Roman-german filologiyasi fakulteti roman-german tillari kafedrasi



Download 329 Kb.
bet2/3
Sana10.06.2017
Hajmi329 Kb.
#10819
1   2   3

Kompozitsiya (sintaktik) usuli

So’zlarning o’zaro qo’shilishi natijasida qo’shma ravishlar yasash kompozitsiya usulida amalga oshiriladi. Nemis tilida kompozitsiya usuli bilan ravishlarning yasalishi quyidagicha:

1) Ikki qadimgi ravishlarning qo’shilishidan, masalan: dennoch, alsbald, durchaus, jedoch, alsdann, dorther, da (r)-, wo (r) -, hin-, her – ravishlarining predloglar - ravishlar (olmosh ravishlar) bilan qo’shilishidan ham ravishlar yasaladi. Masalan:

darauf, damit, worauf, herüber, hinüber, heraus, hinaus.

2) Qadimgi ravishlar (bisland, vorgestern, übermorgen, jahraus, jahrein)ning boshqa turkumga oid so’zlar bilan qo’shilishi yoki otning sifat, olmosh va son bilan qo’shilishidan qo’shma ravishlar yasaladi. Masalan:



jederzeit, derweilen, allerorten, deinetwillen, meinetwillen.

Nemis tilining qadimgi davrida ravish hisoblanib, hozirgi davriga kelib predlogga ko’chib, turg’un holatga kelgan predlogli ravishlar deb ataladigan ravishlar qo’shma ravishlarning maxsus gruppasini tashkil qiladi. Ular zuteil, zuhause, seitdem, insbesondere ravishlaridan iborat.

O’zbek tilida kompozitsiya usuli bilan qo’shma, murakkab va juft ravishlar yasaladi. Bunday ravishlar komponentlarining birikish formasi va qanday turkumga oid so’zlardan tashkil topishiga ko’ra bir necha turga bo’linadi:

1) Ko’rsatish olmoshlariga jo’nalish, o’rin-payt yoki chiqish kelishigida kelgan yer, yoq so’zlaridan biri qo’shilishi orqali ravish yasaladi Masalan:



u yerda, bu yoqqa, u yerdan.

2) Belgilash olmoshi har biri bilan bosh, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi ot, ravishlarning qo’shiluvi orqali ravish yasaladi. Masalan:



har dam(da), har on(da), har gal, har qachon, har vaqt, har zamonda, har yer (-da, -dan, -ga), har taraf (-dan, -ga, -da).

3) Bosh, chiqish, o’rin-payt kelishigidagi ot va ravishlarning bir so’zi bilan qo’shilishi orqali yasaladi. Masalan:

bir boshdan, bir kuni, bir kunda, bir pas, bir pasda, bir oz, bir talay, birrov.

4) Hamma, hech va alla so’zlarining ot yoki ravishga qo’shilishi bilan ravish yasaladi. Masalan:



vaqt, hechvaqt, allamahal, hamma yoqqa (-da, -dan), hech maxal (-da).

5) So’zlarning takrorida ham ravishlar yasaladi: Bunday ravishlardan uning komponentlari aynan bir formada yoki turlicha formada bo’lishi mumkin. Masalan::

kundan-kun, ketma-ket, zo’rma-zo’r, oz-oz, hali-hali va boshqalar.


  1. Antonimlarning o’zaro birlashishidan juft ravishlar yasaladi. Masalan:

naridan-beri, oldinma-ketin, huda-behuda va shu kabilar.

2.3. Adverbializatsiya
Ravish bo’lmagan so’zlarning shaklan o’zgarishsiz semantik yo’l bian ravish turkumiga o’tish hodisasi - ravishlanish hodisasi yoki adverbializatsiya deyiladi.

1. Ayrim yasama sifatlar ravish vazifasida qo’llanishi mumkin.

1) -siz, -no affikslari ayrim otlarga, harakat nomiga qo’shilib, aslida sifat yasaydi. Bunday sifatlar shaklan o’zgarishsiz ravishga ko’chib, harakatning roy berishi yoki bermaslik sababini yoki holatini ko’rsatadi:

Savolimga noiloj javob berdi.

Hakimning bu fikrlarini to’xtovsiz yetkaz.

Bu fikrlarga chorasiz ko’ndim.

2) -simon affiksi aslida ot, sifat, sifatdoshdan sifat yasaydi. Bunday sifatlar shaklan o’zgarishsiz ravishga ko’chib, o’xshatish ma’nosini, harakatning holatini ifodalaydi: hazilsimon, xafasimon, uyalgansimon kabi. Misol:

O’rmonjon maydonga qirgiysimon qarab, to’rtta barmog’ini ko’rsatdi. (O).

2. ura, urib, osha, to’la, qiyo, qo’sha, qayta kabi ravishdoshlar ravish vazifasida keladi.

3. Ba’zi ravishdosh formalari takrorlangan holda ravishga ko’chadi:

bora-bora, qayta-qayta, qo’sha-qo’sha, xato-xuta, kula-kula, ishlay-ishlay, borib-borib, kulib-kulib kabi.

Shuningdek, birinchi komponenti ravishdosh, ikkinchisi o’sha ravishdoshning ma’nosini kuchaytirish uchungina qo’llanadigan so’z bo’lishi mumkin:

ozib-yozib, ozib-to’zib kabi.

4. Bo’lishli-bo’lishsiz formasidagi sifatdoshlar juft holda morfologik o’zgarishsiz ravishga ko’chadi: kuyar-kuymas, bilinar-bilinmas, eshitilar-eshitilmas kabi.

5. Sonlar ham shaklan o’zgarishsiz ba’zan ravishga o’tadi:

Yetti o’lchab, bir kes (Maqol).

Yaxshi ashulalaringizdan bir aytib yuboring.

Ba’zi barqaror birikmalar ham ravish vazifasida keladi: ha deb, ha deganda, ha demay, bir kunlik, bir kun, ertamas-indin, ertadan-kechgacha, bir ogizdan, besh qo’lday, uzun kun, qisqa tun, boshdan-oyoq kabi.

Keltirilgan misollardan ko’rinadiki, yakka so’zlargina emas, balki ayrim so’z birikmalari ham yaxlit holda ravishga ko’cha oladi.

O’zbek tilida bo’lganidek, nemis tilida ham ravish so’z turkumi boshqa so’z turkumlari hisobiga boyib boradi: otlar, fe’llar, butun so’z birikmalari ravish so’z turkumiga o’tadi. Adverbializatsiyaning kerakli sharti leksik ma’noning zaiflashuvi yoki ravishlangan so’z va so’z birikmalari ma’nosining o’rganishdir.



  1. Nominal shakllardan yuzaga keladi:

links, rechts, mor­gens, nachts, heim, weg.

  1. So’z birikmalaridan shakllanadi:

meistenteils, unterwegs, seinetwillen, tagaus, tagein, schlimmsten - (besten)falls, beispielweise.

c) Ikkita ravishning qo’shilishidan yuzaga keladi:



hi­nauf, herauf, hinunter, heraus.

Bunda her- so’zlovchiga tomon bo’lgan yo’nalishni ko’rsatsa, hin- so’zlovchidan boshqa tomonga bo’lgan yo’nalishni ifodalayd. Masalan:



Komm her! – komm näher zu mir;

Geh hin! – geh fort von mir!

Quyidagi birikmalar ham ravish so’z turkumiga o’tadi. Masalan:



nach Hause, zu Hause, (nachhause, zuhause),

Zu Fuß, von Zeit zu Zeit.

Ravishlarning o’zi ham yordamchi so’zlarga o’tadi: Masalan:

bog’lovchilarga: dafür, darauf, darüber

prefikslarga: an-, auf-, zurück-, heim-, weg-, fort-

yarim prefikslarga: da-, hinein-, herauf-.


2.4. Ravishning gapdagi vazifalari

Nemis tilida ravish gapda quyidagi vazifalarda qo’llaniladi:

a) Hol bo’lib:

Abends gehen wir in unseren Klub.

b) Sifat yoki ravish bilan ifodalangan hol bo’lib:

sehr schnell, sehr oft.

c) Otdan keyin keladigan aniqlovchi sifatida:

Die Frau von heute.



Mein Nachbar links.

d) - weise suffiksli ravishlar aniqlovchi sifatida:

das schrittweise Vorgehen,

der stückweise Verkauf,

die teil­weise Erneuerung.

e) Ozchilik ravishlar ot-kesim bo’lib:

Das Fenster ist zu (auf). Ist er schon fort? Ach, du weißt nicht, wie sehr ich herunter bin! (Th. Mann. Buddenbrooks).

Ba’zi ravishlar og’zaki nutqda fikrni obrazli ifodalash maqsadida qo’llanadi. So’zlovchi yoki yozuvchi ular orqali o’z hayajonini, hayratini, ikkilanishlarini ifodalaydi. Masalan:

Du bist groß geworden. Du bist aber groß geworden.

Kommst du? Ja. Kommst du? Aber ja.

Warum bis du zu spät gekommen? Warum bist du auch zu spät gekommen?

Ist das so wichtig? Ist das denn so wichtig?

Geht jetzt bitte! Geht doch jetzt bitte!

So geht es nicht! So geht es eben/ halt nicht.

Will er mitkommen? Will er etwa mitkommen?

Ich habe es gleich gewußt. Ich habe es ja gleich gewußt.

Kommst du jetzt her! Kommst du jetzt mal her!

Wo bleibt sie? Wo bleibt sie nur?

Es ist gut. Es ist schon1 gut.

Das war komisch. Das war vielleicht komisch.

Bist du jetzt still! Bist du jetzt wohl still!

O’zbek tilida ravishlar, ko’pincha, fe’l-kesimga bog’lanib, hol vazifasida keladi:


  1. Ravish holi vazifasida:

Ufq zumrad yonboshini qoymishdi sokin. (G. G.)

2) O’rin holi vazifasida:

Nariroqda bir to’p odam.

Bu yerda kinoteatr binosi quriladi. (As.M).

3) Payt holi vazifasida:

Bugun ertalab maktabim yonidan o’tdim. (O.).

4) Maqsad holi vazifasida:

Ko’zlarini jo’rttaga chaqchaytirib, qoshlarini oynatib qichqirdi O’ktam. (O.).

Ravishlar o’rni bilan gapning fe’l formalari orqali ifodalangan kesimdan boshqa bo’laklariga ham bog’lanib kelishi mumkin. Bunday o’rinlarda ham u hol vazifasini bajaradi.

1) Fe’l formasi orqali ifodalangan egaga bog’lanib keladi:

Uzoqdan buning shahar ekanini darrov payqash qiyin edi. (As.M).

2) Fe’l formasi orqali ifodalangan to’ldiruvchiga bog’lanib keladi: Yoppasiga ko’chishga ahd qilindi.

3) Fe’l formasi orqali ifodalangan aniqlovchiga bog’lanib keladi:

Bultur beradigan ulpondan qolgan. (F. I.).

4) Fe’l formasi orqali ifodalangan holga bog’lanib keladi:

Odatdagicha iljayib ichkaridan chiqdi. (As.M.).

Ravish kesim vazifasida kelishi mumkin. Bunda ravish ot-kesimlar kabi, ko’pincha, kesimlik affiksini oladi yoki emas, edi, edim, ekan kabi toliqsiz fe’llar bilan keladi:

Shu yerdadir butun issiq, butun harorat.

Oldinda odam ko’p ekan.

Ba’zan esa kesimlik affiksini olmasligi mumkin:

Ularning tajribalari yoshlari kabi kam. (R.F.)

Kesim vazifasida qo’llanilgan ravish bo’lmoq fe’lining tuslangan formasi bilan kelishi mumkin:

Qachon yo’qlatsangiz hozir bo’lamiz. (F. I.).

Bunday paytlar kamdan-kam bo’ladi. (R. F.)

Oz, ko’p kabi ayrim ravishlar xuddi fe’llar kabi boshqarish xususiyatiga ega bo’ladi:

Chumolidan ko’p o’rtoqlari bor.

Bundan ozu, ishdan ko’p bo’lgani yaxshi.


Bob boyicha xulosalar
Ravishlar nemis tilida ham, o’zbek tilida ham asosan ikki usul bilan yasaladi:

1. Affiksatsiya usuli (morfologik usul).

2. Kompozitsiya usuli (sintaktik usul).

Nemis tilida ravishlar quyidagi suffiks va yarim suffikslar yordamida yasaladi: -s, -lings, -wärts, -lich, -sam, -weise, -maßen, -weise, -dings, -seits,

-wegen, -wiellen, -halben, -willen –wegen.

O’zbek tilida morfologik usul bilan ravish yasash, negizga yasovchi affiks qo’shish bilan hosil qilinadi. Bu affikslar -cha, -larcha, -day, -dek, -lab, -ona, -an, -lay (-layin), -nama, -ligicha, -(i)ncha, n(in), -iga, (-siga), -gacha, -chasiga, -siz, -simon kabilardir.

O’zbek va nemis tillaridagi ravish yasovchi qo’shimchalarning ayrimlari ma’no jihatdan ma’lum darajada mos kelsada, lekin ba’zilari butunlay mos kelmaydi, masalan:

-lings, -lich suffikslari yordamida yasaluvchi ravishlar ma’nosi o’zbek tilining -larcha, -day, -dek affiksi bilan yasaluvchi ravishlarning ma’nolariga yaqin keladi:

blindlings - ko’rlarcha - men­schlich - odamlarcha - odamlardek.

Lekin solchermaßen - shunday qilib, meinerseits - men tomonimdan, um meinetwillen - menday - meni deb misollaridagi -maßen, -heits va willen ravish yasovchi suffikslar ma’no jihatdan o’zbek tili ravish yasovchi affikslariga hech mos kelmaydi.

O’zbek tilidagi ayrim ravish turlari nemis tilidagi ravishlarga mos kelmaydi. Bu ravishlarning ba’zilari nemis tiliga sifat bilan berilsa, boshqalari esa so’z birikmalari orqali ifoda etiladi, masalan, o’zbek tilidagi do’stona ravishiga xos ma’no nemis tiliga freundlich yoki freundschaftlich sifati yordamida ifoda etiladi. O’zbek tilidagi hazilsimon (hazilnamo) ravishi nemis tiliga ähnlich zum Spaß so’z birikmasi yordamida beriladi.

Nemis tilidagi ba’zi ravishlar o’zbek tiliga ravishlarning takrorlanish yo’li bilan yasaladigan ravish yordamida ifoda etilishi ham mumkin:

blindlings – ko’r-ko’rona.

So’zlarning o’zaro qo’shilishi natijasida qo’shma ravishlar yasash kompozitsiya usulida amalga oshiriladi. Nemis tilida kompozitsiya usuli bilan ravishlarning yasalishi quyidagicha:

1) Ikki qadimgi ravishlarning qo’shilishidan ravishlar yasaladi;

2) Qadimgi ravishlar (bisland, vorgestern, übermorgen, jahraus, jahrein)ning boshqa turkumga oid so’zlar bilan qo’shilishi yoki otning sifat, olmosh va son bilan qo’shilishidan qo’shma ravishlar yasaladi;

3) Nemis tilining qadimgi davrida ravish hisoblanib, hozirgi davriga kelib predlogga ko’chib, turg’un holatga kelgan predlogli ravishlar deb ataladigan ravishlar qo’shma ravishlarning maxsus gruppasini tashkil qiladi.

O’zbek tilida kompozitsiya usuli bilan qo’shma, murakkab va juft ravishlar yasaladi. Bunday ravishlar komponentlarining birikish formasi va qanday turkumga oid so’zlardan tashkil topishiga ko’ra bir necha turga bo’linadi.

1) Ko’rsatish olmoshlariga jo’nalish, o’rin-payt yoki chiqish kelishigida kelgan yer, yoq so’zlaridan biri qo’shilishi orqali ravish yasaladi;

2) Belgilash olmoshi har biri bilan bosh, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi ot, ravishlarning qo’shiluvi orqali ravish yasaladi;

3) Bosh, chiqish, o’rin-payt kelishigidagi ot va ravishlarning bir so’zi bilan qo’shilishi orqali yasaladi;

4) Hamma, hech va alla so’zlarining ot yoki ravishga qo’shilishi bilan ravish yasaladi;

5) So’zlarning takrorida ham ravishlar yasaladi: Bunday ravishlarda komponentlar aynan bir shaklda yoki turlicha shaklda bo’lishi mumkin;

6) Antonimlarning o’zaro birlashishidan juft ravishlar yasaladi;

O’zbek tilida bo’lganidek, nemis tilida ham ravish so’z turkumi boshqa so’z turkumlari hisobiga boyib boradi: otlar, fe’llar, butun so’z birikmalari ravish so’z turkumiga o’tadi. Adverbializatsiyaning kerakli sharti leksik ma’noning zaiflashuvi yoki ravishlangan so’z va so’z birikmalarining ma’nosini o’rganishdir.

Nemis tilida ravish gapda quyidagi vazifalarda qo’llaniladi:

a) Hol bo’lib:

b) Otdan keyin keladigan aniqlovchi sifatida:

c) - weise suffiksli ravishlar aniqlovchi sifatida:

d) Ozchilik ravishlar ot-kesim bo’lib:

e) Ba’zi ravishlar og’zaki nutqda fikrni obrazli ifodalash maqsadida qo’llanadi. So’zlovchi yoki yozuvchi ular orqali o’z hayajonini, hayratini, ikkilanishlarini ifodalaydi.

O’zbek tilida ravishlar gapda quyidagi vazifalarda qo’llaniladi:

1) Fe’l-kesimga bog’lanib, hol vazifasida keladi;

2) Ravish kesim vazifasida kelishi mumkin. Bunda ravish ot-kesimlar kabi, ko’pincha, kesimlik affiksini oladi yoki emas, edi, edim, ekan kabi toliqsiz fe’llar bilan keladi. Ba’zan esa kesimlik affiksini olmasligi mumkin. Kesim vazifasida qo’llanilgan ravish bo’lmoq fe’lining tuslangan formasi bilan kelishi mumkin:

3. RAVISHLARNING TURLARI

3.1. Ravishning ma’nosiga ko’ra turlari

Nemis tilida ravishlar ma’nosiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi.

1) O’rin ravishi (lokale Adverbien);

2) Payt ravishi (temporale Adverbien);

3) Holat ravishi (modale Adverbien, Adverbien der Art und Weise);

4) Sabab ravishi (Adverbien des Grundes);

5) Maqsad ravishi (Adverbien des Zieles, der Folge und der Bedingung);

6) Miqdor-daraja ravishi (Adverbien des Maßes und des Grades).

O’zbek tilida ravishlar ma’no va grammatik jihatdan quyidagi guruhlarga bo’linadi:

1) Holat ravishi;

2) Miqdor va daraja ravishlari;

3) Payt ravishi;

4) O’rin ravishi;

5) Sabab ravishi;

6) Maqsad ravishi.

O’rin ravishi (Lokale Adverbien, Adverbien des Ortes)
O’rin ravishlari ish-harakatning yuzaga chiqish o’rni, joyini, yo’nalishini ko’rsatadi. O’rin ravishlari wohin? - qayerga?, wo? - qayerda?, woher? - qayerdan? So’roqlariga javob bo’lib keladi.

O‘rin ravishlariga: hier shu yerda, dort u yerda, oben yuqorida, hin u yoqqa, hinaus – yuqoriga, dorther u yoqda, von oben yuqoridan, von unten pastdan kabilar kiradi.

Ba’zi ravishlar ot bilan ham beriladi, masalan:

Die erste Tür rechts war verschlossen (L. Renn. Krieg, Nachkrieg).

Ba’zi bir qadimgi o’rin ravishlari hozirgi zamon nemis tilida predlogga ko’chib, shu bilan birga ular fe’l prefikslari vazifasini ham bajaradi. Bular: ab, an, auf, aus, bei, von, durch, hinter, unter, vor, über va boshqalar.

Ba’zi qadimgi o’rin ravishlari o’zining ravishlik xususiyatini saqlab, fe’llar bilan qo’shilgan holda ishlatiladi, masalan: fort, weg, zurück.

Quyidagi misollarni qiyoslang:

Er ist schon zurück.



Kommen sie zurück.

Er ist schon zurückgekommen.

O’rin ravishlari gapda o’rin holi vazifasini bajaradi. Masalan:

Er arbeitet hier - u shu yerda ishlaydi.

Ich arbeite dort - men u yerda ishlayman.

O’zbek tilida ham o’rin ravishi ish harakatning bajarilishi o’rnini anglatadi. O’rin ravishlariga nari, beri, unda-bunda, allaqayerda, allaqayerga, allaqayerdan, quyida kabi so’zlar kiradi.

O’zbek tilida ham o’rin ravishi asosan, hol vazifasini bajaradi.

Payt ravishi. (Temporale Adverbien, Adverbien der Zeit)
Payt ravishi ish-harakatning yuzaga kelish vaqtini, paytini bildiradi. Payt ravishlari wann? – qachon, wie lange?, seit wann? qachondan beri? bis wann? qachongacha? wie oft? qancha vaqtda? so’roqlaridan biriga javob bo’lib keladi. Payt ravishlariga bald, immer, oft, heute, gestern, morgen, abends, jetzt, schon, längst, spät, nachts, täglich, jährlich, früh, erst, damals kabilar kiradi.

Payt ravishlari gapda payt holi vazifasida keladi. Misollar:

Komm bald wieder.

Bald getan – ist wohl getan.

Das habe ich schon immer gesagt.

Er ist immer nicht zu Hause.

O’zbek tilida ham payt ravishi ish-harakatning bajarilishi paytini anglatadi. Payt ravishlariga erta, endi, ertalab, sung, ilgari, so’ngra, keyin, hanuz, hali, hamisha, kecha, bugun, avval, allaqachon, bultur, qadim, oldin, hamon, kechasi, indin(ga), yiliga, tezdan, yaqinda, hech qachon, dastlab, kunduzi, har kuni, kuni bilan, yildan-yilga, erta-indin, qishin-yozin, hozir(da) kabi so’zlar kiradi.

Payt ravishi hol yoki kesim vazifasini bajaradi.


Holat ravishi. (Adverbien der Art und Weise)
Holat ravishi ish harakatning bajarilish usuli uning qay tarzda yuzaga kelishi kabi ma’nolarni bildiradi va wie? so’rog’iga javob bo’ladi.

Holat ravishlariga gut, schön, schlecht, richtig, falsch, rasch, langsam, leise, ausgezeichnet, fleißig, still, ruhig, paarweise va boshqalar kiradi. Misollar:

Der Puls geht schnell.

Mach schnell!

Die Uhr geht zu lang­sam.

Langsam kommt man auch ans Ziel. (Sprichwort).

Nemis tilida holat ravishlari ko’pincha ot va sifatdoshlar bilan aloqadordir.

-weise va -lings suffikslari yordami bilan tuzilgan yasama ravishlar otlar bilan aloqadordir:

-weise: paarweise, probeweise, teilweise, stoßweise;

-lings: beindlings, rücklings.

Misollar:

So enthält beispielsweise das neue Russischlehrbuch für die Klasse 7 Lektionstexte, die entweder der mündlichen Sprachausübung oder dem (stillen) Le­sen zugeordnet sind in der Schwierigkeit schrittweise geschleigerte Aufgaben befähigen den Lernenden, einen kurzen Bericht über seine Einkäuse zu geben1.

Nemis tilida sifatdosh I va II ko’pincha holat ravishi vazifasini bajarib keladi. Masalan: lachend, singend, gebückt, gelangweilt.

Misollar:

Was überalle besitzlos harrend liegt.

Der Bauer, der die Früchte pflügt,

Hebt einen Goldtopf mit den Schallen.

(J. W. Goethe “Faust”).

Blumen sehet ruhig sprießen,

Reizend euer Haupt umzieren,

Früchte Wollen nicht verführen,

Kostend mag man sie genißen.

(J. W. Goethe “Faust”).

Bu holat o’zbek tiliga -(i)b ga tugagan ravishdosh formasi yordami bilan beriladi. Demak, nemis tilida holat ravishi ma’nosida qo’llangan sifatdosh o’zbek tilida ravishdosh formasida qo’llanib, u ham shu ma’noni ifoda etadi. Masalan: Sitzend sprach er mit mir,

U o’tirib men bilan gaplashdi.

Höfel und Kropinski standen reglos lauschend, wie er­schreckte Tiere.

(B. Apitz, "Nackt unter Wölfen").

Aber auch das war ebenso gespenstisch und schemenhaft und suchte sich verloren irrend einen Weg. (B. Apitz, "Nackt unter Wölfen").

O’zbek tilida ham holat (tarz) ravishlari ish-harakatning qanday holatda yoki qay tarzda bajarilganligini bildiradi. Holat ravishlari qanday?, qanday qilib?, ni-maday? kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladi. Holat ravishlariga asta, sekin, tez, jim, piyoda, arang, darrov, darhol, yo’l-yo’lakay, zimdan, to’satdan, qo’qqisdan, birga, birdan, boshqacha, botirlarcha, shaharchasiga, do’stona, soldatdek, yaxshilab, bugunlab, nari-beri, nohaqdan-nohaq, yuzma-yuz, ko’r-ko’rona, bir yo’la, jim, yayov, ochin-to’qin, xomligicha, darrov, darhol, majburan, yangicha, qatorasiga, yonma-yon, bittalab, qanday va boshqalar kiradi.

Holat ravishi gapda asosan uch vazifada: hol, aniqlovchi va kesim vazifasida keladi.

Sabab ravishi. (Adverbien des Grundes)
Sabab ravishlari ish-harakatning bajarilishi sababini bildiradi va warum?, weshalb? so’roqlariga javob bo’ladi.

Sabab ravishlariga deshalb deswegen, darum kabi ravishlar kiradi. Masalan:

Deshalb wollten sie heute mit der Apfelernte fertig werden. (A.Seghers "Das siebte Kreuz").

O’zbek tilida ham sabab ravishi nemis tilidagidek ish-harakatning bajarilishidagi sababni anglatadi. Sabab ravishlariga noiloj, chorasiz, qo’rqqanidan, kuyganidan kabi so’zlar kiradi. Masalan:

U qo’rqqanidan rangi oqarib ketdi.

Sabab ravishi hol vazifasini bajaradi.


Maqsad ravishi. (Adverbien des Zieles)
Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishi maqsadini bildirib, wozu?, zu welchem Zweck? So’roqlariga javob bo’ladi.

Maqsad ravishlariga dazu, meinetwegen, deinetwillen, seinethalben kabi ravishlar kiradi. Masalan:

Die Mutter hielt für Kinder dazu an, untereinander abwechselnd russisch, deutsch und französisch zu sprechen.

O’zbek tilida maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatadi. Maqsad ravishi qanday?, qanday maqsadda?, nima uchun? kabi so’roqlarga javob bo’lib keladi. Maqsad ravishlariga atayi(n), ataylab, jo’rttaga, qasddan so’zlari kiradi. Masalan:

Adolat uni jo’rttaga ermak qildi. (S. Ahmad "Ufq").

Maqsad ravishi hol vazifasini bajaradi.

Karim darsga ataylab kech keldi.
Miqdor - daraja ravishlari. (Adverbien des Maßes und Grades)
Miqdor-daraja ravishlari ish-harakat yoki belgining miqdorini, kuchini, darajasini ko’rsatib, wie? wie sehr? wie stark? so’roqlariga javob bo’ladi. Miqdor - daraja ravishlariga viel – ko’p, wenig – oz, ein bisschen – qittak, einmal – bir marta, zweimal – ikki marta, mehrmals – ko’p marta, zweifach – ikki karra, vielfach – ko’p karra, sehr – juda, ganz – butunlay, genug – yetarli, besonders – ayniqsa, kaum – sal kabi ravishlar kiradi. Misollar:

viel zu denken, viel zu sinnen, gibt es beim zarten Lebens­faden. Doch auch ich, im Jugendwalten, irrte mich schon hun­dertmal? Könnte ich einmal mich vergessen. War es um Welt mir bang. (J. W. Goethe, "Faust").

Eines Tages sagte er zu mir, daß er etwas nach Rußland schicken möchte. Das war damals wegen der Zensur sehr schwer.

Er sah also ganz gelb aus?

"Ich kann ganz nicht sagen, wie gern ich im Theater bin!" (Th. Mann, "Buddenbrooks").

Nemis tilida miqdor-daraja ravishlarini boshqa tur ravishlardan farqi shundan iboratki, ular ko’p vaqtda fe’llar bilan (ein sehr kluger Student) boshqa ravishlar bilan (zu früh), sonlar bilan (sehr viel) qo’shilib keladi. Masalan:

... und etwas wie ein ganz leise angedeutetes Öpflein viel auf den breiten Kragen seines mausgrauen Rockes hinab (Th. Mann, "Buddenbrooks").

O’zbek tilida ham miqdor-daraja ravishlari ish-harakatning daraja-miqdorini, belgining darajasini, predmetning noaniq miqdorini bildiradi. Miqdor ravishiga harakat yoki predmetning noaniq miqdorini anglatadigan ko’p, oz, kam, bir oz, sal, picha kabi so’zlar kiradi.

Miqdor-daraja ravishiga ish-harakat yoki belgi ma’nosini ko’paytiradigan juda, g’oyat, nihoyatda, har qancha, ozmuncha, aslo, sira, hech kabi so’zlar kiradi.

Miqdor-daraja ravishlari gapda har ikki tilda ham ko’pincha xol vazifasini bajarib keladi, qiyoslang:

Er arbeitet viel - U ko’p ishlaydi.

Du arbeitest wenig - Sen kam ishlaysan.

Miqdor-daraja ravishlari har ikki tilda ham ot va harakat nomlari bilan bog’lanib, uning aniqlovchisi bo’lib kelish xususiyatiga ega, qiyoslang:

Vieles Sitzen schadet – ko’p o’tirish ziyon.

Du mußt viel Milch trinken – sen ko’p sut ichishing kerak.

Ein bißchen Brot – ozgina non.


Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish