Fetishizm - (fetish - frantsuz tilidagi "fetiko" - yasalgan tumor, but, sanam degan so’zlardan olingan) moddiy buyumlarda g’ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga sig’inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar - tog’, qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g’ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo bo’lgan. O’zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o’zlari sig’ina boshlaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo’lgan fetishizm barcha xalklarda diniy tasavvurlar shakllanishi bilan uzviy bog’liqtsir.
Fetishizm politeistik (ko’p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) dinlarida hozirgacha saklanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig’inish, islomda esa turli o’simlik turlarini - sedana, ko’ztikan, qalampirmunchok, achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan - yong’oq, chinor, archa va boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta’siri yoki yordami bo’lishi mumkin degan tasavvur paydo bo’lgan. Bunday xususiyatni tog’-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g’ayritabiiy fikrlar shakllangan.
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba’zi soddadil, mutaassiblarning turli tumor, ko’zmunchok. va hokazolarnn taqib yurishlari, daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chikarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish, ularning mo’’jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e’tikoddagi eng xarakterli ko’rinishi va qoldigidir.
Shomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bo’lgan animistik e’tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Uning o’ziga xos xususiyati - kishilar orasida turli ruxlar bilan munosabatda bo’la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. SHomonlarga, shuningdek, kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o’lganlarni oxiratga uzatish, tabiatda xohlag’ancha o’zgartishlar kilish kabi xususiyatlar ham xosdir. O’tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do’mbirasi yoki mo’’jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. SHomonizm o’tmish dinlar sarqiti sifatida ba’zi hollarda uchrab turadi.
Magiya (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g’ayritabiiy yo’l bilan ta’sir ko’rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir.
Sexrgarlik harakatining shakllari turlicha bo’lib, ular turmushning har xil sohalarida qo’llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni yengish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat bilan bog’liq bo’lgan magik qarakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida o’rin egallagan, ya’ni ular tirikchilikka kerak bo’lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog’liq bo’lgan magik harakatlarni bajarganlar.
Ishlab chiqarish muvaffaqiyatiga bagashlangan sehrgarlik harakatlari, ishlab chiqarish xarakteriga qarab, turli shakllarda va har xil maqsadlarda o’tkazilar edi. Bunday harakatlar ibtidoiy jamoa a’zolarining umumiy manfaati yo’lida qilinar edi.
Ibtidoiy jamoa ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining darajasi, pastligi, kishilar hayotining urug’ va qabila munosabatlari tor doirasi bilan cheklanganligi, tabiat kuchlari oldidagi ojizlik dinning ilk shakllarida o’z in’ikosini topgan. Bu ojizlik ibtidoiy odamning sodda, yuzaki tasavvurlariga asoslangan soxta, sehrgarlik usullarni qo’llanishga majbur etgan. Ojizlik, qadimgi odamlarning har doim mo’’jizaga ishonish bilan xayoldagana maqsadga erishishiga madad bergan.
Ibtidoiy dinlardagi xayoliy in’ikos mahsuli bo’lgan tog’, suv, bo’ron quyosh, momaqaldiroq xudosi kabi tasavvurlar turli-tuman bo’lsa-da, ular oliy va past tabaqalarga ajratilgan emas. Bunday ajratish jamiyat taraqkiyotining keyingi bosqichlariga o’tilgandan so’ng yuz bera boshladi.
Jamiyat taraqkiyotiga mos ravishda ishlab chiqaruvchi kuchlar ham o’zgarib, rivojlanib borgan. Ishlab chiqarishni tashkil etuvchi va boshqaruvchi kuchlar - kishilar ham tabaqalanishda davom etgan, dunyoqarashlari kengaya borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |