Xristianlikning Sharqqa tomon tarqalishi, O’zbekistonda xristian cherkovining tutgan o’rni. XI asrning oxirida xristianlikniig SHarqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar SHarqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borgailar. 280 yildayoq Talos (Merke) da xristian cherkovlari qurilgan bo’lib, Samarqandda (301 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (558 yillar) 6-12 yegshskopliqtsan iborat diniy hudutsiy jamoalar, birlashmalar bo’lgan. Xurosonliklar va sug’dienaliklar buddistlar, zardushtiylar, moniylar bilan bir qatorda xristianlar ham bo’lgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qaram yerlarda ta’qib qilinganlar.
O’rta Osiyo hududida islom tarqatidgan davrlarda bu din bilan xristianlik o’rtasidagi kelishmovchiliklar keskinlasha boshlagan. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarktsa xristianlarning manzilgoxlari bo’lgan. Haggo Beruniy yashagan davrda ham (973-1050) Marvda pravoslav mitropoliyasi bo’lgan.
Ana shu davrlarda xristianlik Kavkazda ham tarkala boshlagan; Armaniston (301 yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylangan. Kavkaz Albaniyasi hududida esa (hozirga Ozarbayjon va Janubiy Dog’iston xududi) IV-VIII asrlarda hukmron din hisoblangan.
O’sha davrdagi ko’pdan-ko’p va bir-biriga qarshi kurashayotgan dinlar orasidaga SHarqning hukmronlari tomonidan eng ko’p homiylik ko’rsatilgan din xristianlikning sharqiy yo’nalishi bo’lmish nestorianlik bo’lgan. Xalif saroylarida nestorianlik patriarxlariga butun sharq xristianligining homiysi sifatida qaralgan, patriarxning qarorgoxi esa Konstantinopoldan Bag’dodga ko’chirilgan. Nestorianlar xristianlikni Turkistonda, amurgacha bo’lgan SHimoliy va g’arbiy Xitoyda targ’ib qilganlar. Nestorianlikning Markaziy Osiyodagi tayanchi va islomga karshi kurashdagi markazi 1257 yildan so’ngina o’z faoliyatini to’xtatgan Samarqand mitropoliyasi bo’lgan.
Hozirgi mustaqil O’zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular orasidagi dindorlar 17 konfessiyaga, ya’ni diniy uyushmaga e’tikod kiladi. Bular doirasida islomdan so’ng 2-o’rinni xoistianlikning pravoslavie oqimi egallaydi. Uning bir necha cherkovi va markaziy uyushmasi, chunonchi baptist, iegovist, adventist kabi sektalari bor.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va unga asoslanib ishlab chiqilgan vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida yangi tahrirda e’lon qilingan konunga asosan respublikadagi barcha diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli tarzda faoliyat ko’rsatmokdalar. Bu hukuq va erkinliklar qonun bo’yicha kafolatlangan.
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvlik. hamjixatlilik mavjud bo’lib, xalqimizni tarbiyalashga, tinch va xavfsizlikni saqlashga xristianlik jamoalari ham salmokdi hissa qo’shmokdalar.
Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi eramizning IV asr boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshdi.
325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o’zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo’lib o’tdi. Bu soborlarda xristianlik ta’limotining asoslari qabul qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi10:
Do'stlaringiz bilan baham: |