Ijtimoiy xayot va din



Download 19,13 Mb.
bet9/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Ibtidoiy mifologiya. Ibtidoiy odamning tasavvuri va e'tiqodlari
majmuasi, ularning real hayotdagi qiyinchiliklari, muammolari va yutuqlari og‘zaki
ijodda aks etgan. Bu narsa odamlarning ongida qolib, turli afsonalarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan. Ibtidoiy mifologiyani tashkil etgan ijod doim odamlarning ma'naviy hayoti,ibodati, hissiyotlari va diniy tasavvurlari bilan chambarchas bog‘liq edi. Buni tushunish oson. Agar ibtidoiy odamning asosiy ma'naviy hayotida totemlarga, marhum ajdodlarga ibodat qilish, ular bilan sirli qarindoshligi bo`lsa, mifologiyaning markazida zooantropomorfik ajdodlar yoki har-xil mo`jizalar kuchiga ega bo`lgan ilohiylashtirilgan qahramonlar turardi. "Madaniy qahramonlarning afsonalarda biron bir muhim yaratilgan ixtiro yoki yangilikda mujassam bo`lgan. Masalan, olovni topish, oila va nikohlar munosabatinini o`rnatish, mehnat va ov qurollarini yasash va boshqa aqidalarni tashkil qilish. Kosmogonik syujetlar ibtidoiy mifologiyada katta o`rin egallagan. Ya'ni yer va osmon, quyosh va oy, o`simlik va hayvonot va nihoyat odamning yaratilishi to`g‘risida rivoyatlar va afsonalarda diniy tasavvurlarning ta'siri yaqqol namoyon bo`lgan. Ruhlarni yangi shaklga kirish sehrli xususiyatiga, ya'ni o`z qiyofasini o`zgartirish qobiliyatiga ega, bir vaqtning o`zida odam va hayvon shaklidagi monstr deb hisoblashardi.
Ibtidoiy mifologiyada hayot va o`lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar orasidagi muhim aloqalar tasvirlangan edi. Mifologiyaning bunday qarama-qarshiliklarini tahlil qilish hozirgi sharoitda insoniyat tarixining qadimgi bosqichini qayta tiklash uchun muhim manba hisoblanadi. Xususan, bu tahlil ibtidoiy jamoalarda taraqqiyotning borishida diniy tasavvurlarning muhim rolini aniqlashga imkon yaratadi.
7.Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Neolit revolyutsiyasi odamlarning
turmushini, ularning ta'sir etadigan barcha sohalarni tubdan o`zgartiridi. Odam
o`simliklarni o`stirish, ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o`rgandi. Va bu
odamni o`troq hayot kechirishga majbur etdi, qadimda hayvonlarni qo`lga o`ratgan hamda ular berayotgan mahsulotdan foydalanishni o`rgandi. Bu nafaqat go`sht, balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamga yangi muhim materiallarni o`zgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklar saqlash uchun mo`ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni tayyorlashga o`rgandi. Neolit davri yuqori poleolitdan keskin farq qiladi: Shu jumladan, tosh buyumlarni silliqlash va sayqal berish - bu esa muhim farq va shu farq davrga nom berdi (Neolit -yangi tosh davri, yangi tosh ishlash yangi usullar davri).
Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkonini berdi. Dehqonlar zich va ko`pchilik guruhlar bilan o`rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o`rnashar edi. Tinchlik va ovqat bilan ta'minlash, tug‘ilish va bolalarni tirik qolishi va o`sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko`payishi yangi yerlarni o`zlashtirishga, hayot tarzini o`zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi.
Dehqonchikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish kerakligi, hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yil fasllarining tsikllarini bilish - bularning hammasi dehqon qabilalarining osmonu yerga, quyoshu oyga, yomg‘iru shamolga yangi qiziqishini paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bu degani qudratli ruhlarga bog‘liqlik sezilarli va ko`zga tashlanadigan bo`lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to`g‘risidagi tasavvurlar keskin o`zgardi. Natijada qadimgi ruhlar - animistik sig‘inish ob'ekti asta-sekin o`ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar tashkil etilardi va ularda kecha va kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxassis xizmatkorlar -kelajakdagi kohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik tasavvurlar ham o`zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog‘liq bo`lmagan holda, hayvonlarni qadrlay boshladi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig‘ingan xudoda aks etishiga olib keldi. Aksar xudolarning ko`rinishi hayvon, qush, baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida bo`lar edi. Bu mifologik qahramonlarning yuqorida aytib o`tilgan xudoga qarindoshligi saqlanib qolgan.
Fetishizmning sokin xarakteri o`zgardi, xudolarning qudratli butlari, mehroblar yoki cherkovlar yoniga o`rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi.
Ba'zan butlar o`rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi foydalaniladi. Fetishizmning rivojlanishida bu haykal va qurimalar ibodatxonalarning ramzi bo`lib xizmat qildi.
Afsun ham o`zgardi. Afsungalarning dushmanlarga ziyon yetkazish va omadli ov bilan ta'minlash, ruhlar yordamida o`z maqsadiga yyetishishning ibtidoiy usullari o`rniga yangi, puxta o`ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi. Bunday yangiliklardan biri - fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo`lgan, hamda unga asoslangan afsun printsiplari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqa edi: bu istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllari neolit davridan ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida neolit davrida yakunlandi. Neolit davridagi dehqonlar qudratli tangridan qo`rqqan holda uning yaxshi niyat munosabatlariga juda qiziqar edi. Buning uchun (qurbonlik) tabiat kuchlari ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ularning hayolida keltirilgan qurbonliklar hamda ilohiylashtirishga ibodat qilishlari ularga yordam keltiradi va iltimosini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu yerda barcha usul va printsiplari bilan fol ochish yordamga kelar edi. Har bir shamanga mansub bo`lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqli o`laroq folbinlik yuqori saviyali madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim shartli belgilar tizimiga rioya qilishi shart edi. Bu shartli belgilar ilohini qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob berishga tayyorligini anglatardi. Belgilar tizimi har xil - elementar qur’a tashlashdan to murakkab chiziq, yorug‘ nuqta va chiziqlarni qo`shilishigacha bo`lar edi.


Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish