Ijtimoiy xayot va din


Din va etnomadaniyat tarixi



Download 19,13 Mb.
bet17/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Din va etnomadaniyat tarixi.
Ma’lumki, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, uning mavjudligi ham ijtimoiy borliq bilan belgilanadi. Kishilarning ijtimoiy, ma’naviy hayoti moddiy asosga (bazisga) bog’liq. Ijtimoiy hayot jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikning muayyan ko’rinishi bo’lgan hukmron ishlab chiqarish usulining taraqqist darajasiga asoslanadi. Demak, ijtimoiy borliq, bir tomondan, jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikni, ikkinchi jihatdan, jamiyat a’zolari orasidagi o’zaro munosabatni qamrab oladi. Diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida ana shu munosabatning muayyan shakllarining in’ikosidir.
Ijtimoiy borliq ko’p shakllarga ega bo’lgan murakkab ijtimoiy hodisadir. SHunday ekan, uning in’ikosi hisoblangan ijtimoiy ong ham turli shakllarga, jumladan, diniy ongga bo’linadi. "Din" atamasi qadimiy somit va yahudiy tillaridan kelib chiqib, shu xolida arab tiliga o’tgan. Hozirgi paytda "din" atamasi orqali muayyan dunyoqarash, his-tuy(u, tasavvur va urf-odatlar asosida odamlar, ularning uyushmalari, va marosimlar, xalqlar va millatlarning yaqinlashuvi, ma’naviy, jumladan axlokdy karashlardagi hamfikrlilik anglashiladi. Islom nuqtai nazaridan din "Alloh yo’li" dir. Diniy iymon va e’tiqod esa shu yo’lning to’g’riligi, haqligiga ishonchdan iborat bo’lgan ruhiy holatdir.
Dindor o’z tasavvurida o’zining toat-ibodatga oid harakatlari orqali ilohiy kuch bilan bevosita aloqa bog’lanish o’rnatadi. Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’lganligi uchun ular dinning elementlari (qismlari) deb ataladi. Bu tarkibiy qismlar bir-birlari bilan uzviy bog’likdir; dinning mavjudligi bu tarkibiy k.isilarning hammasini taqozo kiladi. Dinning tarkibiy qismlari orasida diniy ong, diniy tasavvurlar yetakchi o’rin egallaydi. Binobarin, diniy marosimlar, diniy psixologiya, diniy birlashmalar esa diniy tasavvurlarni mustaxkamlaydi va uzoq davrlarda yashashi uchun xizmat kiladi.
Diniy ong bir biri bilan bog’liq, o’zaro muayyan darajada ijobiy mustaqil bo’lgan diniy mafkura va diniy psixikadan iborat. Diniy mafkuraning vujudga kelishi va shakllanishi sinfiy jamiyatda ro’y bergan akliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralishi va buning natijasida vujudga kelgan dastlabki qohinlar, keyinchalik ruhoniylar faoliyatlari bilan bog’liq. Ular o’z g’oyaviy faoliyatlarida diniy mafkurani yaratadilar va buni asoslash, targ’ib qilish bilan shugullanadilar.
Diniy psixologiya - ruhiy holat bulib diniy mafkuradan ancha oldin vujudga kelgan. U oddiy dindorlarning his tuyg’ulari bshtan bog’liq odatlari, kayfiyatlaridan tashkil topadi. Diniy mafkura diniy psixik holatni g’oyalar bilan mustaqkamlasa, bunisi diniy mafkurani his tuyg’ular, odatlar vositasida chuqurlashtiradi. Diniy mafkura hamma vaqt ham diniy psixik holatlar bilan to’la mos kelavermaydi. Hozirgi davrda oddiy dindorlarning xatti-harakatlaridagi islomga xos bo’lgan ibtidoiy dinlarning qoldiklari bunga misol bo’la oladi. bularga pol ochirish, kinna soldirish, issiq-sovuq qildirish, va h. k. lar kiradi.
Dinning ta’rifi, uning tarkibiy qismlari, diniy ong darajalarini bilishning ilmiy, amaliy ahamiyati shundaki, u kishilar hayotidagi diniy va diniy bo’lmagan harakatlarni bir-biridan farqdash, ularga alohida-alohida yondashish imkonini beradi.
Din bilan idealistik falsafa ko’p jihatdan bir biriga yaqin turadi. Har ikkalasi moddiy olamning mavjudligini, uning paydo bo’lish sabablarini shu moddiy olamdan tashqarida deb biladi.
Dinda olamni yaratuvchi xudo yoki xudolar hisoblansa, idealizm "mutlaq g’oya", "dunyoviy ruh", "dunyoviy akl" va shu kabi ma’naviy omillarni moddiy olamdan ustun qo’yadi. Ayni vaqtda, bular bir-birlaridan jiddiy farklanadilar. Dinda oldin e’tiqod, so’ng mantiq bo’lsa, falsafiy idealizmda oldin mantiq, so’ng ishonch ilgari suriladi.
Jamiyat moddiy hayot sharoitlarining ta’siri ostida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy hodisadir. U ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida, ma’lum bir sabablarga binoan vujudga kelgan.
G’ayritabiiy kuchlarga ishonish shaklidagi dastlabki diniy qarashlar urugchilik tuzumining ilk davrlarida, ya’ni bundan tahminan 50-70 ming yillar ilgari paydo bo’la boshlagan. Ular qatoriga tabiatdagi o’simlik va hayvonot dunesi, barcha narsa va hodisalar qudratli va sehrli karomatga ega degan tasavvurlar bilan bog’lik. bo’lgan totemizm, animizm, fetishizm, magiya, ya’ni sehrgarlik kabilar kirgan. Dinning mazkur ibtidoiy shakllarining elementlari hozirgi zamon jahon dinlarida ham hamon saklanib kelmoqda.
Diniy ong, diniy tasavvurlar jamiyatning ijtimoiy-iktisodiy tuzumining xarakteriga muvofiq ravishda kelib chikqan va rivojlangan. Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida «politeistik, ya’ni ko’p xudolikka asoslangan dinlar paydo bo’lgan. Ishlab chikarish qurollari va vositalariga xususiy mulkchilik kelib chiqqach, bir necha urug’, qabila, elat, xalqlarni birlashtirgan yirik davlatlar vujudga kepgach, yakka xudolik to’g’risidagi diniy tasavvur va ta’limotlardan iborat bo’lgan monoteistik dinlar vujudga kelgan. Ular qatornga miloddan oldingi VI-V asrlarda Markaziy Osiyoda shakllangan zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, keyinchalik vujudga kelgan xristianlik, islom kiradi. Hozirgi davrda jahon xalqlari e’tiqod qilayotgan barcha monoteistik dinlarda politeizmning tasavvurlari qisman bo’lsada saqlanib kelmokda.
Barcha jahon dinlari qatori islom ruhoniylari ham jamiyat a’zolarini ma’naviy jihatdan poklash, o’zaro hurmat, mehr -oqibat, muruvvat singari umuminsoniy qadriyatlarnin qaytadan tiklashga yordam bermokda. Bu yordam o’z navbatida hozirgi davrda dinning regulyativ funktsiyasining ahamiyati tobora kuchayib borayotganligidan, din ijtimoiy taraqqiyot bilan hamohang bo’lishga intiiayotganligidan dalolat bermokda.
Islom shariati va tariqati asosida shakllangan musulmon hukuqida inson xulk-atvorining barcha tomonlari qamrab olingan; xususan unda musulmonlar bir-birini ko’rganlarida samimiy salomlashishlari, xar bir ishni yaxshi niyat bilan boshlashlari, kattalarni hurmat qilishlari, kichiklarga nisbatan izzatda bo’lishlari uqtirilgan. Bu etnomadaniyatni shaklanishiga olib kelgan.
Jamiyat hayotining barcha sohalarida bo’lgani singari ma’naviy, jumladan axloqiy nuqsonlar hukm surayotgan hozirgi davrda islomning mehr-shafkat, muruvat, sahovat, odamiylik, halollik xususidagi pand nasihatlaridan umuminsoniy qadriyatlar sifatida foydalanish g’oyat o’rinlidir. Zero hayotimizning ma’naviy jabhalari qayta qurilayotgan hozirgi davrda islomning regulyativ funktsiyasining ahamiyati tobora ortib bormokda. Xususan Uzbekiston musulmonlari idorasi turli xildagi xayri ehson, saxovat jamg’armalarini tashkil etib, xojatmandlarning dardiga malham bo’lmokda. SHo’rolar davrida vayrona holatiga kelgan madaniy yodgorliklarni va tarixiy obidalarimizni davlat mablag’lari va umumxalq hashari yo’li bilan ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.
Islom, uning dunyoviy vazifalarini ham bajaradigan ruhoniylari asrlar mobaynida jamiyatning ijtimoiy hayoti, fan, madaniyat, maorifini o’z nazorati ostida ushlab, tarixiy an’analar, insonlarning turmush tarziga katta ta’sir o’tkazib kelgan. Yana u islomga e’tiqod qiluvchi turli millat va elatlarga xos ijtimoiy tabaqalar vakillarining Alloh oldidagi tengligani tan olgan va ularni yagona xudoning bandalari sifatida tenglashtirgan. Bu diniy ta’limotlarning umumiyligini mustahkamlagan holda ijtimoiy munosabatlarning mavjud sistemasini saqlash funktsiyasidir.
Hokimiyatni boshqarishda dindan vosita sifatida foydalanish qadimda qam bo’lgan. Masalan, dastlabki xalifaliklarda hali siyosiy, harbiy va diniy hokimiyat xalifalarning qo’llarida bo’lgan; Buxoro amirligi, Xiva va qo’qon xonliklarida ham hokimiyat arab xalifaligi yohud Turkiya sultonining go’yoki o’rinbosarlari bo’lgan amir va xonlar qo’lida edi. O’rta Osiyolik amirlar va xonlar siyosiy, huquqiy, diniy va iqtisodiy hayotni o’zlaricha boshqarib borganlar. Xalq ommasiga ular o’zlarini xudoning yerdagi soyasi, deb tashviqot qilib, hokimiyatni muqaddaslashtirganlar. "Amir soyai xudo xasb" degan ibora shunda paydo bo’lgan.
Islomning hayotga joriy etilishida uning ixtiyorida bo’lgan maorif va musulmon huquqi shariat katta rol o’ynagan. U o’z ixtiyoridagi barcha vositalar yordamida hukmron tuzumni mustaxdamlashga uringan. Yagona tilda yozilgan muqaddas yozuvlarda aytilgan fikrlar asosida, yagona tilda toat-ibodat ishlarini olib borish barcha musulmonlarni birlashtirgan. Barcha dinlarning arboblari o’z dinlarini birdan-bir to’g’ri din deb targ’ib etganlar.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy taraqqiyotida turli diniy g’olovurlar, diniy tizimlar bo’lishi bilan birga, ularning o’ziga xos milliy qadriyatlari ham rivojlanib, diniy qadriyatlar bilan uyg’unlasha borishi xalqlarning etnomadaniyatini shakllanishiga ham olib kelgan.
Dinlarning paydo bo’lishi, qaror topishi va kayta tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va psixologik ildizlari mavjudtsir. Uning ildizlari o’zaro aloqadorlikda bo’lib, ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning egallagan o’rni ham, odamlarga ta’sir darajasi ham goh kuchayib, goh pasayib turadi; bu ildizlar tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, goh avj olib, goh zaiflashib turadi. Masalan, hozirgi davrda umumbashariy (global) muammolar, chunonchi oziq-ovqat yetishmasligi, xom ashyo kamayib borayotganligi, energiya tanqisligi, aholining tez ko’payib borayotganligi, termo-yadro urushi xavfi kuchayayotganligi, atrof-muhitning tobora ifloslanayotganligi, ekologik vaziyat, ya’ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy ekstremizm, terrorchilik, koruptsiya, o’garlik, talonchilik, buzg’unchilik va h. k., tobora ko’proq taxdid, xavf-xatar tug’dirmokda.
Din kishilar o’rtasidagi muayyan munosabatlar va bu borada diniy tashkilotlarning faoliyatidan ham iboratdir. Dinning hamma tarkibiy qismlari singari diniy munosabatlar va diniy tashkilotlar faoliyati ham ijtimoiy vaziyatlar bilan belgilanadi. Bularning faoliyati nisbiy mustaqillikka ega bo’lib, kishilarning voqelikka bo’lgan munosabatiga muayyan darajada ijobiy yoki salbiy ta’sir etib turadi.
Diniy tushunchalar, tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning bevosita ta’siri natijasida vujudga keladigan dindorlar o’rtasidagi aloqadorlik va diniy jamoa, uyushma va tashkilotlarning faoliyatlari diniy munosabatlar deb ataladi. Bunday munosabatlar ijtimoiy, goyaviy, mafkuraviy munosabatlarning turlari bo’lib, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi, pirovardi-oqibatda ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli hisoblanadi.
Jamiyatda diniy munosabatlar alohida mavjud bo’lmaydi; ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari, chunonchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, ma’naviy munosabatlar, mehnat jarayonlari bilan uzviy bog’liqtsir; bir-birini oziklantirib turadi.
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o’rtasidaga va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo’linadi. Bu alokalarning ob’ekti va sub’ekti diniy jamoalardir, ular diniy e’tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo’lgan kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang’ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha:
1) diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg’uei; 4) jamoa a’zolari orasidagi o’zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi.
Diniy jamoalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar, ququq yoki umumiy dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar sosida rasmiy va norasmiy guruxlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va’zxonlar" ga, diniy va xo’jalik, moliya ishlari bilan shug’ullanuvchi guruhlarga bo’linadi.
Muayyan sharoitlarda diniy jamoa ko’shnichilik, qishloq va mahallachilik jamoasiga mos kelgan. Bunda dindorlik darajasi yuqori va chukur bo’ladi. Jamiyatning taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy munosabatlar tarmokdanadi. Unda shaharning mavqei ortib borgan sari turli axloqiy va milliy guruxdardan tashkil topgan ishlab chiqarish jamoalari hosil bo’lgan va ko’payib borgan sari diniy jamoalar mustaqil tus olgan. Hozir ham shunday. Masalan, islomda dastlabki musulmon jamoasi 622 yili Madinada muhojirlar va ansorlardan iborat holda tashkil topgan. Ko’p hollarda diniy birlik geografik joylashish jihatidan etnik birlikka mos kelgani uchun din etnik milliy birlik ma’nosini ham anglatgan. Islomdagi mavjud qonunlarga binoan 18 yoshga to’lgan har bir fuqaro diniy jamoa a’zosi bo’la oladi. Bunday jamoa kamida 100 mo’mindan iborat bo’lishi lozim, aks holda diniy guruh deb hisoblanmaydi. Diniy uyushmalar faoliyati o’z a’zolarining yashayotgan joyi bilan cheklanadi. U ixtieriy va mustakil tashkilot bo’lib, moddiy jihatdan ham o’z-o’zini ta’minlaydi. Diniy ishlarni boshqarish, diniy mol-mulk va pul mablag’lari bilan bog’liq vazifalarni bajarish, tashqi aloqalarni yo’lga qo’yish uchun diniy uyushma a’zolari o’z orasidan ijroiya organini saylaydi. Diniy tashkilot bu dinga ishonuvchilarning va diniy jamoalarning uyushmasidir.
O’rta Osiyo xalqlari islomgacha e’tiqod kilgan zardushtiylikda diniy qarash va tasavvurlar dunyoviy ishlarga faol munosabatda bo’lishga chaqirilgan. Xususan, bu dinda chorva mollarini boqish, dehqonchilik bilan shug’ullanish dindorlikning asosiy belgisi, vazifasi darajasiga ko’tarilgan. Taqvodorlikning asosiy belgisi chorvaga, oilaga ega bo’lish va don ekishdir. Don ekkan kishi taqvodorlik urug’ini ekadi. Bunga ixlos qo’yish 10 ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik kilishga teng deb hisoblangan. Bu zardushtiylikning g’oyat muhim ijobiy tomoni edi.
Bu davrdagi kishilarning dunyoqarashi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Zero, ular faqat diniy tasavvur yoki ko’rsatmalar bilan cheklanmasdan tabiatga, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ham o’z qarashlarini yo’naltirganlar.
Markaziy Osiyo5 xalqlari shakllanish tarixining murakkab va o’ziga xos tomonlari mavjuddir. Bu vaziyat ularning diniy e’tiqodlarida ham dunyoqarashlarirda ham o’z aksini topgan. Bu tarixiy jarayonning mazmunini dinning qadimgi shakllari va elementlari, zardushtiylik, monixeylik, buddizm, xristianlik, yahudiylik va islomdan tashkil topgan dinlarning tarixi tashkil qiladi. qayd kilingan bu dinlar Markaziy Osiyo xalklari tarixida oldinma-ketin o’rin olgan.
Bu hudud xalkdarining dastlabki manzilgoxdari Farg’ona vodiysi tosh davrida, ya’ni eramizgacha bo’lgan 1 mln. - 500 minginchi yillarda vujudga kela boshlagan. Kuyi paleolit davridayoq (eramizgacha bo’lgan 10 ming yillar) bu yerlarda Teshiktosh, SHerobod va boshqa makonlar) ma’naviy madaniyatini shakllanganligini ifoda etuvchi qoyalarga o’yib tasvirlangan rasmlar, haykaltaroshlikning eng oddiy turlari paydo bo’la boshlagandi. Ibtidoiy odamlar o’simlik va hayvonlarning ramziy ifodalarini xayoliy tarzda o’zaro biriktirgan, uyg’unlashtirgan; bu ilk badiiy asarlar voqelikni insonning real va hayoliy o’zlashtirishlarini o’zida ifoda etgan; shu bilan birga bular diniy qarashlarning ham dastlabki dunyoqarashlarni ham vujudga kela boshlaganligani bildirgan. Keyinchalik, neolit davrida "muqaddas" hayvonlarga, ona-xudoga bag’ishlangan haykallar, toat-ibodatlar, diniy urf-odatlar bilan bog’liq buyumlar paydo bo’la boshlagan.
Sinkretizm6 faqatgana inson tomonvdan voqelikni haqiqiy va xayoliy tarzda o’zlashtirgashshgining murakkab ko’rinishida o’zaro uyg’unlashganligini, birikkanligini ifodalamaydi. U qadimgi odamlarning tafakkurini ham uzluklilik va uzluksizlik xususiyatini, uni anik buyum va hodisalar orqali ifoda etilishini ham bildiradi. Ushbu nuqtai nazardan yondoishlganda fetishizm -ayrim narsa va hodisalarda g’airitabiiy xislatlar, sifatlar bor deb bilish diniy tasavvurlarning eng qadimga shakli bo’lishi mumkin degan fikrga boramiz. Har qanday narsa va hodisalar -tosh, yog’och, g’or, buloq, daraxt xox tabiiy bo’lsin, xoh inson mehnati orqali yaratilgan sun’iy bo’lsin, baribir, fetish sifatida ko’rinishi mumkin. Ko’zmunchoq, tumor va boshqa shu kabilarnn taqib yurish odatlari Markaziy Osiyoning deyarli hamma xalkdari orasida x,ozir ham uchrab turadi. Birok, shuni ham nazarda tutish kerakki, ayrim hollarda tumor, ko’zmunchok,, muqaddas yozuvlar diniy xizmatlar bilan bir qatorda badiiy jihatdan ham muayyan vazifalarni bajarganlar. Ular mahalliy xalklarning ayrim garixiy madaniy an’analarini ham ifoda etgan. Ana shulardan bir turi animatizm diniy tasavvurlarning o’zgarib borishi va taraqqiyoti nuktai nazaridan fetishizmga nisbatan yuqoriroq bosqichdir. Hozirga qadar bizning so’z boyliklarimizda animatizmga xos bo’lgan qarashlar bilan bog’liq bo’lgan so’z bnrikmalari uchraydi. Bunga "yomg’ir kelyapti", "quyosh chiqyapti", "tong otiyapti" kabilar misol bo’ladi.
SHundan so’ng narsa, hodisalarni butun mavjudotlarni "ikkilantirish", n’ni ularning inson kuziga ko’rinmaydigan "joni", "rux^" mavjudligi haqida dualistik tasavvur shakllana borgan. Bunday tasavvurlarni ingliz tarixchisi, elshunosi E.Taylor animizm - tabiatdagi narsa va hodisalarni boshqarib boradigan jon va ruxlarning go’yo mavjudligiga ishonch deb atagan.
SHarq xalqlarining qadimgi diniy qarashlarida samoviy jismlarga, hodisalarga itoat qilishlar ham keng o’rin olgan. Bu borada yulduzlar harakatiga keng o’rin berilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining «Tangri» ga ishonishi, samoviy jism va hodisalarni muqaddaslashtirishlar bilan bog’liq qadimgi bir qancha diniy tasavvurlarning o’zaro uyg’ualashuvining natijasidir. Ko’pgana turkiy xalqlarda Tangri xudo sifatida osmonga, yerga, oyga nisbatan ham qo’llanilgan. Bu vaziyat osmon, yer, suv, tog’ xudolarini u davrlarda bir-biridan ajratilmaganligidan dalolat beradi. SHarq xalkdari orasida ajdodlar, ruxlariga siganishlar, ulardan madadlar kutishlar, yer, inson salomatliga uchun foydali bo’lgan chashma va bulokdarni muqaddaslashtirishlar, ular bilan bog’lik. qurbonliklar qilishlar hanuzgacha uchrab turadi. Tog’ balandliklari, dovonlari, so’qmoklari bilan bog’liq ruxdar eng kuchli va qudratli ruxdar hisoblangan. Ular sharafiga bag’ishlangan tosh buyumlari, muqaddas tepaliklar, sun’iy to’siqlar, ayrim hollarda esa xom g’ishtlardan qurilgan gumbaz tom bilan yopilgan maxsus inshootlar barpo qilingan. Odatda bular atrofiga tog’ echki va qo’ylarining shoxlari terib qo’yilgan, uzun tayoqlarga bir tutam jun, latta, paxta va yovvoyi qo’toslarning dumlari osib qo’yilgan. Hozirda ham bunday "muqaddas joylar"da, garchi hech kim dafn qilinmagan bo’lsa ham, mozorlar deb atalaveradi. Bular islomga garchi zid bo’ladi, islom bilan bog’lik marosimchilik, toat-ibodatlarning tarkibiy qismiga aylanib qolgan. Dinning qadimiy shakllariga ona xudo (Onaxit) bilan bog’liq tasavvurlar ham kiradi. Ona xudo hosildorlikning, mo’l-ko’lchilikning ramziy ifodasi, oila o’chog’ini, yangi yosh avlodning homiysi ham hisoblangan. O’zbeklardagi Anbar ona, qirg’izlardagi Umoy enelar shular jumlasiga mansubdir. Dehqonlarda "Bobo dehqon" hakidagi tasavvur ham shular qatoriga kiradi.
O’rta Osiyo xalklarining ilk qarashlari tarixi totemistikqarashlar bilan ham bog’likdir. Bu qarashlar asosan yirtqichlarni muqaddaslashtirish orqali namoyon bo’lgan. Muayyan insonlar guruhlari hayvon turidan kelib chiqqan deb faraz qilish totemistik karashlarning asosiy mazmunidir. Masalan, it, bo’ri,kiyik yoki bugu, burgutlar turkiy xalqlarning bosh totemlari hisoblangan. Ular muayyan urug’larning asoschisi va homiysi deb bilingan. Eneolit davriga kelganda esa (eramizdan 3-5 ming yililgari) sopol idishlarda o’simliklar, buyumlar, geometrik shakllargina emas, tog’ echkisi va ko’ylar ajdaholarning tasvirlari ham uchraydi. SHunga ko’ra qadimgi odamlar yovvoyi hayvonlarni budunyoda emas, balki o’zga dunyoda - g’ayritabiiy mavjudotlar, xudolar, ruxdar dunyosida yashaydilar va odamlar bilan xudolar orasidagi bog’lanishlarda vositachilik vazifasini bajaradilar, deb taxmin qilganlar. CHunonchi, turkman xalklarining afsonalariga ko’ra burgut odamlar uchun emas, balki echkilar va ularning bolalari uchun yomg’irni yog’diradi. Qozoqlarda tug’ishi yaqinlashgan va yangi tuqqan ayolni yovuz ruh hisoblangan "alvasti" dan asrashda burgutdan foydalanish haqidagi tasavvurlar saqlanib-qolgan. O’zbek va tojik xalqlarining milliy bosh kiyimi - do’ppilarda qushlarning, jumladan, musichaning tasviri uchraydi, deyarli hamma yerlarda bolalarni ko’z tegishlardan, balo-qazolardan saqlash maksadida ukkining pati va panjalaridan, ko’zmunchoqlardan foydalanilgan. Bu hol chorvadorlarda ham uchraydi. Dunyo xalqlarida keng tarqalgan qushlarni, ayniqsa suvda suzadiganlarini e’zozlash, inson vafotidan so’ng uning joni, ruhi qush shaklida inson tanasini tark etadi deb hisoblash; xorazmliklarda va tog’li tumanlarda yashovchi tojiklarda ham uchraydi. Tojikistonning uzoq tog’li viloyatlaridan birida yashovchi elatlar kabutarlarni hanuzgacha inson ruhi deb qarab, ularga ozor bermaydilar, iste’mol qilmaydilar, e’zozlaydilar. Markaziy Osiyo xalqlarining ilk diniy qarashlarida tuya va otlarni muqaddaslashtirish keng o’rin olgan. Bu jarayon eramizdan oldingi davrlarda ko’chmanchilik turmush tarzi va u bilan bog’liq xo’jalik ishlarining shakllanishi tufayli yanada rivojlangan. Eramizning III-IV asrlaridan boshlab 300 yildan ko’proq davr mobaynida qadimgi Buxoroda zarb etilgan tangalarda, garchi turli-tuman ko’rinishlarda bo’lsa ham, tuyaning tasvirlari chop etilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining diniy qarashlarida bunday hayvon shakllaridagi mukaddaslashtirishlarning qoldiqlari uzoq davrlar mobaynida saqlanib qolgan. CHunonchi, bu vaziyat Siyovush (bu "qora ayg’ir ot toycha" ma’nosini anglatadi) bilan bog’liq qarashlarda ham o’z ifodasini topadi. Bu o’sha davr kishilarida muayyan dunyoqarashni aks ettirgan.
Fetishizm, animizm va boshka shu kabilardan iborat bo’lgan qadimgi xalqlarning ilk diniy qarashlari urug’chilik tuzumining yemirilishi va uning o’rnida sinfiy tabaqaviy jamiyat tashkil topishi jarayonida o’zgarib borgan. Ovchilik bilan bog’lik, sehrgarlik, afsungarlik va totemistik xislatlarga ega bo’lgan qarash va harakatlar, keyinchalik ruhlar yoki shaytonlar haqidagi tasavvurlarga, hamma narsa va hodisalarni, odamlarni ikkilantirishga, ya’ni bir-biriga nisbatan mustakil moddiy va ruhiy tomonlari bor degan qarashlarni vujudga keltirgan. SHaytonlar haqidagi qarashlarning vujudga kelishi, din tarixidagi muhim hisoblangan bosqich, ko’p xudolikning (politeizm) mavjudligi bilan o’zaro tutashib ketgan. Markaziy Osie xalklarining pari, jin, shayton, ajdaho, dev, alvastilar hakidagi tasavvurlari ozmi-ko’pmi bir-bilariga ancha o’xshashdir. Bu g’ayritabiiy kuchlar o’zlarining xislatlari, odamlarga bo’lgan munosabatlariga ko’ra, shartli tarzda uch guruhga bo’linadi: birinchi guruhga odamlarga homiylik kiluvchi, ayni vaqtda ularga zarar va xastalik ham keltiruvchi bo’lib, ularni zarar-zaxmatidan qutulish va rahm-shafqatiga ega bo’lish uchun is chiqarish, qurbonlik orqali xalos bo’lishi mumkin deb hisoblangan ruhlar kiradi. Bularga mozorlarda yashaydigan arvoxlar, ruxdar, o’t-o’choklar bilan bog’liq diniy tasavvurlar va marosimlar misol bo’la oladi. Ikkinchi guruhga, insonlarga ziyon keltiruvchi hisoblanmish alvasti, ajina, dev, alamon, sarqiz, olmoz kabilardan iborat bo’lgan ruhiy, g’ayritabiiy kuchlar kiradi. Uchinchi guruhga esa, inson bilan o’ziga xos tarzda jinsiy munosabatda bo’la oladi deb tushunilgan parilar kiradi. Hozirda ham ba’zi tumanlarda bularga bag’ishlangan maxsus marosimlar o’tkaziladi. CHunonchi, jonivorlar so’yiladi, xolvaytar, qatlama va hokazolarga o’xshash marosimchilik taomlari tayyorlanadi.
Yuqoridagi tasavvurlar paydo bo’lgan davrlardan boshlab sehrgarlik vujudga kela boshlangan. Buning asosiy belgisi ayrim odamlar sehrgarlar insonlar bilan ruhlar o’rtasidagi munosabatlarda vositachilik vazifasini bajara oladigan xislatlarga ega deb ishonishdir. Maxsus kiyim kiygan, childirma ushlagan va boshqa turli narsalar taqqan sehrgarlarning xalq o’rtasida raks tushib va jazavaga kirib ruhlar bilan "aloqa bog’lashi" va ulardan ma’lum yo’l-yo’riq olishi sehrgarlikning asosiy marosimi hisoblangan. Sehrgarlar asosan ruhiy, asab kasalliklari bilan og’rigan kishilarni "davolashgan", karomat ko’rsatish bilan shug’ullanishgan. Karomat mo’’jiza ko’rsatishni va sehrgarlarlarning ayrim vazifalarini yana bir alohida toifadagi kishilar azayimxon, shomon, duoxonlar ham bajarishgan. Sehrgarlik bir qancha diniy tartib va usullarni o’ziga xos ravishda "payvandlag’an".
Kasalliklarni sehrgarlik usuli bilan davolashga urinishlar hanuzgacha Markaziy Osiyo xalqlari orasida uchraydigan ibtidoiy turmush tarzining eng turg’un bo’lagidir.
Diniy tasavvurlarning dastlabki shakllari mavjudlik davridanoq diniy ishonch, toat-ibodat, afsungarlik, sehrgarlik, jodugarlik o’z maqsadlariga, yo’nalishlariga ko’ra yaxshi va yomonlarga ajratilgan; kishilarni yo ovchilik, yo alohida malaka, bilimni talab qiladigan boshqa hunar bilan, bog’liq bo’lgan turlarga bo’lingan. Sehrgarlikning asosini xavf-xatardan saqlashga qaratilgan maxsus harakatlar (duo o’qishlar, har xil irim-sirim bilan bog’yaiq ishlar) tashkil qilgan.
Kishilik jamiyatining ilk bosqichlarida; toat-ibodatlar bilan bog’liq ijtimoiy hayotda jamoaning, urug’ning hamma a’zolari bir xil shakllarda qatnashganlar. CHunki bu bosqichlarda urug’dosh va qabiladoshlar orasida ijtimoiy tenglik hukm surgan. Keyinchalik urug’chilik-qabilachilik tuzumining yemirilish davrida, mas’ul kishilar uchun maxsus joylar, ruhoniylikni kasb-hunar kilib olgan kishilar toifasi (kohinlar, sehrgarlar va boshqalar) vujudga kelgan.
Diniy tasavvurlarning ilk shakllari Markaziy Osiyo xalqlarining dunyoqarashida o’ziga xos darajada shakllanib keyingi diniy qarashlarining tarkibiy qismlarida tarixiy sharoitlar ta’sirida o’zgargan holda saklangan: ularning san’ati, madaniyati va turmushiga ham muayyan darajada ta’sir ko’rsatgan. Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida milliy va jahon dinlari vujudga kelishi bilan diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning dunyoqarashida qadimiy tasavvurlar o’rnini yangi diniy ta’limotlarga asoslangan qarashlar sekin-asta egallay boshlagan.


Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish