Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Dinshunoslik fani nimani o`rganadi?
2. Dinshunoslik fanini o`rganishdan ko`zlanga asosiy maqsa nima?
3. Dinning paydo bo`lishi haqida qanday qarashlar mavjud?
4. Din jamiyatda qanday vazifa (funksiya)larni bajaradi?
5. Dinlar qanday tasniflanadi?
6. Ibtidoiy dinlarga qaysi dinlar kiradi?
Tayanch iboralar:
Din, teologik, materialistik, kompensatorlik, integratorlik, regulyatorlik, kommunikativlik, legitimlovchilik, animizm, totemizm, fetishism, shomnizm, magiya, politeistik, monoteistik.
Adabiyotlar:
1. O`zekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: 2014 y.
2. I.A.Karimov “Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch”. T.: 2008 y.
3. I.A.Karimov “O`zbekiston XXI asr bo`sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. T.: 1997y.
4. I.A.Karimov “Olloh qalbimizda, yuragimizda”. T.:1999 y.
5. A.E.Abdusamedov “Din tarixi”. T.: 2004 y.
6. I.Jabborov, S.Jabborov “Jahon dinlari”. T.: 2004y.
7. X.Yo`ldoshxo`jayev, D. Raximjonov, N.Komilov “Dinshunoslik”. T.: 2000 y.
8. A.Mo`minov, X.Yo`ldoshxo`jayev va boshqalar “Dinshunoslik”. T.: 2004y
9. U Jo`raev, Y.Saidjonov, Dunyo dinlari tarixi. T.: 1998 y.
10. Karimov I.A. “O‘zbekiston ona yurtim baxtu-istiqboli va buyuk kelajagimizga hizmat qilish eng oliy saodatdir”. –T. “O‘zbekiston” nashriyoti, 2015 yil
2-Mavzu: Tabiat, inson, jamiyat tushunchalari. Ijtimoiy munosabatlar va ta’limotlar
Reja:
1.Dinning jamiyatdagi funktsiyalari va uning paydo bo`lish
masalasi.
2. Dinning ibtidoiy shakllari.
“Ijtimoiy hayot va din” fani bo`yicha talabalarning bilimiga, o’quviga va ko`nikmasi uchun quyidagi muhim talab va vazifalar qo`yilgan :
Birinchidan, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov o`zbek xalqining ma'naviy merosi, dini, shu jumladan, Islom dini qadriyatlari, milliy g‘oya, milliy mafkura haqida bildirgan fikr va mulohazalar, ta'rif va tavsiflarni mazkur fanni o`rganishda nazariy asos qilib olish;
Ikkinchidan, O`zbekiston Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun va boshqa qonuniy hujjatlarda din masalasi yuzasidan belgilangan inson huquqlari, turli diniy jamoa huquqlari va majburiyatlarini bilish;
Uchinchidan, “Ijtimoiy xayot va din” asosiy fanlar qatorida o`qitilishi, din, dindorlar va diniy tashkilotlarga nisbatan davlat tomonidan adolatli siyosat o`rnatilishi, fuqarolar uchun vijdon erkinligining konstitutsion kafolatlanishi mustaqillik sharofati ekanligini tushunib yetish;
To`rtinchidan, qonunga hurmat hissini, faqat o`zining emas, balki boshqalarning ham diniy his-tuyg‘ulari bilan hisoblashish lozimligini, o`z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o`tkazish, turli norasmiy diniy mazhab va guruhlarga jalb etish g‘ayriqonuniy xatti-harakat ekanligini, jamoat joylarida diniy masalalarda zo`ravonlik, mutaassiblikka, agressivlikka yo`l qo`yish mumkin emasligini chuqur tushunib yetish;
Beshinchidan, “Ijtimoiy xayot va din” fanining boshqa gumanitar fanlar bilan birga rivojlanishini nazarda tutgan holda, o`zi qo`lga kiritgan soha yutuqlaridan ushbu fanni o`zlashtirishda foydalanish.
Dinni o`rganish g‘oyat muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Bular quyidagilardan iboratdir:
u dinga ob’ektiv, ya’ni holisona, ilmiy baho berishni o`rgatadi; uni ko`klarga ko`tarib haddan oshirib yubormasdan va ayni vaqtda yerga urmasdan baho berishni o`rgatadi;
u din, jumladan islom haqidagi asossiz ta’limotlarni rad etishni, uni buzib sohtalashtirib baho berishlarining zararli ekanligini isbotlaydi;
dinni hurfikrlilik, ya’ni u haqida erkin fikr yuritish, dinni fandan ustun qo`ymasdan, u bilan yonma-yon turadigan ta’limot deb hisoblab, dindagi real, dunyoviy qadriyatlarga ijobiy baho berib, ulardan foydalanish yo`llarini belgilab beradi;
dindan, jumladan islomdan o`z maqsadlarida foydalanishga urinayotgan fundamentalist, aqidaparast, ekstremistlarning asl qiyofasini, maqsadlarini ochib berib, ularga qarshi kurash yo`llari, usullarini o`rgatadi;
talabalar falsafiy, ilmiy, hurfikrlilik dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi;
Din va qonunning o‘zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a’zolarining Huquqlari, majburiyatlari haqida to‘la ma’lumot beradi. O‘quvchilarda Qonunga hurmat hissini, o‘zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg‘ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o‘z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o‘tkazish g‘ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo‘ravonlik, agressivlikka yo‘l qo‘ymaslik kabi tushunchalarni shakllantiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarni dinlarning turlari, tarixi, rivojlanishi, ta’limoti, asosiy manbalari, o‘tmish va hozirgi kunda xalqlar hayotida tutgan o‘rnini o‘rgatish orqali o‘z xalqi va Vatani tarixini yaxshi biladigan, boshqa millat va elatlar oldida buyuk allomalarning avlodlari bo‘lgan yuksak madaniyat va ma’naviyatli xalq farzandi ekanligini namoyon eta oladigan, bu xalqning kelajagi ham buyuk ekanligiga ishontira oladigan insonlar qilib tarbiyalashdan iborat.
Endi din nima, dinnning jamiyatdagi vazifalari, uni ildizlari, turli shakllari haqida to`xtalamiz.
Din – e’tiqoddir. E'tiqod-bu inson shaxsining axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq g`oya va intilishlaridir. E’tiqod-bu bizning fikr mulohazalarimizda mustahkam o`rnashib olgan, butun xatti harakatimiz bo`ysungan goyadir. Avvalo e'tiqod tushunchasining elementlarini aniqlab olish darkor. E'tiqodning barqaror elementlaridan biri bu bilimdir. Chinakam e'tiqod bilim asosida shakllanadi. Turgan gapki, bilimlarning chinligi e'tiqodning mustahkam bo`lishda, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shunga qaramay e'tqodning mustahkam bo`lishida bilimni yakkayu yagona omil deb bo`lmaydi. Inson ongida qayta ishlab chiqilgan ya'ni tajribadan o`tgan bilimlargina e'tiqodning mustahkam bo`lishini ta'minlaydi. Boshqacha aytganimizda insoniyat tomonidan allaqachonlar yaratilgan bilimlar insonning ehtiyojlari uchun qayta kashf etilgandagina chinakam e'tiqodga aylanadi. Inson bilimlarining ma'no-mohiyatini tushunib, uning to`g‘riligiga ishonch hosil qiladi. O`z navbatida bilimlarni to`g‘ri yoki noto`g‘ri, ilmiy yoki g‘ayriilmiy, diniy yoki dunyoviy deb baholanishi insonning manfaatlari, ehtiyojlari bilan bog‘liq.
Yuqoridagilardan xulosa shuki, bilim, g‘oya, nazariyalar inson faoliyatining chig‘irigidan o`tgach u ishonchga aylanadi. Ishonch esa e'tiqodning mag‘zini tashkil qiladi. Shunday qilib, e'tiqod inson duyoqarashining eng barqaror komponentidir. Huddi shu komponent inson ongi bilan faoliyati, so`zi bilan ishi o`rtasidagi birlikni ta'minlovchi mustahkam, ishonchli ko`prikdir. Lekin e'tiqod mazmuni, xarakteriga ko`ra gumanistik, fashistik, kommunistik bo`lishi mumkin. Avtoritarizm yoki zo`rovonlik, ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan e'tiqod shaxs mustaqilligini emiradi. Aniqroq aytsak, dunyoqarashida fashistik yoki kommunistik yoki diniy fanatizm , buyuk davlatchilik , irqchilik hukmronlik qilgan e'tiqodga asoslangan inson hech qachon mustaqil shaxs darajasiga ko`tarila olmaydi.
Inson mustaqil fikrlashi, mustaqil yashashi, mustaqil ishlashi uchun uning dunyoqarashi asosida gumanistik e'tiqod etmogi lozim. Gumanistik e'tiqod shaxsning barcha fazilatlarini asosini tashkil qiladi. Demak, insonning hayotdagi pozitsiyasi, uning turmush tarzi mazmunini e'tiqodining mustahkamligiga bog‘liq. O`z navbatida inson e'tiqodi bilimlar, g‘oyalar, nazariyalar asosida shakllanadi. Insonlar e'tiqodini shakllanishiga xizmat qiladigan bilim va g‘oyalar ekanligini bilib olganimizdan so`ng shunga e'tibor qaratishimiz lozimki, inson e'tiqodsiz, g‘oyasiz, fikrlashsiz yasholmaydi. Insonning va jamiyatning maqsad(maslak) sari yetaklaydigan kuch g‘oyadir. Demak, g‘oya inson tafakkurida vujudga keladigan, ruhiyatiga kuchli ta'sir o`tkazib, maqsad sari etaklaydigan fikrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |