Pavlusing tarjimai holi. Masihiylikda Pavlus (Pavel) ismli shaxs katta o’rin tutgan. Masihiylikdagi e’tiqod va amallar, diniy manbalardan ko’plari unga nisbat beriladiki, hech kim bu borada undan o’zib ketmaydi. U o’zining serharakatliligi, tinib-tinchimasligi va mag’ribu mashriq uzra jahongashtaligi bilan biror joyda muqim turmas, doimo bir joydan ikkinchi joyga o’tib yurardi va masihiylikning eng ashaddiy dav’atchisi hisoblanar edi. Masihiylar u tutgan yo’ldan ta’sirlanganlar va uning xabarlari hamda so’zlarini o’zi bitib tartiblagan maktublar orqali yoki o’zi bitmasa ham ko’pchilikka yuborilgan ma’ruzalarini naql qilib keltirilgan xabarlar orqali o’rganganlar.
Pavlusning sifatlari. Pavlusning maktublarida tartiblangan va zikr qilingan holatlari va so’zlaridan uni ajratib turuvchi uchta sifati yaqqol ko’zga tashlanadiki, bular uni masihiylikka da’vat qiluvchilarning yo’lboshchisi bo’lishiga olib bordi.
Birinchi sifati: U doimiy serharakat, charchamaydigan serquvvat va erinmaydigan shaxs bo’lgan.
Ikkinchi sifati: U pishiq, hiylasi o’tkir, fikrlash doirasi kuchli, har ishni g’oyatda o’tkirlik bilan hal qiluvchi va ustalik bilan amalga oshiruvchi shaxs bo’lgan.
Uchinchi sifati: U ko’pchilik qalbiga ta’sir qila oluvchi va ularning hohish-istaklarini egallay oluvchi shaxs bo’lgan.
Pavel ana shu a’lo sifati va o’tkir qudrati bilan masihiy da’vatchilarning mehr markazi bo’lishga, o’zining fikrlarini masihiylarga farz etish va uni din qilib olishlariga, uning so’zini hujjat qilib olishlari va Xudodan kelgan vahiy -deb tan olishlariga erisha oldi.
Pavlus ana shunday ajoyib sifatlari bilan do’st Barnaboni Iso Masihni ko’rganiga ishontira oldi va shogirdlar o’rtasida birinchi darajani egallashga erishdi, vaholanki, u ularga fitna, balo va shaytonning hiylasi bo’lib kelgandi. Ana shunday kuchli sifatlar bilan u havoriylarni uning o’tmishini unutishlari va uni faqat yaxshi inson -deb qabul qilishlariga erisha oldiki, hatto ko’pchilik ichida uning so’zini rad qila olmay qoldilar. Hatto borib-borib hozirgi masihiylik Pavel tabiatining ko’chirmasiga aylandi qoldi. Dinlar borasida shug’ullangan va undagi shaxslarning holatlari va tutgan mavqelarini biladigan kishilar gohi: “Qanday qilib bir dinga kofir bo’lgan odam hech qanday turtkisiz bir yumalab shu dinga qattiq e’tiqod qilish holatiga o’tib qoldi?” - deb ajablanadilar. Bunga uncha ajablanmasa ham bo’lar edi, qachonki bu kufrdan iymonga o’tishning o’zidangina iborat bo’lsa. CHunki bunga misollar ko’p. Lekin hammadan ajablanarlisi bir shaxsning bir dinga nisbatan mutlaq kufrdan, o’zi kofirlik qilgan, qarshi chiqqan, dushmanlik qilgan xuddi shu dinga payg’ambarlik darajasiga ko’tarilishidir. Mana buning o’xshashi ham, misoli ham ko’rilmagan, bu narsa hech bir nabiy va rasulda sodir bo’lmagan hodisadir. Mana masihiylar o’zlari iumon keltirib rivoj qiladigan yahudiylar “Tavrot”, qadimgi “Ahd” kitoblaridan biror-bir payg’ambarning hayotining avvalida vahiyni qabul qilishga tayyorgarligi bo’lmay, ilhom ahlidan bo’lishi uchun pokiza nafsli bo’lmay elchilik vazifasiga tayinlanganini bizga zikr qila oladilarmi? Payg’ambarlikdan ilgari uning alomati mavjud bo’lmas ekan hech, bo’lmasa unga qarama-qarshi turish sodir bo’lmagan bo’lishi kerak-ku! Lekin hayratomuz Pavlus o’z zamonida bu taajjubni engib, o’zidan keyin masihiylarni unga so’zsiz itoat etishga majbur qila oldi va uning so’zlari, fikrlari hamda ta’limotlarini o’rganayotganlarida aqlni unutib qo’yishlariga imkon topa oldi.
Garchi Pavlusning zakovati va ustaligi ko’pchilikning aql ko’ziga parda tortgan bo’lsa-da, masihiylar ichida uning so’zlariga qarshi kuchli mulohaza bildirib inkor qiluvchi va botilga chaqiruvchi kishilar ham bo’lgan. Ruhoniy Abdulahadning so’zini keltiramiz: “Yangi ahd” kitoblaridan 15 ta maktub ushbu (Pavel) ismini o’z ichiga oladi. Agar sen hozirgi masihiylikning haqiqiy myassisi Pavlus desang hayratga o’rin yo’qdir. Benyamin urug’idan, farziylar mazhabidan hamda zamonasining olimlaridan birinchi shogirdi bo’lgan... Tarslik yigit SHoul Iso nomini va unga ergashganlarni er yuzida yo’q qilib yuborish yo’lida bor kuchini sarf qilgan. O’zining Nazaretlik dushmanini (ya’ni Isoni) peshin payti osmondan tushgan nur atrofini yoritib yuborganda ko’rgan bu yigit hidoyat topdi va Pavlus -deb nomlandi. Ana u Isaviylik asosini qo’ygan kishidir1.
Do'stlaringiz bilan baham: |