- Katolik oqimi. Xristianlikning yirik yo’nalishlaridan biri katoliklardir. U Evropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo’lib, muxlislari tahminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Katolitsizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo’lmagan Rim Xristian jamoasi bo’lib, rivoyatilarga ko’ra uning birinchi yepiskopi apostol Petr bo’lgan.
Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko’rinishga ega, diniy o’qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. Provslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig’inish odatlari mavjud.
- Protestantizm dini. Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo’lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko’ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o’rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.
Protestantizmning mohiyatiga ko’ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
- Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi. Uning 1536- yilda nashr etilgan “Xristyan dinidagi ko’rsatmalar” degan bosh asari, protestantizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo’nalish - kalvinizmning asosi bo’lib qoldi.
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o’laroq, Kalvin uchun diqqat markazi Injil emas Tavrot bo’lib qoladi. Kalvin taqdir haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Bu ta’limotga ko’ra, barcha odamlar xudoning biz uchun noma’lum bo’lgan irodasiga asosan mahfirat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo’linadi. Inson va iymon, na “xayrli ishlar” bilan taqdirga yozilganni o’zartira olmaydi: mahfirat qilinganlar najotga mahkum, mahfiratdan mahrum bo’lganlar esa abadiy azobga mahkumdirlar. Taqdir haqidagi ta’lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi.
Protestant cherkovining kalvinistik yo’nalishdagi davomchilari (kalvinistlar yoki reformatorlar) SHotlandiya, Gollandiya, SHimoliy Germaniya, Fransiya, Angliyada keng obro’ga va ta’sirga ega edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |