Dinshunoslik faniga kirish. Dinning ibtidoiy shakllari. Reja



Download 25,21 Kb.
bet1/8
Sana08.01.2022
Hajmi25,21 Kb.
#334559
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dinning ibtidoiy shakllari


Aim.Uz

Dinshunoslik faniga kirish. Dinning ibtidoiy shakllari.

Reja:

  1. Dinshunoslik fanini o`qitishdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad. Dinning paydo bo'lishi haqidagi fikrlar.

  2. Ibtidoiy diniy ong asoslari.

  3. Odamzot jamiyat bo'lib yashashigacha bo'lgan davri.

  4. O'rta Osiyoning qadimgi aholisi va ularning diniy tasavvurlari.


Dinshunoslik fanini o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatda demokratik huquqiy jamiyat qurish yo’lida jamiyatning ijtimoiy siyosiy hayotida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.

1992 - yilda mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasi va uning asosida fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinliklarini kafolatlovchi qator qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarning oliy qadriyat ekanligi bayon etilib, fuqarolarning vijdon, matbuot, so’z va fikr erkinliklari qat’iy kafolatlab berildi.

Mamlakatda yashayotgan turli millat va elatlarning, xususan, tub aholining muqaddas islom diniga bo’lgan e’tiqodlari yuqori ekanligini e’tiborga olib, vijdon erkinligini ta’minlashga qaratilgan qator xayrli ishlar amalga oshirildi.

Islom tarixida o’chmas iz qoldirgan hadis va fiqh ilmining tengsiz namoyandalari Imom al-Buxoriy, Xoja Bahouddin Naqshband, Abduxoliq G’ijduvoniy, Imom at-Termiziy, Imom Moturudiy, Ahmad Farg’oniy, Muhammad az-Zamaxshariy, Burhoniddin Marg’inoniy va boshqa ko’plab allomalarning qadamjolari obodonlashtirilib, muazzam ziyoratgohlarga aylantirildi: ularning ilmiy merosini tiklash va o’rganish, xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan qator tadbirlar o’tkazildi.

Islom dinini chuqur o’rganishlari uchun sharoit yaratish maqsadida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom Instituti, Toshkent Islom Universiteti va o’ndan ortiq o’rta ta’lim islom bilim yurtlari tashkil etildi.

“Dinshunoslik” fani ham mustaqillik yillaridan boshlanib oliy o’quv yurtlari dasturiga kiritildi va alohida fan sifatida o’qitila boshlandi.

Har qanday o’quv kursining maqsad va vazifalari bo’lganidek, “Dinshunoslik” kursining ham maqsad va vazifalari mavjud.

Dinshunoslik fanini o’qitish va o’rganishning vazifasi quyidagilardan iborat:



  • dinshunoslikni o’qitish va o’rganish jarayonida chuqur ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qilinadi;

  • talabalarning diniy ong darajasini hisobga olish, diniy his-tuyg’ulariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Dinni qo’pol (ateistik ruhda) tanqid qilish yoxud diniy va’zxonlik qilish, bir dinni ikkinchi dindan ustun qo’yish qonunga zid ekanligi e’tiborga olinadi;

  • dinshunoslikdan ma’ruza, amaliy (seminar) mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish jarayonida faqat o’quv qo’llanmasi, risolalarda muayyan mavzuga oid keltirilgan g’oya, fikr-mulohazalar bilan chegaralanmasdan, balki diniy matnlar, birlamchi manbalar, muqaddas kitoblar asosida tahlil qilinmog’i maqsadga muvofiqdir;

  • talabalar mazkur fan mazmunini chuqur o’zlashtirishlariga erishish ularda din haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, olgan bilimlari asosida konkret voqea va hodisalarga nisbatan ongli ravishda o’z shaxsiy fikrlariga ega bo’lishlarini ta’minlaydi;

  • ushbu fan talabalar yoki boshqa shaxslar muayyan hatti-harakatlarining davlat qonunlariga, vijdon erkinligi tushunchasiga mos yoki mos emasliklarini aniqlash imkoniyatini shakllantirishi lozim;

  • mustaqil O’zbekistonda din, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har bir kishining shaxsiy ishi ekanligi talabalarga tushuntiriladi. Din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida uni siyosiylashtirishga yo’l qo’ymaslik lozimligini uqtirish kursning asosiy va muhim vazifalaridan biridir.

O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir.

Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va shu ishonchni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.

Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarning ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.

Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va eng go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq yo’q, chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi.




Download 25,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish