Islom tarixi va falsafasi



Download 391,5 Kb.
bet1/13
Sana23.02.2022
Hajmi391,5 Kb.
#171304
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Umrzoqov Otabek kurs ishi-3 kurs



O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI

ISLOM TARIXI VA FALSAFASI” ФАКУЛЬТЕТИ «PSIXOLOGIYA VA FALSAFIY FANLAR»


KAFEDRASI


«Din psixologiyasi» fanidan
5210200-Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi) yo’nalishi
3-kurs talabasi
Umrzoqov Otabekning


«DINIY MUTAASSIBLIK VUJUDGA KELISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI »
мавзусидаги
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Azamat Nazarov
Toshkent – 2020


РЕЖА
КИРИШ………………………………………………………………………...…2
1-боб. Диний мутаассиблик психологияда ўрганилиши
1.1. Диний мутаассибликнинг моҳияти...................................…………………..6
1.2. Диний мутаассибликнинг ҳозирги жамиятда ўрганилганлиги...................................9
1.3. Диний мутаассибликни билдирувчи омиллар …………………...………13
2-боб. Диний мутаассиб шахсини тадқиқ этиш истиқболлари
2.1. Диний мутаассиб шахсини яхлит профилини илмий ўрганиш ва яратиш хусусиятлари ва аҳамияти....................................................................................17
2.2. Диний мутаассиб шахсини тадқиқ этишни ташкил этиш хусусиятлари ……………………………...……………………………………..23
3-боб. Диний мутаассиб шахсини тадқиқ этиш истиқболлари
3.1. Диний мутаассиб шахсини тадқиқ этиш мумкин бўлган методикалар ва уларни истиқболлари. ……..................................................................................27
3.2. “Диний мутаассиб шахсини тадқиқ этиш анкетаси” ….............................28
3.3. Диний мутаассиб шахс психокоррексияси ва уни муҳим жиҳатлари...............................................................................................................31
Хулоса.....................................................................................................................34
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙҲАТИ……………….....................37
КИРИШ
Mamlakatimiz mustaqillikni qo'lga kiritgach, barcha sohalar kabi diniy sohada ham salobatli islohotlar amalga oshirildi. Islom dinimiz, ajdodlarimiz ziyoratgohlari, an'analarimiz qayta tiklandi. Islom dining 5 arkonini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) munosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi egalladi. Bu narsa asosan ijobiy bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi.
Diniy bilimlardan uzoq davr mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik ruhidagi, (islom diniga oid bo’lgan ma’lumotlar misolida) Imomi A’zam mazhabidan farq qiluvchi ayrim aqidalarga ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy diniy an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela boshladilar. Shu davrda qurila boshlangan ko‘plab masjidlarda o‘tmishi noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli kimsalar «in qura» boshladilar. Ular jamiyat hayotida siyosiy mavqega ega bo‘lish, islom diniy partiyasini tuzishga harakat qildilar. Ayrim viloyatlarda mavjud hukumat organlariga muqobil bo‘lgan diniy tashkilotlar ham tuzildi.
Bunday ziddiyatli davrda din rivojida ko‘plab ijobiy natijalarga ham erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotiga doir qator tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa diniy konfessiyalarda ham amalga oshirildi. Bu tadbirlarning ayrimlarini sanab o‘tish kifoya.
Masalan, 1991 yil 11 aprelda «Ro‘za hayiti» va «Qurbon bayrami»ni milliy bayram deb e’lon qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. 1992 yil 7 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil qilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 1992 yil 1 aprelda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Ijtimoiy hayotning muhim jabhasi bo'lgan din va diniy e'tiqod masalasi sotsiologiya fanining muhim ob'ektlaridan biri hisoblanadi. Sotsiologiya jamiyat hayotini o'rganar ekan, shu hayotning muhim tarkibiy qismi bo'lgan va ayni paytda unga kuchli ta'sir o'tkazuvchi omil - din doimo uning diqqat markazida bo'lgan. Sotsiologiya fanining asoschisi hisoblanuvchi O. Kont jamiyat taraqqiyotini davrlarga bo'lar ekan, asosiy mezonlardan biri sifatida dinga murojaat qiladi. Uning tasnifida insoniyat o'z rivojida uch bosqichni bosib o'tadi. Bular quyidagilar: teologik, metafizik va ilmiy bosqichlar. Kont fikricha, har uchala bosqichda ham din muayyan ro’l o'ynaydi.
Dinning ijtimoiy hayotdagi o'rni va rolini tahlil qilish uchun, avvalo, din o'zi nima?- degan savolga javob topish kerak. Bu savol jo'ngina tuyulsa ham, unga javob berish ancha murakkab. Bu savolga dinshunoslik, sotsiologiya va falsafadagi turli olimlar turlicha javob beradilar. Bu javoblarning aksariyati esa bir-biriga zid va bir-birini inkor qiladi.
Sho'rolar davrida chiqarilgan falsafa va ateizmga oid adabiyotlarda din voqelikning kishilar ongidagi fantastik in'ikosi, deb ta'riflangan va u xalq uchun af'yun, deb e'lon qilingandi. Bu adabiyotlarda dinning asosiy belgilaridan biri ilohiy kuchga, ya'ni xudoga ishonish, deb belgilanardi. Xolbuki, dunyoda shunday dinlar borki, ularda xudo tushunchasi umuman yo'q. Sotsiologiya va dinshunoslikka oid mavjud adabiyotlarni tahlil qilish ularda dinga ko'plab ta'riflar berilganini ko'rsatadi. Biz bu ta'riflar qatoriga yana bittasini qo'shish o'rniga dinning o'ziga hos belgilarini sanab o'tmoqchimiz. Ular quyidagilar:
I. Muayyan e'tiqod va ta'limotning mavjudligi. Har bir din dunyoni o'z nuqtai nazaricha izohlaydi va ishonuvchilarda muayyan e'tiqod shakllantiradi.
II. Marosim va rasm-rusmlar. Har bir din o'ziga xos marosim va rasm-rusumlarga ega.
III. Diniy marosim va rasm-rusumlarning muayyan qismi faqat belgilangan joylarda jamoa bo'lib bajarilishi. Masalan yahudiy va xristian dinida ibodatning asosiy qismi faqat sinagoga va cherkovda bajariladi. Islom dinida erkaklar tomonidan o'qiladigan namoz asosan jome masjidlarida o'qiladi. Dinlar sehrgarlikdan avvalo mana shu belgi bilan, ya'ni muayyan marosimlarni muayyan joylarda bajarish bilan farqlanadilar. Sehrgar va shamanlar g’ayri tabiiy harakatlarni individual holatda bajarsalar, dindorlar diniy marosim va ibodatlarning asosiy qismini jamoa bo'lib bajaradilar.
Sanab o'tilgan belgilarning uchalasi ham dunyoviy dinlarning barchasida mavjud. Bu dinlar quyidagilar: iudaizm, xristianlik va islom.
Iudaizm (yahudiy dini) ular ichida eng qadimiysi bo'lib, miloddan tahminan ming yil oldin shakllangan. Bu din o'sha davrda mavjud bo'lgan boshqa dinlardan farqli o'laroq, yakka xudoni tan olardi.
Milodiy eraning dastlabki asrlarida yahudiylar dunyoning ko'p mamlakatlariga tarqab ketdilar, lekin biror mamlakatda iudaizm rasmiy din sifatida tan olinmadi. Ko'p mamlakatlarda bu din vakillari ta'qib ostiga olindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida millionlab yahudiylar natsistlarning konslagerlarida o'ldirib yuborildi. Urush tugagach, Isroil davlati tashkil topdi va unda iudaizm rasmiy din sifatida e'tirof etildi.
Xristianlik dastavval sekta sifatida iudaizm tarkibida vujudga keldi va Kichik Osiyo, Yunoniston va Rimda tarqala boshladi. Imperator Konstantin davrida bu din Rim imperiyasining rasmiy dini deb e'lon qilindi. Milodiy era davomida xristianlik g'arb mamlakatlarida asosiy din bo'lib kelmoqda. Xristianlikning pravoslav, katolik, protestantlik kabi bir necha tarmoq va oqimlari mavjud.
Islom dini eramizning VII asrida shakllandi. Bu dinning asosini besh rukn tashkil qiladi: 1. Iymon; 2. Namoz; 3. Ro'za; 4. Zakot; 5. Haj.
Islomda sunniylik va shia yo'nalishlari bo'lib, ular ham o'z navbatida bir qator mazhablarga bo'linadi. Musulmon dini dunyoning besh qit'asida va deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Saudiya Arabistoni, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Jazoir, Pokiston, Eron kabi qator mamlakatlarda islom rasmiy din deb e'lon qilingan. Islom dinida ham mo''tadil va aqidaparast oqimlar mavjud.
Uch olamiy dindan tashqari, buddaviylik, induizm, kunfuchilik, kabi dinlar ham ko'p millionlik tarafdorlariga ega.
Qadim zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlarning diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga turlicha ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo’nalishi shakllangan.
Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo’lgan dinni inson ruhiyati bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Shuning uchun ham dinshunoslik asoslarini o’rganishda psixologiya fanining ko’p sonli yutuqlariga suyanish muhimdir.
Muayyan jamiyatda diniy ta’limotning tarqalishi, uning kishilar ongiga ta’sir darajasi (diniy ong darajasi), ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotga ta’siri va rolini aniqlash maqsadida sotsiologik tadqiqotlar xulosalariga murojaat qilinadi. Keyingi ikki asr davomida dinni ijtimoiy hodisa sifatida o’rganuvchi din sotsiologiyasi fani barq urib rivojlandi

Din fеnomеnologiyasi” tеrmini ilk marta dinshunos Pеr Daniеl Shantеpi dе la Sossе (1848–1920 yy.)ning “Din tarixi darsligi” asari muqaddimasida qo’llanilgan. Kеyinchalik golland dinshunosi Gеrard van dеr Lеuning 1925 yilda “Din fеnomеnologiyasiga kirish” va 1933 yilda nеmis tilida “Din fеnomеnologiyasi” asarlarining chop etilishi bilan bu ibora falsafiy va dinshunoslik bilimlarining asosiy tushunchalaridan biriga aylandi. Uningcha, diniy hayotdagi barcha fеnomеnlarni mohiyatiga ko’ra tasniflash va tizimlashtirish zarur, buning uchun avval ularni ta'riflash kеrak bo’ladi. Uning yuqoridagi fundamеntal asarida shunday yondashuv amalga oshirilgan bo’lib, hatto muqaddas taom va ichimliklarni qamragan turli diniy fеnomеnlar tizimga solingan.


Qadim zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlarning diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga turlicha ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo’nalishi shakllangan.
Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo’lgan dinni inson ruhiyati bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Shuning uchun ham dinshunoslik asoslarini o’rganishda psixologiya fanining ko’p sonli yutuqlariga suyanish muhimdir.
Muayyan jamiyatda diniy ta’limotning tarqalishi, uning kishilar ongiga ta’sir darajasi (diniy ong darajasi), ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotga ta’siri va rolini aniqlash maqsadida sotsiologik tadqiqotlar xulosalariga murojaat qilinadi. Keyingi ikki asr davomida dinni ijtimoiy hodisa sifatida o’rganuvchi din sotsiologiyasi fani barq urib rivojlandi.

Din fеnomеnologiyasida qo’llaniladigan asosiy katеgoriya “muqaddas” tushunchasi bo’lib, prеdmеt, zamon, makon, miqdor, insonlardagi so’z, kеchinmalar, tasavvur, hatti harakatlarda va hamda jamiyatda “muqaddaslik”ning namoyan bo’lishini ko’rib chiqadi. Insoniyatning tarixiy-diniy tajribasi haqiqatdan g’oyat turli xil bo’lib, bu jarayonni fеnomеnologik nuqtai nazardan o’rganish ko’plab dinlar uchun umumiy jihatlarni, ya'ni muqaddaslikning namoyan bo’lishining asosiy shakllarini ko’rish imkonini bеradi. Aynan shu masala klassik fеnomеnologiyaning asosiy vazifasi sifatida qabul qilingan edi].


Din fеnomеnologiyasining tarixiy taraqqiyotini ikki: klassik va zamonaviy davrlarga bo’lib o’rganish mumkin. Klassik din fеnomеnologiyasining asosiy manbalari qatoriga protеstant ilohiyotshunosi F.Shlеyеrmaxеr, nеmis mumtoz faylasuflari I.Kant va G.Gеgеl, qiyosiy mifologiya va dinshunoslikning asoschilari M.Myullеr va P.Shantеni dеla Sossеlarning asarlarini kiritish mumkin. Din fеnomеnologiyasining shakllanishida dinshunoslik va din falsafasiga oid yozilgan R.Ottoning asarlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi[1]. Uningcha, numеnlar (lotinchada numen, muqaddas ma'noni bildiradi) ilohiy mohiyatga ega bo’lib, u insonning muqaddas narsalarni bilishini va tan olishini divinatsiya (lotinchada ?divinatio, oldindan sеzish, ko’ngilning sеzishi) dеb nomlaydi. Barcha dinlarda numеnlik bor va busiz biror din mavjud emasdir. Otto numinoz tajribani asoslash uchun I.Kant falsafasiga murojaat qilib, uni aprior tushunchasi bilan bog’laydi. Aprior katеgoriyasidagi muqaddaslik o’zining ratsional va irratsional jihatlariga ega.


Fеnomеnologiyaning kеyingi taraqqiyoti din tarixshunosi F.Xaylеr asarlari bilan bog’liq. Uning ta'kidlashicha, fеnomеnologik mеtodda fеnomеndan dinning mohiyati uchun yo’l bordir va ushbu fan aynan shu yo’lni tadqiq qiladi. Xaylеr nafaqat tarixiy dinlardagi prеdmеtli fеnomеnlarni tizimlashtirdi, balki ularning mohiyatini tushuntirishga harakat qildi.
E.Gussеrlning fеnomеnologik falsafasi mеtodlaridan foydalanayotgan zamonaviy din fеnomеnologiyasi muqaddaslikning namoyan bo’lish yagonaligini tadqiq qilishdan tarixiy-diniy tajribaning umumiy jihatlarini ko’rsatish bo’lgan e'tiborga tomon o’zgartirmoqda. Din falsafasidan farqli ravishda, fеnomеnologiya tushunchalarni tahlil etmaydi, balki so’zning o’zini tahlil etadi, nеgaki dinda har bir tushuncha aniq dunyoqarash va g’oyaviy asoslarga egadir. Din fеnomеn sifatida faqat sub'еktiv olamga ham, faqat ob'еktiv olamga ham tеgishli emas, lеkin u yoki bu olamning o’zaro aloqadorligiga oiddir.
XX asrning ikkinchi yarmidan din fеnomеnologiyasi bir qancha yo’nalishlarda rivojlanmoqda. Golland dinshunosi Klass Yuko Blееkеr (1899?1983 yy.)ning fikricha, “1940 yildan kеyin bu fan doirasida asosiy uch maktab shakllandi:

Diniy fеnomеnlarni tizimlashtirishga asosiy e'tiborini qaratgan dеskriptiv din fеnomеnologiyasi;


Turli diniy fеnomеn guruhlarini o’rganishni va izohlashni maqsad qilgan tipologik din fеnomеnologiyasi;
Falsafiy fеnomеnologiyaning mеtodologik tamoyilla-ridan foydalangan holda, diniy hodisalarning mohiyatini, tuzilishi va ahamiyatini o’rganuvchi falsafiy din fеnomеno-logiyasi”].
Birinchi maktabning shakllanishi va taraqqiyoti Skandinaviya mamlakatlari bilan bog’liq bo’lib, uning yirik namoyandasi 1960?1970-yillar mobaynida Dinlar tarixini o’rganish bo’yicha Xalqaro uyushma Prеzidеnti lavozimini egallagan Gеo Vidеngrеn hisoblanadi. Uningcha, bu fan mеtafizik xulosa va umumlashtirmalardan uzoq turgan holda, diniy fеnomеnlarni tizimlashtirish va qayd qilish bilan shug’ullanishi lozim. Din fеnomеnologiyasi tarixiy faktlarni tizimli umumlashtirish (sistеmatik sintеz)ni amalga oshiradigan va dinlar tarixini to’ldiradigan empirik va dеskrеptiv fandir.
Tipologik maktab namoyandasi shvеd dinshunosi Okе Xultkrants bo’lib, u din fеnomеnologiyasini diniy tushunchalar, marosimlar, urf-odatlarni komparativ-morfologik-tipologik nuqtai nazardan tasniflash orqali tadqiq etadigan, din shakllarini tizimli o’rganuvchi dinshunoslikning bir sohasi sifatida ta'riflaydi[1]. U empirizm, xolislik va baholashda bеtaraflik din fеnomеnologiyasining asosiy xususiyatlari ekanini qayd qiladi. Faqatgina din fеnomеnologiyasi yordamida ko’plab qismlarga bo’linib kеtgan va tadqiqotlari o’zaro bir-biriga bog’lanmagan dinlar tarixi barcha dinlarni o’rganishni qamrab oluvchi yagona fanga aylanishi mumkin. Shuni ham aytish kеrakki, O.Xultkrants zamonaviy amеrika antropologiyasi ta'sirida dinshunoslikda yangi yo’nalish “din ekologiyasi”ning asoslarini ishlab chiqdi.

XX asrning ikkinchi yarmida din fеnomеnologiyasini yanada rivojlantirgan K.Yu.Blееkеr “din fеnomеnologiyasi” tеrminini ikki xil ma'noga ega dеb hisobladi: 1. Bu dinshunoslikka oid alohida fanni ifodalaydi. 2. Eydеtik ko’rinishlar va davr tamoyillaridan foydalanib, diniy fеnomеnlarning tuzilishi, mohiyati va ahamiyatini bayon qilishda ilmiy tadqiqotlarning asosiy uslubi[1]. Olim fanning vazifalarini shakllantirib, o’zaro bir-biriga bog’liq, lеkin alohida tadqiq qilinishi mumkin bo’lgan diniy fеnomеnlarning uch o’lchovi haqidagi qarashlari bilan fanni yanada yangi pog’onaga ko’tardi: fan asosiy e'tiborini “fеnomеnlar nazariyasi”, “fеnomеnlar logosi” va “fеnomеnlar entеlеxiyasi”ga qaratishi lozim. “Fеnomеnlar nazariyasi yozadi Blееkеr, dalillarning mohiyati va ahamiyatini o’rganadi. Masalan, u qurbonlik, magiya, antropologiyaning diniy ahamiyatini ochib bеradi. Fеnomеnlar logosi diniy hayotning turli shakllarida namoyan bo’lgan fеnomеnlarning tuzilishini o’rganadi. Din faqat asossiz tushuncha va marosimlardan iborat emas, u o’zining ichki mantiqiyligiga ega bo’lgan aniq tuzilishga egadir. Fеnomеnlar entеlеxiyasi insoniyat diniy hayotida kuzatish mumkin bo’lgan taraqqiyotni o’zida ifodalaydi. Ya'ni din fеnomеnologiyasi diniy fеnomеnlarning dinamikasi va dinlar taraqqiyotini o’rganishi lozim.”


K.Yu.Blееkеr dinshunoslikka oid yangicha qarashlarni o’rtaga tashlaydi. Dinshunosilikni falsafiy mulohazalar, baholi muhokamalar va turli dunyoqarashlardan xoli bo’lgan bеtaraf va xolisona fan dеb hisoblagan olim uning to’rt sohaga bo’linishini yozadi: din fеnomеnologiyasi, dinlar tarixi, din psixologiyasi va din sotsiologiyasi. Uning bu sohalar tarkibiga din falsafasini qo’shmagani fеnomеnologik qarashning asli falsafiy ekani bilan bog’liqdir.

Lеkin din fеnomеnologiyasi o’zining taraqqiyotida inqirozli holatlarni ham boshidan o’tkazdi. 1973 yil Turku (Finlyandiya)da o’tkazilgan Dinlar tarixi Xalqaro uyushmasi anjumanida fеnomеnologik yondashuv intuitiv va mеtafizikdir, empirik emas dеya ta'riflangan va juda kamchilik tomonidan qo’llab-quvvatlanilgan. Lеkin K.Blееkеr anjumanda din fеnomеnologiyasi XX asr dinshunoslik bilimlari rivojiga ulkan hissa qo’shganini ta'kidlab, dinshunoslikning mustaqil fan sohasi ekanini isbotlab bеrdi. 1979 yil Varshavada ham bu fanga tanqidiy baho bеrilsa ham, barcha dinshunoslar uni to’liq inkor etolmadilar. Dinshunos olim Jak Vaardеnburg so’nggi yillarda din nеofеnomеnologiyasini ishlab chiqdi. Uning qarashlarini ingliz dinshunosi Ursul King yoqlab, bunday yondashuv an'anaviy fеnomеnologiyaning eng yaxshi jihatlarini yangi mеtodologik qarashlar bilan umumlashtirib, dinni o’rganishda ijobiy istiqbollarni ochishini ta'kidladi[1].


Fenomenologiya — 1) falsafiy fan; falsafa tarixida turlicha: hissiy bilishni tanqid qiladigan fan sifatida (I. G. Lamberg , I. Kant), falsafaning vujudga kelishi, ongni tarixiy tadqiq etish shakllarini oʻrganadigan taʼlimot sifatida (G. Gegelning "Ruh fenomenologiyasi"), psixik fenomenlarni bayon etuvchi psixologiyaning bir kismi sifatida (F. Brentano, A. Meynong) talqin etiladi; 2) falsafiy oqim, uning prinsiplarini 20-asr boshida E. Gusserl taʼriflab bergan. U bir tomondan, F. ratsional empirizm va pozitivizm bilan bogʻliq ekanligini qayd etsa, 2tomondan esa, naturalistik obʼyektivizm va skeptik relyativizmni tanqid qiladi. F. ni yoʻqotilgan va unutilgan qadriyatlarni topishga koʻmak beruvchi falsafiy arxeologiya deb biladi. F. ekzistensializm va hozirgi zamon falsafasidagi boshqa oqimlarning manbalaridan biri boʻlgan.

Fenomenologiya (fenomen va ... logiya) — 1) falsafiy fan; falsafa tarixida turlicha: hissiy bilishni tanqid qiladigan fan sifatida (I. G. Lamberg , I. Kant), falsafaning vujudga kelishi, ongni tarixiy tadqiq etish shakllarini oʻrganadigan taʼlimot sifatida (G. Gegelning "Ruh fenomenologiyasi"), psixik fenomenlarni bayon etuvchi psixologiyaning bir kismi sifatida (F. Brentano, A. Meynong) talqin etiladi; 2) falsafiy oqim, uning prinsiplarini 20-asr boshida E. Gusserl taʼriflab bergan. U bir tomondan, Fenomenologiya ratsional empirizm va pozitivizm bilan bogʻliq ekanligini qayd etsa, 2tomondan esa, naturalistik obʼyektivizm va skeptik relyativizmni tanqid qiladi Fenomenologiya ni yoʻqotilgan va unutilgan qadriyatlarni topishga koʻmak beruvchi falsafiy arxeologiya deb biladi. Fenomenologiya ekzistensializm va hozirgi zamon falsafasidagi boshqa oqimlarning manbalaridan biri boʻlgan.




Gegel Georg Vilgelm Fridrix 1770-yil 27-avgust kuni Shtutgartda dunyoga keladi. Yirik nemis faylasufi va nemis mumtoz falsafasining eng mashhur vakili Gegel 1788—1793- yillarda Tyubingen insititutida tahsil olgan. Bu yerda falsafa va ilohiyotni o’rgangan. 1793-1796-yillar Bernda, 1797-1800-yillar Frankfurt-Maynda zodagon oilalarda o’qituvchi, 1801-1807-yillar Iyena, 1815-1818-yillar Geydelberg unvesitetlarida professor, 1807-1816-yillar Nyurnberg gimnaziyasida direktor, ayni paytda, “Bamberg gazetasi” da muharrir, 1818-1828-yillar Berlin unversiteti professori, 1829-1830-yillar rektori bo’ldi. Gegel o’z ta'limotini butun G’arb falsafasi rivojining yakuni, deb hisoblagan bo’lsa-da, aslida, uni Yangi davr Yevropa falsafasi taraqqiyotining so’nggi, yuqori bosqichi deyish mumkin. Gegel falsafiy ta'limotida barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning tubida “olamiy ruh”, “olamiy aql”, “mutlaq ruh”, “mutlaq g’oya”, deb atalmish mavhum ruhiy ibtido borligini asoslashga harakat qilgan. Mazkur ruhiy ibtido shuning uchun ham olamiy, mutlaqki, uning mavjudligi hech qanday boshqa narsaga bog’liq bo’lmay, u tabiat va jamiyat vujudga kelgunicha mavjud bo’lgan. Bu ma'noda, “olamiy”, “mutlaq” ruh tushunchasi “ilohiy ong” tushunchasiga hamohang va mutanosibdir. Faylasufning e'tirof etishicha, falsafaning mazmuni, uning ehtiyoj va manfaatlari dinning ehtiyoj hamda manfaatlari bilan tamomila mushtarak, umumiydir, dinga xos narsa abadiy haqiqat, xudo va uni a glashdir, falsafa dinni qay darajada kashf qilsa, o’zini shu darajada namoyon etadi va aksincha, u qay darajada o’zini na- moyon etsa, dinni shu darajada kashf qiladi, din va falsafa o’zaro mutanosibdir. Gegelning fikricha, agar xudo dinda e'tiqod shaklida tasavvur qilinsa, u falsafada mantiqiy yo’l bilan bilinadi. Gegelning ta'kidlashicha, xudo barcha narsalarda mavjud bo’lib, u faqat sof tafakkurdagina, o’zining mohiyatiga mutanosib shaklda, mukammal namoyon bo’ladi. Gegel falsafasida yakun topgan mutlaq bilim xudoning inson timsolidagi “o’zini o’zi bilishdan” boshqa narsa emas. Gegel ta'limotida rivojlanish “triada” — 3 bosqichlilik (tezis, antitezis va sintez) shaklida yuz beradi. Shunga muvofiq, mazkur falsafaning markaziy tushunchasi — “mutlaq ruh” dialektik rivojlanish jarayonida 3 bosqichni bosib o’tadi: 1. “Mutlaq ruh” ning tabiat yaratilganiga qadar bo’lgan sof tafakkur bosqichi. 2. “Mutlaq ruh” ning tabiatga aylanishi. 3. “Mutlaq ruh” ning tabiatning inkori sifatida yana o’ziga qaytishi. Gegel ta'limotiga binoan olam ruhiy tabiatga ega, uning rivoji shu sababdan ham yuz beradiki, sof ilohiy tafakkurning ichki mazmuni, muayyan bosqichda, unga hech ham mutanosib bo’lmagan jismiy borliq — tabiat shakliga o’tadi va shu bois, uning uchun mudhish holat — ziddiyat vujudga keladi. Harakat — dialektik rivoj- lanishning muhim tamoyili bo’lib, u ayni ziddiyatning mahsulidir. Xuddi tabiatning o’zida ruhning undan, ya'ni o’zining “o’zgacha borligi — begonalashuvidan” yana “o’ziga qaytishi” boshlanadi. O’z hayotining ilk bosqichlarida hali tabiat qo’ynida bo’lgan inson ongning vujudga kelishi (fenomenologiya) natijasida o’z mavjudligining ibtidoiy holatidan asta-sekin uzilib, ko’tarila, yuksala boshlaydi va u ruhiy mavjudot (“sub’yektiv ruh”) sifatida, o’zining bunday mohiyatini tegishli (anglovchi va xohlovchi) xususiyati va uning mazmuniga mos tarzda payqamas, o’zlashtirmas ekan, ibtidosi qanday bo’lsa, shundayligicha qolaveradi. “Obyektiv ruh” ning ko’rinishlari ijtimoiy hayot shakllari — huquq, axloq, urf-odat va davlat ham xuddi shunday tadrijiylik jarayonlarini bosib o’tadi. Bu yerda ham boshqa joylardagidek, uchinchi bosqich o’zidan avvalgi ikkitasining omixtasi (sintezi) hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda huquqiy mazmun bilan ahloqiy e'tiqodning mushtarakligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mazkur mushtaraklik davlat timsolida o’zining oliy ifodasini topadi. Xudo sub’yektivlik bilan ob’yektivlikning (biluvchi va biluvchiga bog’liq bo’lmagan mohiyatning) birligidir. Substansiya (mohiyat) va biluvchi (sub’yekt) ning mutlaq ayniyligini mushohada qilish, tasavvur etish va bilish, ya’ni “mutlaq ruh” ning uchta shakli “ob’yektiv ruh” ning tegishli ko’rinishlariga tayanadi. Mazkur mush- taraklik san’atda “mushohada” qilinadi, dinda esa “tasavvur” etiladi, faqat mutlaq ilm falsafada u bilinadi, ya’ni ayni shu yerda pirovard maqsadga — inson cheklangan mohiyatining cheksizlikka daxldor bo’lishligiga erishiladi. Ilohiy aql bilan ana shu mushtaraklik Gegel falsafasining sir-sinoati, asl ma’nosini tashkil etadi. Gegelning falsafiy ta’limoti davlat va tarixni tushunish sohalariga katta ta’sir ko’rsatdi. U umumiy jahon tarixiga “olamiy ruh” ning o’zini o’zi anglash jarayoni va shu bilan birga “ozodlikni anglashdagi taraqqiyot” sifatida qaraydi. Biroq ozodlik shundan iboratki, inson o’zining “mutlaq g’oya” bilan mohiyatan birligini biladi va o’zini ob’yektiv ruh hosilalari hamda uning xohish-irodasi (davlat va huquq) bilan tenglashtiradi. Bu hosilalar pirovard natijada “mutlaq ruh” tomonidan vujudga keltirilgandir. Ozod fuqaro o’zining umumozodlik bilan jiddiy o’xshashligini anglaydi, qonun tashqi buyruqqa o’xshab ko’rinishini uning o’zi biladi. Gegel falsafasida tabiat va tafakkurning, ayni paytda jamiyat dialektik rivojlanishining poydor tamoyillari — ziddiyat, sifat va miqdor o’zgarishlari, inkorni inkor qonunlari ifodalangan. Gegel ta’limoti tizimining turli sohalarida Sharq, jumladan O’rta Osiyo xalqlari tarixi, falsafasi, diniy, badiiy va umuman ma’naviy dunyosi masalalari tegishli tarzda talqin topgan. Asosiy asarlari: “Ruh fenomenologiyasi” 1807-yil, “Mantiq fani” 1812— 1816-yillar, “Falsafa fanlari ensiklopediyasi 1817-yil, “Huquq falsafasi” 1821-yil, “Din falsafasi bo’yicha leksiyalar 1832-yil, “Falsafa tarixi bo’yicha leksiyalar” 1833—1836-yillar, “Estetika bo’yicha leksiyalar” 1835—1838-yillar, “Tarix falsafasi bo’yicha leksiyalar” 1837-yil.Mashhur falsafa vakili 1831-yil 14-noyabr Berlinda vafot etdi.

Din sotsiologiyasida bugungi kunda bir biridan farq qiladigan, yoki o'xshashroq


bir necha yo'nalishlar shakllangan. Ularning har birini asosida u yoki bu sotsiologik voqelik xususiyatini aks ettirgan tasavvurlar yotadi. Din sotsiologiyasining rivoji sotsiologik tafakkurning XIX-XX asrlarda metodologik tamoyillarni almashishi bilan chambarchas bog’liqdir.
XVIII asrning oxirigacha dinning integratsiyalashtiruvchi funksiyasi haqida gapirish juda mushkul edi. Еvropa o'rta asrlari va Yangi davrning boshlanishi diniy ko'rinishdagi ko'plab konfliktlarga boy bo'ldi. Reformatsiya diniy asosdagi ziddiyatlarga shunday qaltis
holatlarni olib kirdiki, jamiyat osoyishtaligi va tinchligini nisbatan bo'lsada ta'minlash
uchun din va davlat ta'sirini ajratish zaruriyati paydo bo'ldi.
O'sha davr sotsial ta'limotlar asoschilari-Gobbs, Lokk, Yum kabilar din jamiyatga
barqarorlik olib keluvchi kuch emas degan iddaoni ilgari surishdi. Masalan, Gobbs o'z asarlarida xristian dini tarixidan lavhalar keltirib, jamiyat uchun dinda juda havfli kuchlar mavjud deb isoblaydi.
Ma'rifatchilikning mo''tadil yo'nalishi esa dinning social foydasini ko'proq e'tirof
etadilar. Buning asosiy sababi sifatida hech bir jamiyat o'zining markaziy institutlari dahlsizligini tan olmasdan mavjud bo'la olmasliklarini ko'rsatib o'tadilar. Lekin, masalaning jiddiyligi shundan iborat ediki Еvropa Yangi davrining konfessional dini aksariyat hollarda barqarorlik va tinchlik emas aksincha, bahs va sotial kelishmovchiliklar manbai bo'lib xizmat qildi. Shuning uchun jamiyatda dinga shunday o'rin ajratish kerakki, unda u jamiyat hayotiga, ayniqsa uning barqarorligiga xavf solmaydigan makomga ega bo'lsin degan tamoyilni ishlab chiqish harakatlari boshlandi.
Aynan shu maqsaddan kelib chiqib, J. Lokk din va jamiyat munosabatlarini
muvofiqlashtirish varianti sifatida dinni «xususiylashtirish», ya'ni uni davlatdan
ajratish g’oyasini yo’qlab chiqdi: davlat sotsial institut sifatida fuqarolar va ular mulkini qo’riqlashi hamda ularni ko'paytirishga yordam berishi lozim. Cherkov esa ixtiyoriy birlashma bo'lib, u hamjihatlik asosida ibodat qiladigan kishilar tomonidan tashkil etiladi.
Muammoning boshqa variantini Russo taklif qildi. O'zining «Ijtimoiy shartnoma
haqida yohud siyosiy huquqning boshlanishi» (1762 yil) asarida u quyidagilarni yozadi:
«Davlat uchun eng muhimi har bir fuqaroning o'z majburiyatlarini sevishga majbur
qiladigan dinga ega bo'lishdir».
Bunda u mavjud dinlar emas, balki «fuqarolik dini» ni nazarda tutayotganini
ta'kidlaydi. Uning fikricha bu erda so'z bevosita diniy arkonlar haqida emas, balki
ijtimoiy burch haqida ketayaptiki, usiz ibratli fuqaro ham, sodiq kishi ham bo'lishi mumkin emas. Ushbu arkonlarni qabul qilmagan kishilar xudoni emas, balki qonunlarni chin dildan sevmaydigan antisotsial shaxs sifatida jamiyatdan tashqariga chiqarib yuborilishi lozim.
Din va jamiyat mavzusida faoliyat ko'rstaganlar orasida dinga nisbatan eng radikal
tan?idiy munosabat bildirgan bu Karl Marksdir. Uning fikricha din bu sinfiy kurash mahsulidir va u jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni hukmron doiralar foydasiga himoya qilib chiqadi. Din bu uning ta'biricha insonning tabiat hodisalalari oldidagi ojizligining hosili edi va bu holat kishilarni jamiyatning dolzrab muammolaridan chalg’itadi.
Ijtimoiy hayotning aniq misollari uning bu fikrlari batamom noto'g’ri ekanligini
to'la ko'rsatdi. K. Marks ta'limotini tanqidiy tahlil qilgan boshqa yo'nalashlar vakillari hech bir jamiyat din va uning ta'sirisiz faoliyat ko'rsatmagani va ko'rsata olmasligini asoslashga harakat qildilar. Ular orasida E. Dyurkgeym va M. Veberni alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Agarda E. Dyurkgeym ta'limotida dinning bosh vazifasi bu jamiyat hayotini integratsiyalashtirish bo'lsa, Veber tadqiqotlarida din sotsial tizimdagi o'zgarishlar omili sifatida tahlil etiladi.
2. Jamiyat hayotini integratsiyalashtiruvchi kuch sifatida dinning sotsiologik
nazariyasini ishlab chiqishda bosh rolni o'ynagan sotsiolog bu E. Dyurkgeymdir. O'zining «Diniy hayotning elementar shakllari» asarida u dinning bunyod bo'lishi va rivojlanishining evolyutsion nazariyasini ishlab chiqdi. Lekin eng muhimi, din hodisasining vazifalari va strukturasini ishlab chiqishga asosiy e'tiborini qaratdi.
XVIII-XIX asrlardagi dinning radikal tan?idchilaridan farqli o'laroq Dyurkgeym dinda «xom-hayollik», «sohta ong» ni emas, aksincha inson mavjudligi asoslari bilan chambarchas bog’liq bo'lgan muhim institutni ko'rdi. Din Dyurkgeym tasavvuricha predmet va hodisalarni muqaddaslik va behudalikka ajratib berishi kerak. Dinning o'zi esa muqaddaslikka yo'naltirilgan e'tiqod va harakatlarning birdamlik tizimidir. Ushbu e'tiqod va harakatlar «ahloqiy jamoa» ni vujudga keltirishga sabab bo'ladi.
Demak, din - bu insonlarning xulq-atvorini alohida bir tashkil etilgan shaklidir. Ya'ni, individning emas, balki biror-bir guruhnig mansubligidir. Diniy hayot manbasi-bu insonlar mavjudligining sotsial vositasidir. Din individ mavjudligi uchun emas, aksincha jamiyat mavjudligi uchun faoliyat ko'rsatadi. Shuning uchun dinning ifodachisi bo'lib individual emas, guruhning «kollektiv ongi», ya'ni sotsial ong namoyon bo'ladi. Agarda dinning ifodachisi bo'lib guruh namoyon bo'lar ekan, yanayam aniqrog’i har qanday guruh emas, shunday guruhki unga individ mansub bo'ladi va ushbu guruh sotsial hayotning ilk zvenosini tashkil etadi.
Dyurkgeymning tahminicha (keyinchalik uni noto'g’riligi ma'lum bo'ldi) avtraliyalik abrogenlar uchun shunday guruh bo'lib klan namoyon bo'ladi. Din uning jipsligini, birdamligini ta'minlab beradi va bu orqali dinning integrativ funksiyasi namoyon bo'ladi.
Rituallarda nima sodir bo'layotganini e'tiborga olib bu funksiyani qanday uddalay olinayotganini tushunish mumkin.
Dyurkgeym tahminicha rituallar ham jamiyat hayotining normal faoliyatiga xuddi ijtimoiy ta'minot uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat kabi kerakli atributlardir. Rituallar tufayli guruh o'zini qo'llab-quvvatlashga erishadi va bu holat individ uchun o'ta muhimdir.
Chunki uning o'zi guruhdan tashqarida mavjud bo'la olmaydi. Rituallar esa kollektiv harakatlardir. Dyurkgeym nazariyasida din radikal funksionalistik xususiyatda tahlil etiladi. U dunyoni tushuntirish da'vosini yig’ishtirib, o'zining sotsial foydasi haqida hisobot berishi joiz.
Sotsiologning vazifasi dinning sotsial rolini aniqlashdir, zero har qanday diniy
tasavvur sotsial voqelikni ifodalagani uchun uni doimo qiziqtirishi kerak. Sotsiolog uchun din e'tiqodlar majmuasi bo'lib, ular haqiqatlik yohud sohtalik nuqtai nazaridan emas, balki sotsial foydaliligi jihatidan turib baholanishi kerak.
Har qanday jamiyat o'zining yahlitligini saqlashga muhtojdir va bu vazifa din bilan
Bog’liq jarayonlar yordamida amalga oshiriladi. Aynan shu nuqtai nazardan dinning ushbu sotsial vazifasini hech nima bajara olmaydi. Din xuddi huquq va ahloq kabi sotsial institut sifatida, real kuch tariqasida jamiyat holatini belgilab beradi. Diniy e'ti?od, ritual va diniy hayotni tashkil etish tarixiy davrning barcha sharoitlarida o'zgarib borishidan qat'iy nazar jamiyat integratsiyalashuv jarayoni dinning funksiyasi tasarrufida qoladi. Dyurkgeym fikricha bundan tashqari din «motor funksiyasi» ni bajarishga qodir. Zero,
u insonlar intilayotgan ideallarni shakllanishiga ta'sir ko'rsatadiki bu hol o'z navbatida ijtimoiy taraqqiyotni rag’batlantiradi. Dyurkgeymdan keyin dinning funksional tahlili rivoji B. Malinovskiy va A. Redklif-Braun tomonidan amalga oshirildi. Diniy fеnomеnlarni tizimlashtirishga asosiy e'tiborini qaratgan dеskriptiv din fеnomеnologiyasi;
Turli diniy fеnomеn guruhlarini o’rganishni va izohlashni maqsad qilgan tipologik din fеnomеnologiyasi;
Falsafiy fеnomеnologiyaning mеtodologik tamoyilla-ridan foydalangan holda, diniy hodisalarning mohiyatini, tuzilishi va ahamiyatini o’rganuvchi falsafiy din fеnomеno-logiyasi”.
Birinchi maktabning shakllanishi va taraqqiyoti Skandinaviya mamlakatlari bilan bog’liq bo’lib, uning yirik namoyandasi 1960?1970-yillar mobaynida Dinlar tarixini o’rganish bo’yicha Xalqaro uyushma Prеzidеnti lavozimini egallagan Gеo Vidеngrеn hisoblanadi. Uningcha, bu fan mеtafizik xulosa va umumlashtirmalardan uzoq turgan holda, diniy fеnomеnlarni tizimlashtirish va qayd qilish bilan shug’ullanishi lozim. Din fеnomеnologiyasi tarixiy faktlarni tizimli umumlashtirish (sistеmatik sintеz)ni amalga oshiradigan va dinlar tarixini to’ldiradigan empirik va dеskrеptiv fandir.
Tipologik maktab namoyandasi shvеd dinshunosi Okе Xultkrants bo’lib, u din fеnomеnologiyasini diniy tushunchalar, marosimlar, urf-odatlarni komparativ-morfologik-tipologik nuqtai nazardan tasniflash orqali tadqiq etadigan, din shakllarini tizimli o’rganuvchi dinshunoslikning bir sohasi sifatida ta'riflaydi[1]. U empirizm, xolislik va baholashda bеtaraflik din fеnomеnologiyasining asosiy xususiyatlari ekanini qayd qiladi. Faqatgina din fеnomеnologiyasi yordamida ko’plab qismlarga bo’linib kеtgan va tadqiqotlari o’zaro bir-biriga bog’lanmagan dinlar tarixi barcha dinlarni o’rganishni qamrab oluvchi yagona fanga aylanishi mumkin. Shuni ham aytish kеrakki, O.Xultkrants zamonaviy amеrika antropologiyasi ta'sirida dinshunoslikda yangi yo’nalish “din ekologiyasi”ning asoslarini ishlab chiqdi.
Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni dinshunoslikda funkstionalizm rivojlantiradi. Funkstionalizm jamiyatga ijtimoiy sistema sifatida qaraydi: unda jamiyatdagi har bir element muayyan funkstiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan, har qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik - kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bo’lishi hodisasini olaylik. Inson o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo’lib ko’ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezgan. Ana shunday ehtiyoj diniy ehtiyoj edi. Din bu o’rinda ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-havaslardan, rohat-farog’atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradilar. Chunki xristianlik Iso Masih qaytib kelgach barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi.
Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.

Jamiyat hayotida amal qilayotgan dinlar shunchaki nodonlik va jaholatparastlik oqibati emas, albatta. Din o’z tashkiliy tizimiga ega bo’lgan murakkab va o’ta moslanuvchan g’oyalardan iborat bo’lib, din jamiyatni uyushtiruvchi, yo’naltiruvchi, safarbar etuvchi, intizomga soluvchi g’oyaviy kuch hisoblanadi. Diniy shiorlar ayrim inqilobiy harakatlarni, ba’zi davrlarda G’azovot va salb urushlarini, milliy-ozodlik harakatlarining bayrog’iga aylangan. Sostiologik nuqtai nazardan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Bu degani dinni jamiyatdagi bajaragan vazifalariga ko’ra o’rganish mumkin demakdir.


Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’sir qilish yo’li va tabiati nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki bu jamoaga va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar hayotiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Shunga o’xshash masalalar o’rganiladi.
Din Antropologiyasi – XIX asrning 70-yillarida dinshunoslikdagi mifologik yo’nalishning inqirozi kuzatildi. U o’zining barcha diniy e’tiqodlar, folklor, xalq urf-odatlarini qadimiy astral mifologiya asosida tushuntirib berishga befoyda urinishlari bilan boshi berk ko’chaga kirib qoldi. Uning o’rnini antropologik maktab egalladi. 40-yillardayoq Lyudvig Feyerbax dinning insoniy (antropologik) asosini topishga uringan edi («Sushnost religii», 1845). Feyerbaxning fikriga ko’ra, dinning asosi inson qiziqishlari va ehtiyojlarining bir ko’rinishidir. U:
– «Xudolar - inson orzularining amalga oshgan, umumiylashgan shakli», - deb yozgan edi. Bu fikr marksistik falsafaning dinga bergan tavsifi bilan hamohangdir.
Antropologik maktab namoyandalari dinning kelib chiqish manbai insondir degan fikrni ilgari suradilar. Bu maktabning uslubiy asosi pozitivizm va evolyustionizm bo’lib, u ko’pincha «evolyustionizm» nomi bilan yuritiladi. O’sha davrgacha din haqida to’plangan ulkan etnografik materiallar antropologik maktab tarafdorlarining faktologik bazasi bo’lib xizmat qildi.
Mazkur asosda E. Taylor, G. Spenser, Dj. Lyobbok va boshqa antropolog-evolyustionistlar dinning qanday paydo bo’lgani va taraqqiy topganini mukammal tarzda tasvirlab berishga harakat qildilar. Antropologik yo’nalishdagi tadqiqotchilarning konstepstiyalari turlicha bo’lib, bir-biriga o’xshash edi.
Animistik nazariya deb ataladigan Eduard Taylorning (1832-1917) nazariyasi ancha mashhur bo’lib ketdi. Taylorning fikricha («Pervobitnaya kultura», 1871), «dinning boshlang’ich shakli» bu ruh, arvoh va shu kabilarga e’tiqod qilish bo’lgan. Bunday e’tiqod ibtidoiy odamni uyqu, hushdan ketish, ko’zga har xil narsalarning ko’rinishi, kasalliklar va nihoyat o’lim kabi u va uning atrofidagi kishilarda yuz berayotgan muayyan holatlar qiziqtirganligi sababli kelib chiqqan. Bunday hodisalarni to’g’ri talqin qilishga qodir bo’lmagan «yovvoyi faylasuf» inson tanasida o’tiradigan, uni vaqtinchalik yoki butunlay tashlab keta oladigan kichkinagina jufti - ruh haqidagi tasavvurlarga borgan. Xuddi mana shu e’tiqoddan asta-sekin boshqa, yanada murakkabroq tasavvurlar: hayvonlar, o’simliklar, jonsiz narsalar, o’lganlar ruhi va ularning taqdiri, ruhning boshqa tanalarga ko’chib o’tishi yoki aynan ruhlarning o’limdan keyingi hayoti haqidagi qarashlar kelib chiqqan.
Ruhlar asta-sekin arvohlarga, keyin esa xudolarga va nihoyat yagona qudratli xudoga aylanadi deb tasavvur qilganlar. Shunday qilib, ibtidoiy animizmdan (lotincha «anima», «animus» - ruh, arvoh) tadrijiy evolyustiya natijasida barcha dinning turli shakllari taraqqiy topgan.
Ibtidoiy animistlar vafot etgan qarindosh urug’larining ruhlarini abadiy, o’lmas deb ularni e’zozlaganlar. «Inson vafotidan so’ng qaerda yashaydi, degan savolga turli xalqlar turlicha javob berishgan. Ba’zilari ajdodlarning ruhlari tiriklar yashaydigan joyda yashashadi, biroq ularni faqat tushda ko’rish va gaplashish mumkin deb o’ylaganlar. Boshqalari o’lganlarning ruhlari chaqaloqning tanasiga o’tadi, deb hisoblaganlar. Uchinchilari esa, o’lganlarning ruhlari maxsus joylar - «o’liklar mamlakati»da yashaydi, bu mamlakat er ostida joylashgan deb hisoblaganlar. Jon - konkret, uni ushlab sezsa bo’ladi, u ko’rish va hatto sezish mumkin bo’lgan muayyan narsa deb hisoblangan.
Chunonchi, qutbni tekshirgan yirik olim F. Nansenning aytishiga qaraganda, eskimoslar jonni nafas olish bilan bog’liq, deb ishonganlar. Shuning uchun ham, odam kasal bo’lganda shomonlar kasalga dam solib, uning jonini davolashga yoki unga yangi jon solishga uringanlar. Animistik e’tiqodga ko’ra, jon bir qadar mustaqil, bir qancha hollarda esa tanaga bog’liq emas. Uni yo’qotib qo’yish mumkin, ba’zan uni shomonlar o’g’irlab ketishadi. Odam uzoq joyga sayohatga ketganida uning joni uyda qoladi. Odamzot o’z vatanini qo’msashining sababi ham ana shunda.
Animizmga ko’ra, tabiatdagi har bir muhimroq hodisaning o’z ruhi bor. Masalan, ayrim daraxtlarning ruhi o’rniga avval ayrim o’rmonlar va butazorlarning ruhlari mavjud, keyinchalik esa umuman o’rmon ruhi bor, deb hisoblaganlar. Bunday aqidalar shunday xulosaga olib kelgan: agar ruhlar kishilarga o’xshab ov qilsa, o’ynasa kulsa, ularning ovqatlanishi ham tayin. Demak, vafot etgan kishining tirik arvohi xususida g’amxo’rlik qilish kerak. Ularga oziq-ovqat va boshqa hadyalar atab turish lozim.
O’rta Osiyoda marhumning jonini arvoh deb atashgan. Arvohning bir xususiyati shundaki, u o’likni tashlab uzoqqa ketmaydi, lekin u qabrdan tashqariga chiqadi, deb o’ylashgan. Shuning uchun ham, qadimgi zamonlarda arvoh uchun go’rni teshib qo’yganlar yoki mozor oldida arvoh uyi qurganlar. Arvoh hamma joyda - daraxtlarda, ariq va daryolarda, hovuz va xarobalarda yuradi. Shunga ko’ra, kishilar o’z boshlariga biron-bir mushkul ish tushsa, o’sha erlarga borib sig’inganlar, pul tashlaganlar, arvohlardan madad so’raganlar.
Shomonizmda, shomon o’z diniy amallarini ruhlar orqali amalga oshiradi. Ularning e’tiqodiga ko’ra, shomonga ilohiy qudratni arvohlar baxsh etadi. Shomonlar arvohlar yordamida kasallarni davolaydi. Ular bemorning ruhoniyatiga ta’sir ko’rsatish yo’li bilan turli usullar yordamida gipnoz qiladilar.
Shomonlikni qabul qilishni xohlovchilar g’orga borib o’tirganlar. Tunda ruh kelib unga o’z nayzasini sanchadi va uni sehrgar qilib qo’yadi, deb ishonganlar. Shomonlar orasida ruhlar bilan gaplashadigan alohida kishilar ham bo’lgan. Dinning bunday turi avstraliyaliklarda hozirgi davrda ham mavjud. Shomonlar yomg’irlar yog’dirganlar, ammo hamma joyda ham emas. Volga bo’yi xalqlarida ham shomonizmning asoratlari qisman saqlanib qolgan. Mujan yoki mujadish nomi bilan ma’lum kishilar g’ayritabiiy qobiliyatga ega bo’lib, fol ochish bilan shug’ullanganlar. Mujanlar, go’yoki, yomon ruhlar bilan aloqa o’rnatganlar, kasallik yuborishga yoki uni davolashga qodir bo’lganlar. Odamlar ulardan juda qo’rqqanlar. Udmurtlarda bu vazifani tuno - tush ko’rib, fol ochuvchi kishilar bajarganlar. Odamlar ulardan ko’pincha, jumladan jrestlarni tayinlashda maslahat olganlar. Tuno xudolar va ruhlar bilan aloqa o’rnatib, ko’pincha ekstaz holatida, ya’ni shomonlik yo’li bilan kelajak haqidagi xabarlarni etkazgan.
70-80-yillarda Taylorning animistik nazariyasi turli mamlakatlarning dinshunoslari orasida tez orada shuhrat qozondi. U dinshunoslikda ilgariga qarab tashlangan yirik qadamlardan deb qaraldi. Animistik nazariya naturistik nazariyadan ustun bo’lib chiqdi. Keng etnografik material asosiga qurilib, uni sistemalashtirgan, evolyustiya g’oyalari ruhidagi bu animistik teoriya betartib diniy aqida va urf-odatlar, shuningdek xristianlik kabi murakkab dinlarni tushunishga, ularni eng oddiy elementdan chiqarishga imkon bergandek bo’ldi. Shuningdek animistik nazariya o’sha davrdagi fanni ilohiyot tizimlarini tanqid qilishi uchun qurol bilan ta’minladi.
Yuqorida, dinning antropologik xususiyatlariga to’xtalib o’tildi endi esa bevosita dinning fenomenologik xususiyatlarini ko’rib chiqsak.
Fenomenologiya – tushunchasi diniy hayot hodisasini betaraf holda yoritishga, tadqiqotchini diniy yoki ateistik shaxsiy qarashlaridan holi qilishga intilishni anglatadi.
Bundan tashqari, fenomenologiyaning tamoyillari diniy fenomenlarning batafsil turlanishini ishlab chiqish talablari hamda diniy faoliyat, e’tiqod va institut shakllarini tasniflashdan iborat. Mohiyatlar, tushunchalar, g’oyalar, amaliy faoliyatdagi shaxslarning maqsadlari muvofiqlashtiriladi va ular orqali shaxslarning mazmuniy aloqalarini anglashga erishiladi. Bu munosabatlarning formal tarkibini va ijtimoiy munosabatlarning sub’ektiv omillarini aniqlashga yordam beradi.
Fenomenologik tahlil vositalari qo’llanilishi natijasida dinshunoslikning din fenomenologiyasi bo’limi yuzaga kelgan. Din fenomenologiyasini ikki jihatdan ko’rib chiqish mumkin:
1.diniy guruhlarni tizimlashtirishga xizmat qiladigan tasnifiy jadval ishlab chiqishga urinish;

Download 391,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish