Mavzu: dinning ibtidoiy formalari darsning maqsadi



Download 23,42 Kb.
Sana21.12.2019
Hajmi23,42 Kb.
#31223
Mavzu: DINNING IBTIDOIY FORMALARI

Darsning maqsadi:

Diniy ong asoslarining shakllanishi, totemizm, fetishism, va animism kabi tasavvurlar

haqida ma‘lumot beriladi

Tayanch so’zlar

Shaman, Magiya, Totem, Fetish, Mif, Din, Ibtidoiy din, Ruh.

Reja

1. Diniy ong asoslarining shakllanishi.



2. Totemizm.

3. Animizm.

4. Shamanizm magiya)

5. Fetishizm.

6. Ibtidoiy mifologiya.

Diniy ong asoslarining shakllanishi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, ―ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab -endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe‘l -atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta‘sir ko’rsatdi. U ibtidoiy bo’lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, ma‘lum tahlilga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo’lgan odam edi. Bunday tahlil nimaga asoslangan? Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi, oldinda turgan hayotdan qo’rquv va uni yengishga bo’lgan intilish, amaliy tajribani uzluksiz ko’payishi, tabiat kuchlariga mutlaq tobelik va undan qutilishga tirishish, atrof -muhit injiqliklari va ularni yengish va h.k.

- bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk qadamidan nafaqat mantiqiy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chiqdi. Gap ―ongli yovvoyi‖ yoki

―abstrakt fikrlovchi kishi‖ to’g’risida borayotgani yo’q, ayni jamoaning qonun qoidalaridan chiqmagan holda, qolaversa 20 -50 kishidan iborat bo’lgan kichik qabila, meh nat faoliyati jarayoni ov, ozuqa izlash, qurol yasash, turar joyni jihozlash, olovni saqlash va h.k.) doimiy ijtimoiy munosabatlar, oilaviy urug’doshlik aloqalari va hodisalar jarayonida nikoh aloqalari, tug’ilish va o’lim)ushbu jamoaning ruh homiylari, g’ayritabiiy kuchlar va voqeiylik o’rtasidagi g’ayrioddiy aloqalar to’g’risida ibtidoiy tasavvurlar mustahkamlanib borgan. Real hayot bilan bir qatorda o’zga dunyo mavjudligi, marhumlar tiriklar hayotiga ta‘sir eta olishi to’g’risidagi g’oyalar yuzaga keldi‖.Dafn etish jarayoni. Ibtidoiy odam o’z qarindoshlarini ko’mishda maxsus marosimlar, ma‘lum tayyorgarlik udumlariga amal qilar edi: jasadni qizil mineral bo’yoq bilan qoplanar, uning yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va h.k. qo’yilar edi. Bularning bari o’z jamoa a‘zolarini dafn etayotgan jamoa oxirat mavjud ekanligi haqida ibtidoiy tasavvurlarga ega bo’lganligidan dalolat beradi.Ov qilish. Bizga ma‘lumki, arxeologik izlanishlar jarayonida yer yuzining turli joylaridagi g’orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan. Fanga ma‘lum bo’lgan bu g’orlardagi suratlarning ko’pchiligi ov sahnasi, odam va hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim hayvon qiyofasidagi mavjudot suratlaridan iborat. Bu suratlar dalolat qiladiki, ibtidoiy odamlar o’zlari va hayvonlar o’rtasidagi tabiiy va g’ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqidagi tasavvurlarga ega edilar. Bu bilan birga marhum ajdodlarining ruhlari sehrli usullar bilan hayvonlar hulqiga ta‘sir etish imkoniyatiga ega deb bilar edilar. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marhumlar o’rtasidagi vositachilar, ya‘ni har xil turdagi sehrgarlar va shamanlar faoliyatining kelib chiqishiga sabab bo’ldi.Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarimizga ko’ra , uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din shakllarida namoyon bo’lgan.



1. Totemizm. Totem so’zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida ―uning urug’i‖ ma‘nosini anglatadi. Uning mohiyati ―odamlarning hayvonot yoki o’simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor‖, deb e‘tiqod qilishdir. Ehtimol, ma‘lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o’simlikka nisbatan e‘tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo’lishi mumkin. Urug’dosh guruhlar o’zlarini umumiy belgilari va totemlari bo’lgan hayvon yoki o’simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Ammo bunday totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o’tmishga tegishlidir va bilvosita ularning mavjud bo’lganligini faqatgina qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, hozirgi davrgacha Avstraliya Aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardan ularning tasavvurlarini bilib olish mumkin.Urug’dosh jamiyatning shakllanishi jarayonida totemizm muhim rol o’ynadi. Ayniqsa, ular qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga sabab bo’ldi. ―O’zimizniki‖, ya‘ni bir totemga tegishli degan aniq taassurot paydo bo’ldi. Totemizm ta‘sirida paydo bo’lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qat‘iy ravishda qo’llanildi. Bu totemga xos bo’lmagan begonalar bu jamoa urf -odati va normalaridan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli totemistik ko’rinishlarni evolyusion xarakteriga ham ta‘sir ko’rsatdi. Vaqt o’tishi bilan qarindoshlik tizimining mustahkamlanib borishi jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqida tasavvur ilgari surildi. Zooantropofomorfko’rinishi bilan aralashgan holda odam bilan uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida, ya‘ni odam vafot etgach uning o’z totemiga aylanishi yoki aksincha - totemdan qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlar paydo bo’ldi. Birinchi tomondan buning hammasi o’tgan otabobolar ruhlarining kuchayishiga va ilohiy kuchlarga ishonchni oshishiga olib kelgan bo’lsa, ikkinchi tomondan totemga bo’lgan munosabatlarni o’zgarishiga, totemni ozuqa sifatida iste‘mol qilishni taqiqlanishiga olib keldi. Tabu - ta‘qiqlash tizimi paydo bo’ldi. Ulardan eng muhimi totemni ovqat sifatida is‘temol qilishni taqiqlash edi. Faqatgina ba‘zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni yeyish ruxsat etilardi. Shunday qilib, totemizm urug’chilik jamoasi - ijtimoiy jamoalarning eng birinchisida diniy ko’rinishlarning tarixiy asosi bo’lib qoldi.Insoniyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy vazifalari - birinchi ma‘ruzada aytib o’tilganidek birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi. Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi bo’lishiga qaramasdan, hozirda ham ko’plab xalqlarning urf -odatlarida, e‘tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan Masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, Qirg’izlarda oq bug„u afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug’lanadi).

Animizm lotin tilida anima - ruh, jon ma‘nolarini anglatadi). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o’simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta‘limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim o’tmishda, ehtimol totemistik qarashlar paydo bo’lgungacha, oilaviy jamoalarning shakllangunicha vujudga kelgan. Biroq yetarli tushunib yetilgan va barqaror ko’rinishdagi diniy xarakterga ega bo’lgan. tizim sifatida kechroq, totemizm bilan bir vaqtda shakllangan.Animizm totemizmdan farqlanadi. Totemizm ma‘lum bir oilaviy guruhning ichki iste‘moliga uni boshqalardan farqlash maqsadiga yo’naltirilgan bo’lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy harakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma‘qul bo’lgan. Shu bilan birga u tabiatning qudratli kuchlarini - osmon va yer, quyosh va oy, yomg’ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki relefning ayrim alohida qismlari - tog’lar va daryolar, adir va o’rmonlar kabi odam e‘tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo’lar edilar. Hattoki ko’p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklarga o’xshash narsalar ham ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, yaxshilik yoki yomonlik keltirishi mumkin deb tushunilgan. Shunday bo’lgach, ushbu tabiiy narsa, hodisalarga e‘tibor bilan munosabatda bo’lish taqazo etilardi, qurbonliklar qilish, ularning haqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilardi.
Download 23,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish