- Presviterianlar. Presviterianlik kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo’lib, (yunoncha eng eski) mo’’tadil puritanlardir. 1592 yili SHotlandiya parlamenti bu ta’limotni asosiy mafkura -deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida uning a’zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va davlat ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim ibodat, presviterning mav’izasi, oyatlarni kuylashdan iborat. Liturgiya bekor qilgan, na “din ramzi” va na “otche nash” o’qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni -deb hisoblanadi.
- Anglikan cherkovi. Anglikan cherkovi - Angliyaning davlat cherkovi 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIIIni cherkov boshlig’i -deb e’lon qildi, ya’ni cherkov qirol hokimiyatiga bo’ysundirildi. XVI asr o’rtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi, postlar bekor qilindi, but va sanamlar olib tashlandi, ruhoniylar uylanmasligi majburiy bo’lmay qoldi. “Mo’’tadil yo’l” ta’limoti, ya’ni Rim katolisizmi va protestanizm orasidagi o’rtacha yo’l shakllandi. Anglikan diniy ta’limoti “Umumiy ibodatlar kitobi”da aks ettirilgan.
- Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko’p sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm (yunoncha “suvga cho’ktirish”) XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o’z tarafdorlariga ega. Bu ta’limot tarafdorlari faqat o’spirinlarnigina cho’qintirishga olib boradilar. “Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o’zi ixtiyor qilmog’i zarur”, degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasi. Ularda ibodat o’ta soddalashtirilgan bo’lib, diniy qo’shiq, ibodat va mav’izadan iborat.
- Adventistlar harakati. Adventistlar (lotincha - kelish) harakati Amerikada XIX asrning 30-yillari og’ir iqtisodiy buhron (krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Uning asoschisi Vilyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo’lingan bo’lib, ularning eng kattasi “Ettinchi kun adventistlari”. Ularning asosiy g’oyasi Isoning ikkinchi bor yerga tushishi va insoniyatni xalos etib, shayton va uning tarafdorlarini bilan urushib, ularni mutlaq yakson qilishidir. Ular kishilarni Isoni kutib olish uchun yaxshi axloqli bo’lishga chaqiradi. Adventistlar dindorlardan o’z mablag’laridan o’ndan birini cherkov hisobiga o’tkazishlarini va tinmasdan targ’ibot ishlarini olib borishlarini talab qiladi. Iso payg’ambarning ikkinchi marta erga qaytishi haqidagi bashorat najot yo’li -deb hisoblanadi.
Hozirgi paytda G’arbiy hamda SHarqiy cherkovlarning rahbarlari ko’p asrli ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964-yili Rim Papasi Pavel VI va Konstantinopol patriarxi Afinagor ikkala cherkov vakillarining XI asrda aytgan o’zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish uchun birinchi qadam qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |