Ijtimoiy xayot va din



Download 19,13 Mb.
bet1/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
ulotlari


1-MAVZU: “IJTIMOIY XAYOT VA DIN” KURSI PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
REJA:
1. Ijtimoiy hayot va din fanini o`qitishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad.
2. Dinlar tasnifi.

Mustaqillikka erishganimizdan so`ng barcha o`quv maskanlarida " Ijtimoiy xayot va din " fani fan sifatida o`qitila boshladi. Dinshunoslik – din, uning kelib chiqishi, tarixiy shakllari, evolyutsiyasi, muqaddas yozuvlari, kishilar va jamiyat hayotida tutgan o`rni, diniy va dunyoviy dunyoqarashlarning o`zaro munosabatlari kabi masalalarni o`rganuvchi ilmiy – falsafiy o`quv predmeti sanaladi.


Dinshunoslik XIX asr o`rtalarida G‘arbiy Yevropada alohida fan tarmog‘i sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Freyzer, Sosseder.
Dinshunoslikning eng yirik sohalaridan biri islomshunoslik, hurfikrlilikdir. Dinshunoslik XIX sar 30-yillarida O`zbekistonga tarqaldi. Bu yerda oldin islomshunoslik bor edi, xolos.
Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o`z dini, urf-odatlari va an'analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo`lib hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o`rganishda ularning diniy qarashlari, e'tiqod va diniy amaliyotlarini e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Ijtimoiy xayot va din” fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o`rganadi.
“Ijtimoiy xayot va din” fanini o`qitishdan maqsad – talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o`rgatish. Shuningdek, mustaqillik yillarida O`zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan o`zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish yo`lida qilinayotgan diqqatga sazovor ishlar haqida zaruriy ma'lumotlarni berish ko`zda tutilgan.
Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma'lumot olish, ularning qadriyatlarini o`rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada “Ijtimoiy xayot va din” fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma'naviy merosni o`rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo`di.
“Ijtimoiy xayot va din” fani dinni tanqid qilish yoki ko`r-ko`rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o`rnini ilmiy jihatdan, ma'naviy hayotning bir bo`lagi sifatida yondoshib o`rganadi.
“Ijtimoiy xayot va din” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
-dinning jamiyatga ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy ta'siri haqida bilim berish;
-ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta'limotlari haqida ma'lumot berish;
-dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish;
-jamiyatini ma'naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish;
-dunyoviy davlat va dinning o`zaro munosabatlarini yoritib berish;
-diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
-O`zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o`zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo`lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish.
“Ijtimoiy xayot va din” fanining amaliy ahamiyati shunda ham ko`rinadiki, u talabalarda islom va boshqa dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash, boshqa dinlarga va ularning vakillariga hurmat bilan munosabatda bo`lishni tarbiyalaydi.
Shuningdek, mustaqillik yillarida O`zbekistonda dinga nisbatan munosobatning tubdan o`zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish yo`lida qilinayotgan diqqatga sazovor ishlar haqida zaruriy ma'lumotlarni berish ko`zda tutilgan.
Din” arabcha so`z bo`lib, o`zbek tilida “ishonch”, “ishonmoq” degan ma’nolarni anglatadi.
Din – insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. Birinchi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: “Ma’naviyat unsonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, idodasini baquvvat, iymon- e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.1 O`zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma'naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo`yilgan bir paytda din masalasini chetlab o`tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin ma’lum. Lekin keyingi paytda paydo bo`lgan diniy bo`lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo`lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o`zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga printsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir.
O`zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo`lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, g‘arbda XIX asrning o`rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo`l bosib o`tib, ko`plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O`zbekiston tadqiqotchilari bu Yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis kadrlarni tarbiyalay boshladilar.
Din - e'tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo`yib bo`lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o`z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko`p qirrali bo`lmog‘i, birovning g‘arazli sharxisiz asl matnlar shaklida bo`lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma'lumotlar asosida mutaxassis bo`lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning yetib kelishi oson bo`lgan sharoitlarda o`quvchilarning ko`z oldida muallifning obro`sizlanishiga olib keladi.
Din- tabiat, jamiyat, inson va uning onggi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo`lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonglarga to`g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo`lini ko`rstadigan va o`rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta'limotdir.
Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo`ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo`lgandan to bizgacha o`tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmog‘li tarbiyalovchi qudratga ega bo`lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir.
Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va eng go`zal ruhiy-ma'naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo`lmagan xalq yo`q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e'tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi.
Ijtimoiy xayot va din fanida dinga "dinning o`zi nima?", "uning mohiyati nimadan iborat?" degan savol nuqtai nazaridan yongdashishdan tashhari din "qay tarzda faoliyat olib boradi?" degan savol nuqtai nazaridan ham yongdashuv mavjud. Bu masala bilan ko`proq din sotsiologiyasi shug‘ullanadi.
Sotsiologik nuqtai nazardan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo`ladi. Bu degani dinni jamiyatdagi bajaradigan vazifalariga ko`ra o`rganish mumkin demakdir.
Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta'sir qilish yo`li va tabiati nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e'tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki bu jamoaga va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar hayotiga qanday ta'sir ko`rsatadi? Shunga o`xshash masalalar o`rganiladi.
Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta'limotni dinshunoslikda funktsionalizm rivojlantiradi. Funktsionalizm jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi: unda jamiyatdagi har bir element muayyan funktsiyani bajardi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish