Gelio qurulma yordamida ichimlik suvi olishning samarali usuli



Download 115,76 Kb.
bet1/2
Sana13.01.2022
Hajmi115,76 Kb.
#356041
  1   2
Bog'liq
tezis R.umurzoqov


GELIO QURULMA YORDAMIDA ICHIMLIK SUVI OLISHNING SAMARALI USULI

Prof. Zikrillayev N.F Umurzoqov R.T Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, O’zbekiston

Suv- barcha tirik mavjudotlar uchun hayot manbaidir. Er yuzidagi barcha suvlarning taxminan 99 foizi okeanlar va dengizlarda bo’lib sho'r suvlardan iborat.

Hozirgi vaqtda fan va texnikaning rivojlanishining natijasida butun dunyo ilm- faning taraqqiyoti shu darajaga yetdiki, har kuni turli xil ehtiyojlar uchun-ulkan energiya sarflanmoqda. Ayniqsa sanoat, transport va qishloq xo‘jaligida bu yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi.

Tabiatdan foydalanish bilan bog‘langan muassasalar orasida axolini toza ichimlik suv bilan ta’minlash eng dolzarb masala sifatida oldinga chiqmoqda. Bundan 40-50 yil oldin va faqat aholining keng qatlami balki, gidrolog-mutaxassislar va suv xo‘jaligi xodimlariga ham bu muammo vaqti kelib shunchalik darajada muhum bo’lib qolishish tasavvur etilmagan edilar. Ilmiy texnika taraqqiyot natijasida insoniyatga ro‘baro kelgan energetik, oziq-ovqat, ekologik va suv muammolari orasida eng birinchi o’rnni suv muammosi egallamoqda.

Bunga sabab birinchidan suvni eng ko‘p talab etaladigan ehtiyojga aylanib uning o’rnini hech nima bilan almashtirib bo‘lmaydigan manbadir. Yuqorida qayt etilgan muammolarni yechishda turli xil usullar taklif etilgan holda ilmiy izlanishlar doimiy olib borilmoqda.

Ikkinchidan yuqorida qayt etilgan muammolarni yechimini hal qilishda suvni maqsadli sarf qilish talabi qo‘yadi. Yuqorida aytilganlarni aniqroq tushuntirish uchun quyidagi misolni keltirish mumkin. Kelajakda organik yoqilg‘ilarni, birinchi navbatda neft va gazni o‘rnini yadroviy energiyalar yoki noananaviy qayta tiklanadigan gidravlik, shamol, giotermal, to‘lqin, quyosh, atom energiya manbalari bilan almashtirish mumkin. Bularning barchasi mutaxassislarga energiyani ishlab chiqarish bo‘yicha ertangi va uzoq kelajakka optimistik nazar bilan qarashga imkon beradi. Insoniyatni suv bilan taminlanganlik xolati va hozirgi zamon suv muammolari xoxlaymizmi yoki yo‘qmi, sho‘r suvlarni chuchiltirishning barcha jihatlarini sinchkovlik bilan o‘granishga to‘g‘ri keladi.

Yuqori darajada sho’rlangan suvlarning juda katta qismi okeanlar,dengizlar va ko‘llardan tashqari, yer ostidagi suvlarda ham uchraydi. Shu sababli bugungi kunda dunyo olimlari har tomonlama qulay va energiya tejamkor qurilmalarni yaratishga katta e’tibor qaratganlar. Ayniqsa quyosh energiyasidan sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa barcha sohalarda foydalanish orqali energetik inqirozning oldini olishga harakat qilmoqdalar. Hozirgi kunda ko’plab olimlar tomonidan yaratilgan ixtirolarni qay biri samarali va iqtisodiy jihatdan foydali bo’lgan texnik qurilmalarga e’tiborni qaratamiz. Har tomonlama qulay, uy sharoitida hamda dala sharoitida qo’llanishga mo’ljallangan quyosh suv chuchukgichlarni distirlash jarayoni ko’rib chiqamiz. Bunday qurilmalar sho'r suvni chuchuklashtirish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Distirlash jarayonini amalga oshirish uchun quyosh panellaridan yoki to'g'ridan -to'g'ri quyoshning issiqlik energiyasidan foydalaniladi. Distirlash usuli amalda o‘zini ancha oqlaydi. Hozirgi davrda chuchiltirilayotgan suvlarni 70% distillyasiya usuliga to‘g‘ri keladi. Distirlash suvning agregat holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bu jarayonni tasavvur etish uchun sho‘r suvni distillanadi eritma sifatida qarash kerak. Oddiylik uchun suvda faqat Na+ va Cl ionlari bor deb qaraylik. Suv molekulalari dipollardan tuzilgan assimetrik tizim hisoblanib har bir ionni barcha tomondan o‘rab oladilar.

Quyosh suv chuchitgichining eng muhim jihatidan biri quyosh radiatsiyasini shaffof sirt yuzasiga tushishi va va uning ko’proq qismini minerallashgan suvga yutilishi qurilmani shaffof sirti (shisha)ning gorizontga qanday burchak ostida joylashganligiga bog’liqdir. Ma’lumki quyosh har doim bir xil vaziyatda bo’lmaganligi tufayli uning radiatsiyasi o’zgarib turadi, shu sababli shafof sirtga tushayotgan quyosh radiatsiyasi bilan qurilmaning joylashgan o’rni va konstruksiyalari orasida issiqlik-texnik bog’lanishlar mavjud. Quyosh suv chuchitgich qurilmasining sirti garizontga nisbatan 100-600 oraliqda bo’lgan qurilmaning ish rejimining samarador bo’lishiga olib keldi .

Bug’lanish sirti bilan kandensatsiyalanish sirti orasidagi masofani ixtiyoriy tanlanishi qurilma devorlaridan ko’p issiqlik yo’qoladi. Bu esa qurilma tubiga turgan minerallashgan suvni kamayishiga olib keladi. Bug’lanish sirti bilan kandensatsiyalanish sirtining orasidagi aniq o’lchamni topish qurilma shaffof sirtini garizontga qanday burchak ostida joylashtirishga olib keladi.

Ushbu qurilmani yaratishda dunyo standartlariga javob beradigan quyosh suv chuchitgichlari chet el olimlari shu jumladan bizning olimlarimiz tomonidan hozirgi kunda tadqiqot qilinmoqda va bunday qurilmalarning ishlab chiqarish namunalari yaratilib kelinmoqda. Bunday tadqiqotlarga misol qilib Rossiya olimlarining ilmiy ishlarini ko‘rsatsa bo‘ladi. Rossiyaning “Mashinasozlik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi”ning bir qator olimlari G.A.Efremov, B.I.Kochnev, S.L.Sergeev va Respublikamizning etuk olimlari B.M.Ochilov, R.R.Avezov T.D.Jo‘raev, O.S.Komilov va boshqalarning olib borgan ilmiy tadqiqotlari shular jumlasidandir.



1-rasm. Qiya pog’onali ko’chma quyosh suv chuchitgich qurilmasi elementining ishchi holatdagi sxemasi: 1 – pog’onali idish (protiven), 2- sho’r suv saqlanuvchi pog’onalar, 3- tiniq qoplama (shisha), 4-sho’r suv kiradigan jo’mrakli quvur, 5- ortiqcha sho’r suv chiqariluvchi quvur, 6-toza suv chiqaruvchi quvur, 7- taglik

Yuqorida aytib o’tilgan fikrlar va olimlar tomonidan yaratilgan qurilmani takomillashtirish maqsadida magistrlik dissertatsiya ishida ushbu qurilmani konstruktsiyasiga o’zgartirish kiritish elеmеntlarining optimal gеomеtrik o’lchamlari va bu o’lchamlarning munosabatlarini quyosh enеrgiyasini akkumulyatsiya qilish hisobida aniqlashni lozim dеb topdik (1-rasm): qurilmaning shaffof sirt yuzasi S=2m2, 450 burchak ostida, minerallashgan suv saqlanadigan qismi qiya pog’onali tarzda shaffof sirtga nisbatan 15sm oraliqda joylashtirilgan, natijada suvning sirt yuzasi oshadi, suv qiya pog’onalarga teng taqsimlanish natijasida suvning bug’lanishga ketgan vaqti kamayadi. Masalan:quyosh radiastiyasi I =750w/m bo‘lgan janubiy kengliklarda solishtirma maksimal sarf 0,32*10 kg/m *s va 2m2 maydonda suv sarfi G=0.64*10 kg/s ni tashkil etadi, bu bir sutka davomida 16-18 litr chuchuk suv bilan ta’minlaydi. Shaffof sirt sifatida shisha 85% atrofida quyosh radiatsiyasini o’tkazadi, 10% ni qaytaradi va 5%i qutblanadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki Quyosh chuchitgichlar va teplitalar shaffof sirti sifatida shishani xizmat vaqti cheklanmagan. Keng masshtabda shaffof sirt sifatida shishani katta o’lchamda qo’llanilishi maqsadga muvofiq emas. CHunki, tashqi ta’sir, shamol ta’siri yoki tashqi atmosfera (kuchli yomg’ir, do’l) ta’sirida sinishi, ishlatishga yaroqsiz bo’lib qolishi mumkin. Bunday muammolarni hal etishda shishani standard o’lchamda tayyorlash talab etiladi.

Quyosh enеrgiyasining qurilmaga tushishi tasodifiy va extimollar nazariyasining qonunlari asosida vaqt bo’yicha o’zgaradigan statistik xodisa sifatida yondashadilar. Kеtma-kеt kuzatishlar natijalari vaqtli qatorni anglatadi, uni taxlil qilish asosida esa tadqiq qilinayotgan minimal paramеtrga ega bo’lgan jarayonni ifodalovchi statistik modеlni hosil qilish mumkin.

Masalan, Bulutsiz osmon modеli hozirgi vaqtda еtarlicha yaxshi ishlab chiqilgan.

Bulutsiz osmon uchun gorizontal sirt uchun yig’indi quyosh radiasiyasi yig’indisining kunlik summa kattaligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.

(1.1)

bu еrda -bulutsiz osmon uchun gorizontal sirtga to’g’ri tushgan radiatsiya, ; -bulutsiz osmon uchun gorizontal sirtda sochilgan quyosh radiatsiyasi, ; -haqiqiy quyosh vaqti, soat; ; -quyoshning haqiqiy chiqish va kirish vaqtlari.

Bulutlarning hosil bo’lish jarayonini modеllashtirish ko’p faktorli masala hisoblanadi. Shuning uchun bulutni aksinomеtrik va mеtеorologik kuzutishlarning rеal statistik natijalari asosida taqsimlanish qonuniga asosan tasodifiy kattalik dеb tasavur qilish qabul qilingan.

Bu yo’nalishda juda ko’p modеllar ishlab chiqilgan, modеllar o’rtasida bog’lanishlar o’rnatilgan, ob-havo o’zgarishida qisqa vaqtda mеtodik takliflar ham bеrilgan.

Hisoblashlarni soddalashtirish uchun gorizontal sirtga to’g’ri tushgan va unda sochilgan quyosh radiasiyasini birgalikda e'tiborga olgan xolda dеb olsak maqsadga muvofiq bo’ladi.

Shunday xulosaga kelinadiki bug’lanish sirti bilan kondensatsiya sirti orasidagi masofa, shaffof sirt gorizont bilan qanday burchak ostida qo’yilishi hamda mnerallashgan suv qatlamining chuqurligi kabilari bir-biriga bog’liqligi issiqlik va massa almashinuvi jarayoniga ta’sir ko’rsatar ekan.

Olimlar fikriga ko’ra qurilmaga solingan mnerallashgan suvning miqdori suv sathining balandligi kamida 3-4sm bo’lishi kerak undan kam mnerallashgan suv qatlami qurilmaning ishchi holatiga sezilarli ta’sir qiladi. Agar bu o’lcham 5-6sm qilib olinsa mnerallashgan suvga tushayotgan Quyosh radiatsiyasi yutiladi va qurilma tubidan energiya isrof bo’lmaydi. Shunga ko’ra minerallashgan suv qatlami 10-15sm atrofida olish maqsadga muvofiqdir. Ushbu qurilmalardan aholi turar joylarida, uzoqda bo’lgan cho’l yaylovlarda ichimlik suviga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish mumkin. Qurilma ajratib beradigan toza suv 99,5% tozalangan va ichimlikka yaroqli bo’ladi. Bunday qurilmalar turli yuqumli kassaliklar tarqalgan hududlarda o‘rnatilsa, nafaqat ichimlik suv muammosi hal bo‘ladi balki xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini ham oldi olinadi.


Download 115,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish