O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
ROMAN-GERMAN FILOLOGIYASI FAKULTETI
ROMAN-GERMAN TILLARI KAFEDRASI
Jumayev Soatmurod Hamrayevichning
“5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish” ta’lim yo’nalishi
bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
Nemis va o’zbek tillarida ravish
mavzusida yozgan
Ilmiy rahbar: o’q. A.B. Axmedov
“Himoyaga tavsiya etildi”
Fakultet dekani:
_______dots. D. Jo’rayev
____”____________ 2013 yil
Qarshi shahri, 2013yil
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………...................................3
-
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili ..........................................................7
-
Ravish haqida umumiy ma’lumot...................................................7
2. RAVISHNING YASALISHI VA GAPDAGI VAZIFALARI
2.1. Affiksatsiya usuli………………………………....................................11
2.2. Kompositsiya usuli………………………………….............................15
2.3. Adverbializatsiya....................................................................................17
2.4. Ravishning gapdagi vazifalari................................................................19
Bob boyicha xulosalar .......................................................................21
3. RAVISHLARNING TURLARI
3.1. Ravishning ma’nosiga ko’ra turlari………............................................25
3.2. Ravishning tuzilishiga ko’ra turlari...............................................…….31
3.3.Ravishlarda daraja ……………………………………………………..34
3.4. Olmosh-ravishlar ...................................................................................38
Bob boyicha xulosalar .......................................................................41
UMUMIY XULOSA...................................................................................44
ADABIYOTLAR ROYXATI...............................................................49
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, o’zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir1.
Binobarin, o’z ona tilini bilmagan odam o’zining shajarasini, o’zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo’q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to’g’ri aytishadi2.
Til paydo bo’lgandan buyon boshqa tillarga qiyoslanadi. O’zga tilni o’rganish jarayonida chet tilining leksik, grammatik jihatlari ona tili tizimidan izlanadi, o’rganiladi. Tilning o’zi paydo bo’libdiki, u doimo qiyosga muhtoj, aks holda hech bir tilning tabiati va mohiyatini o’rganish imkoni bo’lmaydi. Tillar tizimini chog’ishtirishning, ayniqsa metodik ahamiyati kattadir. O’zga tilni o’rganish jarayonida maqsadli ravishda xorijiy tilning xususiyati, belgilarini ona tili tizimidan izlaymiz.
Tilshunoslik fanining qiyosiy lingvistika yo’nalishiga bo’lgan e’tibor, qiziqish doimo katta bo’lgan. Qiyosiy tilshunoslik serqirra yo’nalish, uning nazariy va amaliy ahamiyati barcha tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan. A.A. Abduazizov, D.U. Ashurova, A.M. Bushuy, J. Jalolov, H. Ne’matov, M.M. Nusharov, S. Saidov, U. Yusupov, M. Umarxo’jayev, S. Rahimov, I. Mirzayev kabi ko’plab mamlakatimiz kontrastivistlari taqdim qilayotgan ilmiy ishlar qiyosiy tilshunoslikning bugungi holatini ko’rsatish bilan bir qatorda uning kelajagini ham belgilab olish imkonini beradi3.
So’nggi ikki asrda qiyosiy tilshunoslik fani o’ziga xos yutuqlarga erishdi, keyingi davrda turli tillardagi materiallarni qiyoslash natijasida tilshunoslikning yangi bir yo’nalishi tipologiya fani shakllandi. Bunda, asosiy e’tibor tillarning fonetik tizimiga qaratildi. Shunga qaramasdan, tillarning o’ziga xos o’rganilmagan qatlamlari borki, ularni qiyosiy o’rganish hamon davom etmoqda. Ana shunday sohalardan biri qiyosiy grammatika sohasidir1.
Nemis tili grammatikasining murakkab kategoriyalaridan biri bo’lgan ravishni o’rganish, har tomonlama tadqiq etish hamda o’zbek tili bilan qiyoslash ushbu hodisaning mohiyatini to’la ochib berish mavzuning nechog’lik dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Nemis va o’zbek tillarida ravishning qiyosiy tadqiqi bilan mamlakatimiz tilshunoslaridan M.M. Nusharov, Yo. Binyaminov, T. Mirsoatov, N. Elmurodov, A. Nurmuhammedov, B. Tursunov, M. Umarxo’jayev, S. Saidov, G’. Zikrillayev, Sh. Rahmatullayev, A. Hojiev, O. Azizova, A. Safayev, U. Tursunov, Sh. Muxtorov va boshqalar shug’ullanganlar.
Biz ushbu tadqiqot ishida yuqorida nomlari zikr etilgan ustozlarimiz tomonidan asoslangan nazariyalarga tayangan holda nemis va o’zbek tillarida ravishning o’zaro o’xshash hamda o’ziga xos xususiyatlarini imkon qadar o’rganishga harakat qildik.
Tadqiqotning maqsadi nemis va o’zbek tillarida ravishni qiyosiy planda o’rganishdan iborat.
Oldimizga qoygan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
– Nemis va o’zbek tillarida ravishni o’rganish va umumiy ma’lumot berish;
– Ravishlarning yasalish modellarini aniqlash;
– Ravishlarning qo’llanilishi va gapdagi vazifalarini o’rganish.
– Qiyoslanuvchi tillarda ravishning turlarini aniqlash;
Tadqiqot ob’ekti. Nemis va o’zbek tillaridagi ravish ishning tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti. Nemis va o’zbek tillarida ravishlarning o’zaro o’xshash va farq qiluvchi grammatik xususiyatlarini qiyoslashdan iborat.
Tadqiqot metodlari. Bitiruv-malakaviy ishida asosan qiyosiy-tipologok va qiyosiy-solishtirma metoddan foydalanildi.
Bitiruv-malakaviy ishining metodologik asosi. Ishning matodalogik asosi sifatida Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov asarlari hamda german va o’zbek tilshunosligi sohasida qalam tebratgan chet el hamda Vatanimiz olimlarining asarlari xizmat qildi.
Ilmiy yangiligi. Nemis va o’zbek tillarida ravishlarning o’zaro o’xshash va farq qiluvchi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek qiyoslanuvchi tillarning faqat biriga xos bo’lgan grammatik xususiyatlari hamda ularning bir tildan ikkinchi tilga ifoda etilishini qiyosiy planda tahlil qilishdan iborat.
Nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalaridan o’rta maktablarning yuqori sinflari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida nemis tili grammatikasining morfologiya bo’limida ravish mavzusini o’zbek tili bilan qiyoslab o’rgatishda foydalanish mumkin.
Ishning aprobatsiyasi. Bitiruv-malakaviy ishi boyicha Qarshi davlat universiteti Roman-german tillari kafedrasi qoshidagi “Lingvist” to’garagida ma’ruza qilingan hamda rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan chop etilayotgan “Filologiyaning dolzarb masalalari” ilmiy to’plamida maqola e’lon qilingan.
Bitiruv-malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Biriruv-malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar royxatidan iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o’rganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi asoslandi, maqsad va vazifalari belgilab olindi, tadqiqot metodlari aniqlandi, nazariy va amaliy ahamiyati bayon etildi.
Biriruv-malakaviy ishining kirish qismi “Ravish haqida umumiy ma’lumot” deb nomlangan bo’lib, unda ravishlarning nemis va o’zbek tilshunosligida o’raganilishi bayon qilindi.
Ishning birinchi bobi “Ravishning yasalishi va gapdagi vazifalari” deb nomlanib, unda asosan ravishlarning yasalishi va gapdagi vazifalari, ularning har ikkala til uchun umumiy bo’lgan xususiyatlari, shuningdek qiyoslanayotgan tillarning faqat biriga xos bo’lgan grammatik xususiyatlar qiyosiy planda tahlil qilindi.
Ishning ikkinchi bobi “Ravishlarning turlari” deb nomlangan bo’lib, unda nemis va o’zbek tillarida ravishlarning turlari qiyosiy planda o’rganildi.
1. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
-
Ravish haqida umumiy ma’lumot
Ravish har ikkala tilda ham ish-harakatning qay holda bajarilishi, paytini, sababini, o’rnini va ba’zan predmetning belgisini ifodalaydi:
Er geht schnell - U tez yuradi;
Wir freuen uns sehr - Biz juda xursand bo’lamiz;
Das Brett ist groß genug - Taxta yetarli darajada katta;
Ein sehr glücklicher Mensch - juda baxtli odam.
Ravish mustaqil so’zlardan bo’lib, harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravish morfologik jihatdan o’zgarmas bo’lib, ko’pincha fe’llarga bog’lanib keladi.
Masalan, kunduzi yoningda turib, shakarguftorlik qiluvchi, kechasi muyulishdan chiqib, yelkangdan pichoq uruvchi makkor dushmanni Ergash hali yetarli bilmas edi. (A. Mux).
Karomatxon yugurganicha ichkari kirib ketdi. Mirzayev shu kuni juda zerikdi. (A. Q.)
Ravish ayrim hollarda sifat va otga, shuningdek, ravishning o’ziga ham bog’lanib kelishi mumkin:
Ko’p moldan oz aql yaxshi. (maqol).
Erta kuzakda tog’ cho’qqilariga birinchi qor tushdi. (P. Qod).
Saida bu suhbatni juda diqqat bilan kuzatdi. (A. Q.).
Usha kuni Usmonov uyiga juda kech qaytdi. (U. Usm).
Ravish harakat belgisini ifodalovchi so’z turkumidir. Shu asosda ravish predmet belgisiga xos belgini, ba’zan sifat va ravishning belgisini anglatadi:
Egatlarga quyilgan suv jildirab, yerga singib, ohista yumalab bormoqda (I. R.).
Juda yaxshi aytdi. G’oyat nari ketdi. Yangi yerlarni o’zlashtirish bilan astoydil shug’ullanaylik.
Ravishlarda turlanish va tuslanish xususiyati yo’q. Ravishlar o’zlari bog’langan so’zlarga birikuv yo’li bilan birikadi.
Ravishning turlanish va tuslanish xususiyatiga ega emasligi, ko’pincha fe’lga bog’lanib, hol vazifasida kelishi, uning asosiy grammatik belgilari hisoblanadi:
G’ulomjon bu keksa dunyoda juda kam yashagan bo’lsa ham, boshidan juda ko’p uqubatlar kechirdi. (M. Ism.).
Saida orqasiga qaytdi, jurttaga sada ostidan yurdi. (A.Q.).
Maxsus so’z yasovchi affikslarga ega affikslarni olib kelishi ham ravishlarning grammatik belgilariga kiradi.
Belgi bildiruvchi so’z bo’lganligidan ravishlar sifatga yaqin turadi. Ravishlar harakat va belgining belgisini sifat kabi darajalab boshqalariga chog’ishtirib ko’rsatish xususiyatiga ega:
Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga kirishdi. (A. Qod.).
Ravish va sifatlar, belgi ma’nosini anglatish xususiyatlariga ko’ra, bir-biriga o’xshashdir. Shunday so’zlar borki, ular ham sifat, ham ravish vazifasida qo’llana oladi va har ikki so’z turkumiga xos bo’lgan -roq, -gina, -kina, -qina kabi affikslarni qabul qiladi, juda, nihoyat, eng, g’oyat singari va baland bino, pastroq, pastgina, juda past, g’oyatda past, eng past va boshqalar.
Ravish va sifatlar grammatik vazifasiga ko’ra o’zaro keskin farq qiladi:
1) ravishlar gapda hol vazifasida, sifatlar esa aniqlovchi vazifasida keladi;
2) ravishlar, leksik ma’nosiga ko’ra, ko’p ishladi, oz gapirdi singari - harakatning belgisini, sifatlar esa oq paxtalar, shirin mevalar kabi predmet belgisini anglatadi:
Ko’p oyla, oz soyla (Maqol).
Moviy osmonda kulrang bulutlar sayr qilmoqda (I. R.).
Ayrim ravishlar otga bog’lanib, predmetning belgisini bildirishi mumkin:
Oz so’z – soz so’z. (Maqol).
Ashirmat mehribon, jonkuyar qarindoshning uyida uzoq vaqt mehmon bo’lib qoldi. (O.).
Ammo belgi ma’nosini anglatish xususiyati, vazifasi va boshqa-boshqa so’zlarga bog’lanishi jihatidan ravishlar sifatdan farq qiladi. Sifat, asosan, otga bog’lanib, predmetga xos turg’un belgini bildiradi va sifatlovchi vazifasida keladi:
Ona qora sochlarga uzun, nozik barmoqlarini tiqdi. (M. Ism.).
Ravishlar esa asosan fe’lga bog’lanib, harakatning har yon bilan bogliq bo’lgan belgisini anglatadi va hol bu’lib keladi:
Muhiddin bilan Salimjon ro’xsat so’rab ichkari kirishdi. (A. Mux.).
Yormat shahardan piyoda qaytib, o’lguday charchagani uchun otlarga Yo’lchi qaradi. (O.).
O’zbek tilida bir turkumdagi so’zning boshqa turkumdagi so’z o’rnida qo’llanishi keng tarqalgan hodisadir. Bunday holat sifat bilan ravishning ishlatilishiga ham xosdir. Ba’zi sifatlar fe’lga bog’lanib, ish harakatning belgisini bildiradi:
Ahmadjon juda qattiq so’kindi. (A. Q.).
Odamni yaxshiroq bilib, o’rganmay turib, uning to’g’risida yomon gapirish mumkin emas. (V. Ajayev).
Otga bog’lanib kelgan ravishlar gapda sifatlovchi vazifasini bajaradi:
U ancha joyaklarni oraladi, ancha qovunlarni ushlab, qay birini uzishni bilmadi. (O.).
Ammo fe’lga bog’lanib, harakatning belgisini bildirgan sifatlar butunlay ravish turkumiga o’tib ketmagani kabi, otga bog’lanib kelgan ravishlar ham sifat turkumiga o’tmaydi.
Kontekstda ravishlar sifat turkumiga ko’chganidek, sifatlar ham ravish turkumiga o’ta oladi. Lekin har qanday ravish ham sifat turkumiga o’tavermaydi.
Masalan, -incha, -lay kabi affikslar yordamida yasalgan ravishlar (ko’pincha, tiriklay, butunligicha); ayrim juft ravishlar (erta-indin, qishin-yozin) sifat turkumini ifodalamaydigan gar, lik, juda, g’oyat, eng kabi ravishlar ham sifat turkumiga o’ta olmaydi.
Otga bog’lanib predmetning belgisini bildirgan ravishlar ba’zan otlashib kelishi ham mumkin. Bunday vaqtda ravishlar otga xos kelishik, egalik va ko’plik affikslarini qabul qilib, gapda ega, to’ldiruvchi, qaytaruvchi vazifalarida keladi:
Masalan: Har bir ishimizdan ertaning shabadasi kelib turibdi, o’g’lim (O.).
Ko’pni ko’rgan qarilar dunyoda baxt axtarib ko’plab o’tdilar. (H.O.). Hozirning o’zida shug’ullanmasak ham, kelajak rejalariga kirgizib qoyish mumkin. (P. Qod.).
2. RAVISHNING YASALISHI VA GAPDAGI VAZIFALARI
-
Affiksatsiya usuli
Ravishlar nemis tilida ham, o’zbek tilida ham asosan ikki usul bilan yasaladi:
1. Affiksatsiya usuli (morfologik usul).
2. Kompozitsiya usuli (sintaktik usul).
1) Affiksatsiya usuli: nemis tilida ravishlar quyidagi suffiks va yarim suffikslar yordamida yasaladi.
-s suffiksi ko’pincha ravishlarda uchraydi, chunki ularning ko’pchiligi turg’un holatga kelib qolgan qaratqich kelishigidan iborat, masalan:
tags, abends, rechts, morgens.
Bu suffiks predlogli gruppa va so’z birikmalariga qo’shilib barqaror so’z birikmalari hosil qiladi:
unterwegs, abseits, diesseits, jenseits, allerdings, schlechterdings.
-lings suffiksli ravishlarning soni hozirgi nemis tilida ko’p emas: blindlings, rittlings rücklings, jährlings.
-wärts suffiksi taraf, tomon ma’nosini anglatadigan ravishlarning yasalishida qo’llaniladi:
aufwärts, rückwärts, seitwärts, südwärts.
-lich suffiksi ot, sifat va fe’llarga qo’shilib ravish yasaydi:
otga: menschlich, bildlich;
sifatga: blauähnlich, blutähnlich ;
fe’lga: ausschließlich, gebräuchlich;
-sam suffiksi ham ot, sifat va fe’llarga qo’shilib ravish yasaydi:
otga: gehorsam;
sifatga: gleichsam;
fe’lga: unaufhaltsam, behutsam;
-weise yarim suffiksi yordami bilan yasalgan ravishlar holat ma’nosini anglatadi:
Wie Glück oder Pech selten einzen über den Menschen kommt, sondern immer stöhnenweise, hatte lieren in diesem Jahr mehrfach Glück (A. Seghers, Die Toten bleiben jung).
Stumm blickt sie ihn an, lange, stoßweise geht ihr Atem (W. Bredel, Verwandte und Bekannte).
-maßen yarim suffiksi -weise yarim suffiksiga sinonim bo’lib, stilistik qo’llanishi jihatidan undan farq qiladi.
-maßen yarim suffiksi bilan yasaluvchi ravishlar ko’proq jonli til va ilmiy prozalarga xos. Qiyoslang:
gewissermaßen, folgendermaßen, einigermaßen.
-dings yarim suffiksi holat ravishini yasaydi, Masalan:
schlechterdings, neuerdings, allerdings.
-seits yarim suffiksi tarafining kelib chikish nuktasi ma’nosini anglatadi:
meinerseits, deinerseits, fremderseits.
-wegen yarim suffiksi ham ko’proq olmoshlarga qo’shilib ravishlar yasaydi: meinetwegen, ihretwegen, deswegen
-wielen yarim suffiksi ham ko’proq olmoshlarga qo’shilib ravishlar yasaydi: meinetwiellen, deinetwielen, unseretwielen.
-halben, -willen va -wegen yarim suffikslari ot va olmoshlarga qo’shilib, sabab yoki maqsad ravishlarini yasaydi:
meinethalben, deinetwegen.
O’zbek tilida morfologik usul bilan ravish yasash, negizga yasovchi affiks qo’shish bilan hosil qilinadi. Bu affikslar -cha, -larcha, -day, -dek, -lab, -ona, -an, -lay (-layin), -nama, -ligicha, -(i)ncha, n(in), -iga, (-siga), -gacha, -chasiga, -siz, -simon kabilardir. -cha affiksi ot, sifat, olmosh kabi turkumga oid so’zlardan ravish yasaydi. Masalan:
Umarali - butunlay boshqacha odam! (I. Rahim).
Bunday ravishlar harakatning ijro etilish protsess paytini, qanday bajarilishini anglatadi:
Hozircha bu oshxonada ishlab boqsin.
-cha affiksini olgan ot predmetning belgisini anglatib, sifat bo’lib kelishi ham mumkin:
Inglizcha kitob.
-larcha affiksi ot va otlashgan so’zlarga qo’shilib o’xshatish, payt ma’nosini ifodalovchi ravish yasaydi. Masalan:
do’stlarcha muomalada bo’lish,
yillarcha so’zlashish.
-day, -dek affikslari ot, sifat, olmosh, sifatdoshga qo’shilib, belgi, harakat-holatning o’xshashligini ifodalovchi ravish yasaydi:
Bahor quyoshi zarrin shu’lasining aksi simobdek yiltillab, oynaday yarqirab oqmoqda (I. Rahim).
-lab affiksi ot yoki ravishlarga qo’shilib holat, payt, miqdor ma’noli ravishlar yasaydi:
Tonnalab hosil olish, kechalab yuk tashish.
-ona affiksi otlarga qo’shilib holat va o’xshatish ma’nosidagi ravishlar yasaydi. Fe’ldan anglashilgan harakatning xususiyati -ona affiksi qo’shilgan uzakdan anglashilgan ma’noga qiyoslanadi:
Do’stona suhbatlashdik.
-an affiksi otlardan ravish yasab, fe’ldan anglashilgan harakatning bajarilishi usulini, holatini ifodalaydi:
Bu tuproqshunos olimlar bilan O’ktam rayon markazida tasodifan uchrashgan edi. (Oybek).
-namo affiksi sifatlarga qo’shilib, ish-harakatning holatini o’xshatish orqali ifodalaydigan ravish yasaydi:
olisnamo, hazilnamo.
-simon affiksi yordami bilan yasalgan ravishlar ham asosan o’xshatish ma’nosini bildiradi:
hazilsimon, xafasimon, arazsimon.
-ligicha affiksi -lay (-layin) affiksiga sinonim bo’lib, sifatlardan harakatning holatini anglatuvchi ravishlar yasaydi:
O’rdak mayda baliqlarni tirikligicha yutib yuboradi.
Umarali - butunlay boshqacha odam! (I. Rahim).
-(i)ncha affiksi uch-to’rtta so’zdangina ravish yasaydi:
Xotinlarning ba’zilari qiziqqanlaridan chachvonlarini qiya ochib, Yo’lchiga yashirincha mo’ralashdi. (Oybek).
-n (-in) affiksi hozirgi o’zbek tilida erta, kech, yoz, qish, och, to’q so’zlaridan hosil bo’lgan juft so’zlar tarkibida kelib, ravish vazifasini bajaradi:
Erta -kechin, yozin-qishin, ochin-to’qin.
Bu affiks ravish yasovchi -lay bilan birlashib, -layin affiksini vujudga keltiradi:
butunlayin, tiriklayin.
-iga (-siga) affiksi yordamida yasalgan ravishlar harakatning qay tarzda vujudga kelishini bildiradi:
uzunasiga, yalpisiga, baravariga.
-gacha affiksi bilan kelgan so’zlar ham ravish funksiyasini bajaradi: allamahalgacha, yaqingacha, tushgacha.
Bu tipdagi ravishlar juft holda kelsa, birinchi komponenti albatta chiqish kelishik formasida bo’ladi:
Ertadan kechgacha, bugundan ertagacha.
-chasiga affiksi uchta ajralmas morfema (-cha, -si, -ga)dan iborat bo’lib, ot va sifatlardan o’xshashlik ifodalovchi ravishlar yasaydi:
Frontchasiga, toshkentchasiga, qahramonchasiga.
-siz affiksi bilan kelgan so’zlar ham ravish vazifasini bajaradi:
to’xtovsiz, qoniqarsiz.
O’zbek va nemis tillaridagi ravish yasovchilarning ayrimlari ma’no jihatdan ma’lum darajada mos kelsada, lekin ba’zilari butunlay mos kelmaydi, masalan:
-lings, -lich suffikslari yordamida yasaluvchi ravishlar ma’nosi o’zbek tilining -larcha, -day, -dek affiksi bilan yasaluvchi ravishlarning ma’nolariga yaqin keladi:
blindlings - ko’rlarcha - menschlich - odamlarcha - odamlardek.
Lekin solchermaßen - shunday qilib, meinerseits - men tomonimdan, um meinetwillen - menday - meni deb misollaridagi -maßen, -heits va willen ravish yasovchi suffikslar ma’no jihatdan o’zbek tili ravish yasovchi affikslariga hech mos kelmaydi.
O’zbek tilidagi ayrim ravish turlari nemis tilidagi ravishlarga mos kelmaydi. Bu ravishlarning ba’zilari nemis tiliga sifat bilan berilsa, boshqalari esa so’z birikmalari orqali ifoda etiladi, masalan, o’zbek tilidagi do’stona ravishiga xos ma’no nemis tiliga freundlich yoki freundschaftlich sifati yordamida ifoda etiladi. O’zbek tilidagi hazilsimon (hazilnamo) ravishi nemis tiliga ähnlich zum Spaß so’z birikmasi yordamida beriladi.
Nemis tilidagi ba’zi ravishlar o’zbek tiliga ravishlarning takrorlanish yo’li bilan yasaladigan ravish yordamida ifoda etilishi ham mumkin:
blindlings – ko’r-ko’rona.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |