Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1 Ijtimoiy hayot va din fani nimani o`rganadi?
2. Ijtimoiy hayot va din Ijtimoiy hayot va din fanini o`rganishdan ko`zlanga asosiy maqsa nima?
3. Dinning paydo bo`lishi haqida qanday qarashlar mavjud?
4. Din jamiyatda qanday vazifa (funksiya)larni bajaradi?
5. Dinlar qanday tasniflanadi?
6. Ibtidoiy dinlarga qaysi dinlar kiradi?
Tayanch iboralar:
Din, teologik, materialistik, kompensatorlik, integratorlik, regulyatorlik, kommunikativlik, legitimlovchilik, animizm, totemizm, fetishism, shomnizm, magiya, politeistik, monoteistik.
Adabiyotlar:
1. O`zekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: 2014 y.
2. I.A.Karimov “Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch”. T.: 2008 y.
3. I.A.Karimov “O`zbekiston XXI asr bo`sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. T.: 1997y.
4. I.A.Karimov “Olloh qalbimizda, yuragimizda”. T.:1999 y.
5. A.E.Abdusamedov “Din tarixi”. T.: 2004 y.
6. I.Jabborov, S.Jabborov “Jahon dinlari”. T.: 2004y.
7. X.Yo`ldoshxo`jayev, D. Raximjonov, N.Komilov “Dinshunoslik”. T.: 2000 y.
8. A.Mo`minov, X.Yo`ldoshxo`jayev va boshqalar “Dinshunoslik”. T.: 2004y
9. U Jo`raev, Y.Saidjonov, Dunyo dinlari tarixi. T.: 1998 y.
10. Karimov I.A. “O‘zbekiston ona yurtim baxtu-istiqboli va buyuk kelajagimizga hizmat qilish eng oliy saodatdir”. –T. “O‘zbekiston” nashriyoti, 2015 yil
3-Mavzu: Dinning funksiyalari va jamiyatdagi roli
REJA:
1. “Ijtimoiy hayot va din” fanini o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad.
2. Dinninng jamiyatdagi funktsiya va vazifalari.
3. Dinning paydo bo’lishi.
4. Dinlar tasnifi.
Ijtimoiy hayot va din fanini o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad. Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir.
O’zbekiston Respublikasida ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi ta’kidlanayotgan ayni paytda din masalasiga hech kim e’tiborsiz bo’lishi mumkin emas. Din masalasi bugungi kunda O’zbekiston darajasida e’tirofga tushdi. Mazkur muhim masalaga sobiq ittifoq davrida agressiv hujum bo’lganligini hammaga biladi. Lekin keyingi paytlarda hayotimizda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy, -deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham ko’zga tashlanib, quloqlarga eshitilib qolinmoqda. Demak, ushbu masalaga printsipial, professional, ilmiy yondashuvni davrning o’zi taqozo qilmoqda.
Din – e’tiqod. Unga amal qilish yoki qilmaslik esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo’yib ham bo’lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o’z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborotlar bilan tanishish zarur bo’ladi. Olinayotgan bunday axborotlar ko’p qirrali bo’lmog’i, birovning g’arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo’lishi maqsadga muvofiq. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo’lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo’lgan sharoitlarda o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning obro’sizlanishiga yoki talabaning noto’g’ri tasavvurga ega bo’lib qolishiga olib keladi. Mazkur masalada mavjud ma’lumotlarga holisona baho bermoq lozim.
Din va Qonunning o’zaro aloqalarini yaxshi bilishlik demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a’zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida ma’lumot beradi. O’quvchilarda qonunga hurmat hissini, o’zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg’ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o’z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish g’ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik, tajovuzkorlikka yo’l qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi.
O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo’lishi juda muhim omil hisoblanadi. Bu quyidagilarda aks etadi:
- Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limot.
- Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurlarda aks etishi. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuch.
- Din nima ekanligi shu paytgacha, turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va eng go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridan. Dunyoda dinga ishonchi bo’lmagan xalqning o’zi yo’q. Bundan shu fikr ayonlashadiki, biron-bir yoki muayyan xalq yo’qki dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi.
Sotsiologik nuqtai nazardan qaralganda, din jamiyat uchun zarur narsa va bu ijtimoiy hayotning ajralmas qismi. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Bu dinni jamiyatdagi bajaradigan vazifalariga ko’ra uyg’unlashgan ravishda o’rganish mumkin degani2.
Do'stlaringiz bilan baham: |