tizimlardan biridir. Eramizgacha 
bo’lgan ikki ming yillik va undan ham oldingi davrlarda yaratilgan qadimiy Vedalar - hind 
diniy qo’shikdar to’plami, ibodatlar, gamnlar va matallar-ning matnlarida, alohida 
misralarida axloq qoidalari ifodalangan. 
Hindular Vedalarni xudoning inoyati va o’z dinlari va huquqining manbai deb 
hisoblasada, ularning hindu aholi-sining ma’naviy hayotiga amaliy ta’siri juda kam 
ahamiyatlidir. 
Qadimgi Hindistonda huquqiy institutlar va normalar musulmon huquqidek diniy 
doirada tashkil topdi. 
Hindu huquqining rivoji uchun diniy ta’sirdan chiqish jarayoni xos bo’lmay, balki 
huquqiy va diniy shakllar o’zaro munosabatlardagi o’rin almashuvi diniy shakliga bo’lgan 
munosabat o’zgarganligi xosdir. Bunda o’zaro va diniy aloqa bo’gani bo’lib davlat 
hokimiyati chiqadi. 
Musulmon dunyosidagidek, XI-XII asrlarda sekin-asta shakllangan hindu huquqi 
maktablari uchta: meros huquqi, oila huquqining bo’lak bo’lmagan alohida azolarining 
mulkiy huquqiy rejimi, oila mulkini taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan zaruriy masalalarni hal 
qilishda turlicha yondashishlar bilan farq qiladi. 
Hindu huquqining asosiy maktablaridan biri bo’lib, Bengaliyadagi daya maktabi va 
ko’p tarmoklangan mitakshara maktabi hisoblanadi. Bundan tashqari hindu huquqi ayrim 
mintaqalarda haligacha saklanib qolgan odatlarni kasta, urug’lar yoki oilaning huquq 
manbai sifatida ko’rilishi lozimligani tan oladi. 
Britaniya mustamlakachiligi davrida klassik hindu huquqi diniy boshqaruvchilar 
tomonidan o’rnatilgan formal normalarga ham, sud qarorlariga ham asoslanmagan edi. U 
mohiyatan olimlarning mehnatlariga, asarlariga, sharhlarga va ularning to’plamlariga 
asoslangan. Hindistonning kohin-yuristlari huquqiy tan olishga arziydigan odatlarni 
aniqdashda shubhasiz muhim rol o’ynaganlar. 
Britaniya mustamlakachiligi davrida hindu huquqi jiddiy o’zgarishlarga uchradi. Mulk 
huquqi va majburiyat huquqi sohalaridagi an’anaviy normalar juda tezlik biian umumiy 
huquq normalarini almashtirdi. Meros, nikoh, kasta va boshqa odatlar yoki institutlardagi 
hamma mushkullik oila va meros huquqi sohalaridagi o’zgacha holat bo’lib, ular hindu 
huquqi normalariga muvofiq hal qilinar edi. 
«Ingliz-hivdu huquqi»ga o’xshash huquq kelib chiqtsi. Shunga qaramay, hindu 
huquqining butunlay siqib chiqarilishi sodir bo’lsada, uning qator an’anaviy norma hamda 


228 
institutlari harakatda davom etdi. Mustaqillik uchun kurash ketayotgan davrda xivdu 
huquqini butunlay kodifikatsiyalash rejasi muhokama qilindi, 1947 yilda mustaqillikka 
erishilgandan keyinoq, Hindiston hukumati oila va meros huquqini o’zida 
mujassamlashtirishi kerak bo’lgan «Hindu kodeqsi»ning loyihasini parlamentga ko’rib 
chiqish uchun takdim qildi. Biroq konservativ kuchlarning qarshiligi va joylardagi qarshi 
natijalar tufayli loyiha kun tartibidan chiqarib tashlandi, hukumat alohida qonun loyihalarini 
tayyorlash yo’lidan ketdi, bunday taktika esa samara berdi. 
Hindularning nikoh huquqini shakllantirgan va uni hozirgi zamon dunyoqarashiga 
moslashtiruvchi nikoh to’g’ri-sidagi qonun 1955 yilda birinchi bo’lib qonuniy kuchga kirdi. 
1956 yilda yana uch qonun: voyaga etmaganlar va vasiylik to’g’risidagi qonun, meros 
haqidagi qonun, farzandlikka olish va oila a’zolarini boqqanlik uchun to’lovlar to’g’risidagi 
qonun kuchga kirdi. 
Shunday qilib, hindu huquqini kodifikatsiyalashtirish bo’yicha ayni vaqtgacha ancha 
ishlar qilingan hamda sudyalar, avvalambor, yangi qonunlar va pretsedentlarga amal 
qiladi. 
Keyinchalik hindu huquqi institutlarining qaytadan shakllanishi yuz berganligi 
natijasida odatlarning amal qiliga doirasi keskin qisqardi. 
Etimlarni farzandlikka olish uchun ruxsat berildi. Farzandlikka olingan bola meros 
huquqi bo’yicha qonuniy farzandlarga tsnglashtirildi. Ko’p xotinlilik taqiklanib, sud orqali 
ajrashish qonuniylashtirildi. Meros huquqi ayollar meros huquqining kengaytirilishi tomon 
isloh qilindi, natijada erkak va ayollar o’rtasidagi Huquq farqi kamaydi. 
«Hindu huquqi» bo’yicha yuridik ma’lumotlar, qoida sifatida, tabaqalanish masalasini 
«shaxsiy huquq»ga taallukdi bo’lmaganligi uchun yoritib bermaydi. Mamlakatda «tabaqa 
institutlari» va «tabaqa avtonomiyasi» haqida gapirish qabul qilingan. Ular Hindiston 
Konstitutsiyasining 26-moddasida mustahkamlangan: har qanday diniy oqim, mazhab, 
agar u jamoat tartibiga, axloqqa, sog’liqni sakdashga xilof bo’lmasa: a) diniy yoki xayr-
ehson maqsadida muassasalar tuzish va saklash, b) diniy masalalarda boshqaruvni amalga 
oshirish... huquqiga ega». 
Bunda shunday ma’no borki, toifa diniy aqidalarni buzgan o’z a’zolariga jazo 
belgilashi mumkin. Agar kelishuvchilik diniy tavsifda bo’lsa, unda tartibbuzar bo’ysunishdan 
voz kechganligi uchun haydalishi mumkin. 
Binobarin, kasta ibodat qilish, ovqatlanish, nikoh va siganishning boshqa 
masalalariga taallukdi ichki tartibni saqpashi mumkin. Sud kasta qoidalarini qayta ko’rishi 
mum-kin emas, u unga rioya qilinishi va to’g’ri qo’llanilishini kuzatish huquqigagana ega. 
Sud kastalar qarorini, agar u mazmunan odil sudlovga qarshi chiqishini aniqlasa, bekor 
qilishi mumkin. 
Shunday qilib, «hindu huquqi» deganda, hindularning tashqi ko’rinishdan o’zgargan 
qonun (hali amalda bo’lgan, masalan, Birmada, Malayziyada, Singapurda) va odatlari bilan 
shaxsiy huquqlari tushuniladi. 
Yuqorida eslatib o’tilgan mamlakatlarda va shuningdek u tashqi ko’rinishdan 
qonunchiligi o’zgargan (Keniya, Uganda) Sharqiy Afrika mamlakatlari singari Hindistonda 
ham hindu huquqi huquq tarmog’i sifatida bevosita yoki bilvosita qo’llanilmokda. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish